Mustaqil ishi. Gidrometerorologik xаvfli hodisаlаr



Download 253,85 Kb.
Sana07.01.2022
Hajmi253,85 Kb.
#326623
Bog'liq
Favqulotda vaziyatlar va aholi muhofazasi

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti “Geologiya-qidiruv va kon-metallurgiya” fakulteti “Hayotiy faoliyat xavfsizligi” kafedrasi 21v-20 guruh talabasi Fayziev Komronning “Favqulotda vaziyatlar va aholi muhofazasi ” fanidan tayyorlagan Mustaqil ishi.

GIDROMETEROROLOGIK XАVFLI HODISАLАR

    Maʼlumki, inson manfaati, uning qadr-qimmati, salomatligi va xavfsizligini taʼminlash - kundalik hayotimiz jabhalarida dolzarb, ustuvor va muhim oʼrinni egallaydi. Insoniyatning rivojlanish tarixi tabiiy ofatlar va texnogen halokatlar bilan bogʼliqdir.      Turli xil favqulodda vaziyatlar odamlarning qurbon boʼlishi, ularning sogʼligi yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishi, jiddiy moddiy talofatlar keltirib chiqarishi hamda odamlar hayot faoliyati sharoitini izdan chiqarishiga olib keladi. Respublikamizda yuzaga kelishi mumkin boʼlgan tabiiy ofatlardan biz sel, suv toshqini, qor va yer koʼchkilari alohida eʼtibor qaratamiz, chunki Oʼzbekiston hududining geografik oʼrni va iqlim sharoitlari sel, qor koʼchkilari, koʼchkilar va toshqin hodisalarining sodir boʼlishiga zamin yaratadi..

   Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 455-sonli «Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi toʼgʼrisida»gi Qaroriga 1998yil muvofiq tabiiy ofatlar geologik xavfli hodisalar, gidrometeorologik xavfli hodisalar hamda favqulodda epidemiologik, epizootik va epifitotik vaziyatlarga boʼlinadi. Gidrometeorologik xavfli hodisalarga: odamlar oʼlimiga, aholi punktlarini, baʼzi sanoat va qishloq xoʼjaligi obʼektlarini suv bosishiga, infratuzilmalar va transport kommunikatsiyalari, ishlab chiqarish va odamlar hayot faoliyati buzilishiga olib kelgan va shoshilinch koʼchirish tadbirlari oʼtkazilishini talab qiladigan suv toshqinlari, suv toʼplanishi va sellar; aholi punktlaridagi, sanatoriy, dam olish uylaridagi, sogʼlomlashtirish lagerlaridagi odamlarning, sayyohlar va sportchilarning jarohatlanishiga va oʼlimiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin boʼlgan qor koʼchkilari, kuchli shamollar (dovullar), jala va boshqalar kiradi.

Toshqinlar, sel oqimlari, qor koʼchish va yer koʼchki hodisalari bilan bogʼliq favqulodda vaziyatlardan aholi va hududlarni himoya qilish boʼyicha ishlarni oʼz vaqtida va samarali tashkil etish, shuningdek ularning ehtimol tutilgan oqibatlarini tezkorlik bilan tugatish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining yil 19 fevralь kunidagi “Toshqinlar, sel oqimlari, qor koʼchish va yer koʼchki hodisalari bilan bogʼliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish borasidagi chora-tadbirlari toʼgʼrisida” PQ-585-sonli Qarori bilan “Xavfli gidrometeorologiya va geologiya hodisalari bilan bogʼliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini tugatish boʼyicha ishlarni tashkil etish tartibi toʼgʼrisidagi nizom” va toshqin suvlari va sel oqimlarini xavf-xatarsiz oʼtkazib yuborishni taʼminlash, qor koʼchish va yer koʼchki hodisalari xavfini kamaytirish boʼyicha Toshqinga qarshi hukumat komissiyasining asosiy vazifalari va faoliyatini tashkillashtirish, vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimiyat organlarining toshqinlar, sel oqimlari, qor koʼchish va yer koʼchki hodisalari bilan bogʼliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish boʼyicha funktsiyalari belgilab berildi.

     Toshqin suvlari va sel oqimlarini Oʼzbekiston Respublikasi suv oqimlari boʼylab barqaror va xavfsiz oʼtkazib yuborish boʼyicha amalga oshiriladigan ishlar samaradorligini oshirish, aholini va iqtisodiyot tarmoqlarining ijtimoiy obʼektlarini toshqin va xavfli sel hodisalarining salbiy taʼsiridan himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 21 yanvardagi “2014-2015 yillarda va istiqbolda 2020 yilgacha suvlarni Oʼzbekiston Respublikasi suv oqimlari boʼylab barqaror va xavfsiz oʼtkazib yuborish dasturini tasdiqlash toʼgʼrisida” 13-son va 2017 yil 21 dekabrdagi “Daryolar oʼzanlarini tozalash va qirgʼoqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish tartibi toʼgʼrisidagi Nizomni tasdiqlash toʼgʼrisida” 1009-son Qarorlari shular jumlasidandir.


Download 253,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish