Муќаддима



Download 1.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/105
Sana21.05.2021
Hajmi1.88 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   105
A d a b i y o t l a r 
1.  Abdullaev  O., Toshmatov 3. O’zbekiston  ekologiyasi  bugun va  ertaga. 
T.:Fan, 1992. 
2.  Shodimetov YU. Ijtimoiy ekologiyaga kirish. T.:O’qituvchi, 1994. 
3.  Rafiqov A.A. Geoekologik muammolar. T.:O’qituvchi, 1997, 112 6. 
 
Nazorat savollari 
1.   ―Chiqindilar  to’g’risidagi‖  O’zbekiston  Respublikasining  qonuni  qachon 
qabul qilindi? 
2.  Lyuminessent  lampalarni  zararsizlantirish  texnologiyasi  haqida  ma’lumot 
bering. 
3.  Plastmassa chiqindilaridan kaysi mahsulotlarni ishlab chiqarish mumkin? 
 
Chiqindilar va ularni qayta ishlash muammolari 
Ma’lumki,  2002  yil  5  aprelda  "CHqqindilar  tug’risida"  O’zbekiston 
Respublikasining  qonuni  qabul  qilindi.  Bir  kishi  bir  yilda  83  kg  chiqindi  chiqaradi. 
Hozirgi  paytda  Buxoro,  Kogon shaharlaridagi  axlatxonalarning  holati,  Olot,  Qorako’l, 
Buxoro  va  Jondor  tumanlardagi  axlatxonalar  va  ularning  sanitariya-gigienik  holati 
jozirgi  zamon  talablariga  javob  bermayotir.  Ularning  atrofi  o’ralmagan,  chiqindilarni 
turlarga  ajratish  va  zararsizlantirish  chora-tadbirlari  amalga  joriy  etilmagan.  Natijada 
atrof-muhit ifloslanib, turli kasalliklar kelib chiqmoqda. 
Ko’pgina  holatlarda  kunduzgi  yorituvchi  lyuminessent  lampalarni  maishiy 
chiqindilar  bilan  birga  ko’plab  axlatxonalarga  chiqarib  tashlashlar  ko’zga  tashlanib 
turadi.  Bir  dona  singan  lyuminessent  lampaning  simob  bug’lari  ta’sirida  qiska  vaqti 
davomida  o’tkir  zaharlanish  huruji  20  marotaba  ortadi.  Ming  dona  siniq  lampa,  bitta 
katta  shahar  hududining  75%  ni  uch  kavatli  bino  balandligida  zaharlaydi.  Simob  asab 
tizimiga,  jigar,  buyrak,  oshkozon:  va  ichak  faoliyatining  buzilishiga  olib  keladi. 
Simobning havodagi ruxsat etilgan o’rtacha sutkalik chegaraviy konsentrasiyasi 0,0003 


37 
 
mg/m
3
 ni tashkil yetadi. 
2000  yilda  korxonalarda  simobli  lampalar  va  asbob-uskunalardan  foydalanish, 
hamda  ularni  zararsizlantirish,  korxona  faolyayatlarini  tartibga  solish  buyicha 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi maxsus qaror qabul qilgan edi. qarorda 
korxona,  tashkilot  va  muassasalarda  simobli  yoritgichlarni  kat’iy  hisobga  olish,  ishga 
yaroqsiz  bo’lib  qolganlarini  maxsus  texnologiya  asosida  qayta  ishlash  chora-tadbirlari 
nazarga tutilgan edi. 
Hozirgi  paytda  viloyatimiz  miqyosida  1  mln.  donaga  yaqin  kunduzgi  yorituvchi 
lyuminessent  lampalari  mavjud.  Ushbu  lampalarni  zararsizlantirish  sexi  va 
texnologiyasi  Sankt-Peterburgdan  harid  qilinib,  "Sitora"  tenis  klubi  hududida  (oldingi 
viloyat xo’jalik mollari bazasi hududida) o’rnatildi. 
Sankt-Peterburgdagi "SELTA" ekologik firmasida ishlab chikarilgan texnologiya 
uzunligi  1,6  m  gacha  bo’lgan  barcha  tipdaga  yoritgichlarni  zararsizlantirish 
imkoniyatiga  ega.  Ammo  har  dona  lampa  uchun  korxona  zararsizlantirish  sexiga  175 
so’m pul to’lashi kerak. 
Ishlatish  muhlatini  o’tab  bo’lgan  lyuminessent  lampalarni  uy-joy  shirkatlarida 
yoki mahallalarda markazlashtirilgan holda aholidan yig’ib olib, zararsizlantirish sexiga 
topshirilishi lozim. 
Hozirgi paytda ―Buxoroteks‖ x/j da 300 ming dona, I.Fozilov nomli fabrikada 20 
ming donadan ziyodrok, "Buxorodon" x/j da 1100 dona, B.Amonova birlashmasida 500 
dona,  "Buxoronur"  da  esa  2  ming  dona  (AB-40  va  AB-80  tamg’ali  lampalar)  ko’p 
yillardan buyon saqlanib kelinmoqda. 
Bundan  tashqari,  barcha  tumanlarimizdagi  markaziy  kasalxonalarning  tozalash 
inshootlari  qoniqarsiz  ishlamoqda.  Natijada  ochiq  suv  havzalari  turli  mikroblar  va 
kasallik tarqatuvchi bakteriyalar bilan ifloslanmoqda. 
Oxirgi  yillarda  respublikamizda  va  viloyatimizning  barcha  shirkat  va  fermer 
xo’jaliklarida  chigitni  plyonka  ostida  ekish  texnologiyasi  joriy  etildi.  Buning  uchun 
kalinligi  20-100  mkm  va  eni  60  sm  bo’lgan  polietilen  plyonkalardan  foydalaniladi. 
Bundan tashqari, mashina-traktor parklarida ishlatish muhlatini o’tab bo’lgan va hozirgi 
paytda  yig’ilib  qolgan  rezina  shinalari  mavjudki,  ularni  regenerasiya  qilish  (ya’ni, 
dastlabki xossalarini tiklash) ancha qiyinchiliklarni tug’dirmoqda.  
Hozirgi  paytda  bir  marta  ishlatiladigan  plastmassa  mahsulotlari  (shprislar, 
naychalar,  o’rash  plyonkalari,  issiqxonalarda  va  chigitnn  ekishda  qo’llanilgan 
plyonkalar,  ichimlik  idishlari  (baklashkalar),  shampun  va  lok-buyoq  idishlari, 
avtoshinalar,  turli  rangli  stol-stullar,  chelak,  tog’ora,  likopchalar  va  hokazolar)  katta 
hajmda yig’ilib qolgan. 
Foydalanish  muxlatini  o’tab  bo’lgan  bunday  organik  buyumlarga  "chiqindi" 
sifatida qarash, ularni erga ko’mish yoki yondirib yuborish atrof-muhitni ifloslantirish 
demakdir.  CHunki  polietilen,  polipropilen,  polivinilxlorid  va  shunga  o’xshagan 
plastmassa  turlari  gidrofob  (ya’ni,  namlikni  o’ziga  shimib  olmaydigan), 
mikroorganizmlar  ta’sirida  parchalanmaydigan  va  zanglamaydigan  materiallar 
hisoblanadi. Xolbuki, erni shudgorlash paytida polietilen plyonkalari tuproq bilan birga 
ko’mib  tashlanayapti.  Natijada  tuproq  tarkibi  yomonlashib  bormoqda,  g’o’za 
nihollarining o’sishi va xususan, paxta xosildorligi pasayib bormoqda. Bir gektar erga 
chigitni  plyonka  ostida  ekish  uchun  60-65  kg  nolietilen  plyonkasi  sarflanadi.  Jahon 


38 
 
bozorida 1 kg polietilen 1-3 AKSH dollari turadi. Agar har bir dehqon-fermer xo’jaligi 
yoki brigada kamida 5 gektar erga plyonka ostida chigit eksa, faqat plyonka harid qilish 
uchun  300  dollar  sarf  qiladi.  Oddiy  qilib  aytganda,  mana  shu  300  dollar  tuproq  bilan 
ko’milib  tashlanyapti.  Polietilen  plyonkalarini  yig’ib  olish  va  ulardan  (chiqindilardan) 
boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish ishlari paysalga solinib kelinmoqda. 
SHuni  alohida  ta’kidlash  joizki,  1  l va  1,5 l  hajmlarga  ega bo’lgan  "baklashka" 
larning massasi mos ravishda 13 g va 18 g ga tengdir. Demak 1000 dona 1 l lik va 1000 
dona 1,5 l lik "baklashka" larning massasi mos ravishda 13 kg va 18 kg ga teng bo’ladi. 
Lekin  2000  dona  mana  shunday  ―baklashka‖  larni  maishiy  axlatlar  bilan  birga 
shahardan  chiqarib  tashlash  uchun  2  ta  avtomashina  kerak  bo’ladi.  YA’ni,  katta 
harajatlarni sarflashga tug’ri keladi. 
Plastmassa chiqindilariga qayta ishlov berish yuli bilan ulardan qishloq xo’jalik 
tarmoqlarida  foydalanish  mumkin.  Masalan,  ichimlik  idishlari  va  plyonkalarni  rezina 
kukunlari  bilan  aralashtirib,  qorishmadan  poyafzal  tagligi  yoki  turli  kalinlikka  ega 
bo’lgan  qora  plyonkalar  olish  mumkin.  Plastmassa  "chiqindilarini"  maydalab  kukun 
shakliga keltirish va tarkibiga ishlab chiqarish chiqindilari (tolalar, shisha kukuni, tosh 
kukuni, yog’och yoki barg kukuni, marmar kukuni, qorakuya, bo’r, grafit va hokazolar) 
kirgizib, yaxshilab aralashtirib, ularni presslash yuli bilan turli diametrli quvurlar, qutti 
va  boshqa  ishga  chidamli  mahsulotlar  olish  mumkin.  "CHiqindi"  asosida  olingan 
bunday  mahsulotlarning  narxi  ham  arzon  bo’ladi,  qo’llash  muddati  ham  2-3  barobar 
cho’ziladi  va  eng  muhimi,  atrof-muhit  ifloslanishining  oldi  olinadi.  Ming  afsuslar 
bulsinkim,  viloyatimizda  plastmassa  chiqindilarini  yig’ib  olish  va  ulardan  yangi 
mahsulotlar ishlab chiqarish ishlari yo’lga qo’yilmagan. 
Bundan tashqari, viloyatdagi ko’pgina ishlab chiqarish korxonalarida chiqindisiz 
va  kam  chiqindili  texnologiyalar  joriy  etilmagan.  Rivojlangan  mamlakatlarda 
o’simliklar faqat mahalliy o’g’itlar asosida tayyorlangan go’ng bilan o’stirilib, ekologik 
toza  mahsulotlar  ishlab  chiqariladi.  Biz  ham  mana  shu  texnologiyalarni  ishlab 
chiqarishga joriy etishimiz kerak. 


39 
 

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
haqida tushuncha
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
samarqand davlat
ta’limi vazirligi
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
matematika fakulteti
navoiy nomidagi
vazirligi muhammad
nomidagi samarqand
bilan ishlash
Darsning maqsadi
fanining predmeti
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
Ўзбекистон республикаси
pedagogika universiteti
sinflar uchun
fanlar fakulteti
o’rta ta’lim
Toshkent axborot
Alisher navoiy
haqida umumiy
fizika matematika
Ishdan maqsad
moliya instituti
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
махсус таълим
respublikasi axborot
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
nazorat savollari