Mundarija kirish asosiy qism



Download 44,99 Kb.
bet1/4
Sana16.03.2022
Hajmi44,99 Kb.
#498881
  1   2   3   4
Bog'liq
ABDULLA QAHHOR



MUNDARIJA

KIRISH
ASOSIY QISM

  1. Abdulla Qahhor. Badiiy ocherk to‘g‘risida

  2. Abdulla Qahhor tarjimon

  3. Ocherk (rus.) — badiiy adabiyotning epik tur janrlaridan biri.

XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR




KIRISH

O’zbek adabiyotining taraqqiyotida, ayniqsa unda yangi janr hisoblangan realistik hikoyaning kamol topishida, yuksak cho’qqiga ko’tarilishida ulkan so’z san’atkori Abdulla Qahhorning xizmati katta bo’ldi. O’zbek adabiyoti yangilanish jarayonini boshidan kechirayot XX asrning 20-30 yillarida xuddi Abdulla Qodiriy o’zbek romanchiligida, Hamsa Hakimzoda dramaturgiyada, Cho’lpon she’riyatida isloh yasagani singari Abdulla Qahhor ham epik turning kichik janri hisoblangan hikoyachilikning rivojlanishiga ana shunday hissa qo’shdi. Uning har bir asari o’zining adabiy go’zalligi bilan insonning o’ziga benihoyat jalb etadi, syujet va kompazitsion qurilishining pishiqligi bilan hayratga soladi, tilining mukammalligi hamda samimiyligi bilan hayajonlantiradigan ijod namunalaridir. Bu asarlarni mutolaa qilganimiz sari tobora yangi – yangi qirralari kashf etilaveradi.


Abdulla Qahhorning hikoyanavislik san’ati o’zdan keyingi butun bir ijodkorlar avlodi uchun ibratli maktab bo’lib qoldi.

ABDULLA QAHHOR. BADIIY OCHERK TO‘G‘RISIDA

Abdulla Qahhor 1907-yilning kuzida, chorshanba kuni-17-sentabrda —Temirchi oilasida tugʻilgan. Bolaligi Qoʻqon va uning atrofidagi qishloqlarda oʻtdi. Oqqoʻrgʻon qishlogʻidagi Mamajon qorining usuli savtiya maktabida tahsil koʻrdi. Oilasi Qoʻqonga koʻchib kelgach „Istiqlol“ nomli shoʻro maktabiga oʻqishga kiradi, undan internat, „Kommuna“, „Namuna“ maktablarida, soʻng bilim yurtida tahsil koʻradi. Bilim yurtining „Adib“ qoʻlyozma jurnalida dastlabki mashqlari bilan qatnashadi.


Toshkentdagi „Qizil Oʻzbekiston“ gazetasi tahririyatining „Ishchi-batrak maktublari“ varaqasiga muharrirlik qildi (1925). U gazetada ishlash jarayonida Oʻrta Osiyo davlat universitetining ishchilar fakultetini tamomlaydi (1928). Abdulla Qahhor yana Qoʻqonga borib, dastlab oʻqituvchilarni qayta tayyorlash kursida muallimlik qiladi; koʻp oʻtmay „Yangi Fargʻona“ viloyat gazetasiga kotib va „Chigʻiriq“ hajviy boʻlimiga mudir etib tayinlanadi (1929). Abdulla Qahhorning „Oy kuyganda“ ilk hajviy sheʼri „Mushtum“ jurnalida Norin shilpiq taxallusi ostida bosildi (1924). Soʻng uning bir qancha hajviy sheʼr va hikoyalari „Mushtum“, „Yangi yoʻl“ jurnallari va „Qizil Oʻzbekiston“ gazetasida Mavlon kufur, Gulyor, Nish, Erkaboy, Evoy kabi taxalluslar ostida eʼlon qilindi.
Abdulla Qahhor 30-yillarda yana Toshkentga qaytadi va Oʻrta Osiyo davlat universitetining pedagogika fakultetiga oʻqishga kiradi (1930), ayni paytda „Sovet adabiyoti“ jurnalida mas’ul kotib vazifasini bajaradi. Oʻzdavnashrda muharrir va tarjimon (1935–1953). 1954–1956-yillarda Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi boshqaruvining raisi. Abdulla Qahhor umrining oxirlarida davolanish uchun Moskvaga boradi va oʻsha yerda vafot etadi. Toshkentdagi Chigʻatoy qabristoniga dafn etiladi.
Abdulla o`n yoshga kirganda Buvaydodagi eski maktabga o`qishga boradi, ya`ni Oqqo`rg’on qishlog’idagi Mamajon qorining usuli savtiya maktabida tahsil ko`rdi.
Oilasi Qo`qonga ko`chib kelgach “Istiqlol” nomli maktabda o`qishni davom ettiradi, undan internat, “Kommuna”, “Namuna” maktablarida, so`ng bilim yurtida tahsil ko`radi. Abdulla Qahhor bilim yurtining “Adib” qo`lyozma jurnalida dastlabki mashqlari bilan qatnashadi. Toshkentdagi “Qizil O’zbekiston” gazetasi tahririyatining “Ishchi-batrak maktublari” varaqasiga muharrirlik qiladi. 1925 yilda u gazetada ishlash jarayonida O’rta Osiyo davlat universitetining ishchilar fakul’tetini tamomlaydi. Abdulla Qahhor yana Qo`qonga borib, dastlab o`qituvchilarni qayta tayyorlash kursida muallimlik qiladi. U ko`p vaqt o`tmay “Yangi Farg’ona” viloyat gazetasiga kotib va “Chiqiriq” hajviy bo`limiga mudir etib tayinlanadi.
Abdulla Qahhor adabiy faoliyatini shoir sifatida boshlagan. Uning “Oy kuyganda” ilk hajviy she`ri 1924 yilda “Mushtum” jurnalida “Norin shilpiq” taxallusi ostida bosildi. So`ng uning bir qancha hajviy she`r va hikoyalari “Mushtum”, “Yangi yo`l” jurnallari va “qizil O’zbekiston” gazetasida Mavlon kufur, Gulyor, Nish, Erkaboy, E-voy kabi taxalluslar ostida e`lon qilindi.
Abdulla Qahhor 30 yillarda yana Toshkentga qaytadi va O’rta Osiyo davlat universitetining pedagogika fakul’tetiga o`qishga kiradi. Yozuvchi o`sha paytda “Sovet adabiyoti” jurnalida mas`ul kotib vazifasini bajaradi. Keyinchalik u O’zdavnashr (1935- 1953 yillar)da muharrir va tarjimon, 1954-1956 yillarda O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi boshqaruvining raisi bo`lib ishlagan.
Abdulla Qahhorning ijodi she`riyat bilan boshlangan bo`lsa-da, uning adabiy merosi negizini nasriy asarlari tashkil etadi. “Boshsiz odam” hikoyasi 1929 yilda chop etilgan vaqtdan boshlab umrining oxirigacha hikoya, ocherk, publitsistika, qissa va roman janrlarida samarali ijod qildi.
Adibning birinchi “Qishloq hukm ostida” qissasi 1932 yili chop etilgan. Keyinchalik 1933 yilda “Olam yosharadir”, “qotilning tug’ilishi”, 1935 yilda “Qanotsiz chittak”, 1936 yilda “Maston” kabi hikoyalari to`plamlari nashrdan chiqdi.
Abdulla Qahhorning 30-yillar ijodida uning birinchi romani – “Sarob” muhim o`rinni egallaydi. Yozuvchining ushbu romani bosh qahramon Saidiyning faoliyatini ko`rsatishga qaratilgan, yana unda 20-yillarning 2-yarmidagi o`zbek xalqi hayotining maishiy, etnografik, iqtisodiy va ma`naviy manzaralari yaqqol aks etib turadi. “Sarob” keng mavzuli roman bo`lgani uchun yozuvchi o`zining badiiy niyatini yalang’och holda ko`rsatmay, uni shu davr hayotining boshqa manzaralari ko`rinishida reallashtirishga uringan. Voqealar tasvirida yozuvchi hayot haqiqatini saqlab qolgan.
Yozuvchining urush yillarida bir qancha fel’eton, ocherk va hikoyalari e`lon qilindi. “Asror bobo”, “Dardaqdan chiqqan qahramon”, “Kampirlar sim qohdi”, “Xotinlar” hikoyalari va “Oltin yulduz” kabi qissalarida o`zbek jangchilarining mardligi, xalqimizning mehnatdagi jonbozligi, yuksak vatan- parvarligi ifodalangan.
Adabiyotshunos olim Hafiz Abdusamatov aytganlaridek, Abdulla Qahhorning ulkan xizmati shundaki, u chaqaloq holda bo`lgan novellani o`stirdi, voyaga etkazdi, uning rivojiga bo`y berdi. Uning hikoyalari bilan orqada qolgan bu janrning tangligi ko`tarilib bordi, boshqa janrlarga etib oldi, adabiyotda mustahkam, tarixda abadiy qoladigan o`rinni egallab oldi. Abdulla Qahhorning “Boshsiz odam” hikoyasi uning novellachilik faoliyatiga, umuman ijodiga katta ishonch bag’ishladi. 30-yillarga kelib, adibning bu sohadagi talanti qiyg’os ochildi. Eng yaxshi hikoyalari shu davrda yuzaga keldi. Baquvvat, hammaga manzur bo`lgan hikoyalari kitobxonlarga ketma-ket taqdim etila boshladi. “Ko`r ko`zning ochilishi”, “Anor”, “Bemor”, “Og’ri”, “Mayiz emagan xotin”, “Adabiyot muallimi”, “San`atkor”, “Munofiq” kabi hikoyalari novellaning barkamol namunalari bo`lib maydonga chiqdi.
Avvalo, ularda Abdulla Qahhor hayotdagi turli toifadagi kishilarning zarur, kerakli tomonlarini olib ustalik bilan tipiklashtirib, puxta xarakterlar yaratib berdi.
Katta hamjdagi asarlar inson xarakterini yaratish uchun keng yo`l ochadi. Bunday asarlarning mualliflari qahramonlarini turli vaziyatlarga olib kirish, har xil kishilar bilan to`qnashtirib, portretlarini har tomonlama ta`riflab, talay baquvvat xarakterlar chizganlar. Ammo mitti asarlarga xarakter yarata olish, ularni kurashga olib kirish, taqdirlarini ishonarli hal qilib, puxta xarakterlarini chizish mualliflardaн katta san`atni talab qiladi. Abdulla Qahhor esa yuqorida tilga olingan hikoyalarida bu mushkul san`atni to`la egallab olganini namoyish qiladi.
Bunga u hayotni to`la bilishi, insonlarning ichki olamiga chuqur kirib borishi orqali erishadi. Bu esa o`z qahramonlarining shodligini, qayg’u-alamlarini, hayajonlarini, g’azab-nafratlarini, kuchli kechinmalarini yorqin ifoda etishga imkoniyat tug’dirdi. Novellalarda kishi ruhining murakkab tomonlari nozik tasvirlarda ko`rinadi. Yozuvchi hikoyalarining muhim xususiyatlari shundaki, ularda insonning ichki holati to`g’ri tasavvur qilinishi bilan birga, ruhiy holati asar mazmuni bilan bog’lanib ketadi.
Abdulla Qahhor jajji hikoyalarida satirik va yumorist sifatida o`z talantining yangi qirrasini namoyish qildi. Unda kulgichilikka taomil zo`r edi. Buni juda ko`p asarlari aytib turibdi. U yomonga o`z idealini, davr nafasini qarshi qo`yadi, asarlarining mazmuniga, xarakterlarning mohiyatiga kulgini, masxarani singdirib yuborish bilan uning jamiyatdagi ulkan kuchini, ijobiy xarakterini yaqqol ko`rsatadi.
Abdulla qahhorni novellachilikda ulkan muvaffaqiyatlarga olib kelgan omillardan yana biri – uning mumtozlardan, ayniqsa, rus adabiyotidan o`qish-o`rganishi bo`ldi. “Ulug’ san`atkorning ijodi, – deb ta`kidlagan edi shoir, – badiiy mahoratimni oshirishda katta maktab bo`ldi”.
Abdulla Qahhor novellaning yirik ustasi. Shuni alohida qayd etib o`tishimiz kerakki, Abdulla Qahhordan oldin ham, u ijod etgan zamonda ham, undan keyin ham talay novellistlar bu turda qalam tebratdilar va tebratmoqdalar. Lekin ularning hech qaysi biri uning oldiga tusholmadi. Abdulla Qahhor o`zbek adabiyotida tengi yo`q novellist.
Abdulla Qahhorning povestlari kitobxonlar orasida ko`proq mashhur bo`lib ketdi. U xalq ommasi hayoti va kurashining turli bosqichlarini ifoda etgan povest’ va qissalarni ketma-ket nashr ettirdi. “Dardaqdan chiqqan qahramon”, “Oltin yulduz” qissalari urush yillarining dahshatli va mardonavor manzaralari bilan tanishtiradi. “Muhabbat”da esa, yoshlarning po`latday mustahkam do`stligi, ikki qalbning otashin hissiyotlari, bu yo`ldagi turli-tuman to`siqlarni matonat bilan engib, qarshiliklarga uchraganda chok-chokidan so`kilib ketadigan sevgi emas, balki hayot girdoblari to`lqinlarida yanada mustahkamlanadigan muhabbat madh etiladi. Shuningdek, qissada axloq-odob, insoniy muhabbat, ma`naviy poklik targ’ib qilinadi, molparastlik, xudbinlik qoralanadi.
Povestlar ichida ayniqsa, “O’tmishdan ertaklar” (1965) hamda “Sinchalak” (1958) kitobxonlar o`rtasida shov-shuvga, ularning katta hurmatiga sazovor bo`ldi.
Abdulla Qahhorning “O’tmishdan ertaklar”i memuar xarakterdagi asar bo`lib, adibning o`z hayoti, oilasi misolida, xotiralari asosida yozilgan bu asarda hayot voqeliklari tarixan aniq va realistik chiziladi. Adib “O’tmishdan ertaklar”ida bizni o`tgan voqealarga, hayotning achchiq-chuchuk lavhalaridan olib o`tadi. Biz yosh Abdulla bilan birga kulfatlarni, azoblarni boshimizdan kechirganday bo`lamiz, yangi hayot bo`sag’asiga kirib nash`asini sura boshlaganday bo`lamiz.
Turmushdagi voqea va hodisalarning ishonarli qilib asoslab aytilishi, ularning qiziqarli, badiiylikda hikoya qilinishi povestning yutug’ini ta`minlagan asosiy omildir.
Abdulla Qahhor prozaning deyarli barcha turlarida qalamini charxlab olgandan keyin, adabiyotimizning qiyin janrida ijod etib, to`rtta diqqatga sazovor bo`lgan sahna asarlarini yozdi. San`atkorning dramaturgiya sohasidagi xizmati uning komediyalari bilan xarakterlanadi.
Muallif shu davrning muhim mavzularidan biri – qo`riq erlarni o`zlashtirish mavzusidagi “Shohi so`zana” (“Yangi er”, 1949-1953) komediyasidir.
Atoqli rus dramaturgi Nikolay Pogodin “Yangi er”ni “talantli komediya” deb atashi ham bejiz emas.
“SHohi so`zana” komediyasida qo`riq erlarning – Mirzacho`lning o`zlashtirilishidan ko`ra ba`zi kishilar ongidagi sho`rning bartaraf etilishi mavzui birinchi o`ringa olib chiqilgan. Urushdan keyingi o`zbeк adabiyotidagi asosiy konflikt – yangilik bilan eskilik o`rtasidagi ziddiyat bu komediyada o`zining teran badiiy tasvirini topgan. Ushbu asarda muallif ustalik bilan kulgili holatlar yaratgan va hajviy bo`yoqlardan mohirona foydalangan holda konfliktni o`ziga xos ravishda hal qilgan. Ushbu komediya xorijiy mamlakatlar sahnasida ham o`ynalib, o`zbek teatr sahnalarida muvaffaqiyatli namoyish qilindi.
Abdulla Qahhor keyinchalik “Og’riq tishlar” (1954), “Tobutdan tovush” (1962) hamdа “Ayajonlarim” (1967) komediyalari bilan o`zbek dramturgiyasi rivojiga salmoqli hissa qo`shdi. Bu asarlarda, xususan “Tobutdan tovush”da o`sha davr uchun xos bo`lgan illatlar hajv o`ti ostiga olindi. Ayniqsa so`ngi asarda Abdulla Qahhor o`ziga xos nozik tuyg’u bilan jamiyatdan poraxo`rlikdek dahshatli illatni tag-tomiri bilan yo`qotish istagida uning ayrim ko`rinishlarini sahnaga olib chiqdi, u “So`nggi nusxalar” nomi bilan ham sahna yuzini ko`rdi.
Abdulla Qahhor hayotining so`nggi kunlarida sho`ro jamiyatida shaxsga sig’inishning avj olishi orqasida yuz bergan fojialarni tasvirlovchi “Zilzila” qissasi ustida ish olib bordi. Biroq uni tugata olmagan.
Ayni paytda Abdulla Qahhor asarlari rus, arman, belorus, gruzin, latish, litva, moldovan, mordov-erzya, ozarbayjon, tatar, tojik, tuvin, turkman, uyg’ur, ukrain, chechen, qoraqalpoq, qirg’iz, qozoq, eston kabi tillarga tarjima qilingan. Uning ayrim hikoyalari esa arab, bengal, bolgar, v’etnam, ingliz, ispan, mongol, nemis, polyak, rumin, frantsuz, fors tillarida chop etilgan.
Ulug’ san`atkor yozuvchimiz ijod bulog’i qaynab turgan bir pallada og’ir darddan 1968 yil 25 mayda 61 yoshida dunyodan o`tdi.
Abdulla Qahhor ijodi bo`yicha nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari yozilgan va yozilmoqda hamda bir qator yirik monografiyalar, tanqidiy va biografik risolalar nashr etilgan.
Jumladan: Q.Abdusamatovning “Abdulla Qahhor” (hayoti va ijodi haqida) (1957), “Abdulla Qahhor” (hayoti va ijodi haqida ocherk) (1960), M.Sultonovaning “Abdulla Qahhor uslubining ba`zi masalalari” (1967), “Yozuvchi uslubiga doir” (1973), M.Qo`shjonov, U.Normatovning “Mahorat sirlari” (1968), M.Qo`shjonovning “hayot va nafosat” (1970), “Abdulla Qahhor ijodida satira va yumor” (1973), “Abdulla Qahhor mahorati” (1988), N. Rahimjonovning “Abdulla Qahhor va Hamza teatri” (1971), N.Qo`chqorovning “Badiiy so`z ustasi” (1976), M.Abdurahmonovaning “Ruhiy dunyo tasviri” (1977), S.Mirzaevning “Xalq sevgan adib” (Yozuvchi Abdulla Qahhor- ning hayoti va ijodi haqida) (1977), M.Tursunxo`jaevaning “Tarjima san`ati” (Abdulla Qahhor asarlari misolida) (1977), N.SHodievning “Ruhiyat rassomi” (1977), K.Qahhorovaning “Chorak asr hamnafas” (Ўzbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor haqida xotiralar) (1987), O.Sharafiddinovning “Abdulla Qahhor” (hayoti va ijodiy faoliyati haqida lavhalar) (1988), shuningdek, “Adabiyotimiz avtobiografiyasi” (1973), “Abdulla Qahhor” (hayoti va ijodi) (1987), “Abdulla Qahhor zamondoshlari xotirasida” (1987), rus tilida I.Barolinaning “Abdulla Kaxxar” (Ocherk tvorchestva) (1957), L.Batning “Nezabivaemie vstrechi, literaturnie besedi” (Vospominaniya) (1972), M.Agatovning “Ob avtorax vashix knig literaturnix kompozitsiy po materialam kriticheskoy i memuarnoy literaturi” (1972), V.Oskotskiyning “Negasimoe plamya kostra” (1977), M.Bekjanovaning “Razvitie satiricheskix traditsiy Gogolya v tvorchestve Abdulli Kaxxara” (1978) kabi risolalar yaratildi.
Adibning “Ayajonlarim”, “Og’riq tishlar”, “Shohi so`zana”, “Tobutdan tovush” kabi asarlaridan p’esalar yaratildi va teatr sahnalarida qo`yildi. “Sinchalak” povesti bo`yicha kinofil’m yaratildi.
Abdulla Qahhor adabiyot sohasidagi xizmatlari uchun “O’zbekiston xalq yozuvchisi” unvoni bilan (1967) taqdirlandi. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti (1966) mukofotiga sazovor bo`lgan. Mustaqillik yillarida esa “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.
Abdulla Qahhor rang-barang ijodi va ulkan so`z san`atkori sifatidagi faoliyati bilan o`zbek xalqi madaniyatining yanada yuksalishiga katta hissa qo`shdi. 1987 yilda adib yashagan uyda Abdulla Qahhor uy-muzeyi tashkil etildi.
hozirgi kunda uning nomi Toshkent va Qo`qondagi bir necha ko`cha, maktab va jamoa xo`jaliklariga, shuningdek madaniyat uylari va respublika Satira teatriga berilgan.
Uning “Sarob” romani qayta-qayta nashr qilingan. Jumladan, 1995 yilda “XX asr o`zbek romani” turkumida chop etildi.
Yozuvchi XXI asrda yashovchi avlodlarga XX asr o`zbek jamiyatining qiyofasini namoyon qiladi, chunki uning asarlari chinakam o`zbekona nasr namunasi edi. “Adabiyot ko`ngil ishi, ilhom samarasi” ekanligini anglagan o`zbek kitobxoni Abdulla Qahhor asarlarini mutolaa qilar ekan, yozuvchi iste`dodiga albatta tan beradi. Zeroki, sevimli adibimizning o`zi orzu qilgan asarlari “adabiy go`zallik”ning nasrida o`z aksini ko`rsatgan. “Adabiy go`zallik” ila yo`qrilgan asarlarini hali ko`p o`qiymiz.

Download 44,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish