Moliyaviy hisob



Download 317,58 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana31.01.2020
Hajmi317,58 Kb.
#38341
  1   2   3
Bog'liq
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida kapital xarajatlar hisobi
Qo’qon xonligi madaniyati, Вариант, Anabioz usullari, fermer xo'jaligini rivonjlantrish axamiyati, Обложка---Монография-кирилл, Kompyut, саволлар otish, саволлар otish, 5-sinfchorak testlari, 2 5231482337912424047, XIII, XIII, Ergasheva N kurs ishi, 1-M ish KTE

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI  

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

 

 

 



TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 

 

 

“Buxgalteriya hisobi” kafedrasi 

 

 

“MOLIYAVIY HISOB”  

FANIDAN  

KURS  ISHI 

 

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida kapital xarajatlar hisobi 



 

 

 

Bajardi:________________ 



 

Tekshirdi:______________ 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Toshkent – 2015 

 

 

 

 

Reja 

Kirish 

1.  Kapital xarajatlar va ularni turkumlash  

2.  Kapital  xarajatlar  hisobi  va  qurilish  ob’ekti  tannarxini  aniqlashning 

maqsadi hamda vazifalari 

3. Asosiy vositalarga kapital xarajatlar hisobi 

Xulosa 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 

 

 

Kirish 

Iqtisodiyotni  modernizatsiyalash  sharoitida  amalga  oshirilayotgan  kо‘pgina 

tadbirlar  avvalo  tarmoq  va  hududlar  iqtisodiyotini  rivojlantirishga  qaratilgan 

bо‘lib,  ularni  amalga  oshirishda  davlat  tomonidan  ishlab  chiqiladigan  qonun-

qoidalarning  о‘rni  beqiyosdir.  Xо‘jalik  yuritishning  yangi  tashkiliy-huquqiy 

shakllari  paydo  bо‘lishi,  tadbirkorlikka  erkinlik  hamda  xо‘jalik  yurituvchi 

sub’ektlarga  о‘z  moliyaviy  resurslaridan  foydalanishda  mustaqillik  berilishi, 

investitsiyalarni  jalb  qilish  uchun  huquqiy  va  iqtisodiy  sharoitlar  yaratilganligi, 

yangicha  moliya  vositalari  va  omillarning  vujudga  kelishi  investitsiyalashning 

ilgari 


amalda 

bо‘lgan  tashkiliy  mexanizmini  tubdan  isloh  qilmoqda. 

Iqtisodiyotning  real  sektorini  rivojlantirish,  ishlab  chiqarishning  texnik  va 

texnologiya  jihatdan  modernizatsiyalashga  keng e’tibor berilmoqda. 

 Jadal  va  mutanosib  iqtisodiy  о‘sish,  chuqur  tapkibiy  о‘zgapishlarni  amalga 

oshirish  va  iqtisodiyotni  divepsifikatsiya  qilishda  faol  va  aniq  yо‘naltirilgan kapital 

siyosati yuritish  eng muhim  omil  hisoblanadi.  

2014  yilda  iqtisodiyotimizga  jalb  qilingan  kapitallar  hajmi  10,9  foizga  о‘sdi 

va  AQSh  dollari  hisobida  14  milliard  600  million  dollarni  tashkil  etdi. Bunda  jami 

kapital  qо‘yilmalarning  21,2  foizdan  optig‘i  yoki 3  milliapd  dollardan  ziyodini 

xopijiy  kapital  va  kpeditlar  tashkil  qildi.  Ularning  tо‘ptdan  uch  qismi  tо‘g‘ridan-

tо‘g‘ri xopijiy  kapitallardir.

1

   


 O’zbekistonda  amalga  oshirilayotgan  kapital  siyosatining  о‘ziga  xos 

xususiyati  mahalliy  xom-ashyo  resurslarini  chuqur  qayta  ishlashni  ta’minlaydigan, 

yuqori  texnologiyalarga  asoslangan  yangi  ishlab  chiqarishlarni  tashkil  etishga 

qaratilgan  kapital  loyihalariga  ustuvor  ahamiyat  berilayotganida  namoyon 

bо‘lmoqda.  

Olib  borilgan  tadqiqotlar  korxonalar  faoliyatida  kapital  xarajatlarni  tо‘g‘ri 

hisobga  olish,  dastlabki  xujjatlashtirish  va  iqtisodiy  samaradorligini  baholash, 

ularni  tegishli  ob’ektlar  о‘rtasida  aniq  taqsimlanganligi  hamda  maqsadli 

                                                 

1

 



Karimov  I.A.  “2015  yilda  iqtisodiyotimizda  tub  tarkibiy  o’zgarishlarni  amalga  oshirish,  modernizatsiya  va 

diversifikatsiya  jarayonlarini  izchil  davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo’l ochib 

berish – ustuvor vazifamizdir”  – Toshkent: “Xalq so’zi” gazetasi, 17 yanvar 2015  y.

 


sarflanganligini  tekshirishda   kо‘pgina muammolar  mavjudligini  kо‘rsatmoqda.  

Kapital  xarajatlarni  hisobga  olish  va  sarflangan  kapital  xarajatlarni  tо‘liq 

ishonchli  aks  ettirish,  qurilish  ob’ekti  tannarxini  tо‘g‘ri  aniqlashni  takomillashtirish 

bugungi  kunda dolzarb masalalardan  hisoblanadi.

 

 

 

 


1. Kapital xarajatlar va ularni turkumlash 

 

Buxgalteriya  hisobi  ma’lumotlari  juda  kо‘p  masalalarni  hal  qilish  uchun 

talab  qilinadi  va  shuning  uchun  ushbu  ma’lumotlarning  ta’sirchan  turkumlash  va 

tartibga  solish tizimini  ishlab chiqish zarurdir. 

Korxonalarning  asosiy  faoliyati  mahsulot  ishlab  chiqarishdan  iborat 

bо‘lganligi  tufayli,  birinchi  navbatda,  shu  ishlab  chiqarishdagi  xarajatlar  tarkibi  va 

ularning  xususiyatlari  bilan  tanishib  chiqish lozim  bо‘ladi. 

Korxonaning  ishlab  chiqarish  xarajatlari  deb,  mahsulotni  ishlab  va 

realizatsiya  qilish  bilan  bog‘liq  xarajatlarga  yoki  davr  xarajatlariga  aytiladi.  Ularga 

xom-ashyo,  material,  yoqilg‘i,    amortizatsiya  ajratmasi,  ishchi  -  xizmatchilarga  ish 

haqi va mahsulot ishlab  chiqarish bilan  bog‘liq boshqa xarajatlar kiradi. 

Tannarx  kо‘rsatkichi  korxona  faoliyatida  muhim  sifat  kо‘rsatkichlaridan  biri 

hisoblanadi.  U  qancha  past  bо‘lsa,  ishlab  chiqarish  rentabelligi  shuncha  yuqori 

bо‘ladi.  Tannarxga  korxonaning  hamma  xarajatlari  qо‘shilmaydi,  ba’zi  xarajatlari 

boshqa  manbalar  hisobidan  qoplanadi.  Masalan,  foyda  hisobidan  davr  xarajatlari 

qoplanadi. 

Mahsulot  ishlab  chiqarish  xarajatlari  xarajat  kalkulyatsiya  moddalari 

bо‘yicha  ishlab  chiqarish  turlari,  xarajatlarning  vujudga  kelish  joylari,  mahsulot 

turlari  bо‘yicha  buxgalteriya  hisobida  aks  ettiriladi.  Xarajatlarni  hisobga  olish 

hamda  mahsulot  tannarxini  kalkulyatsiya  qilishdan  asosiy  maqsad  ishlab  chiqarish  

va  sotish  bilan  bog‘liq  xarajatlarni о‘z vaqtida, tо‘laligicha va haqqoniy aniqlashdir 

va  shu  bilan  birga  ayrim  mahsulotlarning  haqiqiy  tannarxini  hisoblash  hamda 

korxona resurslari  va pul mablag‘lari  ishlatilishi  ustidan nazoratni  о‘rnatishdir. 

Xarajatlar  hisobi  tizimi  ishlab  chiqarish  xarajatlari  haqidagi  ma’lumotlarni 

asosan  ikki  harakat  yoki  maqsadda  yig‘ib  boradi.  Birinchidan  xarajatlarni  ma’lum 

bir  kategoriyalarga,  masalan,  material  xarajatlar,  mehnat  xarajatlar,  ustama 

xarajatlar  yoki  о‘zgaruvchan  va  о‘zgarmas  kabilarga  turkumlash  orqali  yig‘adi. 

Ikkinchidan,  xarajatlar  hisob yо‘nalishlari  bо‘yicha turkumlanadi.   

Ishlab chiqarish xarajatlari  hisobi yо‘nalishlari  uchta yirik  toifaga  bо‘linadi: 

  zaxiralarni  baholash uchun xarajatlar  haqidagi  ma’lumotlar; 



  qarorlar qabul qilish  uchun xarajatlar  haqidagi  axborot; 

  nazorat va tartibga  solish maqsadida xarajatlar  tо‘g‘risidagi ma’lumotlar. 

Birinchi  hisob  yо‘nalishi  zaxiralarni  baholash  maqsadida  tashkil  qilinadi. 

Ma’lumki,  zaxiralarga  ishlab  chiqarish  zaxiralari,  ya’ni  xom  ashyo,  materiallar 

kabilar,  bundan  tashqari,  sotish  uchun  mо‘ljallangan  tovarlar,  ishlab  chiqarilgan 

mahsulotlar  kabilar  kiradi.  Ishlab  chiqarish  korxonalari  buxgalteriya  hisobi  uchun 

muhimi,  albatta,  ishlab  chiqarilgan  mahsulotlardir.  Buxgalteriya  hisobi  tizimida 

ularni  hisobga  olish  uchun  ularning  qiymat  о‘lchovlarini  aniqlash,  ya’ni  baholash 

talab  etilishi  hammaga  ma’lum,  deb  о‘ylaymiz.  Mahsulotlarni  baholash,  odatda, 

ularning  ishlab  chiqarish  tannarxi  yoki  sotish  bahosi  bо‘yicha  amalga  oshiriladi. 

Har  ikkisi  uchun  ham  mahsulotni  ishlab  chiqarish  uchun  qilingan  xarajatlar  asos 

bо‘lib  xizmat  qiladi.  Bu  о‘z  navbatida  xarajatlarning  shunga  mos  turkumlanishini 

talab qiladi. 

Ikkinchi  hisob  yо‘nalishi  uchun  misol  tariqasida  stanokni  saqlash  va  undan 

foydalanish 

xarajatlarini 

keltirishimiz 

mumkin. 


Bunday  ma’lumot  taklif 

qilinayotgan  stanok  bо‘yicha  kutilayotgan  xarajatlar  bilan  solishtirish  va  tegishli 

qaror qabul qilish uchun zarurdir. 

Uchinchi  hisob  yо‘nalishi  uchun  turkumlashning  ahamiyatini  tushuntirish 

uchun  biror  bir  bо‘lim  uchun  xarajatlarning  hisobini  keltirishimiz  mumkin.  Bunday 

ma’lumot  xarajatlarni  smeta  xarajatlari  bilan  solishtirish  imkonini  beradi,  ya’ni 

nazorat va tartibga  solish maqsadida ishlatiladi. 

Xarajatlar  hisobining  yuqorida  keltirilgan  uchta  yо‘nalishi  doirasida  xa-

rajatlarni  turkumlashning  muqobil  usullarini  quyidagi  jadval  yordamida  kо‘rib 

chiqishimiz  mumkin. 



1-jadval 

Xarajatlarni yо‘nalishlari bо‘yicha turkumlash 

Hisob yо‘nalishlari 

Turkumlashning maqbul  usullari 

1. Mahsulotlar  qiymatini  baholash 

uchun xizmat  qiluvchi  harajatlar 

  davr uchun va mahsulot  tannarxiga 

kiritiladigan  xarajatlar 

  mahsulot ishlab chiqarish  xarajatlari  tar-

kibini  tashkil  qiluvchi  xarajatlar 


  xarajatlarning  buyurtmali  va jarayonli   

kalkulyatsiyasi 

2. Qarorlar qabul qilish  uchun asos 

bо‘lib xizmat  qiluvchi  xarajatlar 

  xarajatlar  dinamikasi 

 

о‘tgan davr va kelgusi  davr xarajatlari 



  bartaraf etiladigan  va bartaraf 

etilmaydigan  xarajatlar 

  qaytarilmaydigan  va almashtiriladigan 

xarajatlar 

  marjinal  xarajatlar  va qо‘shimcha 

xarajatlar 

3. Nazorat va tartibga solish uchun 

asos bо‘lib xizmat  qiluvchi  xarajatlar 

  tartibga  solinadigan  xarajatlar 

  tartibga  solinmaydigan  xarajatlar 

 

Xarajatlarni 



hisobga 

olishning 

birinchi 

yо‘nalishi, 

yuqorida 

aytib 


о‘tganimizdek,  mahsulot  zaxiralari  qiymatini  baholash  uchun  yо‘lga  qо‘yilgan. 

Xо‘jalik  yurituvchi  sub’ektlar  о‘z  faoliyatini  odatda  foyda  olish  maqsadida  yо‘lga 

qо‘yadilar.  O’z  -  о‘zidan  ma’lumki,  olinadigan  foydani  kо‘zlab  xarajat  qilinadi. 

Foyda  о‘zi  nima?  Foyda  olingan  daromadlardan  ularni  olish  uchun  qilingan 

xarajatlarni  tо‘liq  qoplagandan  sо‘ng  yuzaga  keladigan    summadir.  Foydani 

aniqlash  uchun  esa  olingan  daromadlardan  xarajatlar  ayiriladi.  Foyda  olish  yoki 

olinadigan  foyda  summasini  kо‘raytirish  uchun  mehnat  unumdorligini  oshirish, 

ishlab  chiqarishni  maqsadga  muvofiq  ravishda  tashkil  etish,  yangi  texnikani  joriy 

qilish,  texnologik  jarayonlarni  takomillashtirish,  asosiy  va  aylanma  mablag‘lardan 

unumli 


foydalanish, 

unumsiz 


xarajatlarni 

qisqartirish, 

ishlab 

chiqarishni 



boshqarishni  takomillashtirish  va boshqa tadbirlarni amalga  oshirish kerak. 

Sanab  о‘tilgan  tadbirlarni  amalga  oshirish  uchun  xalqaro  tajriba 

kо‘rsatishicha  kompaniyalarning  boshqaruv  tizimini  tegishli  axborotlar  bilan 

ta’minlash  talab  etiladi.  Boshqacha  qilib  aytganda,  boshqaruv  qarorlarini  qabul 

qilish  uchun kompaniyaning  xarajatlari  haqidagi  axborot juda muhim  ekan.  

Iqtisodiy  islohotlar  sharoitida  xо‘jalik  yurituvchi  sub’ektlar  bozorning  talab 

va  takliflaridan  kelib  chiqqan  holda  о‘zining  faoliyatini  rejalashtirishi  va  zarur 

qarorlarni  qabul  qilishi  lozim.  Ushbu  sharoitdan  kelib  chiqqan  holda  xо‘jalik 



yurituvchi  sub’ektlar  “Mahsulot  (ish,  xizmat)ni  ishlab  chiqarish  va  uni  sotish 

xarajatlarining  tarkibi  va  moliyaviy  natijalarni  shakllantirish  tartibi  tо‘g‘risidagi 

Nizom”da kо‘rsatilgan  xarajatlarning  elementlariga  asoslanadilar.   

Xarajatlarni  tasniflanishini  quyidagi  jadvalda  yaqqol kо‘rishimiz  mumkin.   



 2-jadval 

Xarajatlarning turli belgilariga asosan tasnifi

2

 

№ 

Tasniflash belgilari 

Xarajatlar turlari 

1.  Ishlab chiqarish jarayonidagi  iqtisodiy roliga  qarab 

Asosiy va ustama 

2.  Ishlab chiqarilayotgan  mahsulot tannarxiga 

kiritilashiga  qarab 

Bevosita va bilvosita 

3.  Ishlab chiqarish hajmiga  nisbatan 

O‘zgaruvchan va 

doimiy 

 

Noishlab  chiqarish  xarajatlariga  ishlab  chiqarish  bilan  bog‘liq  bо‘lmagan 

xarajatlar  kiradi.  Ularga  sotish  xarajatlari,  boshqarish  xarajatlari,  boshqa operatsion 

xarajatlar  kiradi. 

Yuqoridagilardan  tashqari  mahsulot  tannarxi  hisobini  yuritishda  xarajatlar 

rejalashtirilishi  bо‘yicha  rejalangan  va  rejalanmagan  xarajatlarga  bо‘linadi. 

Rejalanadigan 

xarajatlar 

korxonalar 

faoliyatida 

asosan 

biznes 


rejalarida 

belgilangan  kо‘rsatkichlar  asosida  shakllanadi.  Rejalanmagan  xarajatlar  asosan 

rejada  kо‘zda  tutilmagan  xarajatlar  bо‘lib  hisoblanadi.  Xarajatlarni  tarkibiga  kо‘ra 

oddiy xarajatlar  va kompleks xarajatlariga  bо‘lish mumkin. 



3-jadval 

Doimiy va о‘zgaruvchan, bevosita  va bilvosita xarajatlar

3

  

Kо‘rsatkich  

Doimiy 

O‘zgaruvchan 

Bevosita 

Bir  turdagi mahsulot ishlab 

chiqarishda foydalaniladigan 

qurilmalar  ijarasi   

Xom ashyo va materiallar 

                                                 

2

 Iqtisodiy adabiyotlardan foidalngan holda muallif  tomonidan tuzildi. 



3

 Boshqaruv hisobi-1. O‘BAM A, 2008 y. 25-b.   



Bilvosita 

Bino, qurilmalar 

amortizatsiyasi,  agar bir necha 

mahsulot ishlab chiqarilsa 

Bir  nechta turdagi  mahsulot 

ishlab chiqarishda elektr 

energiya  qiymati 

  

Umumishlab  chiqarish  xarajatlari  ishlab  chiqarish  xarajatlari,  ishlab 



chiqarishning  ayrim  tarmoqlarini  boshqarish  xarajatlari,  shuningdek  u  yoki  bu 

mahsulot  turiga  bevosita  kiritish  mumkin  bо‘lmagan  turli  ishlab  chiqarish 

xarajatlarini  о‘z ichiga oladi. 

Asosiy  vositalar  va  boshqa  uzoq  muddat  foydalaniladigan  aktivlarni  sotib 

olish,  qurish  bilan  bog‘liq  xarajatlar  kapital  sarflar  yoki  kapital  qо‘yilmalar  (capital 

expenditures)  deyiladi.  Remont  xarajatlari,  uskunalarga  xizmat  kо‘rsatish,  yoqilg‘i 

sotib  olish  sarflari  nokapital  sarflar  yoki  xarajat  (reVenul  expendit)  yoki  hisobot 

yilida  daromad  olish  maqsadida  qilingan  xarajatlardir.  Kapital  qо‘yilmalar  bilan 

xarajatlarni  bir  –  biridan  farqlay  bilish  kerak.  Xarajat  albatta  shu  davrda  daromad 

keltirishi  kerak.  Kapital  qо‘yilma  esa  bir  necha  yillardan  keyin  daromad  keltira 

boshlaydi. 

Kapital  qо‘yilmalar  tarkibiga  asosiy  vositalar,  tabiiy  resurslar  va  nomoddiy 

aktivlarni  sotib  olishdan  tashqari  asosiy  vositalarni  о‘stirish  va  ularni   

yaxshilanishiga  sarflanadigan  xarajatlar  ham kiradi.   

Asosiy  vositani  о‘sishi  (additions)  deganda  ishlab  chiqarish  quvvatini  fizik 

jihatdan  kengaytirish  tushuniladi.

4

 

Kapital  qо‘yilmalar  bu  korxonaning  asosiy  vositalari  va  nomoddiy 



aktivlarini  qayta  ishlab  chiqarish  va  ular  sifat  tarkibini  yaxshilash  borasida 

qiladigan  sarf xarajatlaridir. 

21-sonli  BHMSga  muvofiq,  kapital  qо‘yilmalarga  quyidagicha  ta’rif 

beriladi:  Kapital  qо‘yilmalar  bu  korxonaning  asosiy  vositalar  va  nomoddiy 

aktivlarga  investitsiyalari  shuningdek,  mahsuldor  va  ishchi  hayvonlarning 

(qiymatidan  qat’i  nazar,  korxonaning  aylanma  mablag‘lariga  kiruvchi  pappandalar, 

quyonlar,  asalarilar,  qо‘piqlovchi  itlar,  tajriba  uchun  mо‘ljallangan  hayvonlardan 

                                                 

4

 Б.Нидиз, Х.Андерсон, Д. Колдуэлл «Принципи бухгалтерского учёта» 196 – 219 бет. 



tashqapi) asosiy podasini tashkil  qilish  bо‘yicha xarajatlar  yig‘indisi.

5

 



Korxonalarning 

kapital 


qо‘yilmalarini  quyidagi  belgilarga  muvofiq 

tasniflash  maqsadga muvofiqdir: 

  

 

 



 

 

 



1-chizma. Kapital qо‘yilmalarning tasniflanishi.

6

 

Kapital  qо‘yilmalar  mohiyatini  chuqurroq  anglash  uchun  ularning  tarkibi  va 

gupuhlari  bо‘yicha о‘rganish maqsadga muvofiqdir.  

2-chizma. Yо‘naltirilishiga kо‘ra kapital qо‘yilmalarning tasniflanishi

7

Qurilish-montaj  ishlarini  bajarish  usuliga  kо‘ra  kapital  qо‘yilmalar  pudrat 

usulidagi  va xо‘jalik  usulidagi  kapital  qо‘yilmalarga  ajratiladi. 

 

 



 

 

3-chizma. Bajapish usuliga kо‘ra kapital qо‘yilmalarning tasniflanishi. 

Qishloq  xо‘jaligi  korxonalarida  kapital  qurilish  pudrat  usulida  olib 

borilganida  sarflanadigan  kapital  xarajatlarni  hisobga  olib  borish  tartibi 

                                                 

5

  21-sonli  BІM S  “Xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlar  moliyaviy-xo’jalik  faoliyatining  buxgalteriya  hisobi  schyotlar  rejasi  va  uni 



qo’llash bo’yicha Yo’riqnoma”ga  2-ILOVA, 67-band. 

6

 M uallif ishlanmasi 



7

 21-son BHM S asosida muallif ishlanmasi 



Kapital qo‘yilmalar 

Yo‘naltirilishiga 

 ko‘ra 

Bajarish  usuliga 



ko‘ra 

Moliyalashtirish 

manbasiga  ko‘ra 

Yo‘naltirilis higa  ko‘ra 

kapital  qo‘yilmalar 

 

Kapital  qurilishga 



Asosiy  vosita  va nomoddiy 

aktiv  sotib  olishga 

Kengaytirish,  rekonstruktsiya 

va modernizatsiya  qilishga 

Asosiy  podani  shakllantirish  va erni 

obodonlashtirishga 

Ijaraga  olingan  mulkka 

Bajarish usuliga ko‘ra 

Pudrat usulida 

Xo‘jalik  usulida 


O‘zbekiston  Respublikasi  buxgalteriya  hisobining  17-sonli  “Kapital  qurilishga  oid 

pudrat shartnomalari”  nomli  milliy  standartida belgilab  berilgan. 

Pudrat  usulida  qurilish  montaj  ishlarini  ixtisoslashgan  pudrat  qurilish  montaj 

tashkilotlari  olib  boradi,  bunda  ikki  tomon  bosh pudratchi va buyurtmachi aloqaga 

kirishib,  ularning  о‘zapo munosabatlari pudrat shartnomasi bilan  belgilanadi.   

Kapital  qо‘yilmalarning  texnologik  tuzilmasi  qurilish  va  montaj  ishlari  bilan 

bog‘liq  hamda  asosiy  vositalar  ob’ektlarini  sotib  olishga,  shuningdek,  boshqa 

kapital  ishlar  va xizmatlar  uchun qilingan  xarajatlar  tarkibi  va nisbatini  anglatadi. 

Kapital 

qо‘yilmalar,  xususan  kapital  qurilish  xarajatlari  qurilishga 

ixtisoslashgan  xо‘jaliklarda  2010  –  “Asosiy  ishlab  chiqarish”  schyotida  qurilish 

asosiy  faoliyat  yо‘nalishi  qurilishga  ixtisoslashmagan    boshqa  sohalarda  qurilish 

xarajatlari  agar  о‘zini    yordamchi  ishlab  chiqarishi  kuchi  bilan  xо‘jalik  usulida 

bajarilganda  2310  –  “Yordamchi  ishlab    chiqarish”    sintetik  schyotini  tegishli 

analitik  schyoti    boshqaruv  hisobida    hisobga  olinsa,  pudrat  usulida  pudratchilar 

bilan  shartnoma  asosida  qurilayotgan    binolar  inshootlar  va  boshqa  qurilish  – 

ta’milash  ishlari    0800  –“Kapital  qо‘yilmalarni  hisobga  oluvchi  schyotlar”  sintetik 

schyotining      0810  –“Tugallanmagan  qurilish”  schyotida    moliyaviy  hisobda 

hisobga  olib  boriladi.  Bundan  shunday  xulosa  chiqadiki,    kapital  qurilish  ishlari 

kapital  qо‘yilmalarini  bir  qismi  bо‘lib  ishlab  chiqarish    faoliyatini  tavsifiga  kо‘ra 

ular  turli  xо‘jaliklarda  turlicha;  ba’zilarda  moliyaviy  hisobda  ba’zilarida  esa,  

boshqaruv  hisobida  mukammal  hisob  olib  borishlari  kerak.  1-ilovada  qurilish 

xarajatlarini    turli  shakldagi  xо‘jalik  yurituvchi  sub’ektlarda  hisobga  olinishi 

kо‘rsatilgan. 

1-ilovada  jadvalida  kо‘rastilgandek  qurilish  tashkilotlarida  va  qurilish 

xujalik  usulida  olib  borilayotgan  xо‘jalik  yurutuvchi  sub’ektlarda    qurilish  bilan 

bog‘liq  xarajatlari    asosiy  ishlab  chiqarish    2010  schyotda  qurilish  tashkilotlarida 

2310  yordamchi  ishlab  chiqarish  schyotda  (faoliyati    qurilish  bilan    bog‘liq 

bо‘lmagan  qurilish  ishlari  xо‘jalik  usulida  olib  boriladigan  xо‘jalik  yurituvchi 

sub’ektlarda)    boshqaruv  hisobini  hisob  ob’eti  sifatida  qaralishi  va    faoliyati 

qurilishi  bilan  bog‘liq  bо‘lmagan  qurilish  pudrat    usulida  olib  borilayotgan 


xо‘jaliklarda  qurilish  xarajatlari  0810  –  “Tugallanmagan  qurilish”  schyotida 

moliyaviy  hisobini  ob’ekti  sifatida    qaralsa  maqsadga  muvofiq  bо‘ladi.  Shunda 

kapital  qurilish  bо‘yicha  barcha  xarajatlarni  tо‘g‘ri  hisobini  yuritish  va  aniq 

ma’lumotlar  asosida  tahlil  qilish  jarayonlarini    takomillashtirish  imkoniyatlari 

yaratiladi 

Hisobga  olishda  kapital  qо‘yilmalar  takror  ishlab  chiqarish  strukturasining 

yо‘nalishlari,  texnologik  struktura,  mо‘ljallanishi,  xalq  xо‘jalik  tarmoqlari,  

ishlarni  bajarish usuli,  mablag  bilan  ta’minlash  manbalariga  kо‘ra guruhlanadi. 

Takror  ishlab  chiqarish  strukturasining  yunalishlari  bо‘yicha  kapital 

qо‘yilmalar  yangi  qurilishi,  kengaytirish,  ta’mirlash,  texnik  qayta  jihozlash  va 

ishlab turgan  korxonalar quvvatlarini  saqlashga ajratiladi. 

Yangi  qurilishga  yangitdan  tashkil  etilayotgan  korxonalar,  binolar  va 

inshootlar,  shuningdek  ishga  tushirilgandan  sо‘ng  mustaqil  balansda  bо‘ladigan, 

yangi  maydonchada  yangi  ishlab  chiqarish  quvvatlarini  yaratish  maqsadlarida  filial 

va  ayrim  ishlab  chiqarishlarda  amalga  oshiriladigan    asosiy,  yordamchi  va  xizmat 

kо‘rsatish maqsadlaridagi  ob’ektlar kompleksining  qurilishi  kiritiladi. 

Ishlab  turgan  korxonalarni  kengaytirish  deganda  ishlab  turgan  korxona 

(inshoot)larda  qо‘shimcha  ishlab  chiqarishlarni  qurish,  shuningdek  ishlab  turgan 

korxona  xududi  yoki  unga  qо‘shni  maydonchada  qо‘shimcha  yoki  yangi  ishlab 

chiqarish  quvvatlarini  yaratish  maqsadlarida  ayrim  tsexlar  yoki  asosiy,  yordamchi 

va  xizmat  kо‘rsatishga  mо‘ljallangan  ob’ektlarni  qurish  va  ishlab  turganlarni 

kengaytirish  tushuniladi. 

Korxonalarning  foydalanishga  topshirilgandan  keyin  mustaqil  balansda 

bо‘lmaydigan  filiallarning  qurilishi  ham  ishlab  turgan  korxonalarni  kengaytirish 

qatoriga kiritiladi. 

Ishlab  turgan  korxonani  kengaytirish,  uning  ishlab  chiqarish  quvvatini 

(unumdorligi,  о‘tkazish  qobiliyati,  bino  yoki  inshootning  sig‘ishini)  kо‘raytirish 

ishlari  yangi  qurilish  yо‘li  bilan  shunday  quvvatlar  yaratishdan  kо‘ra  qisqaroq 

muddat va kam xarajatlarda  amalga  oshirilishi  lozim. 

Ishlab  turgan  korxonalarni  ta’mirlash  deganda  asosiy  va  yordamchi  va 



xizmat  kо‘rsatishga  mо‘ljallangan,  ishlab  turgan  tsex  va  ob’ektlarni  ishlab 

chiqarshni  takomillashtirish  va  ularni  texnik  –  iqtisodiy  darajasini  oshirish 

maqsadlarida  qayta  qurish  tushuniladi.  Bu  odatda  asosiy  maqsaddagi  bino  hamda 

inshootlarni  kengaytirmay  amalga  oshiriladi. 

Texnologik  strukturasiga  kо‘ra  kapital  qо‘yilmalar  qо‘yidagi  ish  va  xarajat 

turlari  qiymatidan  tarkib topadi. 

-  qurilish  ishlarining  barcha turlari: 

-  uskunalar  natijasi  bо‘yicha ishlar: 

-  qurilish  smetalarida  nazarda  tutilgan  uskunalar  xarajatlari  (montaj  talab 

qiladigan  va qilmaydigan): 

-  qurilish  smetasiga kiritiladigan  asbob va inventarlar  xarajatlari: 

-  boshqa kapital ish va xarajatlar. 

Uskunalar  kapital  qurilishning  reja  va  hisobot  kо‘rsatkichlarida  qurilish 

smetasiga kiradigan  va kirmaydigan  uskunalarga  ajratiladi. 

1.  Qurilish  smetasiga  kiradigan  uskunalar,  ishlab  turgan  korxonalarni 

ta’mirlash,  kengaytirish,  texnik  qayta  jihozlash,  ishlab  chiqarish  quvvatlarini 

saqlash  va  yangi  korxona  hamda  ob’ektlarni  qurish  loyiha  va  smetalarida  nazarda 

tutilgan  uskuna,  mashina  va  mexanizmlar  loyiha    va  smetalarga  kiritilishi  lozim 

bо‘lgan uskuna, mashina  va mexanizmlardir. 

2.  Qurilish  smetasiga  kirmaydigan  uskunalarga  mazkur  tarmoq  uchun 

loyixa  –  smeta  xujjatlarini  tuzish  tartibida  belgilanishiga  kо‘ra  smetani  yuqoridagi 

punktning  birinchi  abzatsiga kiritilmaydigan  mashina  va mexanizmlar  kiritiladi. 

-  qurilish  mashinalari,  mexanizmlar,  inventar  va  asboblar,  shuningdek 

qurilish  va montaj  tashkilotlari  transport vositalari: 

-  yig‘ma  –  razbor  qilinadigan  bino  va  inshootlarning  inventar    detallari 

komplektlari:  inventar  uylar,  qurilish,  geologiya  razvedka    va  qidiruv 

tashkilotlarining  vagon,  furgonlar  va  konteyner  tipidagi  boshqa  anjomlari  qishloq 

xо‘jaligi  korxona  va  tashkilotlarining  traktor,  kombayinlari  va  boshqa  ekin  ekish, 

er haydash hamda hosilni  yig‘ishtirishga  mо‘ljallangan  mashinalar: 

-  ta’minot – sotuv tashkilotlari  konteynerlar  va boshqalar. 



Uskunalar  montaj  talab  qiladigan  va  montaj  talab  qilmaydigan  uskunalarga 

ajratiladi. 

Montaj  talab  qiladigan  uskunalarga  faqat  ayrim  qismlari  yig‘ilgandan  keyin 

yoki  asos  va    tayanchlarga  о‘rnatilgandan  sо‘ng  ishga  tushirilishi  mumkin  bо‘lgan 

uskunalar  shuningdek,  foydalanishga  topshirish  elektrmontaj  va  ishga  tushirish  – 

sozlash ishlarini  talab qiladigan  elektron  hisoblash mashinalari  ham kiritiladi. 

Montaj  talab  qilmaydigan  uskunalarga  ishga  tushirishdan  oldin  asos  va 

tayanchga  о‘rnatishni  talab  qilmaydigan  uskunalar:  lokomotivlar,  traktorlar,  vagon, 

qishloq xо‘jaligi  mashinalari,  avtomashinalar  va shu kabilar  kiradi. 

Kapital  qо‘yilmalar  maqsadga kо‘ra hisobga olishda: 

a) 

ishlab 


chiqarish 

maqsadlaridagi 

ob’ektlar  qurilishiga  (qurilishi 

tuganlangandan  sо‘ng  moddiy  ishlab  chikarish  soxasi:  sanoat,  qishloq  xо‘jaligi, 

transport aloqa va shu kabilarda ishlaydigan  ob’ektlar)  

b)  noishlab  chiqarish  maqsadlaridagi  (turar  joy  va  kommunal  xо‘jalik 

sog‘liqni  saqlash  muassasalari,  ijtimoiy  ta’minot,  xalq  ta’limi  va  boshqa) 

ob’ektlarga ajratiladi. 

Iqtisodiyot  tarmoqlari  bо‘yicha  kapital  qо‘yilmalar  sanoat,  qishloq  xо‘jaligi, 

qurilish,  transport,  sog‘liqni  saqlash,  xalq  ta’limi  va  boshqa  tarmoqlardagi  kapital 

qо‘yilmalarga  ajratiladi. 

Qurilish  montaj  ishlarini  bajarish  usuliga  kо‘ra  kapital  qо‘yilmalarga  

ajratiladi. 

Pudrat  usulida  qurilish  montaj  ishlarini  ixtisoslashgan  pudrat  qurilish  montaj 

tashkilotlari  olib  boradi,  bunda  ikki  tomon  bosh pudratchi va buyurtmachi aloqaga 

kirishib,  ularning  о‘zaro  munosabatlari  pudrat  shartnomasi  bilan  belgilanadi. 

Kapital    qо‘yilmalar  mablag‘  bilan  ta’minlashning  qо‘yidagi  manbalari  asosida 

hisobiga amalga  oshiriladi: 

Korxona  va  tashkilotlarning  о‘z  mablag‘lari,  byudjet  mablag‘lari  va  bank 

kreditlari:  davlat  kapital  qо‘yilmalar  limitidan  tashqari  amalga  oshiriladigan  kapital 

qо‘yilmalar  bо‘yicha  hukumat  tomonidan  shu  maqsadlarga  yо‘llashga  ruxsat 

etilgan  mablag‘ bilan  ta’minlashning  markazlashgan  manbalari  va boshqalar. 



 

Download 317,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
axborot texnologiyalari
ta’lim vazirligi
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
guruh talabasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
toshkent davlat
tashkil etish
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
bilan ishlash
O'zbekiston respublikasi
matematika fakulteti
Ishdan maqsad
o’rta ta’lim
ta’limi vazirligi
fanining predmeti
saqlash vazirligi
moliya instituti
haqida umumiy
pedagogika universiteti
fanlar fakulteti
fanidan tayyorlagan
umumiy o’rta
samarqand davlat
ishlab chiqarish
fanidan mustaqil
Toshkent axborot
universiteti fizika
fizika matematika
uzbekistan coronavirus
Darsning maqsadi
sinflar uchun
Buxoro davlat
coronavirus covid
Samarqand davlat
koronavirus covid
sog'liqni saqlash