Mustaqillik va Men Annotatsiya



Download 16,18 Kb.
Sana22.04.2022
Hajmi16,18 Kb.
#574776
Bog'liq
Mustaqillik va Men


Mustaqillik va Men
Annotatsiya. Mustaqillik bu – buyuk ne’mat. U hammaga ham berilavermaydi. Berilganda ham hamma uchun barobar bo’lmaydi. Ushbu maqolda Mustaqillik tushunchasi doirasida o’z fikrlari va tuyg’ulari haqida batafsil bayon qiladi.
Kalit so’zlar: Mustaqillik, e’tirof, tarix, kelajak poydevori, islohotlar, rivojlanish strategiyasi va h.k.
“1991-yil 31-avgust kuni mamlakatimiz hayoti va taqdirida tub burilish yasagan, tom maʼnodagi buyuk tarixiy voqea yuz berdi. Necha yuz yillar davomida kelajakka katta umid va ishonch bilan qarab, hamisha sabr-matonat bilan yashagan xalqimiz ulugʻ orzusiga erishdi – oʻzining davlat mustaqilligini qoʻlga kiritdi”, degan edi davlatimiz rahbari o’z ma’ruzalarida. Darhaqiqat, Mustaqillik biz uchun ta’riflab bo’lmas ne’mat. Buni anglash va qadrlash uchun tarixga qaytishimiz shart emas albatta. Oxirgi 2 oy ichida dunyo nelarni boshidan kechirmadi deysiz. Bir kuni pandemiyada, boshqa kuni karantinda, yana bir kun esa Afg’onistonlik qardoshlarimizga darddosh bo’ldik. Yana bir ko’z yugurtirganingizda esa hali Falastin, hali Suriya yoki Iroqdagi otishmalar, bolalar yig’isi, oilasini yo’qotgan go’daklar tasvirlangan lavhalarni ko’ramiz, titrab ketamiz. Ahamiyatlisi, mazkur mamlakatlar ham Mustaqil. O’z bayrog’I, konstitutsiyasi, qonunlari, madhiyasi, gerbi va suverinetitetiga ega. Lekin nega u yerlarda talato’plar, tartibsizliklar hukm surmoqda? Demak Mustaqillik bu faqatgina suverenitet orqali berilgan moddiy erkinlik emas. Men mamnuniyat bilan tilga olgan Mustaqillik shu! Diniy erkinlik, fikriy erkinlik, istaklar va baxtning erkinligi.
Mamlakatimizda 30 yil ichida juda ko’p narsalar o’zgardi. Agar hammasini birma-bir sanasak, varaq tugul, vaqtimiz ham yetmaydi. Ekspertlarning tasdiqlashicha, O‘zbekistonda kuzatilayotgan makroiqtisodiy barqarorlik tashqi salbiy ta’sirlarga samarali qarshi turish imkonini berayapti. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari davlat va jamiyat munosabatlariga yangicha ruh bag‘ishladi. Soha rivoji davlat hamda jamiyat, davlat organlari va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarning yangi shakllari amaliyotga joriy etilishiga xizmat qilmoqda. Mamlakatimiz rahbariyati tomonidan iqtisodiyotni diversifikatsiyalash, qishloq xo‘jaligini tarkibiy yangilash, shuningdek, tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga qaratilgan hayotiy tashabbuslar ilgari surilmoqda. Yurtimizda “start-ap”lar tobora keng joriy etilmoqda. Ular, ayniqsa, yoshlar orasida ommalashgan. Masalan, shu yilning mart oyida Yoshlarning “start-ap” tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash dasturiga start berildi. Unda O‘zbekistonning turli oliy ta’lim muassasalaridan mingdan ziyod talabalar ishtirok etdi. Prezidentimiz tomonidan iqtisodiyotni rivojlantirish hamda liberallashtirish maqsadida 20 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi, amaldagi qator qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi, tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha zarur shart-sharoitlar yaratildi.
Binobarin, yurtimiz dunyo tamaddunining beshiklaridan biri sifatida asrlar davomida Mag‘rib va Mashriq o‘rtasida ko‘prik vazifasini o‘tab, insoniyatning madaniy hamda ilmiy boyliklarini o‘zida jam qilgan. Jonajon Vatanimiz ilm-fan va madaniyat taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek singari buyuk alloma hamda mutafakkirlarni yetishtirib bergan. Ekspertlar e’tirof etishicha, o‘zbekistonliklar azal-azaldan nafaqat uddaburon tijoratchi, iqtisodiyotni boshqarishga qodir, pul topishning hadisini olgan kishilar bo‘lishgan, shu bilan birga, ilm-fan dovrug‘ini yoyishga ham katta hissa qo‘shgan.
Islohotlar davom etar ekan fikrlar, yangiliklarning chek-chegarasi bo’lmaydi. Shy bois, fikrlarim yakunida Prezidentimizning tarixiy gaplaridan misol keltirmoqchiman: Biz keyingi yillarda belimizni mahkam bogʻlab, milliy manfaatlarimizni taʼminlash, xalqimizni rozi qilish yoʻlida sidqidildan mehnat qilib, gʻoyat muhim natijalarni qoʻlga kiritmoqdamiz. Eng asosiy natija – boshlagan islohotlarimiz ortga qaytmaydigan muqarrar tus olganida, bugungi jamiyatimizning maʼnaviy uygʻonishida namoyon boʻlmoqda. Maʼnaviy uygʻoq jamiyatni, oʻz oldiga ulkan vazifalar qoʻyib, kelajak sari ishonch bilan borayotgan xalqni hech kim oʻz yoʻlidan toʻxtata olmaydi. Bunday xalqni Yaratganimiz ham qoʻllab-quvvatlaydi, doimo yoʻlini ochib beradi. Bugun million-million vatandoshlarimizning ongu tafakkuri oʻzgarib, ular islohotlar jarayoniga oʻzini bevosita daxldor deb bilmoqda, bu oʻzgarishlarning faol ishtirokchisiga aylanmoqda. Bugun biz yagona xalq, yagona millat boʻlib, koʻzlagan yuksak maqsadlarimiz sari dadil bormoqdamiz. Vujudimizda, qonimizda ajdodlarimizdan meros buyuk qudrat joʻsh urayotgan ekan, biz ezgu orzu va maqsadimiz boʻlmish yangi Oʻzbekistonni albatta bunyod etamiz. Oʻzbekiston har tomonlama obod va farovon, erkin demokratik mamlakatga aylanadi.
Xulosa o'rnida aytganda, bugun O'zbekiston xalqaro tashkilotlar doirasida muntazam ravishda muhim tashabbuslar va siyosiy takliflarni ilgari surmoqda. Prezidentimiz amalga oshirayotgan ulug'vor ishlarni nafaqat xalqimiz qo'llab-quvvatlamoqda, balki dunyo hamjamiyati ham alohida e'tirof etmoqda. Bu mustaqil O'zbekistondagi yangicha boshqaruv, yangi strategiya va yangi imkoniyatlarning amaldagi yorqin namunasidir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. https://thediplomat.com/2021/11/the-old-ways-are-still-alive-in-new-uzbekistan/

  2. https://www.aljazeera.com/where/uzbekistan/

  3. https://www.gazeta.uz/en/

  4. https://yuz.uz/uz/news/yangi-ozbekiston-bosib-otayotgan-yol

  5. https://www.gazeta.uz/oz/2021/09/27/mirziyoev-program/

Download 16,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish