Aguero uchun kurashda London klubi favorit bo`lib turibdi



Download 12,2 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi12,2 Kb.
#213302
Bog'liq
Aguero uchun kurashda London klubi favorit bo


Aguero uchun kurashda London klubi favorit bo`lib turibdi

Yozda “Manchester Siti”dan erkin agent sifatida ketadigan hujumchi Serxio Aguero faoliyatini “Chelsi”da davom ettirishi mumkin.

Daily Mail`ning yozishicha, argentinalik 32 yoshli futbolchi Angliyada qolishni xohlamoqda. Shu bilan birga u “Manchester Siti” muxlislariga hurmat saqlagan holda “shaharliklar”ning asosiy raqiblari – “Manchester Yunayted” va “Liverpul”ga o`tmoqchi emas. Shu sababli London klubi asosiy variant bo`lib turibdi.

Ta’kidlanishicha, “Chelsi” Agueroni “Atletiko”da o`ynagan paytidayoq sotib olishga uringan.

Hujumchi bu mavsumda APLda 8ta bahsda maydonga tushib, 1ta gol urdi.

Zidan: “Ramosning jarohat olishida milliy jamoa ham, “Real” ham aybdor emas”

“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan Ispaniya milliy jamoasida jarohat olgani sababli madridliklarning Chempionlar Ligasida “Liverpul” va La Ligada “Barselona” bilan o`yinlarini o`tkazib yuboradigan himoyachi Serxio Ramos haqida fikr bildirdi.

“Ramosning jarohati hech kimning aybi emas. Bunda na milliy jamoa, na “Real” aybdor emas. Bu – futbolning bizga yoqmaydigan bir qismi. Bunday holatni to`g`ri qabul qilishingiz kerak. Jarohatlarning oldini olish mumkin emas. Jamoamizda jarohatlanganlar juda ko`p.

Serxioning tezroq tiklanishini istaymiz. Uning “Real” uchun ham futbolchi, ham sardor sifatida qanchalik muhimligini bilamiz.

Serxioning doim yonimizda bo`lishini istaymiz, ammo hozir ixtiyorimizdagi futbolchilar haqida o`ylashimiz kerak. Oldindagi bahsda “Eybar” bilan o`ynaymiz va bu bellashuv – butun mavsum uchun muhim.

Ramos bilan yangi shartnoma bo`yicha muzokaralar? Bilmayman. Uning jarohatlari vaziyatga ta’sir qiladi, deb o`ylamayman. Serxioning “Real”da qolishini xohlayman”, – deya Zidanning so`zlarini keltiradi Marca.

Ma’lumot o`rnida, 35 yoshli Ramos bu mavsumda La Ligada 15ta o`yin o`tkazib, 2ta gol urdi.

Mbappe: “Ronaldu va Messi menda mavjud bo`lmagan yutuqlarga erishishgan. Ammo doim o`zimni eng zo`ri deb hisoblayman”

“PSJ” hujumchisi Kilian Mbappe dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo`lishga urinishi haqida gapirdi.

“Maydonga tushganimda, o`zimga eng zo`r ekanligimni aytaman. Messi va Ronalduga qarshi o`ynadim. Ular mendan ko`ra sifatli futbolchilar. Ular menda bo`lmagan turli yutuqlarga erishishgan. Ammo men doim o`zimni eng zo`r deb hisoblayman, chunki shu orqali siz o`zingizga hech qanday chegara o`rnatmaysiz va eng yaxshi futbolni ko`rsatishga harakat qilasiz.

Albatta, ba’zida odamlar buni tushunmaydilar. Ushbu mavzu atrofida ma’lum bir to`siq bor. Bir-birimizga ego nima ekanligini tushuntira olmaymiz”, – deya Mbappening so`zlarini keltiradi RMC Sport.

Laporta va Rayola Holand bo`yicha muzokaralarda “Yuventus” futbolchisi transferini ham muhokama qilishdi

Agent Mino Rayola va “Barselona” prezidenti Joan Laporta o`zaro uchrashuvda nafaqat “Borussiya” D hujumchisi Erling Holandning, balki “Yuventus” himoyachisi Matteys de Ligtning transferini ham muhokama qilishgan, El Chiringuito TV.

Ma’lumot uchun, ikkala futbolchi ham italiyalik agentning mijozlaridir.

21 yoshli de Ligt bu mavsumda A Seriyada 16ta o`yin o`tkazib, gol urgani yo`q. U “Yuventus”ga 2019 yil yozida “Ayaks”dan o`tgan.

Gvardiola: “Kelasi mavsumda hujumchi sotib olmasligimiz ehtimoli yuqori”

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola klubning bir necha kun oldin jamoadan ketishini e’lon qilgan hujumchisi Serxio Aguero o`rniga futbolchi sotib olishiga amin emas.

“Kelajakda nima bo`lishini bilmayman, ammo yuqori narxdagi forvardlarni sotib ololmaymiz. Bu mumkin emas. Barcha klublar moliyaviy muammolarni boshdan kechirishmoqda, biz ham bundan mustasno emasmiz.

Kelasi mavsumda hujumchi sotib olmasligimiz ehtimoli yuqori”, – deya Gvardiolaning so`zlarini keltiradi BBC.



Avvalroq “Manchester Siti” hujumchilar – Erling Holand (“Borussiya” D), Romelu Lukaku (“Manchester Siti”) va Harri Keynga (“Tottenhem”) qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.
Download 12,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish