Bog'liq 11-sem. Insoniyatning dastlabki mehnat qurollaridan foydalanishi
Insoniyatning dastlabki mehnat qurollaridan foydalanishi Reja: Nukleuslar
Tosh qurollari va ularni yasagan qadimgi odamlar
Tosh cho’qmorlarning vazifasi
Ovchilik xo’jaligining shakllanishi
нуклиес Fanga ma`lum eng qadimiy ilk tosh qurollar taxminan 2,6 mln yil oldin yasalgan bo`lib, ular Quyi Omo vodiysi, Xadar hududlari, Efiopiyadagi Gona viloyati va Keniyadagi Turkana ko`lining g`arbiy sohillaridan topilgan. Omo vodiysidan topilgan tosh qurollar kichik kvars toshchalardan iborat bo`lib, kattaroq toshning o`tkir burchagini sindirish uchun tayyorlangan. Ko`pchilik tosh qurollarning 2,6 mlndan 1,5 mlndan yillar orasidagilari to`qmoqsimon shaklda bo`lgan. Bunday texnologiya Olduvay texnologiyasi deb nomlanadi. Olduvay g`oridan Meri Liki topgan tosh qurollar quyidagi to`rt kategoriyaga mansub: 1. chopperlar, parrachalar, disksimon qurollar va ko`pqirrali toshlar. 2.tosh qurollar yashash payti olingan va o`tkir tig`li tosh pichoqlar. 3. Tosh qurol yashash yoki ularni to`g`irlash payti ajralib chiqqan hech narsaga yaroqsiz tosh parchalar. 4. Tosh qurollar tayyorlanadigan tog` jinslari qoldiqlari.Olduvay tipidagi yuqoridagi kategoriyalar bilan ham chegaralanib qolmaydi. Xar-xil shakldagi tosh qurollar tipologik jihatdan bir-biri bilar bog`liqlikka ega va opportunik ishlab chiqarish tendensiyalarni o`zida namoyon qiladi. Ushbu jarayonlar keyingi arxeologik ashyolarda ham saqlanib qolgan. Ayniqsa parraklar va chopperlarda yaqqol namoyon bo`ladi. Kichik parrakchalar dastlab qoldiq (parcha va siniqlar) sifatida qabul qilingan. 1980- yillarning boshlarida Indiana Universiteti arxeologi Nikolas Tot Olduvaydan yig`ib olingan tosh qurollar parrakchalar termachilik xo`jaligiga xos ekanligi xususidagi xulosaga keldi Tot xar-xil shakldagi to`qmoqlardan iborat tosh qurollarni topadi. U bu toshlar maxsus parrakchalar, chopperlar yoki shu xildagi qurollar sifatida foydalanish uchun tayyorlangani xususidagi fikrga keldi. Topilgan tosh qurollar orasida teri shilishga mo`ljallangan uncha kitta bo`lmagan qirg`ichlar eng foydalisidir. Shuningdek, katta qirg`ichlar va o`tkir tig`li tosh pichoqlar ham topilgan. Og`ir yadro yoki ma`lum bir shaklga keltirilmagan to`qmoqlar o`lja suyaklarini sindirishga mo`ljallangan. Topilgan tosh qurollar orasida yer kovlaydigan yog`och dastali tosh boltalar bilan birga hayvon terisidan yog`ni ajratib oladigan qirg`ich va parraklar ham ko`lab uchraydi. Yong`oqlar esa ma`lum shaklga keltirilmagan tosh bo`laklari bilan chaqilgan. qo`pol jins parchalariga qarab ulardan tosh qurollar sifatida ishlatilganligini bevosita isboti yo`q. shunga qaramay Tot va Illinoys shtati universiteti olimi Lourens Kili Turkana ko`lining sharqiy sohilidagi Koobi Foa makonidan 1,5 mln yoshli 54 ta хлопья qirg`ichlarni tadqiq qilib, ulardan o`ntasini qurol sifatida foydalanilganligini isbotlab berishdi. To`rtasidan go`sht maydalashda, uchtasidan daraxtni koflashda va ikkitasidan esa o`simliklarni koflashda foydalanishgan. Bu va boshqa tadqiqodchilar mazkur tosh qurollar eng eng sodda texnologiyalaridan foydalanilgan deb hisoblaydilar. Kichik va o`tkir qirg`ichlar ilk texnologik va iqtisodiy inqilob bo`lgan edi. Mazkur tosh qurollar gominoidlarga ko`proq go`sht yeyish imkonini bergan. Tayoqlar va tosh pichoqlar yordamida yerni kovlash bilan yerdagi oqsilga boy oziqlarni istemol qilib miyaning rivojida muhim rol o`ynagan. Olduvay odamlarining tosh qurollari texnik jihatdan soda va qo`pol bo`lishi ularning doimiy ravishda tayyorlanishi tasodif emasligini anglatadi. Uchta yo`l bilan qurol tayorlashga mo`ljalangan toshdan parak chiqariladi. Birinchidan yadroning parcha ajratib olish uchun 90 gradusli burchakka ega bo`lishi kerak. Ikkinchidan yadroning o`tkir burchagidan 1 sm yuqoriroqdan zarba berish kerak. Uchinchidan kattaroq bo`lak hosil qilishda og`irroq zarba berish lozim. Arxeolog Tot yadro va to`qmoqlarga qarab qadimgi odamlar bundan 2,6-1,5 mln yillar oldin yoqoridagi texnologiyalarni o`zlashtirgan degan xulosaga keldi.
Arxeologlar orasida Olduvay texnologiyasi bo`yicha bonobolar ham (yirik shimpanze turi) soda mehnat qurollari yasay olishlari katta bahsga sabab bo`ldi. Mazkur munozaralarga arxeolog Tomas Vinn va primatolog Uilyam Magkgryularning fikrlari sabab bo`ldi. 1989 yilda ushbu ikki tadqiqоdchilar “Insoniyat evolyutsiyasi boshlangan paytda bizning ajdodlarimiz o`zlarini maymunlardek tutishganmi?” degan savol ilgari surilgan “Olduvay maymunalari” nomli asarini nashr ettirishdi. Antropolog Tot Jorjiya Davlat Universiteti olimi Syu Sevij-Rembo bilan hamkorlikda tajriba o`tkazdi. Syu Sevij-Rembo o`n yil davomida Kanza laqabli erkak bonobo ustida tajriba o`tkazdi. Ammo Kanzi toshdan qandaydir shakllar yasasada Olduvay qurol yasash texnologiyalarini takrorlamaydi. Maymun toshlarni qsindirib qirra hosil qilib polni kovlagan, qattiq narsalarni urgan. Kanzi to`qmoq tayyorlay olishni uddalay olsada Olduvay texnologiyalarni hech qachan qo`llamagan.