Antanta armiyasining eng mashhur qo'mondon Xalqaro maydonda gegemonlikka da`vogar AQSH ham Fransiyaning yanada kuchayib ketishini hoxlamas edi. Shuning uchun Buyuk Britaniya va AQSH Germaniya Fransiyaga to’lash lozim bo’lgan tovon miqdorini mumkin qadar kamaytirishga intilganlar. 1922 – yilda Rur viloyatidan Fransiyaga ko’mir yuborishni to’xtatdi.
Bu hodisa Fransiya metallurgiya sanoati rivojiga katta salbiy ta`sir ko’rsatdi. Buning oldini olish maqsadida “Milliy blok” hukumati (bu vaqtda uni ashaddiy militarist va shovinist R. Puankare boshqara edi) 1932 – yil yanvarda Rur viloyatiga qo’shin kiritdi va uni bosib oldi. Biroq Fransiya o’z maqsadiga erisha olmadi. Rur ko’mir konlari ishchilari (nemislar) Germaniya hukumatining chaqirig’i bilan ko’mir qazib chiqarish va uni vagonlarga ortishdan bosh tortdilar.
1924 – yilning may oyida parlamentga o’kazilgan saylovda g’alaba qozondilar hamda “So’l blok” hukumatini tuzdilar. Hukumatni Radikallar artiyasi rahbari E. Errio (1872 – 1957) boshqardi va Rur viloyatidan Fransiya qo’shinlarini olib chiqib ketdi. Oktabr oyiga kelib Sovet davlatini tan oldi va diplomatic munosabat o’rnatdi. Uy – joy muammosini hal etish maqsadida 300 mln. frank mablag’ ajratdi.
Fransiya 1925 – yilda Lokarno shartnomasini imzoladi. Bu shartnomaning imzolanishi aslida Farnsiyaning o’z ittifoqchilari bo’lgan Polsha va Chexoslavakiyaga nisbatan xiyonati edi. Chunki mazkur shartnomada bu ikki davlatning Germaniya bilan chegaralari buzilmasligiga xalqaro kafolat berish ko’zda tutilmagan edi.
Jahon iqtisodiy inqirozi Fransiyaga ham ta`sir ko’rsatmay qolmadi. 1930 – yilning oxirida Fransiya iqtisodiyotida inqiroz boshlandi va u uzoq – 1936 – yilgacha davom etdi.
Sanoatda ishsizlar soni 1,5 mln. kishini tashkil etdi. Ish soati 10 – 12 soat davom etadigan bo’lib qoldi. Ish haqi 40 foizgacha kamaytirildi. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 40 foizgacha kamaydi. Oziq – ovqat mahsulotlari narxi ko’tarildi. Soliqlar miqdori oshirildi.
1932 – yilda parfyumeriya sanoati
yirik magnati Koti “Fransuz hamkorligi”
deb ataluvchi fashistlar partiyasini tuzdi.
Mamlakatda “Jangovar xochlar” va
boshqa qator fashistik tashkilotlar faoli-
yati yurita boshladi. Ularning maqsadi
Fransiyada ham fashistik diktatura o’rna-
tish edi.
Fransiya fashistlari hokimiyatni
egallashga ochiqdan – ochiq harakat
qila boshladilar. Shu maqsadda ular
1934 – yil 6 – fevralda qurolli isyon
uyushtirdilar.
1935 – yil 14 – iyulda sotsialistlar, kommunistlar va radikallar partiyasi birgalikda katta namoyish o’tkazdilar. Shu tariqa Fransiyada “Xalq fronti” vujudga keldi. 1936 – yil aprel – may oylarida o’tkazilgan parlament saylovlarida xalq fronti g’alaba qozondi.
U parlamentda umumiy o’rinning deyarli uchdan ikki qismini egalladi. Sotsialist Leon Blyum boshchiligida yangi hukumat tuzildi. Bu hukmat ish haqini oshirish, 40 soatli ish haftasi, korxonalarda jamoa shartnomalari tuzish, kasaba uyushmalari huquqini himoya qilish, haq to’lanadigan ta`til berish kabi qator qarorlar qabul qildi.
Hukumat budjet tanqisligini bartaraf etolmaganligi ham munosabatlarni yanada sobutdi. Bularning bari 1938 – yil aprel oyida L. Blyum hukumatini iste`fo berishga majbur etdi. Radikallar partiyasi rahbari Ye. Dalad`e yangi hukumat tuzdi. Uning 30 – sentabrda Myunxen shartnomasini imzolashi Xalq frontida qattiq tanqidga sabab bo’ldi.
1939 – yil mart oyida Germaniyaning Chexoslavakiyani bosib olishiga hech qanday to’sqinlik qilmadi. Uning niyati Germaniya agressiyasi tig’ini Sharqqa – Rossiyaga burib yuborishi edi.
Fransiya birinchi jahon urushida g’olib bo’lsa-da, iqtisodiy taraqqiyoti tezlashmadi. Buyuk davlatlar ta`siridan chiqolamadi. Ikki yuzlamachi siyosat yuritdi. Fashizm qurboni bo’ldi.