Navoiy davlat pedagogika instituti rektorining 2022-yil 5-martdagi 81 AFO-sonli buyrug‘ining 2.1- , 3.1- va 3.2-bandi ijrosi bo‘yicha
MA’LUMOT
Navoiy davlat pedagogika instituti rektorining 2022-yil 5-martdagi 81-AFO buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar: Hay’at Kengashining 2022-yil 3-son majlisida qabul qilingan “2021-2022-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash to‘g‘risida”gi 3/1-son qarori bilan tasdiqlangan Prezident stipendiyasi, nomdor davlar stipendiya sohiblariga institut rektorining buyrug‘i bo‘yicha 2021–2022-o‘quv yilining sentabr oyidan boshlab spipendiyalar qayta hisob-kitob qilingan holda to‘lab berildi. Shuningdek, stipendiyantlarni taqdirlash institutning 8-martdagi marosimda amalga oshirildi. Stipendiyantlar haqida “Ma’rifat” gazetasida maqola chop etildi.
Ilmiy ishlar, innovatsiyalar va
ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i T.O‘tapov
Navoiy davlat pedagogika instituti rektorining 2022-yil 5-martdagi 82-AFO-sonli buyrug‘ining 2.1- va 2.2-bandi ijrosi bo‘yicha
MA’LUMOT
Navoiy davlat pedagogika instituti rektorining 2022-yil 5-martdagi 82-AFO buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar: Hay’at Kengashining 2022-yil 3-son majlisida qabul qilingan “2021 – 2022-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash to‘g‘risida”gi 3/1-son qarori bilan tasdiqlangan Prezident stipendiyasi, nomdor davlar stipendiya sohiblariga institut rektorining buyrug‘i bo‘yicha institutda iqtidorli talabalarni tanlash, ular bilan tizimli ishlar olib borish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
Ilmiy ishlar, innovatsiyalar va
ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limi boshlig’i T.O’tapov
MA’LUMOTNOMA
Navoiy davlat pedagogika instituti rektorining 2022-yil 5-martdagi 83-AFO buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar: Hay’at Kengashining 2022-yil 3-son majlisida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 2l-fevraldagi “Vazirlik tizimidagi oliy ta’lim muassasalarida oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlarini ochish to‘g‘risida”gi 3/2-son Hay’at qarori bo‘yicha “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi Nizom” talablari asosida samarali faoliyatni ta’minlash, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar tomonidan doktorlik dissertatsiyalarining o‘z muddatida himoya qilinishi yuzasidan 2022-yilning 3-choragi yakuni bo‘yicha doktorantlar faoliyati samaradorligini monitoringini o‘tkazish bo‘yicha ishchi komissiya tarkibi shakllantirilmoqda va chorak yakuni bo‘yicha monitoring natijalari vazirlikka taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |