MIR SAYYID SHARIF JURJONIYNING FALSAFIY QARASHLARI
Farangiz Axmedova
Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti
Annotatsiya:
Maqolada Temuriylar davrida yashagan va ilmiy tadqiqot olib
borgan Mir Sayyid Jurjoniyning falsafiy qarashlari tahlil etilgan.
Kalit so’zlar:
mantiq, dunyoqarash, huquqshunoslik, hissiy bilish, substansiya.
PHILOSOPHICAL VIEWS OF MIR SAYYID SHARIF JURJANI
Farangiz Akhmedova
Tashkent State University of Oriental Studies
Abstract
: The article analyzes the philosophical views of Mir Sayyid Jurjani,
who lived during the Timurid period and conducted scientific research.
Keywords
: logic, worldview, jurisprudence, emotional cognition, substance
Sohibqiron Amir Temur tomonidan Samarqandning shon-shuhratini oshirish va
uni jahon ilmiy markazlaridan biriga aylantirish niyatida o’z poytaxtiga to’plagan
olimlaridan biri Mir Sayyid Sharif Jurjoniydir. Jurjoniy 50 dan ortiq asar yozgan
bo’lib, ular fanning deyarli barcha sohalarini qamrab olgan edi.
Jurjoniy bilish nazariyasi va mantiqqa doir “At-ta’rifot” (“Ta’riflar”), “Usuli
mantiqiya” (“Mantiq usuli”) va ilmiy bahs faniga bag’ishlangan “Odob ul-munozara”
(“Munozara olib borishning qoidalari haqida risola”) kabi arab tilida yozilgan
asarlarning muallifi hamdir. Bundan tashqari Jurjoniyning fors tilida yozilgan
mantiqqa oid bir necha asarlari ham bizgacha yetib kelgan. Bulardan “Sug’ro”
(“Kichik dalil bo’la oladigan hukm”), “Kubro” (“Katta dalil bo’la oladigan hukm”),
“Avsat dar mantiq” (“Mantiqda o’rta xulosa”) va boshqalarni ko’rsatib o’tish
mumkin. Uning “Sharhe faroize Sarojiya” (“Meros bo’lish majburiyatlarining Sarojiy
ta’rifiga sharh”) asari huquqshunoslik masalalariga bag’ishlangan bo’lib, faqih
Sajovandiy asarlariga javob tariqasida yozilgan.
Jurjoniy dunyoqarashi, undan oldin o’tgan salaflarinidek, o’rta asrlardagi butun
falsafiy masalalarni, chunonchi, borliq haqidagi ta’limot, koinot jumboqlari, modda
va uning shakllari, jonsiz va jonli dunyoning xususiyatlari, jismoniy va ruhiy
munosabatlar, bilish muammolari, mantiqiy fikrlash ta’limoti, til va tafakkur aloqalari
va boshqalarni o’z ichiga oladi.
Jurjoniy fikricha, vojib ul-vujud xudo bo’lib, mumkin ul-vujud moddiy olamdir.
U borliqning birinchi sababi sifatida vojib ul-vujudni, ya’ni xudoning borligini tan
"Science and Education" Scientific Journal
August 2020 / Volume 1 Special Issue
www.openscience.uz
130
oladi. Uningcha, mumkin ul-vujud o’zining bor bo’ishi uchun qandaydir tarzda bo’lsa
ham, biror-bir sababga ehtiyoj sezadi. U biror-bir narsa tufayli, ya’ni birinchi sabab
mohiyatiga ko’ra, mumkin ul-vujud darajasiga ko’tariladi.
Jurjoniy fikricha, hamma jismlar bir-biriga bo’lgan o’zaro munosabatda sabab-
oqibat nisbatida bo’ladi. Jurjoniy falsafasida moddiylik g’oyalarigina emas, balki
dialektik yondoshuv ham mavjud. Uning fikricha, moddiylikdan xoli bo’lgan bo’sh
joy yo’q.
Mutafakkirning gnoseologik qarashlari uning borliq haqidagi va mantiqiy
qarashlaridan kelib chiqqan holda shakllangan.
Jurjoniy bilishda ratsional tomondan yondoshuvchi faylasuflar qatoriga kiradi.
Bilish muammolarini yechishda Jurjoniyga uning tibbiyot, matematika, astronomiya
va boshqa tabiiy fanlar doirasidagi chuqur bilimlari katta ta’sir ko’rsatgan.
Jurjoniyga ko’ra, inson bilishga intiluvchi subiekt bo’lib, harakat qiladi, tabiat
esa, bilim obyekti vazifasini bajaradi. U dunyoni bilish mumkinligiga qattiq
ishongan. Jurjoniyning fikricha, birlamchi narsalar mavjuddir, shunchaki inson
hissiyotiga ta'sir etishi tufayli ro'y beradigan hodisa narsalarning ideal shakli emas:
“Biz dastlab narsalarni sezgi a’zolarimiz bilan bilib olamiz, so’ngra shunchaki
hissiyotlarimiz orqali tasavvur qilamiz”
Izlanishimiz natijasida shu narsa ayon bo’ldiki bilish, Jurjoniyga ko’ra, obyektiv
mavjudlik hissiy tasavvur etishidan boshlanadi. U insonni tashqi olam bilan bog’lab
turuvchi hissiyotlarni 5 turga bo’ladi, ya’ni 5 ta sezgi a’zolariga.
Izlanishimiz natijasida yana shu narsa ma’lum bo’ldiki, bilish muammosini
tadqiq qilishda Jurjoniy asosiy e’tiborini inson ruhiyatini va ruhiy kuchini
o’rganishga qaratgan ekan. Ichki hissiyotlarni o’rganishda davom etib, 5 ta tashqi
sezgilar kabi ichki sezgi turlari ham borligini ta’kidlaydi, boshqa mualliflar sanab
o’tganlari soni uchtadan beshtagacha. Jurjoniyda biz beshta hissiy sezgilarni
uchratamiz. Hissiy sezgilar deganda U umumiy tuyg’ularni (“Hissi mushtarak”),
o’ylash (“Xiyal”) tasavvur qilish (“Vaxima”), eslash (“zakira”), xotira (“xafiza”) ni
nazarda tutgan. Jurjoniy bilishda sezgining ahamiyatiga katta e’tiborini qaratgan. Bu
sohada u barcha zamondoshlarini erishgan natijalarini umumiylashtirib, batafsil ichki
hissiyotlar mohiyatini tashqi sezgilardek ta’riflagan va ularni tasniflagan.
Jurjoniy gnoseologiyasi tahlili shuni ko’rsatadiki, uning hissiyot ta’limoti va
fikrlash jarayoni negizida dastlabki sezgi ma’lumotlari yotadi. Hissiyotlar esa, o’z
o’rnida, o’ziga hos oraliqda ma’lumotlarni qabul qiladi. Jurjoniy fikricha hissiyotlar –
chalg’itish bulog’idir.
Jurjoniy beshta substansiya mavjudligini ta’kidlaydi. Bular – aql, jon, birlamchi
substansiya, shakl va tana. Shu mohiyatlar yordamida emonatsiya nazariyasidan
chekinmagan holda Jurjoniy moddiy va ma’naviy olamni bir-biri bilan bog’laydi.
Jurjoniy tabiiy borliqdagi jismlarni oddiy va murakkabga bo’lib, ularni o’zicha
"Science and Education" Scientific Journal
August 2020 / Volume 1 Special Issue
www.openscience.uz
131
turkumlarga bo’ladi. Murakkab unsurlar to’rt unsurdan tashkil topadi, oddiylari pastki
va yuqorilarga bo’linib, ko’rsatilgan unsurlarni o’z ichiga oladi. Yuqori jismlar
nurlanuvchi yoki nursiz bo’lishi mumkin. Birinchisiga yulduzlar kirsa, ikkinchisiga
jon kiradi. Murakkab jismlar minerallarni, harakatsiz va sezmaydigan o’simliklarni,
sezuvchi va harakatdagilari esa, tilsiz hayvonlarni hamda tilga ega odamlarni o’z
ichiga oladi. Jurjoniy fikriga ko’ra, insonni boshqa mavjudotlardan farqlab turuvchi
narsa –fikrlash va so’zlashdir.
Jurjoniy dunyoqarashiga hos hususiyat, uning butun borliqni bir-biriga qonuniy
ravishda bog’langan bo’laklardan iborat yagona tana sifatida ta’riflashdir. Uning
fikricha, moddiy dunyoni tashkil etgan narsalar asosida to’rt unsur, ya’ni olov, havo,
suv va tuproq yotadi. Uch unsurdan iborat boshqa jismlar, ya’ni metallar, o’simliklar
va hayvonlar esa, yuqorida aytilgan to’rt unsurning bir-birlari bilan qorishishining
hosilasi sifatida kelib chiqqandir. To’rt unsur doimo harakatda ekanligidan
o’zgaruvchan bo’lib, biri ikkinchisiga aylanib qolishi mumkin. Havo suvga, suv
tuproqqa va h.k. Jurjoniy ham Ibn Sino kabi mantiqni «bilish haqidagi fan» deb
baholaydi va unin ta’limotiga ko‘ra, mantiq fani bilish nazariyasi hisoblanmaydi.
Bilish jarayonida biz – tushuncha va mulohazalar orqali yangi, noaniq narsa
haqida fikrga ega bo‘lamiz, deb ta’kidlaydi. U har qanday fikr tuzilishiga ko‘ra
materiya va shakldan iborat, shuning uchun mantiqiy xatolar fikrning mazmuni va
shakliga xosdir, deb yozadi.Jurjoniy, asosan, tushunchalarning kelib chiqishi va
ko‘rinishiga e’tiborni qaratadi. Jurjoniy ta’limoticha, tushuncha va hukm o‘rtasida
farq bor. Fikrda nimadir tasdiqlansa yoki inkor etilsa, bu hukm hisoblanadi. Hukm
to’g’ri yoki xato bo‘lishi mumkin. Fikr yuritishning muhim bosqichlaridan biri – bu
xulosa chiqarish hisoblanadi, deydi Jurjoniy. U xulosa chiqarishning uch turini:
sillogizm, induksiya, analogiyani ajratadi. Sillogizm xulosa chiqarishning eng asosiy
ko‘rinishi hisoblanadi. Induksiya va analogiya orqali xulosa chiqarish farazga olib
keladi, ular chin bilimni bera olmaydi. Jurjoniy mantiq ilmining masalalarini ishlab
chiqishda mustaqil ijodiy yo‘l tutdi. Uning mantiqiy ta’limoti Aristotelnikidan farqli
ravishda sillogizmning mohiyati va shakllarini analiz qilishdan emas, balki hukm va
silllogizmning asosiy elementi bo‘lgan tushunchalar tabiatini tahlil qilishdan
boshlanadi. Jurjoniyning sillogizmga doir mulohazalarini maktab darsliklariga
kiritish lozim. Jurjoniy mantiq ilmining o‘rganish doirasini faqat sillogizmlar bilan
chegaralab qo‘ymasdan, unga mavjud bilimlar asosida xaqiqatga erishish yo‘llarini
o‘rganuvchi fan, deb ta’rif berdi. Mutafakkir murakkab hukmlar tabiati va tuzilishini
tahlil qilib, uning chin bilimga erishish jarayonidagi ahamiyati, tafakkur shakllari,
ayniqsa, hulosa chiqarish bilan argumentlash o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ta’kidladi.
Mutafakkirninrg argumentlashga doir fikrlainin va yondashuvlarini magistratura va
doktorantura bosqichlaridagi ta’limda joriy etish lozim.
"Science and Education" Scientific Journal
August 2020 / Volume 1 Special Issue
www.openscience.uz
132
Jurjoniyning gnoseologik va mantiqiy qarashlari sababli mantiq Temuriylar
davrida inson bilimlarining barchasiga qo’llaniladigan qoida va mezon qonuniga
aylandi. Ular bir yuritilayotgan hukmning to’g’riligini tortuvchi fanlarning toshu
tarozisi sifatida namoyon bo’ldi.Natijada tez orada vujudga kelgan Ulug’bek
rasadxonasining ilmiy tadqiqotlarida keng qo’llanildi. Jurjoniyning falsafiy
asarlari, ayniqsa, uning mantiqqa oid risolalari O’rta Osiyo va Eronda mantiq
ilmining rivojiga qo’shilgan muhim hissa bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |