Ning “Shoir,she’r va shuur”nomli tadbir ishlanmasi erkin vohidov (1936-2016)



Download 0.92 Mb.
Sana20.05.2017
Hajmi0.92 Mb.


56-umumta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi Shahnoza Saparova

ning “Shoir ,she’r va shuur”nomli tadbir

ishlanmasi

ERKIN VOHIDOV
(1936-2016)


Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligiga bag’ishlab o’tkazilgan “Shoir, she’r va shuur” deb nomlangan tadbir ssenariysi.

Tadbirni o’qituvchi ochib beradi:

Assalomu alaykum ,aziz ustozlar ,she’riyat shaydolari.Bu yil o’zbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri O’zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligini keng nishonlash haqida prezidentimiz farmoni e’lon qilindi .Shu munosabat bilan maktabimizning 5-“D” sinf o’quvchilari “Shoir, she’r va shuur” deb nomlangan tadbir tayyorlaganlar Ushbu tadbirni e’tiboringizga havola etadilar.Marhamat tinglab dam oling.

1-o`quvchi: Vaqt,zamon –oliy hakam,

Na qilich ,na tig’ bekor

She’r qolur,shoir qolur ,

Garchand kechur vaqt-u zamon

2-o`quvchi: Bag’ring tole nuriga to`lsin

Ona yurtim –munis makonim.

To tirikman ,seniki bo’lsin ,

She’rim,

Umrim,


Yuragim,

Jonim….


3-o`quvchi: Assalomu alykum ,aziz zamondosh! Prezidentimiz farmoniga ko’ra yurtimizning turli ta’lim muassasalarida betakror iste’dod sohibi ,o’zbekning tanti shoiri E.Vohidov tavalludining 8- yilligi keng nishonlanmoqda .Bugun biz o’quvchilar ham adibni yodga olmoqdamiz. Tadbirimiz “Shoir, she’r va shuur”deb nomlanadi.

4-o’quvchi: Men jilgaman ,daryo bolib to`lgim keladi,

Ona yurtim,senga o`g`lon bo`lgim keladi.

Bugun senga faqatgina sher bag’ishladim,

Kerak bo`lsa jonni fido qilgim keladi

5-o’quvchi: Ona yurtiga haqiqiy o`g`lon bo`lib ,o`zbek adabiyotida munosib iz qoldirgan yorqin yulduzlardan biri iste’dodli shoir Erkin Vohidov 1936 yil 28 dekabrda Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida tug‘ilgan. Otasi Cho‘yanboy, onasi Roziyaxon davrning obro‘-e’tiborli, ma’rifatli kishilari edi. Ota-onadan yetim qolgan Erkin toshkentlik tog‘asining qo‘lida qoladi. 1955 yil o‘rta maktabni, 1960 yil ToshDUning filologiya fakultetini tugatadi. 7-sinfda o‘qib yurganida «Mushtum» jurnalida birinchi she’ri bosiladi. Shoir «Yosh gvardiya» nashriyotida (1960-1963, 1975-1982), G’afur G’ulom nashriyotida (1963-1970) ishlaydi. «Yoshlik» oynomasiga boshchilik qiladi. Oshkoralik qo‘mitasi rahbari, Respublika adiblar ittifoqi boshlig‘i bo‘ladi. Uning birinchi she’rlar to‘plami 1961 yilda «Tong nafasi» nomi bilan talabalik yillaridayoq bosilib chiqqan. Erkin Vohidov bolalik xotiralarini eslab: «O’ylab qarasam, bolalik xotiralarimning ko‘pchiligi she’rlarga, dostonlarga ko‘chgan ekan. «Nido», «Kuyosh maskani» poemalari, «Bolalik», «Oqsoqol», «Bolalik ekan-da...» she’rlari o‘sha murg‘ak tasavvur, ilk xotiralarning mevasi bo‘lgan» - deb yozgan edi o‘z tarjimai holida. Uning asarlarida she’r va shoir haqidagi qarashlar bayon etilgan.Erkin Vohidov I. Gyote, S. Yesenin, A. Blok, M. Svetlov, A. Tvardovskiy, R. Hamzatov asarlarini tarjima qilgan.


6-o`quvchi:«Odamlarga faqat she’ring emas, o‘zing ham kerakligingni sezish - bu katta baxt» - deb yozgan edi shoir o‘z tarjimai holida. Erkin Vohidov «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni va «O’zbekiston qahramoni» unvoni bilan taqdirlangan.E.Vohidov haqidagi videolavha,slaydlar namoyish etiladi.(Shoirning o`zi aytgan”Uzum”g`azali eshittiriladi)

7-o`quvchi:«Hech ikkilanmay, komil ishonch bilan aytish mumkinki, Erkin Vohidov o‘zbek she’riyatining ko‘rki va faxri. Bu fikrda zarracha mubolag‘a yo‘q».


(Ozod Sharafiddinov, O’zbekiston qahramoni )

8-o`quvchi:

Erkin Vohidov dastlab hayot, go’zallik, yoshlik, muhabbat kuychisi bo’lib maydonga chiqdi. Taqdir in’om etgan hayot, saodat, yoshlik, muhabbat sururini, hayotdan rizolikni to’lib – toshib kuyladi. Xalqimiz erishgan yutuqlar uning shonli tarixi, qo’lga kiritgan g’alabalari to’g’risida baxt iftixoriga to’la satrli bitdi. Jumladan, “Yoshligim” g’azalida yoshlik sururidan jo’shib yozadi.
Yoshligim, kel, kuyga to’lgan

Qalbim oltin so’zi bo’l.

Men qo’shiq aytay to’lib,

Bir lahza jo’r ovozi bo’l.

9-o`quvchi:Ba’zi munaqqidlar ishqiy kechinmalarni kuylash, ko’hna she’riy shakl – aruzga murojaat qilishni zamondan uzoqlashish deb atadilar. Erkin Vohidov “Yoshlik devoni” kitobining “Debocha”sida shunday qarashlar bilan bahsga kirishadi.
Istadim sayr aylamoqni

Men g’azal dostonida

Kulmangiz, ne bor senga deb,

Men Alisher yonida.

She’riyat dunyosi keng

Gulzori ko’p, dostoni ko’p.


10-o`quvchi:Zamon daryosi qaydan oqib kelayotgani va qayga oqib ketayotganini bilish g`oyatda mushkul.Lekin biz E.Vohidov she’rlarida aks etgan zamon daryosiga sho’ng`iymiz va undan tozarib yasharib masarratga to`lib chiqamiz “O`zbegim”ning milliy uyg`onishimizga ko`rsatgan ta’sirini hech narsa bilan tenglashtira olmaymiz

“Ozbegim” she’ri:

Tarixingdir ming asrlar ichra pinhon ,O`zbegim

Senga tengdosh Pomir-u,oqsochTyonshon ,O`zbegim

Qasida o’quvchilar tomonidan zanjir usulida aytiladi.

Hamma:Bu qasidam senga,xalqim,oq sut-u tuz hurmati

Erkin o`g`lingman ,qabul et,O`zbegim,jon o`zbegim

11-oquvchi:Insonning eng go`zal fazilatlaridan biri kamtarlikdir.Bu fazilat shoir tilida shunday jaranglaydi:

She’r “Kamtarlik haqida”

Garchi shuncha mag`rur tursa ham,

Piyolaga egilar choynak.

Shunday ekan manmanlik nechun,

Kibr-u havo nimaga kerak ?

Kamtarin bo`l hatto bir qadam,

O`tma g`urur ostonasidan.

Piyolani inson shuning-chun ,

O`par doim peshonasidan.

12-o`quvchi:Vatan madhi har bir shoir, har bir yozuvchi ijodida o’zgacha jaranglaydi.E.Vohidov ona tuproqni ,muqaddas yerni quyidagicha ta’riflaydi:

“Ona tuproq” she’ri

Nega inson yerni qutlug` der,

Tuproqni ham sanar muqaddas.

Yo`q,mo`tabar emas asli yer,

Tuproq o`zi tabarruk emas.

Dastlab o`sha yer uzra odam,

To`kkanida halol manglay ter.

Gavhar undi ona tuproqdan,

Qutlug bo`ldi muazzam bu yer .

Qo`shiq “O`zbegim”

13-o`quvchi:O`zbekistonda E.Vohidovning ohangdor,ma’nodor satrlaridan bahra olmagan biror kimsa topilmasa kerak.Uning muhabbati,sadoqati,samimiyatida azal mo`jizasi bedor emasmikan?

14-o`quvchi: “Tilak” sheri

15-o`quvchi: “Yoshligim” she’ri

16-o`quvchi: Bizga oltin ne kerak ,

Oltin muhabbat birlamiz .

Pokiza ishq deb atalgan

Katta davlat birlamiz.

“Oltin devor” komediyasidan sahna ko`rinishi(Oltin vasvasasidagi Mo’min timsoli)

17-o`quvchi:E.Vohidov do’stlikni,hayotni,tinchlikni qadrlaydi va oquvchini ham shunga da’vat qiladi.

She’r “Do`st bilan obod uying”

18-o`quvchi “Bag’ishlov “

Umrim agar bog` bo`lsa ,siz

Bog`bonisiz ,elim,

Tutdim,oling,-o`z bog`ingiz

Sharbat gulobidir.

Yoshing necha deb so’ramangiz,

Yoron-u ahli dil

Erkin Vatan yoshi mening

Yoshim hisobidir.

19-o’quvchi “Nido” dostoni

20-o’quvchi Aziz sheriyat ixlosmandlari.E.Vohidovning sertug`yon,pokiza tuyg`ularni ifodalovchi she’rlari bizni kelajakka ishonch bilan qarashga chorlayvaradi.Shoir o’z she’rlari,go`zal ifodalari bilan o`zbek xalqi ,o`quvchilari qalbida mangu yashaydi.

She’r zulolidan simirdim,bir piyola to’ldirib,

Voh,ko`rindi menga har bir qatrasi ummon qadar

Nuqta qo’y nazmingga ,Erkin,muxtasarlik so’zga zeb,

Yo`qsa, tong otguncha she’ring bo’lg`usi doston qadar .

21-o`quvchi:Shunday qilib E.Vohidov tavalludining 80 yilligiga bag`ishlangan tadbirimiz nihoyasiga yetdi .E’tiboringiz uchun tashakkur!

To tirikdurman tabiat,To quyosh sochgayki nur,

Uch egiz bordir tushuncha ,u bu so`z yondosh bo`lur:

Mohir-u mehr-u mahorat,olim-u ilm-u amal,

Oshiq-u ishq-u mashaqqat,SHOIR-U SHE’R-U SHUUR.

G`ijduvon tumanidagi 56-umumta’lim maktabida o’tkazilgan tadbir

B A Y O N N O M A S I

2016-yil 26-dekabr Beshtuvo qishlog`i

K U N T A R T I B I:
Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligiga bag`ishlab o`tkazilgan”Shoir,she’r va shuur”tadbiri to’g’risida.
Tadbir ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Saparova Shahnozaning kirish so’zi bilan boshlandi. U shoir E.Vohidov asarlari va uning badiiy ahamiyati haqida gapirdi.
Eshitildi:

Ma’naviy ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari S.Jumayevning fikrlari tinglandi.U Erkin Vohidovning o’zbek adabiyotida tutgan o’rni, asarlari , she’rlari haqida fikrlarini bayon etar ekan bugun 5-“D”sinf o`quvchilari tomonidan o’tkazilgan tadbirda o’quvchilar faol ,tartibli ishtirok etganini ta’kidladi . Tadbir yuqori saviyada o’tganini aytib o`tdi

Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Samandarova N tadbirda o`quvchilar E.Vohidov she’rlaridan namunalar aytganligi, ayniqsa, uning “Oltin devor” komediyasi asosida tayyorlagan sahnaviy lavhalari diqqatga sazovor bo’ldi, deb o’z fikrlarini bayon etdi.



Matematika fani o’qituvchisi D.Qarshiyeva ,mehnat fani o’qituvchisi D.Yusupovalarning fikrlari ringlandi.
QAROR QABUL QILINDI


  1. O’quvchilarning kitobga mehrlarini kuchaytirish maqsadida tadbirlar o’tkazib turilsin.

  2. O’quvchilarda adabiyot va san’at, madaniyatga nisbatan qiziqishlarini chuqurlashtirish ishlari keng ko’lamda olib borilsin.

  3. Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Sh.Saparova tomonidan 5”D”sinf oquvchilari ishtirokida o`tkazilgan”Shoir,she’r va shuur” tadbiri namunali deb baholansin


Kotiba: Fozilova G.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent axborot
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
umumiy o’rta
haqida umumiy
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
davlat sharqshunoslik
jizzax davlat