O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimov tavvaludiga bag'ishlab o'tkaziladigan “Mustaqil yurtimning –millat otasi”mavzusidagi Xotira kechasining sennariysi
Sahnada proektorda mungli musiqa bilan 3 daqiqali videorolik ko’rsatiladi so’ng sahnaga boshlovchilar chiqib keladi
Nodir:Assalomu aleykum aziz mehmonlar,mehribon ota onalar,hurmatli ustozlar
Zarina:O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevish Karimovning tavvaludiga bag’ishlab o’tkazilayotgan“Mustaqil yurtimning –millat otasi”deb nomlangan Xotira kechasini ochiq deb e’lon qilamiz!(O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qo’yiladi)
Nodir:Salomdan boshlanar hurmat ehtirom
Salomdir dunyoda eng shirin kalom
Ey,aziz,mehmonlar,aziz ustozlar
Avvalo sizlarga salom,assalom
Zarina:Ming ta’zim sizga ,dildan ehtirom
Mo’tabar mehmonlar,sizga xush kalom
Nodir:Xotira o’zlikni anglashga,o’tmishni doimo yodda tutishga da’vat etib turadiganmuqaddas tuyg’udir.U orqali inson o’ziga yahshi hislatlarni qaror toptirib boradi
Zarina:Biz “millat”, “Vatan”, “Istiqlol”kabi so’zlarni hurmat bilan tilga olamiz.Ana shu tushunchalar haqida so’z yuritganda gapning bir uchi xotiraga borib taqaladi
Nodir:Insonni e’zozlash,izzat hurmatini qilish,o’tgan ajdodlar ruhini ardoqlash,har bir fuqaroning Vatan oldidagi xizmatini qadrlash ,xalqimizning turmush tarzi ruhiyati,an’ana va hayotiy odatlariga aylanmoqda
Zarina:Muqaddas tushunchalarimizning barchasi xotira bilan tirik.Xotira nafaqat o’tmishni unutmaslik,bugungi kunni to’g’ri tasavvur etish hamdir
Nodir:Xotira insonni ochiq ko’z bilan qarashga o’rgatadi
Zarina:- Jim?
Do’stim bir lahza sukut saqlaylik
Baxtimiz qurboni bo’lganlar haqqi
Nomini yod etib,bir bir yo’qlaylik
Xalqim deb,yurtim deb o’tganlar haqqi
Nodir:Kel,do’stim ,bir lahza quloq beraylik
Tinglaylik mardlarning yurak sasini
Mangulik bog’idan gullar teraylik
Qalblarga yozaylik xotirasini
Zarina:Kel do’stim bir lahza sukut saqlaylik
Shu qutlug’ dargohni qilaylik tavof
Elu yurt chekmasin sira iztirob
Har ikkisi birga
-Kel,do’stim bir lahza sukut saqlaylik…
(bir lahza sukut saqlanadi)
Shu orada sahnaga 1-sinf o’quvchilari saflanadi va proyektorda videorolik ko’rsatiladi songra o’quvchilar shoir Iqbol Mirzoning she’rini aytishadi
1)Samarqandda Ulug’bek ko’zyoshiga cho’mdim men,
Lavhul Mahfuzni o’ylab,Haq amriga ko’ndim men.
Yer usti boyliklarin tortar ekan yer osti,
Xizr yoniga nodir xazinamni ko’mdim men.
2)Yana tonglar otib kun kulgaymi-kulmagaymi.
Kimni boy berdi dunyo,bilgaymi-bilmagaymi?
Sayyoralar yuz yilda yozarkan bir dasturxon,
Bunday mehmon ming yilda kelgaymi-kelmagaymi?
3)Yurt boshiga tosh tushsa ,Yurtboshiga tegar tosh
Yurtdoshidan tosh uchsa ,Yurtboshiga tegar tosh
Mana,toshyuraklar ham eridi sel-sel bo’lib,
Mana,ko’zi qizarib,yelka silkib egar bosh
4)Registon maydonida tush ko’rganday yurdim men,
Uyg’onay deb yuzimga ko’zyoshdan suv urdim men.
Shoxizinda yonida farishtadau oqsoqol
“Yetim qoldim ,otam”lab bo’zlaganin ko’rdim men
5)Shirin jonin bug’doyday yerga sochgan otam-a,
Ma’naviyat durlarin dilga sochgan otam-a.
So’nggi nafasigacha yurtim deb yongan olov,
Umrini xarjlab-xarjlab,elga sochgan otam-a
6)Yig’lasang ham mung’ayma,g’anim xandon bo’lmasin.
O’zingni y’ig’,bardam bo’l ,qadding kamon bo’lmasin.
To’n kiyib bel bog’lasa ,kurashga kirgay o’zbek,
O’zbekiston jigarim,ko’ngling yomon bo’lmasin
7)Chaqmoqdek musibatga tog’-u toshdek bardosh bor,
Yelkangga boshin qo’ygan qavmi inson,qardosh bor
Otaning g’oyalari qoyalardek mangulik,
Sheri mardga munosib arslonpanja izdosh bor
8)Yuraklarga quvvatdir yoniq shon-u shukuhi,
Birlashtirdi hattoki elni qayg’u-anduhi.
Yodi hamisha ,ismi tillarda duo,
Humoqushga aylanib,yog’du sochadi ruhi
9) By hayot abadiydir,jilg’a soyiga yetdi
Jannat barpo etgan zot jannat joyiga ketdi
O’zi bizga qaytargan daholarning yoniga ,
Buyuk sohibqironning qurultoyiga ketdi
Nodir:Musiqa maktabi o’quvcilari tomonidan tayyorlangan ….
Zarina :Marhum yurtboshimizning har bir aytgan so’zlari biz yoshlar qalbida hamisha mangu porlagaydir (O’quvchilar chiqib afarizmlaridan aytadi)
1.O’zbekiston-kelajgai buyuk davlat
2.Elim deb,yurtim deb yonib yashash kerak
3.Vatan menga nima berdi deb emas,men Vatanga nima berdim deb yashash kerak
4.XXI-asr intellectual yoshlar asri
5.Eng buyuk jasorat-ma’naviy jasoratdir
6.Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q
7.Biz hech kimdan kam emasmiz va kam ham bo’lmaymiz
8.Farzandlarimiz albatta kuchli, bilimli,dono va baxtli bo’lishi shart
9.Dunyoda hech narsa davlatni sportchalik tez dunyoga tanita olmaydi
Sahnaga sportchilar chiqadi va tryuklarini namoyish etadi
So’ng sahnaga 8-sinf o’quvchilai chiqadi
Fotima:Qayga ketayabsiz bulbunzabonlar
Endi surmaysizmi davru davronlar
Ulg’ayib navqiron yoshiga yetib
Yurtga kelganida dorilomonlar
Xudo so’rab oldi ulug’larimiz!
O’zbekning yuragi cho’g’dayin qirmiz!
Illo boshimizni egmaymiz sabab,
Eng sabrli elning farzandlarimiz
Shaxlo:Qarang safarga ketdim,Allohim diydorin ko’rmoqqa yetdim.
Dod solib,ey voh,ruhim tig’lamang.
Tinch yotay jon bolam,aslo yig’lamang!
Sizlarni bir umr yaхshi ko’rganman,
Eng yaхshi aslini ravo ko’rganman!
Istamam,sizlarning dard chekishingiz
Tik tuting qaddingiz bo’yi bastingiz
Dushmanga sir bermang yoshu qaringiz,
Boshlagan ishlarim davom qildiring!
Siz yolg’iz emassiz shuni bildiring!
Doim sizlar bilan mangu yashayman…
Sinoat,kuch-quvvat sizdan istayman!!!
2)Biz kuydik birgina yosh avlod uchun
Kun kelib albatta beradi meva
O’shalar ko’rsatar O’zbekning kuchin
Menda qo’shilmabdi rizqu nasiba
Mendan xafa bo’lmang chempionlarim
Siz yutdiz boshim ko’klarga yetdi
Afsuz qisqa ekan umr yo’llarim
Ertaroq taqdirim o’zgarib ketdi
Biling shu Vatanim ,orim sizlarim
Kuchingiz kuch qo’shsin yana tanaga
Ko’rgizgiz kelganda o’g’il qizlarim
Bir kelib ketarsiz Shoxi Zindaga !
Zarina:Yillar umrimizga qilarmu shafqat
Biror ish bormikan aylagali yod
Qayta tiklash mumkin barchasin,faqat
Qayta tiklanmagay ochsa xotira
Nodir:Biz muhtaram Prezidentimizni Yurtimiz mustaqilligi,uning tinchligi ,bunyodkorligi va farovonligi yo’lida olib brogan ishlari haqida qancha gapirsak ham ozdir.Biz faqat yurtboshimiz boshlab bergan ishlarni davom ettirish bilan ruhina shod etamiz
Zarina:Shuning bilan “Mustaqil yurtimning millat otasi” nomli xotira kechamiz o’z nihoyasiga yetdi.Istardikki xotira va qadr tuy’g’usi hech birimizdan yiroqlashmasin,hamisha qalblarimizda aks-sado berib tursin
@ustozlar_uchun Xalq ta’limi xodimlariga
Do'stlaringiz bilan baham: |