Moliyaviy tahlil



Download 1,42 Mb.
bet1/94
Sana20.06.2022
Hajmi1,42 Mb.
#682120
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
Bog'liq
Moliyaviy tahlil


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI


«TASDIQLAYMAN»
O’quv ishlari bo’yicha prorektor
____________ prof. A.Karimov
«__»___________ 2013 yil
MOLIYAVIY TAHLIL” KAFEDRASI


IQTISODIY TAHLIL VA AUDIT


FANIDAN


MA’RUZALAR MATNI

“Moliyaviy tahlil” kafedrasining 2013 yil 30 avgustdagi 1-sonli yig’ilishida muhokama qilingan va o’quv jarayonida foydalanish uchun tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri ____ dos.Xakimov B.



Tuzuvchilar: k.o’q. Choriev I.H.
k.o’q.Amirdinova M.T.


Taqrizchilar: dos. Sagdillaeva Z.
dos. Raximov M.


Toshkent-2013
1-Mavzu: Iqtisodiy tahlilning rivojlanish tarixi va fan sifatida shakllanishi
Reja:

  1. Iqtisodiy tahlilning fan sifatida shakllanishi va rivojlanish bosqichlari.

  2. O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy tahlilni tashkil topishi va rivojlanishi

  3. Bilish nazariyasi va tahlil

  4. Iqtisodiy tahlilning ishlab chiqarishni jadallashtirish hamda xo’jalik hisobini mustahkamlash, iqtisodiy tejamkorlikni amalga oshirishdagi ahamiyati.




  1. Tahlil fanining shakllanishi va rivojlanish tarixi

“Bugungi kunda, dunyoning ko’plab mamlakatlarida davlat qarzining ortib borishi bilan bog’liq muammolar saqlanib qolayotgan bir sharoitda, O’zbekistonimiz chetdan qarz olish bo’yicha puxta o’ylangan siyosat olib borishi natijasida davlatimiz qarz hajmining ulushini nisbatan past darajada ushlab qolishga va o’z majburiyatlariga to’liq javob beradigan mamlakat sifatida barqaror obro’-e’tiborini saqlab qolishga erishdi. 2013 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra, O’zbekistonning jami tashqi qarzlari miqdori yalpi ichki mahsulotga nisbatan 16,0 foizdan oshmagani, bu ko’rsatkich esa xalqaro mezonlar bo’yicha “o’rtachadan ham kam” darajada baholangani buni isbotlab bermoqda.


Bugun Shuni tan olish kerakki, hamon davom etayotgan global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz hamda uning oqibatlarini yumshatish va bartaraf etish bo’yicha amalga oshirilgan inqirozga qarshi dasturlar va ko’rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, bu boradagi ahvol, afsuski, yaxshilanmayapti, ayrim ko’rsatkichlar bo’yicha esa uning yomonlashish tendensiyasi kuzatilmoqda.
Dunyoning ko’plab etakchi mamlakatlarida davlat qarzi va milliy byudjetlar taqchilligi muammosi deyarli hal etilmasdan qolmoqda, real iqtisodiyotda ishlab chiqarish pasayib bormoqda, jahon bozorida xarid talabining kamayishi davom etmoqda, ishsizlik darajasi yuqoriligicha qolmoqda, ijtimoiy keskinlik kuchaymoqda.
Kredit oluvchilarning to’lovga layoqatsizligi, hisob-kitob qilishga qurbi etmayotgani moliya-bank tizimida jiddiy muammolar paydo bo’lishiga olib kelmoqda.
Dunyoning eng yirik davlatlari markaziy banklari tomonidan real aktivlar bilan deyarli ta’minlanmagan pullarni chiqarish davom etayotgani, Shuningdek, sun’iy moliyaviy vositalar – derivativlarning nazoratsiz chiqarilayotgani ko’plab nufuzli xalqaro tahlil markazlari va ekspertlarda jiddiy tashvish uyg’otmoqda.
Moliya va bank bozorini ortiqcha likvidlik bilan to’ldirish, bunday siyosatni davom ettirish ulkan spekulyativ “ko’piklar” hosil bo’lishi, zaxira valyutalari va milliy valyutalarning qadrsizlanishi, inflyasiya darajasining o’sish xavfini tug’dirmoqda.
Tobora o’sib borayotgan bunday muammolar bugungi kunda global inqiroz keltirib chiqarayotgan chuqur jarayonlarni faqat eski vosita va prinsiplarni tuzatish bilan hal etib bo’lmasligidan darak bermoqda va avvalambor moliya va bank tizimining yangi tuzilmasini, uni nazorat qilish va tartibga solish mexanizmlarini ko’p tomonlama asosda ishlab chiqishni taqozo etmoqda.1
Kishilik jamiyatining vujudga kelishi bilan insoniyat ongi rivojlanib va takomillashib borgan. Insoniyat ongi rivojlanishi natijasida borliqni o’rganish borasida turli fikr va qarashlar paydo bo’la boshlagan. Fikrlarning shakllanib, takomillashib borishi natijasida ma’lum bir fanlarga asos solingan.
Har qanday fanning vududga kelishi uchun hayotiy zaruriyat tug’ilishi lozim. Shu tufayli fanning shakllanishi biror bir shaxs yoki muhitning ijod mahsuli bo’lib qolmasdan balki ob’ektiv jarayonga tayanadi.
Iqtisodiy tahlilning fan sifatida vujudga kelishida qancha asrlik tarixga ega bo’lgan «Buxgalteriya hisobi» va «Statistika» kabi fanlar asos bo’lgan. Bu fanning rivojlanishi uchun esa ob’ektiv shart-sharoitlar yaratilgan.
Iqtisodiy tahlilning fan sifatida shakllanishida buxgalteriya hisobi o’z tarixi davomida takomillashib, bir qancha boshqa fanlarning vujudga kelishi uchun uslubiy asos bo’lib xizmat qilmoqda. Chunki, ishlab chiqarishni konsentrasiyalaShuvi, korxonalarning yiriklaShuvi, xo’jalik faoliyatining kengayishi iqtisodiy jarayonlarning murakkablaShuvi hisob ishlarni takomillashtirish zaruratini tug’dirdi.
Jahon amaliyotida XVI – XVII asrlarda ishlab chiqarish tarmoqlari tobora rivojlana boshladi, xususan, sanoat ishlab chiqarish yo’nalishidagi tarmoqlar rivojlanishi tezlashib ketdi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan bir qatorda uning hisobini ham takomillashtirib borishga ehtiyoj tug’ila boshladi.
Shu davrdagi ishlab chiqarish taraqiyoti iqtisodiy jarayonlarni to’g’ri va to’liq hisobga olishni talab qiladi. Ammo ishlab chiqarishning takomillashib borishi, korxonalar o’rtasida erkin raqobatning vujudga kelishi buxgalteriya ma’lumotlarini chuqurroq o’rganishni va uni to’g’ri tushintirish zaruratini tug’diradi. Bu esa o’z navbatida tahlil elementlarining vujudga kelishini taqozo qiladi, chunki «tijorat sirini» takomillashtirish borasidagi juda qancha savollarga buxgalteriya hisobi va statistika fani javob berishga qiynalib qoladi.
Korxonalarni to’g’ri, oqilona boshqarish uning moliyaviy holatini yaxshilash, raqobatbardoshlik quvvatini oshirish xo’jalik faoliyatini chuqurroq o’rganishni va tahlil etishni taqozo etadi. Bu esa buxgalteriya balansi va boshqa hisobotlarda ifodalangan ba’zi ko’rsatkichlarga izoh berishni talab qilardi.
Bular esa o’z navbatida hozirgi tahlil fanining vujudga kelishi uchun ob’ektiv asos bo’lgan.
Tahlilning elementlari birinchi marta 1880 yillarda chiqa boshlagan «Schetovodstvo» jurnalida paydo bo’la boshlagan. Shunday qilib, tahlilning ba’zi elemetlari mavjud bo’lgan fan – «BalansShunoslik» fani paydo bo’lgan.
Fanning «BalansShunoslik» deb nomlanishiga asos bo’lgan, chunki o’sha paytlarda xo’jalik faoliyatining natijasi asosan buxgalteriya balansida ifoda etilgan. Balans ma’lumotlariga asosan korxonaning mablag’i yoki ular manbaining ma’lum muddatda o’zgarishi aniqlanadi. Lekin Shu o’zgarishlar nima evaziga sodir bo’layotganligi, ularga qaysi omillar ta’sir ko’rsatayotganligi korxona egalari uchun muhim bo’lib bordi. Bu esa balansdagi ko’rsatkichlarni batafsil tahlil qilish zaruratini vujudga keltiradi.
Jamiyatda ishlab chiqarish taraqiyotini rivojlanishi bilan bir qatorda iqtisodiy krizislar va raqobatni hamvujudga keltirdi. Bunday sharoitda har bir korxona faoliyatining moliyaviy barqarorligi, undagi «tijorat siri» muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday sharoitda buxgalteriya balansi ma’lumotlari etarli bo’lmasdan qoladi. Buxgalteriya balansi bilan birgalikda boshqa ko’rsatkichlarning ifodalaydigan hisobotlar ham vujudga kela boshladi va tahlilning ko’lami kengaydi. Bu vaqtgacha faqat buxgalteriya balansi tahlil qilingan bo’lsa, endi unga boshqa hisobotlar tahlili ham qo’shilib «hisobot tahlili» vujudga keldi. Shu tarzda tahlil shakllanib rivojlanib bordi va mustaqil fan sifatida shakl topa bordi.
Iqtisodiy tahlil fani mustaqil fan sifatida shakllangunga qadar o’ziga xos tarixga va bir qancha nomlarga ega bo’ldi. Iqtisodiy tahlilning vujudga kelishi tarixi, bu bo’yicha nashr qilingan adabiyotlar, uning fan sifatida shakllanishi va nomining ham takomillashib borganligidan dalolat beradi. Shu yo’l bilan iqtisodiy tahlil shakllandi va mustaqil fanga aylandi. Shunday qilib tahlil fani rivojlanguncha bir qancha evolyusion yo’lni bosib o’tdi. Mazkur evolyusion yo’l orqali tahlil fani rivojlandi va takomillashib bugungi kungi holatga keldi. Ushbu fan o’zining evolyusion rivojlanish yo’li davomida bir qanchanomlar bilan atalgan. Dastavval xo’jalik sub’ektlarining asosan balans ma’lumotlarini tahlil etish maqsadiga qaratilganligi bois o’tgan asrda tahlil fani “BalansShunoslik” deb yuritila boshlangan, ya’ni balansni o’rganuvchi, tahlil etuvchi fan deb qaralgan. Bu evolyusion rivojlanish yo’lini quyidagi chizmada ham ko’rsatib o’tishimiz mumkin bo’ladi (1-chizma).


BALANSSHUNOSLIK



BALANS TALQINI




BALANSNI TAHLIL QILISH



HISOBOT TAHLILI




IQTISODIY TAHLIL




SOSIAL – IQTISODIY TAHLIL



XO’JALIK FAOLIYATI TAHLILI






IQTISODIY TAHLIL





MOLIYAVIY VA BOSHQARUV TAHLILI


Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish