Nutqiy muloqot. Uning o‘ziga xos xususiyatlari



Download 43,59 Kb.
bet1/3
Sana20.04.2022
Hajmi43,59 Kb.
#565559
  1   2   3
Bog'liq
7. MA\'RUZA


Nutqiy muloqot. Uning o‘ziga xos xususiyatlari

Muloqot, ya’ni odamlarning bir-biri bilan aloqa - aralashuvi, bir qarashda oddiy bir narsadek ko‘rinadi. Lekin M.S. Kaganning 1988 yil Moskva nashr etilgan «Muloqot olami» risolasini,


A.F.Losevning 1982 yilda Moskva Davlat universiteti nashriyotidan chiqarilgan va shu muammoga bag‘ishlangan taxminan 500 betlik monografiyasini, E.Benvenist, AA. Leontev, B.F.Lomov, o‘nlab
jamiyatshunos, faylasuflarning, psixologlarning, atamashunoslarning muloqot masalasiga bag‘ishlangan tadqiqotlarini, muammoga bag‘ishlashgan yuzlab maqolalarning mavjudligini nazarda tutsak, insoniy faoliyatlarning muhim ko‘rinishlaridan biri bo‘lgan muloqotning qanchalik murakkab ijtimoiy jarayon ekanligi haqida tasavvur qilish mumkin. Shuning uchun muloqot tushunchasi ilmiy adabiyotlarda xilma-xil taxdil va tavsif etiladi. Bular ichida eng ko‘p tarkalgani - muloqotni kommunikativ faoliyat bilan tenglashtirib, uni behad soddalashtirishdir.
Bunday birlashuvda muloqot nutqi (lisoniy imkoniyatlarning u yoki bu moddiy shaklda voqelanishi) tenglashdi. Muloqot o‘zining murakkab etno-sotsiopsixofiziologik va hokazo tarkibiy qismlaridan uzilgan holda talqin qilindi. Shuning uchun ko‘pchilik olimlar fikr almashish, axborot berish, axborot olish - informatsiey qismini muloqotning atigi bir tarkibiy jihatlari sifatida qarab, muloqotning o‘zini insoniy faoliyatning bir elementi (mikrosistemasi\podsistemasi\sistemachasi) deb talqin qiladilar va uning murakkabligini ta’kidlaydilar.
Falsafiy nuqtai nazardan muloqotga kuiidagicha ta’rif beradilar: «Muloqot - ijtimoiy sub’ektlar (shaxslarning), sinflar, guruHLar va toifalarning faoliyati, axborotlari, qiziqishlari, qobiliyatlari, bilim, ko‘nikma hamda malakalari bilan o‘zaro almashinuvi va bir-birlariga ta’siri jarayoni»dir sifatida ta’riflanadi.
Muloqotning muhim tomonlaridan yana biri, muloqot ishtirokchilarining bir-biriga ta’siridir. Muloqotning faolligi ham mana shunda ko‘rinadi va muloqotga kirishuvchi shaxc o‘zligini namoyon qila oladi. Bu esa muloqotning faoliyat turi ekanligini yana bir karra isbotlaydi.
Sharq adabiyotida muloqot jarayoni xususida so‘zlovchi ham, tinglovchi ham o‘zligini - saviyasini, madaniyatini, bilimini va hatto dinini, mafkura-yu, ijtimoiy mansubligini namoyon qilishi haqida Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Alisher Navoiy, Nizomiy, Rudakiy, ibn Rushd, ibn Arabi, kabi yuzlab adiblar behad qimmatli fikrlar bayon qilganlari fikrimiz dalilidir. Jumladan, «Qutadg‘u bilig»ning Kuntug‘di podsho (Ilig) va Oyto‘ldi vazir (Hojib) orasidagi munozalardan biri - muloqot madaniyati - so‘zlash, tinglash, so‘rash\javob berish madaniyatiga bag‘ishlangan. Masalan:
O‘quvga, bilimga tilmoch - bu til,
Kishini ro‘shnolikka chiqargan ravon til deb bilgin.
Kishini til e’zozlaydi, kishi u tufayli baxtga erishadi,
Kishini til qadrsiz qiladi, er boshini yoradi.
Til hovlida (ya’ni qafasda) yotgan arelon kabidir.
Ey, qafasdagi (makkor) vahshiy boshingni yeydi.
Tili tufayli ozor topgan kishi nima deydi, eshit,
Bu so‘zga amal qilgin, o‘z foydangga ishlat:
Til meni juda ko‘p kulfatlarga soladi,
(U) boshimni kesmasin, (men) tilimni kesayin.
So‘zingga ehtiyot bo‘l, boshing ketmasin,
Tilingdan yarog‘siz so‘zingni chiqarma.
Bilib so‘zlasa, so‘z donolik sanaladi,
Nodonning so‘zi o‘z boshini yeydi / 24,128; /.
Muloqot - o‘zligini namoyon qilish va ijtimoiy amaliy faoliyat. U ijtimoiy ta’sir o‘tkazishning asosiy shakli sifatida jamiyatda alohida ahamiyatga egadir. Ba’zan bu tamoyilning o‘zi muloqot bilan tenglashadi. Bunday tenglashishning asosi Muallimi avval Arastuga borib taqaladi. U insonni ijtimoiy, ya’ni jamiyatda insonlar orasidagi muloqot orasida shakllangan jonzot deb ta’riflaydi. Ayrim hollarda jamiyatning o‘zi muloqot mahsuli sifatida talqin etiladi. Ijtimoiy munosabatlar bilan muloqot jarayonini UMIS\YaHVO dialektik munosabatida talqin etish to‘g‘ri yo‘ldir. Ijtimoiy munosabatlar UMIS mavqeida bo‘lsa, muloqot ularning rang-barang voqelanishlaridan birida - YaHVO mavqeida bo‘ladi. Shunday kilib, muloqotga shaxsning ijtimoiy birlik sifatida o‘zlikni namoyon qilishning bir shakli sifatida qarash lozim.
Muloqotni jamiyat a’zolarining o‘zaro aloqa-aralashuvisiz va ularning bir-biriga ta’sirini fikr almashtirish (axborot berish va axborot olish)siz tasavvur qilish mumkin emas. Shu sababli «Nutqiy muloqot» degan tushuncha ortiqchaday tuyuladi. Muloqotning tarkibiy qismida nutq, fikr almashish, axborot berish mujassamlashgan. Lekin nutqiy muloqot (ruscha: «rechevoe obщenie», inglizcha: «diskurs») pragmatikada keng tarqalgan atamalardan biridir.Bu nutq atamasining keng garqalgan ham lingvistik, ham nolingvistik ma’nosidir. Fikr bayon qilish jarayoni, lisoniy imkoniyatlarning yozma yoki og‘zaki shakli moddiy voqelanish ma’nosi bilan bog‘liq. Shunga ko‘ra lisoniy vositalarning moddiy shaklda voqelanmagan muloqot turlari nutqsiz muloqot deb baholanadi. Chunonchi, «Bahorning un yeggi lahzasi» kinofilmida Berlindagi «Esefan» qahfaxonasida sovet razvedkachisi Shtirlitsning - uni ko‘rish uchun kelgan xotini bilan so‘zsiz - qahvaxonada tasodifan birga o‘tirgan kimsalar sifatidagi muloqoti, uchrashuvi bunga misol bo‘la oladi. Bu muloqot Shtirlits uchun ham, uning xotini uchun ham muhim ahamiyatga ega bo‘lgan uchrashuv edi. Bu uchrashuv har ikkala tomonning sog‘-salomat, bir-birini sog‘inib qo‘msayotganligi haqida axborot beradi. Darhaqiqat, bu axborot so‘zsiz- lisoniy vositalarsiz berilgan qabul qilingan muloqot edi.
«Muloqot» atamasi ko‘p holarda verbal, ya’ni so‘z, lisoniy vositalar orqali va noverbal, so‘zsiz, nolisoniy vositalar (imo-ishora, har-xil belgi, nishona, ramz, simvollar) orqali axborot berish va bir-birining ta’siriga ko‘ra verbal yoki noverbal muloqot sifatida tasnif qilinadi.
Nutqiy muloqot deganda - muloqot jarayonida lisoniy va nolisoniy vositalarning birgalikda, hamkorlikda ishlatilishi tushuniladi. Bu nutqiy muloqotning eng birinchi o‘ziga xosligidir. Chunonchi, «Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuhu» verbal iborasini qo‘dlagan shaxe, albatta, shu verbal formulaga mos ma’naviy-madaniy saviyaga tegishli yoshga, nasl-nasabga, kiyim-boshga ega bo‘lishi bilan birga, bu iborani maxsus imo-ishoralar bilan hamkorlikda va maxsus tinglovchilarga nisbatangina qo‘llay oladi. Masalan: Shayx so‘riga chiqib, mehmonlarni ikki yoniga o‘tqazgach, boshlanglar, deb ishorat etdi. Jarchilar yugurishib, axiylar oqsoqoli yoniga kelishdi: birining ko‘lida bir kosa suv, birining ko‘lida charm tuzdon bor edi. Oqsoqol suvga tuz solib, kosti baland ko‘tardi:

Download 43,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish