Madaniyat, bo‘sh vaqt o‘tkazish, tomoshagoh, fuqaro va din marosimlari, jismoniy tarbiya-sport ob’ektlarining binolari.
MADANIY DAM OLISH VA KO‘RGAZMA-NAMOYISH BINOLARI
Teatrlar eng qadimiy jamoat binolari bo‘lib, ochiq holdagi antik teatrlar, uyg‘onish davrida paydo bo‘lgan chuqur sahnali teatrlar, xalq teatrlarining turli shakllari spektakllarni ko’rsatish uchun xizmat qilgan.
Kinoteatrlar tomosha ko‘rsatuvchi binolarning eng ommaviylashgan turidir. Me’yoriy (normativ) hujjatlarda kinoteatrlarning quyidagi asosiy tiplari qayd etilgan: bir zalli - 150, 200, 300, 500, 800 o‘rinli ikki zalli - 200 + 300 = 500, 300 + 500 = 800, 500 + 800 = = 1300 o‘rinli; uch va to‘rt zalli - 100 + 200 + 300 (500) = 600 (800), 100 +200 + 200 + 300 (500) = 800 (1000) o‘rinli (67- rasm); bolalar uchun kinoteatrlar - 300 va 500 o‘rinli, klub xonalari bilan birga 150 va 200 o‘rinli (qishloq joylari uchun); kafe (50 o‘rinli) va klub xonalari bilan birlashgan holda 200- 300 o‘rinli, 100 o‘rinli kafesi bilan 300-500 o‘rinli; yozgi yopiq kinoteatrlar - 500 va 800 o‘rinli; yozgi ochiq kinoteatrlar - 500, 800, 1200 o‘rinli;
BIR ZALLI KINOTEATRLARNING KOMPOZITSIYAVIY CHIZMALARI:
1 - vestibyul; 2 - foye; 3 - tomosha zali; 4 - kinoproyeksiya xonasi.
Yonma yon joylashgan zalla
Ular orasida foye joylashgan
Bo‘ylama kinshli zallar. Ular orasida foye joylashgan
Ko ndalang kinshli lkki qavatda joylashgan zallar
1- qavat
2- qavat
Qirqim
Uchta zal foye atrofida
Uchta zal yonma yon joylashgan
Kinoteatr zalini hisoblash
2000 O’RINGA MO'LJALLANGAN NOVOSIBIRSK OPERA VA BALET TEATRI;
Klublar
Odamlaming dam olish vaqtlarini fayzli o‘tkazish uchun umumiy qiziqish asosida yig’iladigan muassasalar klublar deyiladi.
Klublarlarni besh tipga bo’lish tavsiya qilinadi:
- 150-400 o‘rinli qishloq klubi (ishchi posyolkalari hududlarida qurishga mo’ljallangan);
- 300-700 o‘rinli qishloq madaniyat uyi (qishloq markazlari, ishchilar posyolkalarining markaziy turar joy hududlarida qurishga mo’ljallangan);
- 500-800 o‘rinli tuman madaniyat uyi (tumanlarning ma’muriy markazlarida qurishga mo‘ljallangan);
- 300-700 o‘rinli shahar klubi (shaharlarning turar joy hududlarida qurishga mo‘ljallangan);
- 500-1000 o‘rinli shahar madaniyat uyi (shaharlarning jamoat markazlarida qurishga mo‘ljallangan).
KO‘RGAZMA ZALLARI
Ko‘rgazma binolari, komplekslari va ko‘rgazma markazlarining asosiy maqsadi xalq xo‘jaligining barcha sohalarda, ilm-fan, texnika va madaniyat sohasidagi erishgan yutuqlarini namoyish etish va keng ommaga targ‘ib qilishdir.
Ko‘rgazmalar universal holda yoki biror mavzu asosida: sanoat va savdo-sotiq, qishloq xo‘jaligi bo‘yicha, madaniyat, maorif, sog‘liqni saqlash, amaliy san’at, mebelsozlik, dizayn va boshqa sohalar bo‘yicha tashkil etilishi mumkin
SIRK BINOLARI
Sirklar katta shaharlar uchun loyihalashtiriladi. Ular betakror tashqi ko‘rinish va dizayni bilan ajralib turuvchi tomosha, jamoat binolari tarkibiga kiradi. Sirklar piyodalar va transport vositalari uchun qulay bo‘lgan kirish yo‘llari bilan ta’minlanishi kerak.
Sirklarda tomosha ko‘rsatiladigan maydon, ya’ni ochiq sahna tomosha zalining markazida joylashtiriladi va u manej deb ataladi. Manej va tomosha zali binoning asosiy qismini tashkil etadi.
MUZEY BINOLARI
Muzeylar keng xalq ommasini madaniyat va san’at sohasida mafkuraviy va axloqiy jihatdan tarbiyalashga xizmat qiladigan madaniy-ma’rifiy muassasalardir. Zamonaviy muzey, bu odatda moddiy va ma’naviy-ma’rifiy muassasalar bo‘lib, moddiy va ma’naviy yodgorliklarni ko‘rgazmaga qo‘yadigan va saqlaydigan joy, doimiy ravishda rivojlanib boruvchi ilmiy izlanish markazidir.
Vazifasi jihatidan muzeylar quyidagi turlarga bo’linadi: o’lkashunoslik, badiiy, xalq hunarmandchiligi, tarixiy, harbiy-tarixiy, yodgorlik (memorial) va fanning turli sohalari bo‘yicha (geologiya, paletologiya, zoologiya va h. k).
SPORT BINOLARI VA INSHOOTLARI
Qadimgi Yunonistonda atletik o‘yinlar jamiyat hayotida katta o‘rin tutgan. Eramizdan avvalgi 776- yilda Olimpiya shahrida umumyunon sport o‘yinlarining har to‘rt yilda bir marta o‘tkazilishiga asos solingan.
Eramizdan awalgi V asr o‘rtalarida atletika o‘yinlarini o‘tkazish maqsadida Olimpiya shahrida birinchi o‘yingoh (stadion) quriladi.
Yunon stadionining arenasi to‘g‘ri to‘rtburchakli shaklda bo’lib, tomonlari uzunligining nisbati 1:8,5 dan 1:6,1 gacha, arena uzunligi esa 200 m bo’gan.
SPORT ZALLARI XONALARINING FUNKSIONAL BOG’LANISHI:
1 - tomoshabinlar uchun vestibyul; 2 - foye; 3 - bufet; 4 - hojatxonalar; 5 - sport arenasi; 6 - tomoshabinlar uchun tribuna; 7 - sportchilar uchun vestibyul; 8 - foye; 9 - yechinish xonalari, dush; 10 - massajxonalar; 11 - shifokor xonasi; 12 - instruktor xonasi; 13 - sport anjomlarini saqlash xonasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |