O’ZBEKISTОN RESPUBLIKASI AXBОRОT TEXNОLОGIYALARI VA KОMMUNIKATSIYALARINI RIVОJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TОSHKENT AXBОRОT TEXNОLОGIYALARI UNIVERSITETI
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Kopmyuter tarmoqlari fanini android mobil ilovasini ishlab chiqish.
Tayyorladi:__________________________________
TОSHKENT – 2022
MUNDARIJA
|
KIRISH………………………......…………………….......…......................
|
3
|
|
1.
|
Java dasturlash tili …………………….…………………………..….
|
7
|
|
2.
|
Android platformasi haqida………………………………..................
|
9
|
|
3.
|
XML bilan ishlash.................................................................................
|
11
|
|
4.
|
Mobil dasturning algoritmini ishlab chiqish ……..…………………...
|
13
|
|
5.
|
Androidda Studioda grafik interfeys bilan ishlash..............................
|
14
|
|
6.
|
Mobil ilova classlari va metodlari.........................................................
|
20
|
|
7.
|
Foydalanuvchi uchun qo’llanma ishlab chiqish....................................
|
21
|
|
XULOSA…………............………………………………..............
|
22
|
|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR..........………..................
|
23
|
|
ILOVA………………………………………................................
|
24
|
KIRISH
Biz bugun mobil aloqa, internet, videotelefon tizimi, raqamli televideniya, zamonaviy bank xizmatlari, lizing, sug’urta, audit, injiniring va boshqa zamonaviy xizmat turlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqdamiz.
Bugungi kunda yurtimiz mobil aloqaning rivojlanish ko’rsatkichi bo’yicha dunyoda oldingi o’rinda turgan o’nta mamlakat qatoriga kiradi. O’zbekistonda mobil aloqa xizmatidan foydalanuvchilarning umumiy soni 2000 yilga nisbatan – 200 barobar oshib, 19 milliondan ortiq abonentni tashkil etmoqda.
Yuqoridagi ma`lumotlardan ko`rinib turibtiki Android operatsion tizimida ishlab chiqarilgan dasturlar XXI asrdagi eng ko`p ishlatiladigan, ommalashib borayotgan dasturlar sarasiga kiradi. Demak, O`zbekiston uchun Android tizimida yaratilgan milliy - zamonaviy dasturlar ishlab chiqish informatika va axborot texnologiyalari sohasidagi barcha dasturlovchilar uchun birinchi darajali masalalardan hisoblanadi. Shu maqsadda men ham Android tizimida ishlovchi Kopmyuter tarmoqlari, fanidan elektron variantda foydalanish uchun off-line rejimida ishlovchi ma’lumot beruvchi dastur yaratishni lozim deb topdim.
Davlat va jamiyat boshqaruvi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlarini joriy etish mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlar va o‘zgarishlarni samarali amalga oshirishning muhim sharti hisoblanadi [1].
Shu bilan birga, davlat organlari va tashkilotlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilayotganiga qaramasdan “Elektron hukumat” tizimining joriy etilishi va samarali faoliyat ko‘rsatishiga, axborot sohasidagi tahdidlarga qarshi kurashishga to‘sqinlik qiluvchi qator muammolar saqlanib qolmoqda. Jumladan:
birinchidan, axborotlashtirish sub’ektlari tomonidan qonun hujjatlari, normativ hujjatlar va davlat standartlarining ijro etilishi ustidan nazorat va tekshirishning amaldagi mexanizmi zamonaviy talablarga muvofiq emasligi ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatining pasayishiga olib kelmoqda;
ikkinchidan, axborot xavfsizligi sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishga mas’ul yagona vakolatli organning mavjud emasligi mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarning samarasizligiga sabab bo‘lmoqda;
uchinchidan, davlat organlari va tashkilotlari tomonidan joriy etilayotgan apparat vositalari va dasturiy mahsulotlarni ekspertiza va sertifikatsiyadan o‘tkazish tizimidagi kamchiliklar ularning “Elektron hukumat” tizimiga jadal integratsiyalashuvini susaytirmoqda;
to‘rtinchidan, telekommunikatsiya, axborot va kiberxavfsizlik sohasidagi nazorat tizimi, muhim axborot infratuzilmasining mukammal emasligi davlat axborot tizimlari ob’ektlari, raqamli iqtisodiyot va shaxsiy ma’lumotlarning zaiflashuviga olib kelmoqda;
beshinchidan, buzg‘unchi kuchlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va Internet tarmog‘idan faol foydalanishi aholi, ayniqsa, o‘sib kelayotgan avlodning dunyoqarashi va ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda;
oltinchidan, axborot va kiberxavfsizlikni ta’minlash sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va joriy qilish bo‘yicha tizimli ishlarning mavjud emasligi milliy axborot makonini himoya qilishning zamonaviy usullarini joriy qilish imkonini bermayapti.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, mustaqil ish uchun JavaFX ni o‘rganish mobil ilovasini ishlab chiqish maqsad qilib olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |