Minerallarning klassifikatsiyasi



Download 63,43 Kb.
Sana04.11.2019
Hajmi63,43 Kb.
#24986
Bog'liq
minerallarning klassifikatsiyasi

Minerallarning klassifikatsiyasi
Reja:

  1. Minerallarning turlari va xillari

  2. Minerallarning klassifikatsiyasi

  3. Mineral foydali qazilmalar


Tayanch iboralar: klassifikatsiya, polimorf, izomorf, kristall, disperslanish, genetik, kimyoviy, fizik-kimyoviy, izostruktura, modifikatsiya
Minerallarning turlari va xillari. Tabiiy kimyoviy birikmalarni sistemaga (ma’lum tartibga) solishda mineral turlari asosiy klassifikatsiyalash birligi bo‘lib qoladi. Mineral turlari o‘ziga xos muayyan kimyoviy tarkibga va muayyan kristall strukturasiga ega bo‘ladi.

SHu nuqtai nazardan qaraganda ma’lum bir kristallangan moddaning polimorf moddifikatsiyalari alohida-alohida mustaqil mine­ral turlaridan iborat (grafit va olmos, α-oltingugurt va β-oltingugurt va boshqalar).

Ikki izostrukturali (bir xil strukturali) moddalar bir-biri bilan aralashib qattiq eritmalar uzluksiz qatorini (masalan, Au-Aq, MnWO4 — Fe WO4 va boshqalar) hosil qilgan hollarda fizik-kimyoviy nuqtai nazardan qaraganimizda bitta fazaga ega bo‘lamiz. SHunga qaramay, mineralogiya amaliyotida ko‘p hollarda izomorf qatorning faqat chekka a’zolarinigina emas, balki tarkibiga ko‘ra o‘rtada joylashganlarini ham alohida-alohida nomlar bilan atashga odatlanganmiz (masalan: oltin-elektrum-kumush; gyubnerit-volframit-ferberit; albit-oligoklaz-andezin-labrador-bitovnit-anortit).

Mineral xillari deb aytilganda kristall tuzilishi bir xil yoki bir-birga juda ham yaqin, faqat quyidagi belgilari bilan qisman farq qiladigan birikmalar tushuniladi:

1) Kimyoviy tarkibiga qarab shu mineral tarkibni belgilaydigan kimyoviy komponentlardan biri qisman boshqa kimyoviy kompo­nent bilan izomorf o‘rin almashgan bo‘lsa; masalan, kobalt-pirit (Fe, So)S2 — piritning bir xili bo‘lib, piritdan kimyoviy reaksiyalarsiz ajratib bo‘lmaydi;

2) Fizik belgilariga qarab tarkibi va strukturasi bir xil bo‘lsayu, lekin fizik xususiyatlari bilan farq qilsa: masalan, ametist rangsiz kvarsdan gunafsha rangi bilan farq qiladi yoki pirolyuzit (MnO2) ning qurum shaklidagi xili kristallangan individlaridan (polianitdan) disperslanish darajasi va qattiqligi oz bo‘lishi bi­lan farq qiladi;

3) Bir vaqtda ham tarkibiga, ham fizik xususiyatlariga qarab; masalan, sfaleritning (ZnS) tarkibida ancha temir bo‘lgan xili ko‘pincha och rangli, asosiy sfaleritdan ancha to‘q-qoramtir, deyarli qora rangli bo‘lishi va boshqa belgilari bilan farq qiladi.

Mineralning muayyan kimyoviy tarkibga ega bo‘lgan har bir turi o‘ziga xos nomga egadir. SHuningdek, polimorf modifikatsiyalar ham ko‘pincha alohida-alohida nom bilan yoki old qushimchalar bo‘lib keladigan grek harflari α, β, γ ... bilan qo‘shib bitta umumiy nom bilan ataladi. Minerallar xillariga kelganda shuni aytish kerakki, ularga o‘tmishda kimyoviy tarkibida muhimroq farq bo‘lmasa ham maxsus nom berilaverar edi. Hozirgi vaqtda bu nomlarning ko‘plari yo‘qolib ketdi. Faqat qimmatbaho toshlar nomlari (zumrad, yoqut, sapfir, ametist, sitrin, morion va boshqalar) saqlanib qolgan. Minerallarning boshqacharok tarkibga ega bo‘lgan turlari o‘zining nomi bilan yuritiladi, lekin tarkibidagi ma’lum farqni ko‘rsatadigan sifat yoki old qo‘shimcha qushib aytiladi (masalan, magnomagnetit, stronsionaragonit va h. k.).



Minerallarning klassifikatsiyasi. Er po‘stini tashkil qilgan tog‘ jinslari minerallardan tuzilgan. Mineralogiya faniga ma’lum bo‘lgan minerallar 4000 dan oshib ketgan. Ularni ilmiy tadqiqot institutlarida tekshirish, hosil bo‘lgan sharoitini aniqlash, foydali qazilmalarni qidirishda muhim ahamiyatga ega. SHuning uchun hamma minerallarni tartibga solish, ya’ni klassifikatsiyalash kerak.

Umuman minerallarni o‘rganishda ularning birinchi galda paydo bo‘lish sharoiti, sababi, tarkibi, kiristallanishi hisobga olinib klassifikatsiyalanadi. Hozirgi vaqtda minerallar paydo bo‘lishiga (genetik), tarkibiga (kimyoviy), tuzilishi (kristallanish) ga qarab klassifikatsiyalangan.

Minerallar ko‘pincha kimyoviy xususiyatiga qarab tekshiriladi va o‘rganiladi. CHunki minerallarning kimyoviy tarkibi asos qilib olingan. Minerallar shu klassifikatsiya bo‘yicha bir necha sinflarga bo‘linadi. Har bir sinfda keltirilgan minerallarning fizik xossasi va kimyoviy tarkibini bilish kerak.

Minerallarning xossalari ularning ichki tuzilishiga hamda kimyoviy tarkibiga chambarchas bog‘liqdir. Mana shu belgilar minerallarni klassifikatsiyalashda asos qilib olinib, ular quyidagi sinflarga ajratiladi:

1. S o f e l e m e n t l a r s i n f i. Tabiatda uchraydigan sof metallar alohida-alohida elementdan tashkil topgan bo‘lib, sof holda uchraydi. Masalan, metall xillariga – oltin, kumush, mis va boshqalar ; sof nometall elementlarga – oltingugurt, olmos, grafit kiradi. Bulardan tashqari, sof elementlarga suyuq holdagi simob va oltingugurt kristali ham kiritiladi. Qattiq holda uchraydigan sof elementlar yaxshi kristallangan holda uchraydi.

2. S u l f i d l a r s i n f i. Metallarning oltingugurt bilan birikkan elementlarining soni 40 dan ortiq , mis, rux, qo‘rg‘oshin , margimush (mishyak) , kumush va boshqalar shular jumlasidandir. Sulfidlar er po‘stidagi minerallarning 15% ini tashkil etadi. Bu sinfdagi minerallar sanoatda muhim ahamiyatga ega, ayniqsa, qo‘rg‘oshin, mis, nikel, kobalt va boshqa metallar asosiy xom ashyo hisoblanadi. Bu sinf minerallaridan eng muhimlari:

Galenit RbS Molibdenit Mo S2

Sfalarit ZnS Antimonit Sb2 S3

Xalkopirit CuFeS2 Vismunit Bi2 S3

Bornit Cu5 Fe S2 Kirovar Hg S

Xalkozin Cu2 S Realgar As S

Kovellin Cu S Arsenopirit Fe As S

Pirit Fe S2 Kobaltin Co As S

Markazit Fe S2 Stannin Cu2 Fe Sn S4

Pirrotin Fe1-xS Pentlandit (Fe, Ni)9S8

Sulfidlar sinfiga kiruvchi minerallar koni ko‘p, jumladan, O‘zbekistonda Olmaliq , Qo‘rg‘onishkon, Ingichka va boshqa konlar.

3. Ga l o i d l a r s i n f i. Bu sinfga vodorodli kislotalarning tuzlari va yodidlar hosil qilgan minerallar kiradi.

Er po‘stida tog‘ jinslari orasida galoidlar sinfi minerallari 200 ga yaqin. Galoidlar sinfidan xloridlar va ftoridlar ko‘p o‘chraydi. Xloridlardan: galit –osh tuzi – Na CI, silvin – KCI, karnallit – MgCI2 . KCI.6 H2O minerallari xarakterlidir.

Galoidlar sinfiga kiruvchi minerallar O‘zbekistonning Qurama, CHotqol, Hisor tog‘larida va tekisliklaridagi tuz konlarida uchraydi.

4. O k s i d l a r va g i d r o o k s i d l a r s i n f i. Bu sinfga metall va metallsimonlarning kislorod va suv molekulalari bilan birikkan minerallari kiradi.

Kislorod bilan birikuvchi elementlar 40 dan ortiq bo‘lib, 250 ga yaqin minerallarni hosil qiladi. Oksidlar sinfiga kiruvchi minerallar umum minerallarning 17% ini tashkil qiladi, bundan 12,6 % ini kremniy oksidi, 3,9 % ini temir oksidi va qolgan qismini gidrooksidlar tashkil etadi. Oksidlar va gidrooksidlar sinfiga kiruvchi minerallarning ko‘pchiligi sanoatning ko‘p sohalarida amaliy ahamiyatga ega.

Bu sinfga kiruvchi minerallar: sodda, murakkab gidrooksidlarga ajratilgan.



Sodda oksidlar: Murakkab oksidlar:

Kuprit – Cu2 O Ilmenit – Fe Ti O3

Kassiterit – Sn O2 Magnetit – FeO. Fe2O3

Sinkit – Zn O Xromit – FeO. Cr2O3

Kvars – Si O2

Murakkab gidrooksidlar:

Korund – Si O2 Opal – SiO2 . nH2O

Gematit – Fe2 O3 Limotit – Fe2O3 . nH2O

Psilomelan – MnO . MnO2 . nH2O

5. K a r b o n a t l a r s i n f i. Bunga karbonat kislotasi (H2CO3) tuzlarining birikmasidan paydo bo‘lgan cho‘kindi va metfomik jins metallari kiradi. Karbonatlar sinfiga 80 ga yaqin minerallar ma’lum bo‘lib, er po‘stining ustki qavatida ko‘p uchraydi va uning 2 % ini tashkil etadi.

Karbonatlar sinfi minerallari suvsiz karbonatlar va suvli karbonatlar guruhiga ajratiladi.



Suvsiz karbonatlar: Suvli karbonatlar:

Kalsit – CaCO3 Soda – Na2CO3 . 10H2O

Magnezit – Mg CO3 Malaxit – CuCO . Cu(OH)2

Dolomit – CaMg(CO3)2 Azurit 2SuCO3 . Cu(OH)2

Siderit – FeCO3
6. S u l f a t l a r s i n f i. Bu sinfga sulfat kislotasi H2SO4 tuzlari kiradi. Sulfatlar sinfi minerallari natriy, kaliy, magniy, bariy elementlari bilan sulfatlarning birikishidan hosil bo‘ladi va er po‘stining 0,61 % ini tashkil etadi.

Er po‘stida eng ko‘p uchraydigan suvsiz va suvli sulfatlar mineraliga:


Suvsiz sulfatlar: Suvli sulfatlar:

Selestin – Sr(SO3) Mirabilit – Na2SO4 . 10H2O

Barit – Ba (SO4) Alunit – KAl3(SO4) . (OH6)

Anglezit – Pb(SO4) Gips - CaSO4 . 2H2O

Angidrid – Ca(SO4) kiradi.
7. V o l f r a m a t l a r. Bu sinf minerallari volfram kislotasi H2WO4 ning tuzlari bo‘lib, er po‘stida juda oz uchraydi. Volframatlar sinfiga tipik vakil v o l f r a m i t (Mn, Fe) WO3 va suvli fosfatlardan- sheelit Ca WO4 bo‘lib, volfram metalini olish uchun muhim xom ashyodir. O‘zbekistonda Nurota, Zirabuloq, Qoratepa tog‘laridan topilgan.

8. F o s f a t l a r. Qishloq xo‘jaligida o‘g‘it olish uchun xom ashyo sifatida foydalaniladi. Bu minerallarga fosfor kislotasining H3PO4 mineral tuzlari - m i sh ya k – H3AsO4, vanaditlar- H3VO4 kislotaning tuzlari kiradi.

Suvsiz fosfatlar guruhiga:

Apatit – Ca5(PO4)2 (F,Cl) (OH)

Fosforit – Ca5(PO4)3 (Cl,F) . CaCO3 gil va qum aralashmasi

Suvli fosfatlar guruhiga:

Vivianit – Fe32+(PO4)2 . 2H2O

Skorodit – Fe3+(AsO4) . 2H2O

Feruza – CuAl6 (PO4)4 (OH)8 . 5H2O kiradi.


9. N i t r a t l a r s i n f i. Bu sinfga azot kislotasi (HNO3) ning suvda oson eriydigan tuzlari kiradi. Nitratlar er po‘stida organik qoldiqlarning biokimyoviy parchalanishi natijasida hosil bo‘ladi.

Nitrat minerallaridan (NaNO3) natriyli va kaliyli (KNO3) selitralar qishloq xo‘jaligida azot o‘g‘itlari olish uchun muhim xom ashyo hisoblanadi. Natriyli selitra koni CHilidagi And tog‘ tizmalarida topilgan.

10. S i l i k a t l a r. Bu sinf minerallari kremniy va alyumin kremniy kislotalarining tuzi bo‘lib er po‘stida magmatik va metaformik jarayonlari bilan bog‘liqdir. SHuning uchun silikatlar sinfi minerallari bilan ko‘pchilik foydali qazilma xom ashyolari aloqador. Silikatlar sinfiga kiruvchi minerallar 800 ga yaqin bo‘lib, er po‘stining 70 % idan ortig‘ini tashkil etadi. Bu sinf minerallarining kimyoviy nurashidan hosil bo‘lgani kaolinit chinni olishda ishlatiladigan muhim xom ashyodir.

Silikatlar sinfiga kiruvchi minerallar magmatik va metamorfik jinslarning tarkibini tashkil qilganligi uchun ularning fizik xossasini o‘rganish amaliy ahamiyatga egadir.

Silikatlar sinfi minerallari ichki tuzilishi (strukturasi) ni rentgenoskopik yo‘l bilan tekshirib, ularni quyidagi turlarga bo‘linadi: 1.Orolsimon; 2. Zanjirsimon; 3. Lentasimon; 4. Varaqsimon; 5. To‘fimasimon silikatlar.

1. O r o l s i m o n s i l i k a t l a r – bu xildagi mineral strukturasida kremniy va kisloroddan tuzilgan tetraedrlar qo‘shaloq-qo‘shaloq bo‘lib turadi.

Orolsimon silikatlar jins hosil qiluvchi sifatida olivin va granatlar kiradi. Olivin – 2(Mg, Fe) O.

2SiO2 temir – magniy silikat kam bo‘lgan mineralda u asosli va o‘ta dunit, asosli otqindi jinslarning tarkibini tashkil etadi.

Granatlar metamorfik jinslarga xarakterli bo‘lib otqindi jinslarda kamroq uchraydi. Garanatlarning temir Al li xili pushti qizil almandin, kalsiy temirli xili qo‘ng‘ir bo‘lib, uni a n d r a d i t, CaAl – li xilining rangi yashil bo‘lib, uni g r o s s u l ya r deyiladi.

2. Z a n j i r s i m o n s i l i k a t l a r- bu minerallarga monoklin va rombik shakillarda kristallanuvchi piroksenlar kiradi. Monoklin shakldagi piroksenlarga to‘q yashil avgit yaxshi misol bo‘ladi. Rombik piroksenlarga esa enstatit, bronzit va giperesten misol bo‘ladi.

3. L e n t a s i m o n s i l i k a t l a r formulasida bir valentli mustaqil anion (OH) tarkibiga bitta kislorod ioni kiradi. Bunga magmatik va metamorfik jinslarda ko‘p uchraydigan amfibollar guruhi yaxshi misoldir. Amfibollar piroksenlarga o‘xshaydi. Kristallari rombik va monoklin shaklda bo‘lib, qora va to‘q bu sinfga rogovaya obmanka va aktinolit mineralini ko‘rsatish kifoya.

4. V a r a q s i m o n s i l i k a t l a r – bunga minerallarning kristall shakli yupqa varaqsimon bo‘lib, ulanish yuzasi juda mukammal bo‘lgan tekis yuzali minerallar kiradi. Ularning tarkibida Si, O dan tashqari K, Na, Ca elementlari va shuningdek, Al gidroksil, ftor doim birga uchraydi.

Varaqsimon silikatlar minerallari metamorfik va magmatik jinslarda tarqalgan. Dengizda gil jinsi bilan glaukonit va nurash jarayonidan kaolinit minerallari cho‘kindi jinslar tarkibida uchraydi. Ko‘pchilik varaqsimon silikatlarning qattiqligi 1-4 gacha bo‘ladi. Bu sinf minerallariga talk, serpentin, kaolinit, muskovit, biotit, xlorit va glaukonitlar kiradi.

5. T o‘ q i m a s i m o n s i l i k a t l a r. Bu guruppa silikatlar boshqa kenja sinflardan kristalida kremniy-alyuminkislorodli tetraedlar ketma-ket uch hissalanib ulanganligi bilan farq qiladi.

To‘qimasimon silikatlar kimyoviy jihatdan K va Sa ning alyuminsilikatlaridir. Bu guruh minerallari ikkiga bo‘linadi: dala shpatlari va feldshpatitlar. Ma’lumki , tog‘ jinslari tarkibining 50 % ga yaqinini dala shtatlari tashkil etadi. Dala shtaplariga tabiatda magmatik nordon tog‘ jinslarida ko‘p tarqalgan ortoklaz (KAlSi3O8) mikroklinlar mansubdir.

Natriy va kalsiyli kristali qiyshiq bo‘linadigan dala shpatlari plagioklazlar deyiladi. Bularga albit Na (AlSiO8) va anortit Ca (Al2Si2O8) va ularning izomorf aralashmalari kiradi.

Feldshpatitlar tarkibi dala shpatiga bir oz o‘xshaydi, lekin ularda silikat kislota kam bo‘ladi. Bu guruh minerallari ishqoriy tog‘ jinslarida uchraydi va dala shpati bilan birga uchramasligi bilan farq qiladi. Felshpatitlarga nefelin Na (AlSiO4) va deysit K (AlSi2O6) misol bo‘ladi.
Mineral va foydali qazilmalar

1. Grafit — S. Sof elementlar sinfiga kiradi. Qattiqligi-1. Solishtirma og‘irligi -2-2,4 g/sm3. Metallsimon yaltiroq. Rangi po‘latga o‘xshash kulrang, qora. CHizig‘ining rangi kulrang-qora, yaltiroq, ulanish yuzasi yaxshi rivojlangan. Geksagonal singoniyali. Qog‘ozda chiziq qoldiradi, qo‘lga yuqadi. Kelib chiqishi er ostidagi ko‘mirning magma bilan tutashgan joyi — kontaktda, metamorfik tog‘ jinslar — gneys, slanetslar orasida, nordon, o‘rta nordon va asosli magmatik tog‘ jinslarda uchraydi. Ishlatilishi: grafit metallurgiyada yuqori sifatli uchta chidamli material sifatida, elektr sanoatida elektrodlarni tayyorlashda, grafitlarning yaxshi sorti qalam va qora buyoqlar tayyorlashda ishlatiladi.

2. M o l i b d e n i t — Mo S2 sulfidlar sinfga xos. Qattiqligi — 1-1,5. Solishtirma og‘irligi — 4,8—5 g/sm3, metallsimon yaltiroq. Rangi qo‘rg‘oshinga o‘xshash kulrang. CHizig‘iniig rangi och yashil, ulashish yuzasi yaxshi ko‘rinadi. Geksagonal singoniyali. Grafitga o‘xshash qog‘ozda chiziq qoldiradi. YUqa varaqlari egiluvchan. Kelib chiqishi: nordon magmatik jinslar paydo bo‘layotganda har xil yuqori haroratda eritmalardan kvars bilan birga hosil bo‘ladi. Bulardan tashqari, ba’zi jinslar bilan kontaktlarda ham uchraydi.

3. Antimonit — surma yaltirog‘i Sb2S3, sul­fidlar sinfiga xos, qattiqligi— 2,5. Solishtirma og‘irligi — 4,6 g/sm3. Metallsimon, yaltiroq. Rangi qo‘rg‘oshinga o‘xshash kulrang, po‘latsimon kulrang, chizig‘i­ning rangi qo‘rg‘oshinsimon kulrang. Ulanishi o‘ta mukammal, murt mineral. Nitrat kislotada eriydi. Kelib chiqishiga ko‘ra issiq suv eritmalari (gidrotermal) sharoitlarda hosil bo‘ladi. Rudali tomirlarda va cho‘kindi jinslar orasida uchraydi. Antimonit muhim surma xom ashyosidir (meditsina, tuqimachilik, shisha, fotografiya, rangdor, chidamli metall olishda ishlatiladi).

4. Gips — SaSO4 2N2O, sulfidlar sinfiga kiradi. Qattiqligi—1.5—2. Solishtirma og‘irligi — 2,3 g/sm3, shishasimon, sadafsimon va shoyisimon yalti­roq. Rangsiz, oq, kulrang, och pushti, sariq, qizil, qora; chizig‘iniig rangi oq. Ulanishi o‘ta mukammal. Mo­noklin singoniyali. Mineralning ingichka tolalari egiluvchan. Xlorid kislota kuchsiz ta’sir etadi. Gipsning turlari: oq rangli mayda donador gipsni ale­bastr, ingichka tolali, ipaksimon yaltiroq gipsni esa selenit deyiladi. Kelib chiqishiga ko‘ra tiniq, kimyoviy cho‘kindi, angidritlardan gidrotatsiya yo‘li bi­lan hosil bo‘ladi. Gips minerali cho‘kindi jinslarning orasida keng tarqalgandir. Ishlatilishi: gips juda muhim qurilish materiali, kuydirilgan gips haykaltaroshlikda va meditsinada qo‘llaniladi. Bundan tashqari gips kimyo sanoatida, sement tayyorlashda va qishloq xo‘jaligida mineral o‘g‘it sifatida qo‘llaniladi. Gips tiniq optik priborlar tayyorlashda ishlatiladi.

5. Mirabilit yoki glauber tuzi Na2SO3 • 10N2O sulfidlar sinfiga kiradi. Qattiqligi —1,5-2. So­lishtirma og‘irligi —1,4-1,5 g/sm3. SHishasimon yaltiroq, rangsiz, oq, chizig‘ining rangi oq, tiniq, ulanishi mukammal. Monoklin singoniyali, juda murt, mazasi bir oz achchiq. Kelib chiqishiga kura kimyoviy cho‘kindi bo‘lib, dengiz va ko‘llardan olinadi. Ishlatilishi: kimyo sanoatida soda olishda, oyna zavodlarida, buyoq ishlashda qo‘llaniladi. Bulardan tashqari sovitish ishlarida va meditsinada xom ashyo materiali sifatida muhim ahamiyatga egadir.

6. Vivianit — 3FeO — R2O5 • 8N2O suvli fosfatlar sinfiga kiradi. Qattiqligi—1,5-2. Solishtirma og‘irligi—2,9 g/sm3. SHishasimon va sadafsimon yaltiroq. Rangsiz, havo rang, to‘q yashil, to‘q ko‘k. CHizig‘i rangsiz. Oksidlanganida esa ko‘k qung‘ir tiniq. Ulanishi o‘ta mukammal. Monoklin singoniyali, murt mine­ral, xlorid va nitrat kislotalarda yaxshi eriydi. Ke­lib chiqishiga ko‘ra organik moddali jinslarda: torf, dengiz va ko‘llarda qo‘ng‘ir temir toshlar, ya’ni limonitlar orasida hosil bo‘ladi. Ishlatilishi: qishloq xo‘jaligida fosforli ug‘it sifatida, buyoqchilikda ko‘k buyoq olishda foydalaniladi.

7. Hind selitrasi — kaliyli selitra – KNO3(K2O—46,5%, N205—53,5%) nitratlar kenja sin­figa mansub. Qattiqligi—2. Solishtirma og‘irligi — 2 g/sm3, shishasimon, shoyisimon yaltiroq. Rangsiz, oq kulrang, chizig‘ining rangi oq, ulanishi mukammal yaxshi. Romboedr singoniyali, murt mineral, mazasi bir oz sho‘r. Kelib chiqishiga ko‘ra asosan quruq va issiq oblastlarda azotli organik qoldiqlar — qush, hayvonlar chirindisidan va azotli bakteriyalardan hosil bo‘ladi va ular qadimgi shaharlar o‘rnidagi tuproqlarda va ungurlarda uchraydi. Bundan tashqari, selitralar magmatik jarayonlardan ham kelib chiqadi. Ishlatilishi: kaliy va natriyli selitralar qishloq xo‘jaligida azot o‘g‘itlari sifatida ishlatiladi. Bundan tashqari oyna sanoatida, oziq-ovqat sanoatida — go‘sht, baliqlarni konservalashda va har xil portlovchi moddalarni tayyorlashda qo‘llaniladi.

8. Silvin — KS1, galoidlar sinfiga kiradi. Qattiqligi—1,5-2. SHishasimon yaltiroq. Rangsiz, qizil, pushti rangli, chizig‘ining rangi oq, ulanishi o‘rta mukammal. Romboedr singoniyali. Murt mineral, maza­si achchiq, sho‘r, achituvchi va suvda yaxshi eriydi. Kelib chiqishiga ko‘ra galitga o‘xshaydi, kimyoviy cho‘kindi. Ishlatilishi: silvin kaliy ug‘iti bo‘lib, asosan qish­loq xo‘jaligida qo‘llaniladi.

9. Oltingugurt — S. Sof elementlar sinfiga xos. Qittiqligi 2—1. Solishtirma og‘irligi —2 g/sm3, moysimon yaltiroq, rangi och sariq, qo‘ng‘ir, sarg‘ish kulrang, qora chiziq bermaydi, ulanishi o‘rtacha, romboedr singoniyali. Oltingugurt murt, tez yonadi va o‘zidan bug‘uvchi gaz chiqaradi. Kislotalarda erimaydi. Kelib chiqishiga ko‘ra oltingugurt vulkan jarayonida er ostidan chiqadigan bug‘lar va NS1 kislotasining vulkan kraterida yigilishidan hamda organik moddalari asosan ko‘p bo‘lgan gips (ganch — Sa S04 + 2N20) ning kimyoviy nurashidan (sof oltingugurtlar) paydo bo‘ladi. Bulardan tashqari oltingugurtli minerallardan, asosan piritning oksidlanishidan va mikroorganizmlardan, oltingugurtli bakteriyalardan ham paydo bo‘ladi. Ishlatilishi: oltingugurt kislotasini olishda, rezina sanoatida, oziq-ovqat (qand-lavlagi) va kimyo sanoatlarida katta ahamiyatga ega.

10. Talk — H2Mg3 Si4012 , silikatlar sinfiga kiradi. Qattikligi —1. Solishtirma og‘irligi —2,7 —2,8 g/sm3, moysimon va sadafsimon yaltiroq. Rangi och yashil, sarg‘ish, qo‘ng‘ir, kulrang, chizig‘ining rangi oq, ulanishi o‘ta mukammal, monoklin singoniyali. Bargsimon yupqa talk egiluvchan, barmoqlar orasida sovunga o‘xshaydi. Kislotalarda erimaydi. O‘tga chidamli. Ke­lib chiqishiga ko‘ra talk magniyga boy bo‘lgan asosli va o‘ta asosli magmatik gabbro, peridogit, piroksenit kabi tog‘ jinslarining o‘zgarishidan, rogo­vaya obmanka va magniyli boshqa minerallarning gidrotermal (issiq) suvlar ta’sirida o‘zgarishidan paydo bo‘ladi. Bundan tashqari talk kontakt-metasomatik jarayonlar natijasida ham kelib chiqadi. Ishlatili­shi: ingichka tolali talk qog‘ozi rezinka sanoatida qo‘llaniladi. Temirsiz talk upa, pastalar tayyorlashda qo‘llaniladi. Keramika, chinni sanoatida o‘tga chi­damli idishlarni va g‘ishtlarni tayyorlashda foydalaniladi.

11. Mis — Si. Sof elementlar sinfiga kiradi. Qattiqligi —2,5—3. Solishtirma og‘irligi —8,5— 8,9 g/sm3. Metallsimon yaltiroq. Rangi misga o‘xshash qizil, yaltiroq, ulanishi yo‘q. Kub singoniyali, elektr tokini o‘zidan yaxshi o‘tkazadi. Xlorid kislotada kuchsiz, nitrat kislotada esa engil parchalanadi. Kelib chiqishga ko‘ra tabiatda sof mislar litosferaning yuqori qavatlaridagi issiq suv eritmalarining sovishidan, o‘rta va asosli otqindi— vulkanik jinslar hamda mis rudasi minerallarining nurashidan kelib chiqadi. Ishlatilishi: mis metall sifatida elektrotexnikada, mashinalar yasashda va har xil priborlar ishlashda qo‘llaniladi.

12. Kinovar — NgS, sulfidlar sinfiga kiradi. Qattiqligi —2,5-3. Solishtirma og‘irligi — 8-8,2 g/sm3. YArim metallsimon yaltiraydi, och yarqiroq qizil. CHizig‘ining rangi qizil, ulanish yuzasi yaxshi, geksagonal singoniyali. Mineral murt, elektr tokini o‘zidan yaxshi o‘tkazmaydi. Xlorid va nitrat kislotalarning aralashmasida eriydi. Kelib chiqishiga ko‘ra: faqat past haroratli issiq suv eritmalaridan hosil bo‘ladi va er tomirlarida uchraydi. Ishlatilishi: simob olishda yagona xom ashyo — rudadir. Bundan tashqari badiiy san’atda qo‘llaniladigan qizil bo‘yoqlar olishda foydalaniladi.

13. Boksit — A1202N20 va A1203 • ZN20 gidrooksidlar sinfiga kiradi. Qattiqligi —1-3. Solishtir­ma og‘irligi —2,5—3 g/sm3. Xira yaltiroq, rangi qizil g‘ishtsimon, qo‘ng‘irsimon, chizig‘i och sariq qo‘ngir. Ulanishi o‘rtacha mukammal, amorf. Kelib chiqishiga ko‘ra asosan kimyoviy cho‘kindi bo‘lib, ular dengiz va ko‘llarda, balchiqlarda hosil bo‘ladi. Ishlatilishi: bok­sit alyuminiy va sun’iy korund olishda xom ashyodir.

14. Galenit yoki qo‘rg‘oshin yaltirog‘i —RbS, sul­fidlar sinfiga mansub. Solishtirma og‘irligi — 7,5 g/sm3, metallsimon yaltiroq, rangi qo‘rg‘oshinsimon, kulrang, chizig‘ining rangi kulrang-qora, tiniq emas, xira, qattiqligi —2-3. Ulanish yuzasi o‘ta mukammal. Kub singoniyali. Murt mineral, elektr tokini kuchsiz o‘tkazadi, nitrat kislotada tez eriydi. Kelib chiqishiga ko‘ra gidrotermal eritmalardan hosil bo‘ladi. Ishlatilishi: galenit asosan qo‘rg‘oshin rudasi bo‘lib, sanoatda katta ahamiyatga ega.

15. Galit yoki osh tuzi — NaS1, galoidlar sinfi­ga kiradi. Qattiqligi —2-2,5. Solishtirma og‘irli­gi —2-2,2 g/sm3, shishasimon yaltiroq, ulanishi mukammal. Rangsiz, oq, kulrang, sariq, qizil, pushti, qo‘ngir, tiniq, chizig‘ining rangi oq. Kub singoniyali, galit murt, mazasi sho‘r, suvda yaxshi eriydi. Kelib chiqishiga ko‘ra kimyoviy cho‘kindi bo‘lib, dengiz va kul suvlarining bug‘lanishidan, osh tuzining cho‘kishidan hosil bo‘ladi. Ishlatilishi: galit asosan oziqovqat sanoatida, qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladi. Ot tuzidan xlorid kislotasi, xlor, sodalar olinadi, bular metallurgiyada, meditsinada ishlatiladi.

16. Karnallit — KS1 • MgSl2 • 6H2O, galoidlar sinfiga xos, qattiqligi —2-3. Solishtirma og‘irligi—1,6 g/sm3, shishasimon yaltiroq. Toza karnallit rangsiz, sutga o‘xshash oq, och qizil, pushti, chizig‘ining rangi oq, ulanishi yo‘q. Romboedr siigoniyali. Murt mi­neral, mazasi achchiq-sho‘r, achituvchi, suvda engil eriydi. Dengizda kimyoviy cho‘kindilardan paydo bo‘ladi. Karnallit qishloq xo‘jaligida kaliy o‘g‘iti olishda xom ashyo sifatida ishlatiladi. Kimyo sanoatida kar­nallit kaliy va magniy tuzlari olishda qo‘llaniladi.

17. Kalsit ohakli shpat — SaSOz, karbonatlar sinfiga xos. Qattiqligi —3. Solishtirma og‘irligi—2,7 g/sm3, shishasimon yaltiroq, rangi oq, sariq, kulrang, yashil. CHizig‘ining rangi oq, ulanishi mukammal, trigonal singoniyali. Murt mineral, kuchsiz xlo­rid kislota ta’sirida engil eriydi, gaz ajralib chiqadi. Kelib chiqishiga ko‘ra ko‘pchilik kalsitlar issiq va sovuq suv eritmalaridan hosil bo‘lgan. Bundan tashqari, kalsit organik qoldiqlardan — dengiz, okeanlarda yashaydigan har xil chig‘anoqlar, mollyuskalar, marjonlar, trelobolitlar va boshqa hayvonlar qoldiqlaridan kelib chiqadi. Kalsit metamorfik jarayonlarda marmarni tashkil etadi. Tiniq rangli kristallari Islandiya shpati deyiladi. Islandiya shpati nurni ikkiga bo‘lib o‘tkazadi, ular polyarizatsion priborlar, nikel prizmalari tayyorlashda qo‘llaniladi. Oxaktoshlar va sement materiallari qurilishda qotishma sifatida, metallurgiya sanoatida ishlatiladi.

18. Muskovit —KA12(ON)2 (A1Si3O10), silikatlar sinfiga xos, solishtirma og‘irligi—2,7-3,1 g/sm3, qattiqligi—2,5, shishasimon va sadafsimon yaltiraydi, yupqa varaqlari tiniq, rangsiz oq, chizig‘i rangsiz oq. Ulanishi o‘ta mukammal. Monoklin singoniyali. Muskovitning yupqa bargsimon bo‘laklari egiluvchan, elektr tokini o‘zidan o‘tkazmaydi, kislotalarda erimaydi. Paydo bo‘lishi: magmatik nordon va o‘rta magma jinslarda mayda kristall shaklida pnevmotoliz, gidrotermal va metamorfik jarayonlardan ham kelib chiqadi. Ishlatilishi: muskovitdan elektrotexnikada izolyasiya sifatida foydalaiiladi. U yirik kristall kondensatorlar, elektr lampalari, telefonlar, modali kuzoynak tayyorlashda qo‘llaniladi. Bundan tashqari maydalangan muskovit kukuni o‘tga chidamli qurilish materiali — gulli qog‘ozlar, kartonlar, avtomobil shinalarini tayyorlashda, elektr choynak va dazmollarda ishlatiladi.

19. Biotit —K(Mg, Fe)3 (ON)2 (A1Si3O10). Silikatlar sinfiga kiradi. Solishtirma og‘irligi—2,7-3,1 g/sm3. SHishasimon yaltiroq, yupqa varaqlari tiniq. Rangi qo‘ng‘ir, och yashil, qora, chizig‘i och yashil, oq, ulanishi o‘ta mukammal. Monoklin singoniyali. YUpqa varaqlari egiluvchan, xlorid kislota kuchsiz ta’sir etadi, konsentrlangan sulfat kislotada parchalanadi. Biotitning kelib chiqishi muskovitga o‘xshash bo‘lib, ko‘pchilik muskovit konlari biotit konlari hamdir. Biotit nordon, o‘rta asosli magmatik jinslarda va uning effuziv turlarida, traxit va boshqa turlarida ko‘p uchraydi. Bulardan tashqari biotit metamorfik tog‘ jinslarida, slanetslarda va gneyslarda ham ma’lum miqdorda uchraydi. Biotit tog‘ jinslarini hosil qiluvchi mineral bo‘lib, amalda qo‘llanilmaydi.

20. Zmeevik yoki serpentin — Mg6 (ON)8 Si4O10) silikatlar sinfiga kiradi. Qattiqligi—2,5-3. So­lishtirma og‘irligi—2,5-2,7 g/sm3, shishasimon va moysimon yaltiroq. Rangi sarg‘ish, yashil, to‘q yashil, butilkasimon yashil, och qo‘ng‘ir. CHizig‘ining rangi oq, och yashil, ulanishi yuq. Singoniyasi aniqlanmagan. Mine­ral xlorid va sulfat kislotalarda parchalanadi. Serpentin olivinli o‘ta asosli magmatik tog‘ jinsla­rida; piroksinit, dunit, periodit va olivinli jinslar, rogovaya obmanka va boshqa minerallarning gidrotermal jarayonlarda o‘zgarishidan kelib chiqadi va serpentinit tog‘ jinslarini hosil qiladi. Rangi chiroyli. Qattiq zmeevikdan siyohdonlar, shkatulkalar, kuldonlar yasaladi. Bundan tashqari kimyo sanoatida serpentin magnit birikmalarini olishda xom ashyo sifatida foydalaniladi. Asbestniig tolalaridan o‘ta chidamli ustki kiyimlar, olovga chidamli qog‘ozlar, kartonlar tayyorlanadi. Asbest elektrotexnikada izo­lyasiya materiallari va o‘tga chidamli buyoqlar tayyor­lashda katta rol o‘ynaydi.

21. Xalkopirit yoki mis kolchedani — SuFeS2 mis rudasiga boy. Sulfidlar sinfiga kiradi. Qattiqligi — 3,5 – 4, solishtirma og‘irligi —3,1 - 4,3 g/sm3, metallsimon juda yaltiroq. Rangi latunsimon sariq chizig‘ining rangi och yashil, qora. Ba’zan orasida juda oz miqdorda oltin va kumush bo‘ladi. Bu zonada oltin koni hosil bo‘lishi xarakterlidir. Notekis yuzali sinish hosil qiladi. Ulanishi noaniq. Tetragonal singoniyali. Xalkopirit nitrat kislotada sekin-asta parchalanadi. Kelib chiqishiga ko‘ra o‘rta asosli va o‘ta asosli magmadan, gidrotermal va pnevmatolit jarayonlardan hosil bo‘ladi. Xalkopirit asosan mis uchun ruda olishda ishlatiladi.

22. Pirrotin yoki magnit kolchedani Fe1-xS. Qattiqligi - 4. Solishtirma og‘irligi - 4,5 - 4,7 g/sm3. Rangi bronzaga o‘xshash to‘q sariq, chizig‘i kulrang, ula-nish yuzasi noaniq. Geksagonal singoniyali. Pirrotin mo‘rt, elektrni yaxshi o‘tkazadi. Xlorid va nitrat kislotalarda qiyin parchalanadi. Kelib chiqishi. Pirro­tin asos va o‘ta asos magmaning sovishidan magmatik jinslarning orasida va gidrotermal jarayonlar natijasida rudali tomirlarda paydo bo‘ladi. Ishlatilishi: pirrotindan sulfat kislotasi olinadi. Agarda uning tarkibida nikel bo‘lsa, u nikel uchun muhim xom ashyo hisoblanadi.

23. Limonit yoki qo‘ng‘ir temirtosh 2Fe2O3 • nN2O. Temir zangi gidrooksidlar sinfiga xos. Qattiqligi — 1,5 – 4. Solishtirma og‘irligi – 3 – 4 g/sm3. Metallsimon yoki bo‘zsimon yaltiroq, rangi temir zangiga o‘xshash qo‘ng‘ir, to‘q qo‘ng‘ir, chizig‘i sariq-qo‘ng‘ir, zangga o‘xshash och qo‘ng‘ir, ulanish yuzasi yo‘q. YAshirin kristalli amorf. Limonit asosan litosferaning yuqori kavatlarida sulfid, karbonat va boshqa temirli guruh minerallarining kimyoviy nurashidan pay­do bo‘ladi. Limonit va gidrogetit suvdagi temir tuzlarining eritmalaridan va mikroorganizmlarning o‘lishidan, temirli va boshqa xil bakteriyalar ko‘llar tagida, balchiqlarda to‘planishidan, shuningdek side­rit mineralining nurashidan va boshqa yo‘llar bilan er yuzasida ham paydo bo‘ladi. Limonit temir olishda xom ashyo sifatida ishlatiladi. Fosfori ko‘p bo‘lgan limonitdan temirdan tashqari o‘g‘it, fosfat kislota olinadi. Limonitdan bo‘yoq ohaklar tayyorlanadi.

24. Flyuorit yoki dala shpati — SaF2, galoidlar sinfiga kiradi. Qattiqligi – 4, solishtirma og‘irli­gi 3,1—3,2 g/sm3. SHishasimon yaltiroq, rangi och yashil, yashil, binafsha, oq, havorang, pushti. CHizig‘ining rangi oq, ba’zan kulrang, tiniq, ulanishi mukammal. Kub singoniyali. Mo‘rt mineral, xlorid va nitrat kislotalarda kuchsiz parchalanadi. Flyuorit magmaning kris-tallanishidan va asosan suv eritmalaridan (gidrotermal) kelib chiqadi. Bundan tashqari pnevmatolit jarayonlarda ham paydo bo‘ladi. Flyuorit metallurgiya sanoatida alyuminiy va boshqa metallarni olishda ka­talizator va qotishma sifatida ishlatiladi. Flyuoritdan kuchli ftorit kislota olinadi. Rangsiz, tiniq flyuorit — optik flyuorit deyilib, undan linzalar tayyorlanadi.

25. Aragonit – SaSOz, karbonatlar sinfiga kiradi. Qattiqligi – 3,5 – 4, solishtirma og‘irligi 2,9 g/sm3. SHishasimon yaltiroq, rangsiz oq, sariq, havo rang, chizig‘ining rangi oq. Ba’zan tiniq, ko‘pincha chig‘anoqsimon sinish paydo qiladi, ulanishi mukammal. Romboedr singoniyali. Aragonit mo‘rt, xlorid kislotada eriydi. U issiq suv eritmalaridan va sovuq suvlardan SaSO3 ajralishidan paydo bo‘ladi. SHuningdeq hozirgi vaqtda dengizlarda yashaydigan chig‘anoqlardan ham hosil bo‘ladi. Zargarlikda marvarid va sadaf si­fatida ishlatiladi.

26. Dolomit yoki achchiq shpat – Sa Mg(SO3)2, kar­bonatlar sinfiga xos. Qattiqligi—3,6—4, solishtir­ma og‘irligi 1,6—2,9 g/sm3. SHishasimon yaltiroq. Rangi oq sariq, och yashil, kulrang, chizig‘ining rangi oq, ula­nishi mukammal. Trigonal singoniyali. Dolomit mo‘rt, xlorit kislotada sekin parchalanadi. Dolomit magniyli eritmalarning ohaktoshlarga ta’siridan ohaktoshdagi kalsit — SaSO3 bilan o‘rin almashishidan ho­sil bo‘ladi. Bundan tashqari litosferaning pastki qavatlaridagi ohaktoshlarning dolomitlashishidan ham hosil bo‘ladi. Mayda donador dolomitlar qurilish materiali sifatida ishlatiladi, yiriklaridan metal­lurgiya zavodlarida o‘ta chidamli g‘ishtlar tayyorlashda foydalaniladi. SHuningdeq u portland sement tayyorlashda va o‘g‘it uchun ham qo‘llaniladi.

27. Malaxit – Su[S03] (ON)2 (mis rudasi), kar­bonatlar sinfiga kiradi. Grekcha malaxya — gulxayri demakdir. Qattiqligi – 3,5 – 4,1. Solishtirma og‘irligi—3,9—4,0 g/sm2, yaltirashi shishasimon, tolali xili esa ipaksimon yaltiroq. YAshil rangli chizig‘ining ran­gi och yashil, xlorid kislotada eriydi. Ulanish yuzasi mukammal. Monoklin singoniyali, malaxit mo‘rt, igna va tomma shakllarda uchraydi. Er pustining yuqori qavatlarida misli sulfidli minerallarning nurashidai kelib chiqadi. Malaxit mis rudasi bo‘lib, u mis ko‘porosi va yashil rangli bo‘yoqlar olishda ishlatiladi. Malaxitdan ishlangan plastinkalardan vazalar, stollar va boshqa zargarlik buyumlari tayyorlanadi.

28. Azurit — Si3 (SO3)2 (ON)2 karbonatlar sinfiga kiradi. Qattiqligi —3,5—4, solishtirma og‘irligi—3,7—3,8 g/sm3. SHishasimon yaltiroq. Rangi tuq ko‘q havorang, chizig‘ining rangi havorang, ulanish yuzasi mukammal. Monoklin singoniyali. Azurit mo‘rt, xlorid kislotada va ammiakda eriydi. Kelib chiqishiga ko‘ra azurit malaxit bilan birga uchraydi va uning hosil bo‘lishi ham malaxitga o‘xshaydi. Azurit ko‘k rangli bo‘yoqlarni olishda ishlatiladi va u mis xom ashyosidir.

29. Barit — VaS4, sulfatlar sinfiga xos. Qattiqligi—3—3,5, solishtirma og‘irligi—4,3—4,6 g/sm3. SHishasimon yaltiroq, rangsiz oq, kulrang, havorang, qizg‘ish, chizig‘ining rangi oq, temirli xili qizil, ula­nish yuzasi mukammal, romboedr singoniyali. Barit mo‘rt, xlorid kislotalarda erimaydi. U faqat konsentrlangan issiq sulfat kislotada N2SO4 da bir oz eriydi. Suv eritmalaridan ajralib kvars bilan er yorig‘ida tomirli jins hosil bo‘lishdan paydo bo‘ladi. Barit kimyo sanoatida, meditsinada, barit preparatlarini tayyorlashda, bo‘yoq ishlab chiqarishda — belila olishda, rentgenotexnikada izolyator sifatida foydalaniladi.

30. Sfalerit—ZnS, sulfidlar sinfiga kira­di. Qattiqligi—2—3, solishtirma og‘irligi—3,6— 4,2 g/sm3. Olmossimon yaltiroq rangsiz, qizg‘ish, qo‘ng‘ir, yashil, qora, chizig‘ining rangi oq, och sariq, ulanish yuzasi juda mukammal. Kub singoniyali, u mo‘rt, elektr tokini o‘tkazmaydi, nitrat kislotada parchalanadi. Asosan gidrotermal eritmalardan ruda tomirlarida va magmatik tog‘ jinslari hamda cho‘kindi jinslar kontaktlarida hosil bo‘ladi. Sfaleritdan kam uchraydigan kadmiy, indiy va boshqa nodir elementlar olinadi. Bundan tashqari sfaleritdan bo‘yoq olinadi.

31. Fosforit —Sa5(S1,F) (R04)3 tarkibida SaSO3 bo‘ladi, fosfatlar sinfiga kiradi. Qattiqligi —1—5, solishtirma og‘irligi—2,2—3,2 g/sm3, yog‘simon, yaltiroq. Rangi kulrang, tiniq, to‘q ko‘k qo‘ng‘ir, qora, ba’zan oq. CHizig‘ining rangi och, kulrang,tiniq emas, ulanish yuzasi bo‘lmaydi. Fosforit amorf konk­retsiya tomma holda uchraydi. Bundan tashqari, kislotalarda eriydi. Fosforit ishqorli magmadan hosil bo‘lib, u otqindi jinslar orasida oz miqdorda uchray­di. Bundan tashqari, u apatit pigmentlaridan va kontaktlardan kelib chiqadi. Fosforit fosfor olishda muhim xom ashyodir. Apatitdan maydalangan holda yoki sun’iy yo‘l bilan termofosfat, superfosfat tayyorlanib, qishloq xo‘jaligida mineral o‘g‘it sifatida qo‘llaniladi va fosforli kislotalar olinadi.

32. M a g n e z i t — MgSO3, karbonatlar sinfiga xos. Qattiqligi — 4—4,5, solishtirma og‘irligi —3 g/sm3. SHishasimon va sadafsimoi yaltiroq. Rangi oq, kulrang, sarg‘ish, qo‘ng‘ir, chizig‘ining rangi oq, ulanish yuzasi mukammal. Trigonal singoniyali, mo‘rt, chig‘anoqsimon sinish hosil qiladi. Magnezit isitilgan xlorid kislotada eriydi. Kelib chiqishi: magnezit magniy tuzli issiq eritmalarning ohaktoshga metasomatik o‘rin almashishidan va magniyli silikatlarning nurashidan hosil bo‘ladi. Magnezit o‘tga chidamli qurilish materiallari tayyorlashda alohida magnezial sement uchun ishlatiladi va metallurgiya sanoatida qo‘llaniladi.

33. SHeelit—(Sa WO4), volframatlar sinfi­ga kiradi. Qattiqligi—4—4,5 solishtirma og‘irli­gi —5,9—6,2 g/sm3. Moysimon va olmossimoi yaltiroq, rangi oq, kulrang, qizg‘ish. CHizig‘ining rangi oq. Og‘ir mineral, ulanish yuzasi mukammal, tetrogonal singo­niyali. SHeelit mo‘rt, noto‘g‘ri yuzali siniqlar hosil qiladi. Xlorit va nitrat kislotalarda parchalanadi. SHeelit pnevmotolit jarayondagi tomirlarda flyuorit, volframit bilan birga hosil bo‘ladi. Asosan esa nordon intruziv jinslar bilan ohaktoshlar metasomatik tog‘ jinslar kontaktida skarnlarda hosil bo‘ladi. Ishlatilishi: 90% volfram qora metal-lurgiyada po‘lat olishda ishlatiladi.

34. Arsenopirit — FeAsS, sulfidlar sinfiga kiradi. Qattiqligi —5—5,6, solishtirma og‘irligi — 5,9—6,2 g/sm3. Metallsimon yaltiroq. Rangi kulrang, kumushga o‘xshash oq, chizig‘ining rangi och kulrang, qora, ulanish yuzasi mukammal. Monoklin singoniyali. Arsenopirit mo‘rt. Mineral bolg‘a bilan o‘rilsa, sarimsoq hidiga o‘xshash badbo‘y hid beradi. Kelib chiqishi: pnevmotolit jarayonlarda, greyzenlarda, issiq suv eritmalaridan kvars tomirlarida hosil bo‘ladi. Arsenopirit asosan margumush rudasi bo‘lib, u qishloq xo‘jaligida zararkunandalarga qarshi kurashda, meditsinada, oyna sanoatida, bo‘yoq tayyorlashda qo‘llaniladi.

35. Gematit yoki temir yaltirog‘i — Fe2O3, oksidlar sinfiga kiradi. Qattiqligi—5,5—6, solishtirma og‘irligi—4,9—5,3 g/sm3. Metallsimon yaltiroq. Rangi po‘latga o‘xshash kulrang, temirga o‘xshash qora, chizig‘ining rangi olchasimon qizil. Tiniq emas, ulanish yuzasi yaxshi rivojlangan. Trigonal singoniyali. Gematit mo‘rt, kislotalar kuchsiz ta’sir etadi. Kontaktlarda — chiqindi jinslar magmatik jinslar bilan yopishgan joyida, metamorfizm jarayonida magma sovishi natijasida paydo bo‘ladi. Temirli minerallarning kimyoviy nurashi oqibatida ham paydo bo‘lishi mumkin. Gematit temir olishda asosiy xom ashyolardan biridir.

36. Magnetit — FeO • Fe2Oz, oksidlar sinfiga xos, qattiqligi —5,5—6, solishtirma og‘irligi —4,9— 5,2 g/sm3. Metallsimon yaltiroq. Rangi temirga o‘xshash ko‘ra, chizig‘ining rangi qora; tipik emas. Magnitli, ulanish yuzasi rivojlanmagan. Kub singoniyali. Magne­tit mo‘rt, chig‘anoqqa o‘xshash sinish hosil qiladi. Mineraldan tayyorlangan kukun xlorid, nitrat kislotalarda eriydi. Kelib chiqishi: magnetit metamorfizm natijasinda, asosli va o‘ta asosli magmatik tog‘ jinslari bilan birga hosil bo‘lib gabbro, piroksenit orasida uchraydi. Ko‘pchilik magnetitlar magmatik jinslarning cho‘kindi jinslar kontaktida va metamorfizm natijasida hosil bo‘ladi. Magnetit temir rudasi olishda eng muhim xom ashyo hisoblanadi.

37. A v g i t — Sa (Mg, F, Al) [(Si, A1)2O6] metasilikatlar sinfiga kiradi. Qattiqligi 5 – 6, solishtirma og‘irligi 3,2—3,6 g/sm3. SHishasimon yaltiroq. Rangi qo‘ng‘ir, chizig‘ining rangi kulrang, yashil, ulanish yuza­si o‘rtacha mukammal. Monoklin singoniyali. Avgitga kuchli kislota bir oz ta’sir etadi. Magmatik mineral, asosli va o‘ta asosli tor jinslarida uchraydi. Avgitning ishqorli turi ishqor tog‘ jinslari tarkibida tarqalgan.

38. Rogovaya obmanka—(Sa2Na)2 (Mg, Fe)4· (A1· Fe) [Si A14O11]2 (ON)2, silikatlar, lentasimonlar sinfiga xos, qattiqligi —5,5—6, solishtirma og‘irligi—3,1—3,3 g/sm3. SHishasimon yaltiroq. Rangi yashil qo‘ng‘ir, to‘q yashil, chizig‘ining rangi oq, och yashil, ulanish yuzasi mukammal. Monoklin singoniyali. Rogovaya obmanka kuchli xlorid kislotada parchalanadi. U magmatik bo‘lib, er osti va er usti otqindilaridan paydo bo‘ladi. Metamorfik jarayonlar natijasida ham kelib chiqadi. Tog‘ jinslarini hosil qiluvchi mi­neral.

39. Opal — SiO2 • nN2O, suvli oksidlar sinfiga kiradi. Qattiqligi—5—5,5, solishtirma og‘irligi—2— 2,2 g/sm3. SHishasimon va sadafsimon yaltiraydi. Toza opal rangsiz, oq sariq, qizil, chiziq bermaydi. YArim tiniq. Ulanish yuzasi bo‘lmaydi. Amorf, opal mo‘rt, chig‘anoqqa o‘xshash sinishlar hosil qiladi. Ftorid kislotasida va ishqorda eriydi. Opal vulkanlar bilan bog‘liq bo‘lgan geyzerlarda, issiq bo‘laklarda kremniy tommalari holida va kremniyli tog‘ jinslari orasida harakatdagi suvlardan ham kelib chiqadi. Organik opal esa dengizlarda yashovchi diatom suv o‘tlari va radiolyariylarning qoldiqlaridan hosil bo‘ladi. Organik opal qurilish materiallari sifatida, metallardan ishlangan narsalarni pardozlashda, o‘tga va kislotalarga chidamli idishlar yasashda qo‘llaniladi. Nodir opallar qimmatbaho toshlar sifatida ishlatiladi. Bulardan taqshari opaldan kimyo sanoatida va bo‘yoqchilikda ham foydalaniladi.

40. Labrador — Izomorf aralashmasi: An—50— 70%, A1 — 50—30% dan iborat. Qattiqligi —5—6, so­lishtirma og‘irligi —2—7 g/sm3. SHishasimon, sadafsi­mon yaltiroq. Rangi to‘q, kulrang yashil, qora jigarrang, chizig‘i rangsiz. Ulanish yuzasi juda mukammal. Ulanish yuzalaridan nur o‘tib, biri ikkinchisi bilan qo‘llaniladi va tovlanib ko‘rinadi. Triklin singoniyali, labradorlarga kislotalar ta’sir etmaydi. Labrador magmatik gidrotermal, metamorfik jarayonlar nati­jasida kelib chiqadi. U asosan asosli magmatik tog‘ jinslari (gabbro, bazalt, ba’zan diorit)ning tarkibiga kiradi. Labrador rangi va yaltirashi chiroyli bo‘lgani uchun imoratlarni va haykallarni bezashda ishlatiladi.

41. Nefelin — Na [A1 SiO4], uzluksiz to‘qimali bo‘lgan silikatlar sinfiga kiradi. Qattiqligi—5—6, solishtirma og‘irligi—2,6 g/sm3. SHishasimon va moysimon yaltiroq, rangsiz, oq, kulrang, chizig‘i rangsiz, ulanish yuzasi yo‘q. Geksagonal singoniyali. Nefelin mo‘rt, noto‘g‘ri sinishlar beradi. Xlorid va sulfat kislotalarda eriydi. Kelib chiqishi: nefelin magmatik tog‘ jinsi, u natriy oksidiga boy. Kremnizyomi kam bol­tan magmadan hosil bo‘ladi. Nefelin sienit, fonolit, pegmatitlarning tarkibida ko‘p uchraydi. Nefelin ishqorli magmatik tor jinslari hosil qiluvchi mineraldir. Uning tarkibida kaliy bo‘lganligidan apatitli nefelindan qishloq xo‘jaligida o‘rig‘ olishda ishlati-ladi. Bundan tashqari, nefelin oyna sanoatida qo‘shimchasiz yashil rangli shisha va oynalarni tayyorlashda, chinni olishda, emal ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.

42. Pirit — temir kolchedani —FeS2 yoki sulfidlar sodda oltingugurtli birikmalar sinfiga kiradi, qattiqligi —6—6,5, solishtirma og‘irligi —4,9— 5,2 g/sm3. Metallsimon yaltiroq. Rangi latunsimon sariq, oltinsimon sariq, chizig‘inipg rangi och yashil-qora, ula­nish yuzasi juda noaniq, kub singoniyali. Pirit mo‘rt, chig‘anoqsimon sinishlar hosil qiladi, elektr tokini kuchsiz o‘tkazadi. Pirit nordon va asosli magmalardan, issiq suv eritmalari sovishidan kvars tomirlarida hosil bo‘ladi. Bulardan tashqari, pirit cho‘kindidi jinslar orasida va metamorfik jarayonlar natijasidan kelib chiqadi. Piritdan oltin, kumush, kobalt va boshqa elementlar olinadi.

43. Kvars — SiO2, oksidlar sinfiga kiradi. Qatttiqligi—7, solishtirma og‘irligi—2,6—2,7 g/sm3. SHishasimon yaltiroq, rangi oq, bipafsha, yashil, pushti, kora, chiziq bermaydi. Ulanishi yo‘q. Geksagonal sin­goniyali. Uning turlari: tog‘ xrustali — rangsiz tiniq, ametist — binafsha rangli, tiniq; morion— rangi qora, tipiq emas, xira; prazem — yashil rangli; rauxtonaz — tutun rangli kvars. Kvars chig‘anoqsimon sinadi, yarim qimmatbaho toshlardir. Kvars nordon magma jinslarining va issiq suv eritmalarning sovishidan tomirlarda paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, metamor­fizm va gipergen ustki jarayonlari natijasida kelib chiqadi. Kvars minerali granit, granodiorit, kvarsli porfir, linart, andezin va boshqa magmatik jinslarniig tarkibiy qismini tashkil qiladi. Kvars texnika va ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi. Tog‘ xrustali optik priborlar, kimyo va fizika laboratoriyalari uchun har xil idishlar tayyorlashda qo‘llaniladi. Tiniq kvarslardan ishlangan pezokvars plastinkalar ra-diotexnikada muhim rol o‘ynaydi. Kvars oyna sanoa­tida oyna tayyorlashda, chinni zavodlarida, har xil xrustal idishlar yasashda, o‘tga chidamli rishtlar tay­yorlashda ishlatiladi. Kvars qumining qo‘mir kukuni bilan aralashmasini elektr pechkada eritishdan korborund olinadi. Korborund qattiq bo‘lib, parmalashda, jilolash va boshqa sohalarda qo‘llaniladi. Tiniq va rangli kvarslar tog‘ xrustali — ametist va tutun rangli kvars (dыmchatыy kvars) qimmatbaho hisoblanib, zargarlikda ishlatiladi.

44. Xalsedon — SiO2, oksidlar sinfiga kiradi. Qattiqligi —5—7, solishtirma og‘irligi —2,5 g/sm3. Xi­ra va mumsimon yaltiroq. Rangi oq, sariq, havorang, chiziq bermaydi. Ulanishi yo‘q, amorf. Xalsedon tur­lari: agat, konsentriq yo‘l-yo‘l xalsedon; yashma, har xil yo‘l-yo‘l rangli, opal, loy, kremniy va boshqa aralashmali bo‘ladi. Xalsedon yarim tiniq, ftor kislotasida parchalanadi. Er po‘stining yuqori qavatlarida gidrotermal, vulkan jarayonlaridan kelib chiqadi. YAshma metamorfizm jarayoni natijasida hosil bo‘ladi. U metamorfik jinslar orasida uchraydi. YAshma va agat dekorativ material bo‘lib, ulardan priborlar, hovoncha, prizmalar va zargarlikda boshqa narsalar tayyorlash uchun ishlatiladi. Agat yarim qimmatbaho toshdir.

45. Olivin— (Mg,Fe) SiO4, ortosilikatlar sin­figa kiradi, qattiqligi —7, solishtirma og‘irligi — 3,1—3,3 g/sm3. SHishasimon yaltiroq. Rangi och yashil, sarg‘ish, qora, chizig‘i rangsiz, ulanish yuzasi bo‘lmaydi. Romboedr singoniyali. Olivin chig‘anoqsimon sinadi, xlorid kislotada eriydi. Olivin magmatik mineral bo‘lib, asosli magmatik tog‘ jinslarning ko‘p qismini tashkil qiladi. Fosterit va fayalit degan olivin xillari asosli magmalarning ohaktoshlar bilan chegarasi, ya’ni kontaktida ham paydo bo‘ladi. Olivinning xrizo­lit degan shaffof xili qimmatbaho toshdir. Olivin­ning boshqa turlari esa tor jinslarini hosil qiluvchi mineraldir.

46. Ortoklaz — K [A1Si3O8], kremniy kislorod molekulasining uzluksiz to‘qimasi bo‘lgan silikatlar sin­figa kiradi. Qattiqligi —6—6,5, solishtirma og‘irli­gi—2,54—2,59 g/sm2. SHishasimon va sadafsimon yaltiroq. Kulrang, och pushti, sarg‘ish kulrang, chizig‘ining rangi oq, o‘lanishi aniq. Monoklin singoniyali. Ortoklaz mineralining turlari: adulyar — rangsiz, ti­niq; oytosh rangsiz, tiniq, oy nurini eslatadi. Ortok­laz magmatik mineral bo‘lib, nordon, o‘rta nordon mag­matik tog‘ jinslaridan — granit, granodiorit, kvarsli, diorit; effuziv jinslardan: liparit, andezin, tarxit tarkibidagi mineraldir.

47. Mikroklin — K(A1Si3O8), uzluksiz to‘qimali bo‘lgan silikatlar sinfiga kiradi. Qattiqligi —6— 6,5, solishtirma og‘irligi—2,5 g/sm3. Rangi ortoklazga o‘xshaydi. CHizig‘ining rangi oq ulanish yuzasi mukammal. Triklin singoniyali. Mikroklin turi: amazon yoki amozonit toshi, rangi yashil bo‘ladi. Mikroklin nordon magmatik jinslar tarkibining ko‘p qismini tashkil qiladi. Natriyli kaliy dala shpati — mikroklin va ortoklaz shisha va keramika sanoatida xom ashyo sifa­tida ishlatiladi. Amazonitning rangi chiroyligidan bezak toshlar va bejirim vazalar, shkatulkalar yasashda qo‘llaniladi.

48. Albit — Na [A1Si3O8], uzluksiz to‘qimasi bo‘l­gan silikatlar sinfiga kiradi. Qattiqligi – 6,5, solish­tirma og‘irligi —2,7 g/sm3. SHishasimon yaltiroq. Rangi oq, kulrang, chizig‘i rangsiz, ulanish yuzasi mukammal. Triklin singoniyali. Kuchsiz kislotalarda parchalanadi. Magmatik jarayonlar natijasida hosil bo‘ladi. Tor jinslari hosil qiluvchi mineraldir.

49. Granatlar. Almandin— Fe3A12(SiO4)3, ortosilikat sinfiga kiradi. Qattiqligi—7—7,5, solishtirma og‘irligi — 4,2 g/sm3. SHisha va moysimon yaltiraydi. Ran­gi qizil, to‘q qizil, chizig‘i rangsiz. Ulanish yuzasi bo‘lmaydi, kub singoniyali. Kislotalarda erimaydi. Granat turla­ri: pirop —Mg3A12(SiO4)3 — to‘q qizil, och pushti; spessartin — Mn3A12(SiO4)3 — rangi qo‘ng‘ir, tuz qizil; andradit — Sa3Fe2(SiO4)3 — rangi och yashil, qo‘ng‘ir, qora; grossulyar — Sa3A12(SiO4)3 — rangi sariq, qizil. Kontakt metasomatizm natijasida hosil bo‘ladi. Almandinning tiniq turi piron va andradit zargarlik ishlarida qo‘llaniladi. YArim qimmatbaho tosh hisoblanadi. Qolgan turlari esa sanoatda pardozlash materiallari sifatida ishlatiladi.

50. Berill — Be3A12[Si6O18] — (grekcha «baros»— og‘irlik) silikatlar sinfiga kiradi. Qattiqligi—7—8, solishtirma og‘irligi —2,6—2,9 g/sm3. SHishasimon yalti­roq, rangi sariq, och yashil, havorang, pushti, chizig‘i bo‘lmaydi. Ulanish yuzasi yo‘q. Geksagonal singoniyali.

Berill mo‘rt, chig‘anoqsimon sinadi, kislota ta’sir etmaydi. Berill turlari: akvomarin-ko‘kimtir, havorang, tiniq, zumrad, o‘tga o‘xshash rangli, yashil. Berill pegmatit tomirlarda dala shpatlari bilan birga va granit jinsi bo‘shliqlarida uchuvchi komponentlardan hosil bo‘ladi. YAshil rangli tiniq zumrad va akvomarin qimmatbaho tosh sifatida ishlatiladi. Tiniq bo‘lmaganlari esa berilliy xom ashyosidir. U siyrak engil metall bo‘lib, alyuminiy, magniy va mis eritmalariga qo‘shiladi. Bu eritmalar samolyotsozlikda katta ahamiyatga egadir.



51. Korund — A13 O3—oksidlar sinfiga kiradi. Tabiiy xossalari: rangi ko‘q qizil, kulrang, havorang bo‘lib, oynasimon yaltiraydi, chizig‘i bo‘lmaydi. Korundning ko‘pchiligi tiniq, qattiqligi—9, solishtirma og‘irligi — 4 g/sm3, ulanish yuzasi yo‘q ba’zan yaxshi taraqqiy etgan kristallari uchraydi. Trigonal singoniyada kristallanadi. Kislotada erimaydi. Qizil rang­li, tiniq korund — la’l; ko‘k rangli tinig‘i esa sapfir; mayda donador korundning magnetit, dala shpatlari, gematitlar bilan aralashmasi najdak deyiladi. hozirgi vaqtda korund sanoatda va zargarlikda keng qo‘llalaniladi. SHuning uchun bu mineralni juda ko‘p miqdorda sun’iy yo‘l bilan boksit mineralidan olinadi.
Download 63,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish