Nurlangan hayvonlarni o`lim muddatini aniqlash. Reja



Download 22,9 Kb.
Sana09.07.2022
Hajmi22,9 Kb.
#760891
Bog'liq
4-amaliy mashg'ulot (1)


NURLANGAN HAYVONLARNI O`LIM MUDDATINI ANIQLASH.


Reja:

1- Hayvonlarni o’lim muddatini aniqlash.


2-O’lim muddatini aniqlashda o’limga xos tipik klinik belgilar.
3-Mayda shoxli hayvonlarni o’lim muddatini aniqlash.


Kerakli jixozlar:Fonendoskop, sekundomer (soat), termometr.

Ionlangan nurlanishga yadro reaksiyalari, kosmik, roentgen, va ultira binafsha nurlaridagi radioaktiv moddalar (a-, β- va λ- nurlar) yordamidagi nurlanishlar kiradi. Bu nurlar atrof muhitga tarqalib muhim ionlanish xususiyatini namoyon qiladi. Fan va texnikaning har-xil sohalarda ionlashtiruvchi nurlanishlarning har-xil manbalaridan foydalanish natijasida hayotda nurlanish jarohatlanishi degan o’ziga xos patalogiya yuzaga keladi. Bu ionlangan nurlanish ta’sirida hayvon organizimining organ va to’qimalarida patalogik o’zgarishlar sodir bo’lishi bilan xarakterlanuvchi holatdir. Ular orasida nur kasalligi va nurdan kuyish alohida ahamiyatga egadir. Zararlanish imkoniyati turlicha (atom reaktorlari buzilishi, ionlashtiruvchi nurlanish bilan muomula qilish qoidalariga rioya qilmaslik, nur bilan davolash, izotoplar bilan davolash va tajriba o’tkazish) hollarda kuzatilishi mumkin. Nurlanish manbalari hayvon organizimidan tashqaridagina emas, organizimni ichida ham paydo bo’lishi ko’rinadi. Bundan ular ovqat hazm qilish trakti, o’pka jarohatlanmqagan to’qimalar orqali kirishi ma’lum. Gamma nurlari, qattiq rentgen nurlari va neytronlar a- va β nurlariga qaraganda to’qimalarga chuqurroq kiradi va hatto ichki organlargacha borib etadi. Shuning uchun ham ular nur kasalligini rivojlanishida muhim o’rin egallaydi. Nurlanishni organizimga kirish ta’siri birinchi navbatda organizimda yutilgan energiyaning kuchiga bog’liq. Organizimning umumiy nurlanishi uchun sarflanuvchi bir xil doza ba’zan nur kasalligini og’ir shaklini chaqirsa, mahalliy ta’sir qilganda esa faqat mahalliy reaksiyani yuzaga keltiradi. Nurdan kuyishda nurlanish ta’sir qilgan vaqtdan to ko’zga ko’rinuvchi o’zgarish paydo bo’lishigacha 14 kungacha vaqt o’tadi. Juda katta doza ta’sirida bu vaqt yarim soatgacha qisqaradi. Termik kuyishdan farqi bunda qon quyilishlari kuzatiladi. Pufakchadagi ekssudat tarkibida ko’p miqdordagi eritrositlar bo’lib, leykositlar deyarli bo’lmaydi. Nekroz to’qimasi chuqur hamda demarkatsion chegarasiz bo’ladi. Tiklanish davrida kuyish yuzasi ancha infektsiyalangan bo’lib, keyinchalik yaralanishga moyil qo’pol chandiqlar yoki cho’ziluvchan oqimli qaytalanadigan nurlanish yaralari kuzatiladi.


Organizimning umumiy nurlanishi nurlanish kasalligini chaqiradi.
Nurlanish kasalligi deb, radiyatsiya ta’sirida organizimning o’ziga xos reaksiyasi bilan xarakterlanib, nurlanishdan keyin organizimda birin ketin rivojlanadigan o’zgarishlar va ular bilan o’zaro bog’langan murakkab kompleks jarayonlarga aytiladi. Nur kasalligi o’tkir va surankali turlarga bo’linadi.
O’tkir nur kasalligi nurning yutilish kuchiga qarab engil (100-200 radiyatsion doza), o’rtacha og’irlikdagi (200-400 radiyatsiya), og’ir (400-600 radiyatsiya) va juda og’ir (600 radiyatsiyadan ko’p) turlarga bo’linadi. Nur kasalligining juda og’ir formasida nurlanish paytida hayvon anafloktik shokidan o’lib qolishi mumkin. Bunday hollarda murdani kesib ko’rishda kapillyarlar o’tkazuvchanligining oshib ketishi tufayli ichki organlarning to’laqonligi va o’pka shishi rivojlanishi bilan xarakterlanuvchi ancha ko’zga tashlanuvchi gemodinamik buzilishlar ko’rinadi. Surunkali nur kasalligi nur energiyasini uzoq muddatda kam dozada ta’sir qilganda, shuningdek o’tkir nur kasalligi oqibatida kuzatiladi. Nur kasalligidan o’lishda qon ishlab chiquvchi organlardagi distrofik o’zgarishlar, ko’plab qon quyilishlar, har xil to’qimalarda distrofik va nekrabiotik o’zgarishlarning topilishi muhim xarakterli patamarfalogik belgilar hisoblanadi.
Qon ishlab chiqaruvchi organlardagi distrofik o’zgarishlar suyak iligining aplaziyasi, taloq va limfa tugunining atrofiyasi bilan xarakterlanadi. Erta o’limda suyakni arralab ko’rilganda suyak iligi to’laqonli, kech o’limda (nurlanishdan keyin 1-2 hafta o’tgach) – oqargan, qizg’ish regenerator o’choqlari bo’lgan quruqroq bo’ladi. Talog’i o’lchamiga kichiklashgan, to’laqonli bo’lib keyinchalik bo’shashib, atrofiyalanganligi ko’zga tashlanadi. Mikroskop tagida limfa tuguni, bodomcha bezlari, taloq va oshqozon-ichak follikulalari limfositlarning parchalanishi ko’rinadi. 3-5 sutkada suyak iligining stromasi va plazmatik hujayralargina topiladi.
Burun-xalqum, oshqozon-ichak trakti shilliq qavati, nafas yo’llari va o’pkada buyrak usti bezi, buyrak, boshqa organlar va klechatkalarida qon quyilishlar, nekrozlar, yallig’lanishga xos belgilar kuzatiladi. Parenximotoz organlarda kuchli rivojlanuvchi oqsilli va yog’li distrofiya shakldagi destruktiv o’zgarishlar ko’rinadi. Erkaklar jinsiy bezlarida xarakterli o’zgarishlar, jumladan mitotic bo’linishning to’xtashi va sperma ishlab chiqaruvchi epeteliyalarning o’lishi sodir bo’ladi. Nur kasalligining muhim asoratlaridan biri infektsiyalar, ko’pincha pnevmoniyalar va sepsis hisoblanadi. Hayvon ko’pincha shu asoratlardan o’lishi mumkin. Nur kasalligidan keying o’limda murdani tekshirishdan oldin dozimetrik nazorat o’tkaziladi. Bunda murdani teri qoplamalari, kiyimlarini radioaktiv moddalar bilan zararlanish darajasi aniqlaniladi. Agar ruxsat etilgan darajadan yuqori bo’lsa radioaktiv modda zararsizlantiriladi. Nur kasalligi ichkaridan nurlanish tufayli rivojlangan bo’lsa, ichki organ va to’qimalardan radioaktiv moddalarni aniqlash uchun material olinadi.

Nazorat savollari:

  1. Tekshirishda qanaqa tekshirish klinik uslublari qo‘llaniladi.

  2. Termometriya necha daqiqa o’tkaziladi va kaerdan utkaziladi.

  3. Ruminatsiya –nima va soni necha daqikada o‘lchanadi.

  4. Puls soni kaerdan va necha daqikada o‘lchanadi.

  5. Nimaga yuqorida keltirilgan uslub nurlanishdan 15 kundan keyin o‘tkaziladi.

Download 22,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish