Мундарижа сўзбоши


Janubiy O‘zbekiston seysmogen zonasi



Download 0.7 Mb.
bet26/69
Sana28.09.2021
Hajmi0.7 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   69
Janubiy O‘zbekiston seysmogen zonasi Janubiy Tyanshan zonasining janubi-g‘arbidagi davomi hisoblanadi. Bu zonada 1175 yilda Kerki, 1880 yilda Urgut, 1984 yilda G‘allaorol kuchli zilzilalari qayd etilgan.

Janubiy Farg‘ona zonasi eng faol zonalardir. Bu erda 1888 yilda 8 balli Kostako‘z, 1923 yildagi 8 balli Garden, 1924 yilda 7 — 8 balli Qurshob, 1977 yildagi SHoximardon, 1982 yildagi CHimyon zilzilalari qayd etilgan.

O‘zbekistonda eng faol seysmik zonalardan biri SHimoliy va SHarqiy Farg‘ona zonasi. Bu yerda 1620 yilda 9 balli Axsi, 1927 yilda 8 balli Namangan, 1984 yildagi Pop, 1903 yildagi 8 balli Oym va 1902 yildagi

9 balli Andijon zilzilalari qayd qilingan. Bu zonada Namangan, Andijon, Piskom-CHotqol, Qurshab kabi epitsentrlar guruxlari mavjud.

Keyingi yillarda faol seysmik xarakatlar Janubiy Tyanshan zonasiga kiruvchi Janubi-G‘arbiy Qizilqumda ro‘y berdi. 1975 yil 17 mayda Gazli atrofida kuchi 7 balldan yuqori (to 9 ballgacha) bo‘lgan falokatli zilzila ro‘y berdi. Seysmologiya ilmiy—tekshirish institutining bergan ma’lumotiga ko‘ra, bu zilzila Janubiy Quljuqtog‘ yorig‘ida uncha katta bo‘lmagan (10 km) chuqurlikda yirik bloklarning qo‘zg‘alishi natijasida ro‘y bergan. Gazli zilzilasi 1978 yilda ozroq magnituda (magnituda — zilzilaning nasbiy energetik xarakteristikasi) bilan takrorlangan. Bizning respublikamiz hududi qo‘shni mamlakatlarda xosil bo‘lgan seysmik to‘lqinlarni aks ettiradigan zonada turadi. SHuning uchun bu erda bo‘layotgan zilzilalarning aks sadosini biz tez-tez sezib turamiz. 2015 yil 27 oktyabrda qo‘shni Afg‘oniston va Pokiston davlatlari hududida ro‘y bergan zilzila ta’siri shunga misoldir.

O‘zbekistonda antropogen omil ta’sirida ham kuchsiz zilzilalar bo‘lib turadi. Har xil portlatish ishlari, transport xarakati, yirik suv omborlarining qurilishi ta’siri, er osti boyliklari qazib olingandan so‘ng bo‘shiqlarni suv bilan to‘ldirilishi kabilar bunday antropogen zilzilalarga sabab bo‘ladi.

O‘zbekistonda zilzilalarni kuzatish ishlari 30 ga yaqin seysmostansiyalarda, O‘zR FA Seysmologiya institutida va boshqa tashkilotlarda olib boriladi.

Zilzilalar keltiradigan zarar va talafotlarni kamaytirishda hamda ular oldini olishda imorat va inshootlar mustahkamligini oshirish ham muhim ahamiyatga ega. Buning uchun mamlakatimizning butun hududi seysmik rayonlashtirilgan. Inshootlar va binolarni qurishda va ular chidamliligini belgilashda har bir seysmik rayonning xususiyati, ya’ni ro‘y berishi mumkin bo‘lgan zilzilalar kuchi hisobga olinadi.


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat