O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy Universiteti
Tarix fakulteti sirtqi ta’lim Arxivshunoslik
yo’nalishi 4- bosqich talabasi
Azimova Maftunaning tayyorlagan
Mustaqil ishi
Mavzu: 1918 – 1945 – yillarda Fransiya. Reja.
1. Birinchi jahon urushining oqibatlari.
2. “Milliy blik” hukumatining ichki va tashqi siyosati.
3. Iqtisodiy inqiroz va uning oqibatlari.
4. Fashistlar isyoni va xalq frontining tuzilishi.
Fransiya (fransuzcha talaffuzi: [fʁɑ̃s]), rasmiy nomi Fransiya Respublikasi (fransuzcha: République française) — Gʻarbiy Yevropadagi davlat.
Gʻarbda va shimolda Atlantika okeani hamda La-Mansh boʻgʻozi, janubida Oʻrta dengiz bilan oʻralgan. Maydoni 547,03 ming km². Aholisi 67,5 million kishi (2021). Poytaxti — Parij shahri.
Maʼmuriy jihatdan 22 region (viloyat), 96 departamentga boʻlingan. Fransiya tarkibida dengiz orti departamentlari (Gvadelupa, Martinika, Gviana, Reyunon), dengiz orti xududlari (Taiti, Yangi Kaledoniya, Fransiya Polineziyasi, Tinch okeandagi Uollis va Futuna orollari va boshqalar), hududiy birliklar (Mayotta va SenPyer va Mikelon) bor.
Fransiya jahon urushida g’olib chiqqan davlatlardan biri edi. Biroq bu g’oliblik Fransiya uchun juda katta yo’qotishlar evaziga qo’lga kiritildi. Chunonchi, urush tufayli 1,4 mln. nafar farnsiyalik halik bo’ldi. 3 mln. 250 ming gektar haydaladigan yer foydalanishga yaroqsiz bo’lib qoldi. 1920 – yilga kelganda Fransiyaning davlat qarzi 300 mlrd. frankka yetdi.
Ayni paytda urush Fransiyani G’arbiy Yevropaning birinchi davlatiga ham aylantirildi. Elzas va Lotaringiyaning qaytarilishi, Saar viloyati ustidan Fransiya nazoratining o’rnatilishi mamlakatning bundan keyingi taraqqiyotida juda katta ijobiy rol o’ynadi. Yangi iqtisodiy hududlar Fransiya metallurgiya sanoati qudratini 75 foizga oshirdi.
Temir rudasi qazib chiqarish bo’yicha Fransiya Yevropada birinchi o’ringa chiqdi. Qudratli banklar (“mirabo”, Rodshildar oilasi, aka – uka Lazarlar, Malle kabi) paydo bo’ldi. Sanoatning yetakchi tarmoqlarida “Reno”, “Sitroyen”, “Pejo”, “Simka” kabi ulkan kompaniyalar tashkil topdi.
Suriya va Livanda Fransiya nazorati o’rnatildi. (ular sobiq Turkiya imperiyasi mulklari edi). Fransiya Germaniyaning Afrikadagi mustamlakalar – Togoning bir qismi va Kamerunga ega bo’ldi.
Fransiya hukmron doiralarining bosh maqsadi Fransiyani Yevropaning eng qudratli, Yevropa mamlakatlari orasida hal qiluvchi so’zni aytuvchi davlatga aylantirish edi.
1919 – yil noyabr oyida urushdan keyin biqinchi marta parlamentga saylov o’tkazildi. Saylovgacha o’ng partiyalar “Milliy blok” deb ataluvchi ittifoqqa birlashdi. Blokni o’ta o’ng partiyalar – “Milliy respublikachilik partiyasi”, “Respublikachi – demokratik partiya” – tuzgan edilar. Radikallar va Respublikachilar partiyalari ularga qo’shilgan.
“Milliy blok” hukumatini A. Milyeran (1859 – 1943) boshqardi. A. Milyeran hukumati, yirik kapital xohishi o’laroq, 8 soatlik ish vaqti joriy etish to’g’risidagi qonunni amalda joriy etishga to’sqinlik ham qildi. Soliqlar yukini kamaytirmadi. Ish haqi oshirilishi haqidagi talablarga qarshilik ko’rsatdi. Bunday siyosat mamlakatda kuchli ish tashlash harakati avj olishiga olib keldi. 1919 – yilda bu harakatlarda 1,2 mln. dan ortiq ishchi qatnashdi.
1920 – yilning dekabr oyida FSPda bo’linish yuz berdi. Bo’linib chiqqan qism yangi siyosiy partiya – Fransiya Kommunistik partiyasini (FKP) tuzdi.
“Milliy blok” tashqi siyosatda Fransiyaning yevropada yetakchi davlat bo’lib qolishi uchun qo’lidan kelgan barcha choralarni ko’rdi. Chunonchi, u Germaniyani mumkin qadar kuchsizlantirishga intildi. 1920 – 1921 – yillarda Fransiya ta`siri ostida Chexoslovakiya – germaniya – Yugoslaviya ittifoqi tuzildi. U tarixda “Kichik Antanta” nomi bilan ham ma`lum.
Do'stlaringiz bilan baham: |