Norvegiya pul siyosati



Download 0,55 Mb.
bet1/4
Sana05.01.2022
Hajmi0,55 Mb.
#318755
  1   2   3   4
Bog'liq
Norvegiya pul siyosati

Norvegiya pul siyosati

Reja:

1.Norvegiya haqida

2.Norvegiya puli haqida

3.Norvegiya banklari haqida

Norvegiya haqida

NORVEGIYA (Norge), Norvegiya Qirolligi (Kongeriget Norge) — Shim. Yevropadagi davlat. Skandinaviya ya. o. ning gʻarbiy va shim. qismida. Mayd. 387 ming km2. Aholisi 4,5 mln. kishi (2002). Poytaxti — Oslo sh. Maʼmuriy jihatdan 19 fyulke (viloyat)ga, jumladan, fyulkega tenglashtirilgan Oslo sh. ga boʻlinadi. Shpisbergen arxipelagi, Medvejiy, Yan Meyen va Buve o. lari ham Norvegiyaga karaydi.


Davlat tuzumi. Norvegiya — konstitutsiyali monarxiya. 1814-y. 17-mayda qabul qilingan N. Qirolligi konstitutsiyasi amal qiladi, unga keyinchalik tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — qirol (1991-y. 21 yanv. dan Xarald V). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni ikki palatali (yuqori palatasi lagting, quyi pala-tasi odelsting) parlament — storting amalga oshiradi. Ijrochi hokimiyat qirol qoʻlida boʻlib, u Davlat kengashi (hukumat)ni tayinlaydi.

Tabiati. Norvegiya — togʻli oʻlka. Hududining qariyb 2/3 qismi dengiz sathidan 500 m dan baland; dengiz sohilidagina pasttekislik bor. Gʻarbiy qir-gʻogʻida tik yon bagʻirli tor qoʻltiq (fyord) koʻp. Yirik orollari — Lo-foten, Vesterolen, Senya, Mageryo va b. Hududining katta qismini Skandinaviya togʻlari ishgʻol qiladi (eng baland joyi Galxyopiggen togʻi — 2470 m). Foydali qazilmalari: temir, nikel, mis, titan, uran, molibden, kobalt va kumush rudalari. Shim. dengizning quruklikka yaqin sayoz qismida neft va gaz konlari bor. Iklimi moʻtadil, shim. chekkasida subarktika, sohilida okean iklimi. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi shim. da —2—4°, jan. da 2°. Yozi salqin, tez-tez yomgʻir yogʻadi.

Yillik yogʻin 1000—3000 mm. Muzliklarning umumiy maydoni 3000 km2 ga yaqinni tashkil etadi. Yirik daryolari — Glom-ma, Logen (Gudbransdal), Logen (Nu-medal). Katta gidroenergiya salohiya-tiga ega boʻlgan bu daryolar qor, yomgʻir va muzliklardan toʻyinadi. Eng katta koʻli — Myosa. Asosiy tuprogʻi — yupqa tundra tuprogʻi, jan. da togʻ podzol tup-rogʻi uchraydi. Mamlakat hududining 27% oʻrmon. Yovvoyi hayvonlardan tulki, silovsin, rosomaxa, suvsar, los, bugʻu, quyon, tiyin, lemming va b. bor. Dengiz sohilida gala-gala qushlar, dengizlarda turli baliq va tyulen koʻp.

Aholisining 97% norveglar. Saamlar, kvenlar, shvedlar, danlar, ne-mislar va b. ham yashaydi. Rasmiy til — norveg tili. Rasmiy din — lyuteranlik. Shahar aholisi 50%. Yirik shaharlari — Oslo, Bergen, Tronxeym va b.

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. N. ishchi partiyasi, 1887-y. asos solingan; Markaz partiyasi, 1920-y. tashkil etilgan; Taraqqiyot partiyasi, 1973-y. tuzilgan; Venstre, liberal partiya, 1884-y. asos solingan; Sotsialistik soʻl partiya, 1975-y. tashkil etilgan; Xristian xalq, partiyasi, 1933-y. tuzilgan.

Xeyre, konservativ partiya, 1884-y. asos solingan. Norvegiya kasaba uyushmalari marka-ziy birlashmasi, 1899-y. tashkil etilgan. Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi va Yevropa kasaba uyushmalari konfederatsiyasiga kiradi.

Xujaligi. Norvegiya — rivojlangan indoʻst-rial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 28,6%, q. x. ulushi 2,9%. Dengiz kema qatnovi, baliq ovlash, tashki savdoning roli katta.


Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish