Мундарижа сўзбоши


Yer po’stining tuzilishi. Kontinental, oraliq va okean relef shakllari



Download 0.7 Mb.
bet28/69
Sana28.09.2021
Hajmi0.7 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   69
1.Yer po’stining tuzilishi. Kontinental, oraliq va okean relef shakllari.

Yer yuzasining yirik shakllari yoki planetar shakllar endogen jarayonlar ta’sirida hosil bo‘lgan. Hozirgi vaqtda quyidagi planetar shakllar ajratiladi: quruqlik platformalari, materiklarning harakatchan mintaqalari, materiklarning suv osti davomi, o‘tish zonasi (geosinklinal oblastlar), okean tagi va o‘rtalik suv osti tog’lari. Bu shakllarni ajratishda er po‘sti tuzilishi xususiyatlari e’tiborga olingan.

Geofizik ma’lumotlarga ko‘ra, er po‘sti materik va okeaniq tipga ajratiladi.

Materik er po‘stining qalinligi o‘rtacha 35 km, yosh tog’larda (Himoloy) 70 km gacha boradi. U uch qatlamdan tuzilgan. Yuqorida tarkibi, yoshi va genezisi turlicha bo‘lgan cho‘kindi jinslar qatlami (qalinligi 20 km gacha) yotadi. Undan quyida granitli qatlam joylashgan. Bu qatlamning qalinligi yosh tog’larda 30 km dan ortiq bo‘lsa, tekisliklarda esa 15-20 km ga boradi xolos. Granitli qatlamdan pastda bazaltli qatlam yotadi. Uning qalinligi 15-20 km.

Okeaniq er po‘sti materik er po‘stidan keskin farq qiladi. Okean tubining katta maydonida uning qalinligi 5 km dan 10 km gacha boradi. CHo‘kindi qatlamning ostida qalinligi bir necha yuz metrdan bir necha kilometr bo‘lgan zichlashgan oraliq qatlam joylashgan. U bazaltli lava va zichlashgan cho‘kindi jinslardan tashkil topgan. Bu qatlamning quyi qismida qalinligi 4-7 km bo‘lgan bazaltli qatlam joylashadi. U gabro, dioritlar, bazaltlar va ayrim ultra asosiy jinslardan tashkil topgan. Shunday qilib, okeaniq po‘sti materik po‘stidan yupqaligi va granitli qatlamning yo‘qligi bilan farqlanadi.

Materiklar va okeanlarning chegarasida hozirgi geosinklinal mintaqa (o‘tish zonasida) er po‘sti xilma xil va murakkab tuzilgan. Karib, Yapon va boshqa okean cho‘kmalarida er po‘sti okeaniq tipga o‘xshaydi. Granitli qatlam yo‘q, lekin qalin cho‘kindi qatlami hisobiga er po‘sti ancha qalinlashadi. CHekka dengizlar bilan chegaralanib turuvchi orollardagi (Yapon, Kuril) er po‘stining tuzilishi materik tipiga yaqindir. Bu er po‘sti geosinklinal po‘st deyiladi.

o‘ziga xos er po‘sti o‘rtalik suv osti tizmalarida kuzatiladi. Suv osti tizmalarida er po‘sti cho‘kindi, oraliq va bazaltli qatlamlardan tuzilgan bo‘lib, zichlashgan qatlam (oraliq qatlam) ning qalinligi okean tagidagi er po‘stidagi zichlashgan qatlamga nisbatan 1-2 km dan ortiq. Bu qatlamning tagidagi bazaltli qatlamda er po‘sti va mantiya jinslari aralashganligi chuqur quduqlar ma’lumotlari bilan tasdiqlandi. Bu er po‘sti riftogen er po‘sti tipi deyiladi. Yuqorida eltirilgan har bir er po‘sti tipiga yirik planetar relef shakllari mos keladi.

Materik er po‘stiga materiklar va materiklarning suv osti davomi to‘g’ri keladi. Materiklarning geofizik va geomorfologik chegarasi materiklarning suv osti davomining eng quyi chegarasi hisoblanadi. Bu erda materik er po‘sti okeaniq er po‘sti bilan almashinadi.

Okeaniq er po‘sti okean tubida rivojlangan. o‘tish zonasida geosinklinal er po‘sti tipi rivojlangan. Riftogen er po‘sti esa o‘rtalik suv osti tizmalarga mos keladi.


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
махсус таълим
Alisher navoiy
Toshkent axborot
Buxoro davlat