Nippon, Nihon Sharqiy



Download 387,25 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana12.01.2022
Hajmi387,25 Kb.
#338747
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Yaponiya - Vikipediya
2 5418389681022698215, Kombinatorikadan mustaqil vazifa, f, Kurs ishi, formirovanie vremennyh predstavleniy, oquvchilarning kompetentsiyalarini shakllantirishda innovatsion texnologiyalarning orni va ahamiyati., терморизистор поток, umumiy fizika kursi688, 3-топшириқ. Ҳаёт фаолияти хавфсизлиги. АМАЛИЁТ OEL-017, Tog'ayeva nanokimyo referat, ИИФУМ курс иши мавзулари 651-17, s E 8 u, 1-Amaliy mashgulot, 7-амалий, 7-амалий


Yaponiya

Yaponiya (

yaponcha


 

⽇本

 Nippon, Nihon) — Sharqiy 



Osiyoda

Tinch okeandagi



 orollarda

joylashgan davlat. Yaponiya hududida 6,8 mingga yaqin orol boʻlib, shimoli-sharqdan janubi-

gʻarbga qariyb 9.13 ming kmga choʻzilgan; eng yirik orollari: Hokkaido, Honshu, Shikoku va

Kyushu. Shimolidan Oxota dengizi, sharq va janubi-sharqdan Tinch okean, gʻarbdan Yapon va

Sharqiy Xitoy dengizlari bilan oʻralgan. Maydon 377,8 ming km². Aholisi 126 mln. kishi (2021).

Poytaxti — 

Tokio shahri

. Yaponiya maʼmuriy jihatdan 47 prefekturaga boʻlinadi.

Yaponiya — 

konstitutsiyaviy

 

monarxiya



. Amaldagi banana 1947 yil 3 mayda kuchga kirgan

(keyinchalik tuzatishlar kiritilgan). 

Davlat

 boshligʻi — 



imperator

 (1989 yildan Akihito).

Konstitutsiyaning 1-moddasiga koʻra, u "davlat va xalq birligi ramzi"dir. Imperator oilasining er

aʼzolari imperatorlik taxti uchun merosxoʻr hisoblanadi. Konstitutsiyaga muvofiq, imperator

mustaqil hokimiyatga ega emas. Imperatorning davlat ishlariga aloqador boʻlgan har qanday

faoliyati Vazirlar mahkamasi maslahati va maʼqullashi bilan amalga oshiriladi. Qonun

chiqaruvchi oliy hokimiyatni 2 palatali parlament (Vakillar palatasi va Maslahatchilar

palatasi), ijroiya hokimiyatni Bosh vazir boshchiligidagi hukumat (Vazirlar mahkamasi)

amalga oshiradi.

Yaponiya moʻʼtadil, subtropik va tropik mintaqalarda joylashgan. Qirgʻoq chizigʻining umumiy

uzunligi. 30 ming km ga yaqin. Honshu orolining janubiy sohili, Sekoku va Kyushu orollarining

qirgʻoqlarida qoʻltiq koʻp; bu yerda murakkab qirgʻoq chizigʻiga ega boʻlgan Ichki Yapon

dengizi joylashgan. Ryukyuning janubiy orollari marjon riflari bilan oʻralgan.

Davlat tuzumi

Tabiati



Yaponiya hududining 3/4 qismi qir va togʻlardan iborat; pasttekisliklar sohil boʻylab

ayrimayrim joylashgan. Hokkaydo oroldagi tizmalarning baʼzi choʻqqilari 2000 m dan oshadi

(Asahi choʻqqisi — 2290 m). Honshu orolning shimoliy qismida 3 ta boʻylama togʻ tizmalari

boʻlib, ular vodiy va soyliklar bilan boʻlingan; orolda bir qancha vulkan, jumladan, Yaponiyadagi

eng baland vulkan — Fujiyama (bal. 3776 m) qad koʻtargan. Honshu orolning markaziy

qismidagi tizmalarning choʻqqilari alp selyefli va yilning koʻp qismida qor bilan qoplanib

turadi. Sekoku orolning eng baland joyi 1981 m (Isidzuti choʻqqisi), Kyushu orolniki 1788 m

(Kuzyu vulkani). Yaponiya hududi kuchli seysmik zonada joylashgan (1855, 1891, 1897, 1923,

1995 yillarda falokatli zilzilalar boʻlgan). Yaponiyadagi 150 vulkandan 40 tachasi soʻnmagan.

Vulkanli rayonlarda mineral va termal buloklar koʻp. 26 mingdan ortiq issiq suv manbalari bor.

Foydali qazilmalardan koʻmir, gaz, temir rudasi, oltingugurt, marganets, qoʻrgʻoshinrux, mis

rudalari neft, xromit, oltin, kumush, pirit, kaolin, talk va simob konlari mavjud.

Iqlimi mussonli, shimolida moʻʼtadil, janubida subtropik, Ryukyu orollarida asosan tropik

ikdim. Hokkaydo orolda, Sapporoda yanvarning oʻrtacha temperaturasi —5°, iyulniki 22°,

Okinawada

 yanvarning oʻrtacha temperaturasi 16°, iyulniki 28°. Materikdan esgan qishki

musson Yaponiya hududiga sovuq havo olib keladi va koʻp yogʻin keltiradi. Yiliga 30

martagacha tayfun boʻladi; bu vaqtda kuchli shamol esib, jala quyadi, oʻrtacha yillik yogʻin

1800 mm; Hokkaydo orolning sharqida yillik yogʻin 800–1200 mm, Sekoku va Kyushu

orollarida 3000 mm, baʼzi joylarda 4000 mm gacha.

Yaponiyaning daryolari qisqa, sersuv va tez oqadi. 24 ta eng katta daryosidan faqat 6 tasining

uz. 200 km dan oshadi, jumladan, Shinano daryosining uz. 367 km. Tayfun vaqtida daryolar

toshadi. Koʻpgina daryolarning suvi sugʻorishga va gidroenergiya resurslari sifatida

sarflanadi. Mayda koʻl koʻp va ular ichimlik suvi manbai boʻlib xizmat qiladi. Eng katta koʻl —

Biva (maydon 670,2 km², chuq. 103,8 m).

Tuproqlari shimolida podzol va oʻtloqibotqoq, janubida qoʻngʻir oʻrmon, subtropik va

tropiklarda sariq va qizil tuproq. Tekisliklarda allyuvial tuproqlar tarqalgan. Yaponiya

hududining 67% oʻrmon va butazorlardan iborat; oʻrmonlarining 41,4% ekib oʻstirilgan. Jami

700 turdan koʻp daraxt va buta hamda 5599 tur oʻt oʻsimligi oʻsadi. Endemik oʻsimlik koʻp.

Oʻrmonlar, asosan, igna bargli va keng bargli daraxtlardan iborat.

Yaponiyada sut emizuvchi hayvonlarning 132 turi, qushlarning 490 turi, sudralib

yuruvchilarning 110 turi mavjud. Yaponiya qirgʻoqlariga tutash dengiz suvlarida baliqlarning

3000 ga yaqin turi, mollyuskalarning 1200 dan ortiq turi yashaydi.

Aholisining 99% dan koʻpi yaponlar. Hokkaydo orolda mamlakatning eng qadimiy aholisi —

aynlar (50 ming kishi atrofida) saqlanib qolgan. Shuningdek, koreys, xitoy va boshqalar

yashaydi. Rasmiy til — yapon tili. Asosiy dinlari — sintoizm va buddizm; konfutsiylik va

daosizm aqidalari katta taʼsirga ega. Xristianlik, islom va hinduizmga eʼtiqod qiluvchilar ham




Download 387,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
O'zbekiston respublikasi
toshkent davlat
махсус таълим
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi toshkent
saqlash vazirligi
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
Toshkent davlat
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
koronavirus covid
vazirligi koronavirus
qarshi emlanganlik
covid vaccination
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
matematika fakulteti
o’rta ta’lim
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti