Nazirov Kamoliddin smmt 84
5-mavzu: Moliyaviy boshqaruv
Reja:
Moliyaviy boshqaruvning mazmuni va mohiyati.
Moliyaviy boshqaruv organlari va ularning vazifalari.
Korporativ boshqaruv va mulkka egalik huquqini boshqaruvdan ajratishning moliyaviy sabablari.
Korporativ boshqaruvning asosiy vazifasi va uning moliyaviy jihatlari.
Moliyaviy boshqaruvning mazmuni va mohiyati
“Boshqaruv” atamasi umumiy tarzda obyektni rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida unga ongli ravishda ta’sir ko’rsatishni anglatadi. Moliyaviy tizim doirasida moliyaviy resurslarni tashkil etish, taqsimlash va ulardan foydalanish har doim muayyan bir maqsadlarga erishishga mo’ljallangan bo’ladi. Bu esa o’z navbatida ma’lum bir tarzda boshqaruv tizimini tashkil etishni taqozo etadi. Shu ma’noda va eng umumiy ko’rinishda boshqaruv subyektining boshqaruv obyektiga maqsadga yo’naltirilgan ta’siri boshqaruv deyiladi.Davlat jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun zarur bo’lgan moliyaviy resurslarni tashkil etish va foydalanishga qaratilgan munosabatlar tizimini boshqarishi, tartibga solishi va bu resurslardan samarali hamda oqilona foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirishi kerak. Ana shu vazifani bajarish moliyaviy boshqaruvning zimmasiga yuklatilgan.
Davlatning xo’jalik yurituvchi subyektlar va uy xo’jaliklari bilan moliyaviy munosabatlar sohasidagi o’zaro munosabatlari soliq tizimi, kredit munosabatlarini boshqarish (tartibga solish), moliya bozorini tartibga solish, davlatning qo’llab-quvvatlash tizimi, pensiya ta’minoti tizimi, ishlovchi aholining daromadlarini tartibga solish mexanizmi va hokozolar orqali amalga oshiriladi.
Moliyaviy boshqaruvning maqsadi makroiqtisodiy muvozanatda, byudjet profitsitida, davlat qarzining kamayishida, milliy valyutaning barqarorligi va mustahkam-ligida va, nihoyat, davlat va jamiyat barcha a’zolari iqtisodiy manfaatlarining yagonaligida (mushtarakligida) namoyon bo’ladigan moliyaviy barqarorlik va moliyaviy mustaqillikni ta’minlashdir.Shunga monand ravishda moliyaviy boshqaruvning asosiy metodologik tamoillari quyidagilardan iborat:
pirovard maqsadga bog’liqlik;xo’jalik barcha tarmoqlarining makroiqtisodiy muvozanatliligi;jamiyat barcha a’zolarining manfaatlariga mos kelish;iqtisodiy qonunlardan foydalanish;real imkoniyatlar asosida ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlarni hisobga olish.
Moliyaviy boshqaruvning aniq metodlari va shakllari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
moliyaviy rejalashtirish;bashoratlash (prognozlashtirish);dasturlashtirish;moliyaviy tartibga solish;moliyaviy nazorat;moliyaviy qonunlarni (qonunchilikni) qabul qilish;moliyaviy resurslarni jalb qilish metodlari tizimi.
Moliyaviy boshqaruv tizimi
Boshqaruv subyektlari
Ta’sir instrumentlari
Pirovard
maqsad
Boshqaruv obyektlari
Moliyaviy tizim
Moliyaviy siyosat
Tizimlar
moliyasi
Moliyaviy barqarorlik
Prezident;Parlament;Hukumat;Moliya vazirligi;Davlat soliq qo’mitasi;Markaziy bank;Hisob palatasi;va boshqalar.Boshqaruv tamoillari;Moliyaviy bashoratlash;Moliyaviy dasturlash;Moliyaviy rejalashtirish;Moliyaviy tartibga solish;Moliyaviy nazorat;Moliyaviy qonunchilik;Moliyaviy tahlil.Byudjet fondlarini shakllantirish va foydalanish bo’yicha munosabatlar;Byudjetdan tashqari davlat maqsadli fondlarini shakllantirish va foydalanish bo’yicha munosabatlar;Sug’urta fondlarini shakllantirish va foydanish bo’yicha munosabatlar.Makroiqtisodiy muvozanat;Byudjet rejalarining profitsitligi;Davlat qarzining mavjud emasligi;Mustahkam (barqaror) milliy valyuta.
2. Moliyaviy boshqaruv organlari va ularning vazifalariMoliyaviy tizimni umumiy boshqarish mamlakatning oliy hokimiyat va boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi. Umumdavlat miqyosida moliyaviy boshqaruv tizimi quyidagi boshqaruv organlaridan tashkil topishi mumkin:
Prezident;Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi hamda moliya, byudjet, soliq va bank masalalari bo’yicha Oliy Majlis har ikki palatasining tegishli qo’mitalari;Vazirlar Mahkamasi;Hisob palatasi;Moliya vazirligi va uning quyi , jumladan, G’aznachilik tizimi organlari;Markaziy bank;Davlat soliq qo’mitasi;Davlat bojxona qo’mitasi;Qimmatli qog’ozlar bo’yicha komissiya;Byudjetdan tashqari davlat maxsus fondlarining ijroiya direktsiyalari;va boshqalar.
Moliyaviy boshqaruvning markaziy organi Moliya vazirligi va uning joylardagi organlari hisoblanadi. U mamlakat miqyosida yagona moliya, byudjet, soliq va valyuta siyosatining amalga oshirilishini ta’minlaydi. Moliya vazirligining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
yagona davlat moliyaviy siyosatni ishlab chiqish va uni amalga oshirish;davlat byudjetining loyihasini tuzish va uning ijrosini ta’minlash;byudjet mablag’lari va davlat maxsus fondlari mablag’larining oqilona va maqsadli ishlatilishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish;davlat moliyasining barqarorligini ta’minlash va moliyaviy bozorni rivojlantirishga oid chora-tadbirlarni ko’rish;mamlakatning byudjet tizimini takomillashtirish, bu borada tegishli takliflarni ishlab chiqish va ularni hayotga tatbiq etish choralarini ko’rish;mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining ustuvor yo’nalishlarini ta’minlash uchun moliyaviy resurslarni to’plash;davlat byudjeti va jamlanma byudjetning ijrosi haqida hisobotni tayyorlash;davlat tomonidan qarzlarni olish dasturini ishlab chiqish va davlatning ichki va tashqi qarzlarini boshqarish;uzoq, o’rta va qisqa muddatli istiqbolga mo’ljallangan mamlakat taraqqiyotining ijtimoiy-iqtisodiy bashoratlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;iqtisodiyotni moliyaviy sog’lomlashtirish va uni tarkibiy jihatdan qayta qurish, mamlakatdagi tovar ishlab chiqaruvchilar, ishlar va xizmatlarni bajaruvchilarning manfaatlarini himoya qiluvchi va qo’llab-quvvatlovchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda qatnashish;mamlakatdagi pul-kredit siyosatining asosiy yo’nalishlari, iqtisodiyotdagi hisob-kitoblar va to’lovlar-ning ahvolini yaxshilash bo’yicha takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etish;faol investitsion siyosatni shakllantirish va uni amalga oshirishga yo’naltirilgan choralarni ishlab chiqish, davlat investitsiya dasturlari va mamlakat Taraqqiyot byudjetini ishlab chiqish va moliyalashtirishda qatnashish;moliyaviy rejalashtirish va milliy xo’jalikni moliyalashtirish sohalarida metodik (uslubiy) rahbarlikni amalga oshirish;mamlakat moliyaviy resurslar balansini ishlab chiqishda (Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda) faol ishtirok etish;moliyaviy intizom buzilganda moliyalashtirishni chek-lash yoki umuman to’xtatib qo’yish;
Moliya vazirligining markaziy apparatida quyidagi bosh boshqarmalar va boshqarmalar bo’lishi mumkin:
davlat byudjeti bosh boshqarmasi;valyuta aktivlari va majburiyatlari bosh boshqarmasi;hududlar moliyasi bosh boshqarmasi;agrosanoat majmuini moliyaviy tartibga solish bosh boshqarmasi;ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqar-masi;nazorat-taftish bosh boshqarmasi;investitsiyalar boshqarmasi;iste’mol bozori va xizmat ko’rsatish sohalarini moliyaviy hamda narx orqali tartibga solish boshqarmasi;boshqaruv organlarini moliyalashtirish boshqarmasi;soliq siyosati boshqarmasi;buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi;qimmatli qog’ozlar va moliya bozori boshqarmasi;moliya institutlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi;sanoatning bazaviy tarmoqlari va yoqilg’i-energetika majmui moliyasi boshqarmasi;mudofaa majmui, huquq-tartibot organlari va boshqa sohalarni moliyalashtirish boshqarmasi.
3. Korporativ boshqaruv va mulkka egalik huquqini boshqaruvdan ajratishning moliyaviy sabablari Yakka mulk hisoblangan korxonalarda va hatto ko‘pgina shirkatlarda ham korxona egasi bir vaqtning o‘zida menejer vazifasini ham bajaradi. Ammo, boshqa firmalarda, ayniqsa yirik firmalarda mulk egalari biznesni o‘zlari boshqarmaydilar. Ular bu vazifani professionallarga topshiradilar. Ko‘p hollarda bu professionallar mazkur kompaniyaning aksiyadori ham bo‘lmaydilar.
Mulk egalari kompaniya boshqarishni menejment bo’yicha mutaxassislarga topshirishining sabablariO’z kasbini puxta egallagan professional menejerlarni topish unchalik murakkab ish emas
Biznesda samaradorlikka erishish yoki foyda ko’rish uchun, ko’pincha, bir necha uy xo’jaliklarining resurslarini birlashtirish kerak bo’ladi
Iqtisodiy jarayonlarga xos bo’lgan noaniqlik sharoitida investorlar mablag’larni turli firmalarga moliyashtirish orqali riskni taqsimlashga intiladilar
Mulkka egalik huquqini boshqarishdan ajratish axborot olishga ketadigan xarajatlarni tejash imkonini beradi
Ta’lim olish egri chizig’i effekti (samarasi), yoki faoliyat yuritib turgan tashkilot effekti (samarasi) degan narsa mavjud
4. Korporativ boshqaruvning asosiy vazifasi va uning moliyaviy jihatlariKorporatsiyaning boshqaruv xodimlarini aksiyadorlar direktorlar kengashi orqali ish tutib yollar ekanlar, menejerlarning asosiy vazifasi imkon qadar aksiyadorlar manfaatlarini ko‘zlab qaror qabul qilishdan iborat. Ammo bu korporatsiya menejerlarining yagona vazifasi emas. Jamiyatning har bir a’zosi singari, ular ham qonunlarga rioya qilishlari, odob-axloq qoidalarini hurmat qilishlari va zaruratga ko‘ra, albatta, agar bu aksiyadorlar tomonidan katta sarf-xarajatlarga olib kelmasa, turli ijtimoiy vazifalar bajarilishiga ko‘maklashishlari kerak.
Menejerlar ham kompaniya egalari kompaniyani o‘zlari boshqarganlarida qabul qiladigan investitsion va moliyaviy qarorlarni qabul qilsalargina menejerlar uchun asosiy qoida to‘g‘ri bo‘ladi (ishlaydi).
Do'stlaringiz bilan baham: |