Oddiy qirqimlar talab qilinadigan detal chizmasini bajarish.
Qirqimlar asosan GOST 2.305-68ga muvofiq bajariladi. Qirqimlar detallarning ko’zga
ko’rinmaydigan ichki qismlarni aniqlash maіsadida bajariladi. Agar ichki tuzilishi chizmada
aniq tasvirlanmagan bґlsa, u xolda chizma bґyicha talab іilingan detalni yasab bo’lmaydi.
Shuning uchun detalni fikran bir yoki bir necha tekislik bilan qirqib kґrsatish kerak bo’ladi.
Bunda kesuvchi tekislikka tegib turgan yuza va uning orqasida kuzatuvchiga ko’rinib turgan
qismi birgalikda bajariladi. Kesuvchi tekislikning gorizontal proektsiya
tekisligiga nisbatan
joylashishiga qarab uch turga: vertikal, gorizontal va qiya qirqimlarga bo’linadi.
Vertikal
qirqim esa frontal va profil qirqimlarga bo’linadi (1,2,3).
1-rasm
2-rasm
3-rasm
Mashina kesimlari tashqi elementlar kabi ichki elementlarga ham ega. Detallarning
ichki tuzilishi tashqaridan kuzatganda ko`rinmaydi, shuning uchun ko`rinmas chiziqlar shtrix
chiziq bilan tasvirlanishi kerak. Shtrix chiziq bilan tasvirlangan ko`rinmas qismlar ko`p
bo`lganida, chizmalarni o`qish murakkab bo`ladi. Chizmalarni o`qishni osonlashtirish uchun
detallar hayolan qirqib, qirqim ko’rinishlari ko’rinarli qilib tasvirlanadi.
QIRQIM KO’RINISHLARINING PROYEKSIYALANISHI
Obyektning qirqimini bajarish uchun kesuvchi tekislik odatda
proyeksiya tekisligiga
parallel vaziyatda o’tkazilib, ob‘ektning ichki tuzilishini ko’rinarli qilib bajariladi.
Kuzatuvchiga kesuvchi tekislik va uning orqasida joylashgan detal elementlari ko’rinadi.
4-rasm
4-rasmdagi yaqqol tasirda detalning 3 teshigi bor, ular X yo’nalishda
qarayotgan
kuzatuvchiga old ko’rinishida ko’rinmas. Agar qirqimni hayolan detalning o’rtasidan
o’tkazilib kesuvchi tekislik VPga parallel bo’lsa, shu bilan kesuvchi tekislik va kuzatuvchi
orasidagi detal qismi olib tashlansa, detal ichidagi teshiklar ko’rinadigan bo’ladi 5-rasm (a).
Agar ko’rinish X yo’nalishida bajarilsa va qirqim ko’rinishi, detal tashqi ko’rinishidan shtrix
chiziqlar yoki qirqim chizig’i bilan ajratiladi. Yodda tutish kerakki, qirqimli frontal ko’rinish
qirqilgan detalning qismi.
5-rasm
Qolgan ko’rinishlar Hindiston standarti bo’yicha, obyektning
qirqilmagan qismini
chizishni tavsiya etadi. Shunday qilib 5- rasmda ustdan ko’rinish qirqilmagan obyekt sifatida
tasvirlanadi. Agar qirqim boshqa ko’rinishda bajarilsa, qirqilmagan ob‘ekt olinib, qirqilgan
deb faraz qilinadi, kesuvchi tekislik esa proyeksiyalovchi tekislikka parallel bo’lib,
qirqim
ko’rinishi shu tekislikka proyeksiyalanadi. Ustdan ko’rinishidagi qirqim uchun,
kesuvchi
tekislik (CP) HPga parallel hayolan ob‘ektning yondan ko’rinishida qirqim bajarish uchun,
CP kesuvchi tekislik profil tekislikka parallel bo’lishi kerak.
Kesuvchi tekislik chizig’i ikkita tomoni yo’g’on, o’rtasi ingichka chiziqdan iborat
bo’lib, qo’shimcha ko’rinishda mos keladigan joyda kesuvchi
tekislikni tasavvur qilish
uchun belgilanadi. 5-rasmda ko’rsatilgandek qirqim belgilanadi,
ikkita strelka bilan
qirqimning qarash yo’nalishi belgilanadi. Agar kesuvchi tekislikning izlari ko’rsatilmasa,
unda kesuvchi tekislik doim detalning markazidan o’tib, proyeksiyalar tekisligiga parallel
joylashadi.