Munozara metodlari va ularni tashkil etish texnologiyasi



Download 72,5 Kb.
bet1/3
Sana23.04.2022
Hajmi72,5 Kb.
#575820
  1   2   3
Bog'liq
Munozara metodlari va ularni tashkil etish texnologiyasi.


Munozara metodlari va ularni tashkil etish texnologiyasi.
Munozara metodlarining ijtimoiy psihologik ahamiyati.

Umuman, baxs va munozara yo’li bilan turli ijtimoiy muammolarni hal qilish masalasiga qiziqish XX asrning 30 yilalaridan boshlangan, deb hisoblanadi. Chunki ayni bu hodisaga qiziqish shu davrga kelib pedagogika va psihologiya sohalariga ham yoyilan va bu haqida birinchi ilmiy psihologik hulosalar qilgan olim shvyesariyalik psiholog Jan Piajedir. U bola ijtimoiylashuvi jarayonini o’rganar ekan, uning o’z tengqurlari bilan turli mavzularda qiladigan munozara yoki baxslari undagi egoistik shahsiyatparaslik mavqeining susayishi va shu tariqa o’z-o’zini anglash bilan bir qatorda o’zgalar mavqelarini anglash va “o’zga shahs bo’la olish” qobiliyatini o’stirishni aniqlaydi. Keyinchalik shunga o’hshash tadqiqotlar sof ijtimoiy psihologik hodisalar doirasida ham o’rganila boshlandi. Masalan, nemis olimi Kurt Levin ham 40 yillardayoq guruhda ko’pchilikning yagona qarorga kelishining psihologik tabiatini o’rganar ekan, unda ana shu guruhlarda o’tkaziladigan tabiiy munozaralarning har bir shahs ijtimoiy ustanovkalari, qarashlari va guruhga munosabatiga bevosita ta’siri borligini tasdiqladi. Uning fikricha, guruhdagi munozara har bir shahsning guruhiy faoliyatiga nisbatan motivatsiyani oshirib, shu bilan birga har qaysi a’zoning guruhiy jarayonlarga qo’shilishi, o’z mavqeini anglash, o’zgalarga nimanidir deyish kabi ehtiyojini oshiradi. Erkin, demokratik tarzda fikr almashinish imkoniyatining yaratilishi muhokama qilinayotgan muammo bo’yicha guruh a’zolaridagi fikrlash jarayonini tezlashtiradi, ularning ijtimoiy mavqelarini yanada faollashtiradi.


K. Levin eksperimentlarining real hayotda qanday samara berishi bo’yicha keyinchalik, ya’ni ikkinchi jahon urushi yillarida sinovlar o’tkazilgan. O’sha yillari bir guruh ayollarga ayrim oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan baliq konservasi va pashtetining ham foydali ekanligi, har doim ham yangi so’yilgan mol go’shti yoki boshqa hayvon go’shtini iste’mol qilish shart emasligi haqida chiroyli va ishonchli ma’ruzalar o’qilgan. Lekin ertasi kuni o’sha tinglovchilarning 3 % gina do’konlardan yuqorida tag’ibot qilingan narsalarni harid qilganlar. Boshqa bir ayollar guruhiga esa aynana shu mavzuda munozaralar o’tkazish sharoiti yaratilgan. Keyingi kuzatishlarning ko’rsatishicha, munozara qatnashchilaridan 32 % o’sha oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan o’z fikrlarini o’zgartirganlar va taklif etilgan mahsulotlarni harid qila boshlaganlar.
Ilmiy nuqtai nazardan olib qaraganda, munozaralarning mohiyati va ahamiyati quyidagilarda izohlanadi: an’anaviy ma’ruza tinglovchilari tanishtirayotgan muammoga nisbatan tahmin bir hil neytral mavqeni bildiradilar, ya’ni o’sha mavzu yuzasudan o’zida to’g’ri fikr mavjud bo’lgan sharoitda ham ma’ruzachining bildirayotgan fikrini ishonchliroq va asoslanganroq, deb hisoblab, mavzu yuzasidan shahsiy fikrni past baholaydi. Agar bayon etilayotgan fikrlar mutlaqo yangi bo’lsa, uning mohiyatiga to’la tushunib yetish va tushunish qiyin, degan ma’noda yana fikriy pasayish yuzaga keladi. Fikrlar to’qnashuvini taqozo qiluvchi munozaralarda esa qarama-qarshi yoki monand fikrlarning borligini aniqlash ham shahsda ushbu fikrlarga nisbatan ancha faol mavqeni shakllantiradi.
Munozaraning qanday yakunlanishidan qat’i nazar, ya’ni unda fikrlar kesishmasligi ham mumkin yoki ularda ma’lum uyg’unlik bo’lishi kuzatiladi, bunda nima bo’lganda ham bahsning mazmuni shahsning ijtimoiy tasavvurlari va qarashlarida mustahkam o’rnashadi hamda hotirada qoladi.
Bahsli munozaralarning predmeti yoki ob`yekti sifatida maxsus tarzda tanlab olingan muammo yoki amaliy faoliyatda uchraydigan turli hodisalar va qarama-qarshi g’oyalar qabul qilinishi mumkin. Masalan, 50 yilarda ingliz shifokorlari Maykl va Enid Balintlar psihoterapevtlar seminarini tashkil etib, unda munozara va muhokamaning amaliy ahamiyatini isbotlashgan. Ular har kuni klinikadagi vrachlarning to’planishlari va kundalik hayotlaridagi ro’y bergan hodisalar, faktlar haqida ma’lumotlar berib, keyin bildirilgan fikrlar o’zaro muhokama qilingan. Shu tufayli ko’pgina shifokorlar tajribasida tabiiy hisoblangan “o’zbilarmonchilik”ning oldi olingan va hozirgacha saqlanib qolingan “5 daqiqalik” shifokorlar yigi’ni paydo bo’lgan. Shifokorlar o’zaro fikr almashishlari tufayli ma’lum umumiy foydali qarorlarga kelishlari tibbiyot ilmi va amalyotini rivojiga ijobiy ta’sir ko’rsatgan.
Har qanday sharoitda ham shahsning o’z boshidan kechirganlarini o’zgalarga ayta olishi va boshqa fikrlarni qabul qila olishi katta ijtimoiy ahamiyatga ega. O’sha G’arb mamlakatlarida ko’p tarqalgan “T-guruh”lar metodi ham aynan turli hayotiy kazuslarni tahlil qilish vositasida fikrlar uyg’unligiga erishish va shahsni tarbiyalash imkoniyatini yaratadi.
Munozara metodlarining ijtimoiy psihologik ahamiyati shundaki, ular har bir shahsning o’z nuqtai nazarini tahlil qilishga imkon yaratib, undagi tashabbuskorlik, muloqotdagi bilidonlik hamda o’z aqliy potensialidan to’liq foydalanish imkonini beradi. Ya’ni ushbu turkum metodlarining vazifalari ham uning ahamiyatli metodlaridan kelib chiqadi: a) munozara qatnashchilarini real vaziyatlarni tahlil qilishga, asosiy, muhim narsani nomuhim narsadan ajratishga va muammoni anglashga o’rgatadi; b) o’zgalar fikri, gapirish mahoratini kuzatish va shu asosida ular bilan hamkorlikda ishlashga undaydi: v) muammoga taalluqli rang-barang qirralarni ajratish, ular mohiyatini tushunish imkoniyatini yaratadi; g) muammoning turli muqobil yechimlari bo’lishi mumkinligini namoyish qiladi.
Ayniqsa, ahloqiy-ma’naviy mavzulardagi muammolarni hal qilishda munozaraning roli katta. Bunday sharoitda bahslashuvchilarning yetuklik darajalari, ahloqiy qadriyatlarni anglash darajalari katta ahamiyatga egadir. Ahloqiy –ma’naviy masalalar yuzasidan munozarani tashkil etuvchi shahsga alohida talablar qo’yilishini ta’kidlash kerak. Chunki u bahslashuvchilarga hech qanday tazyiq ko’rsatmasligi, har bir shahsning erkin fikr bayon etishiga yo’l qo’ygan holda ular fikrlarining tamoman zidlashib ketishiga yo’l qo’ymasligi, munozaradan kelib chiqadigan hulosani va qaroroni guruhning o’ziga havola qilish lozimligini unutmaslik zarur. Bu usul maktablarda, turli bilim maskanlarida, mahalla qo’mitalari ish faoliyatida, turli maslahat shahobchalari, o’spirinlar tarbiyasi borasida keng qo’llanilishi mumkin.



Download 72,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish