Màìëàêàòimizda o‘zini o‘zi boshqarish organlari fuqarolik jamiyatining asosiy instituti sifatida yildan-yilga takomillashib bormoqda



Download 42 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi42 Kb.
#277982
Bog'liq
jamiyat


Ma’ruza rejasi:

10.1. Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishning demokratik tamoyillari.

10.2. Mustaqillik yillarida «Mahalla»ning demokratiya maktabiga aylanishi.

10.3. Demokratik jamiyat shakllanishida Mahalla instituti.

10.1. Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishning demokratik tamoyillari

«Mahalla” arabcha so‘zdan kelib chiqib, “shahar ichidagi shahar” ma’nosini anglatadi. Tarixchi olim Narshaxiy “Buxoro tarixi” asarida bundan 1100 yil ilgari mahalla xalqning boshqaruvi ekaligini yozgan edi. Qadimda mahalla nafaqat ijtimoiy, balki, ma’muriy-hududiy tuzilma tarzida ham e’tirof etilgan. Alisher Navoiyning “Hayratul-abror” (“Yaxshi kishilarning hayratlanishi”) asarida quyidagi band uchraydi: Shaharlar otini mahalot etib, Bo‘ldi chu yuz shahar Hiri ot etib. Mahallaning “shahar ichidagi shaharcha” degan mazmuni yuqoridagi tashbehdan ko‘rinib turibdiki, o‘rta asrlarda Hiri deb atalgan Hirot shahri yuzta kichik “shaharcha”lar - mahallalardan tashkil topgan ekan.

Màìëàêàòimizda o‘zini o‘zi boshqarish organlari fuqarolik jamiyatining asosiy instituti sifatida yildan-yilga takomillashib bormoqda. Shuningdek, mazkur organlarning boshqaruv tizimidagi ko‘lamining kengayib borishi bilan huquqiy davlatning o‘z vakolatlarini demokratik tamoyillar asosida amalga oshirishi uchun qulay va keng imkoniyatlar paydo bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105-moddasida o‘zini o‘zi boshqarish organlariga quyidagi huquqiy ta’rif berildi: “Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi. O‘zini o‘zi boshqarish organlarini saylash tartibi, faoliyatini tashkil etish hamda vakolat doirasi qonun bilan belgilanadi”. Konstitutsiyaviy asosdan kelib chiqib, 1999 yil 14 aprelda qabul qilingan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi (yangi tahriri) Qonunning 1-moddasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish tushunchasi quyidagicha ta’riflandi: «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi – fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlanadigan, ularning o‘z manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy xususiyatlaridan, shuningdek, milliy va ma’naviy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an’analardan kelib chiqqan holda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal qilish borasidagi mustaqil faoliyatidir». Qo‘rinib turibdiki, mamlakatimizda o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimi tushunchasi va uning huquqiy maqomlari rivojlantirildi va ular ilg‘or demokratik mamlakatlardagi huquqiy mezonlar darajasida ifodalana boshlandi.

Uzoq yillar mahalla tarixi va sotsiologiyasini tadqiq etgan amerikalik olim D.Karlayl quyidagilarni yozadi: ”Oila va do‘st-yoronlar mahalla turmushining bosh asosi bo‘lib kelgan va shundayligicha qoladi. U shaxsiy munosabatlar tamal toshi sanaladi. Ular “sulola” deb ataluvchi, kishilarni birlashtiruvchi va ajratuvchi o‘ta muhim tarmoq tuzilmasini yaratdi. Yaqinlik munosabatlariga asoslangan va nasl-nasab prinsiplari bilan metinlashgan mahalla o‘zbeklar dunyoga keladigan, tarbiyalanadigan va odatda o‘zining butun hayotini o‘tkazadigan joy hisoblanadi. Do‘stlik barqaror tushuncha bo‘lgan mahallada moyillik singdirilgan bo‘ladi. Hamma mahalla tevaragida parvona bo‘lar, shaxsiy sadoqat butun shahar bo‘ylab tarqalar, ba’zan esa butun boshli mintaqani qamrab olar edi. Bunday an’anaparastlik sharoitida kimningdir tajribasi shaxsiy muloqotlar doirasi tasarrufidan tashqariga ham zudlik bilan tarqalib ketadi. Shaxs har qanday masofadan turib sulola a’zolarining nikoh tantanalari, marosimlarida qatnashishi mumkin. Rang-barang oilaviy-qarindoshchilik aloqalarining mahalladan tashqarida ham kundalik turmushda toshi bor, lekin ular mahallaniki singari tosh bosa olmaydi.

Sobiq SSSR davrida mahallaning mazmuni va vazifalari butunlay izdan chiqqan edi. Bu davrda mahallalar o‘zining huquqiy maqomini yo‘qotdilar. Ularning asosiy faoliyati sobiq kommunistik partiyaning mahalliy tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlashdan, shuningdek, mahalliy an’ana va urf-odatlar, odob-ahloq me’yorlarini tashviqot-targ‘ibot qilish, oilalardagi marosimlar va boshqa tadbirlarni o‘tkazishda kommunistik partiyaning “ko‘z va qulog‘i” bo‘lib turish kabilardan iborat bo‘lib keldi. Bu davrda qadimdan ma’naviyat, ta’lim va tarbiya masalalarini hal etib kelgan mahallalarning o‘rni deyarli yo‘qqa chiqarildi.

Mustaqillik davriga kelib fuqarolarning mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining qonuniy maqomini mustahkamlashga, ularni fuqarolik jamiyatining asosiy institutiga aylantirishga doir jiddiy islohotlar amalga oshirildi. O‘zbekistonda mahallalar milliy mustaqillik davriga kelibgina, o‘zini o‘zi boshqarish organiga aylandi. O‘zbekiston Konstitutsiyasi mahalla maqomini fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organi sifatida mustahkamladi. Mamlakatda shaharcha, poselka, qishloq, ovul va mahalla fuqarolar yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari huquqiy maqomini oldilar. Jumladan, mustaqillik davrida mamlakatda 10 minggga yaqin o‘zini o‘zi boshqarish organlari shakllangan bo‘lsa, ulardan 8142 tasini mahalla fuqarolar yig‘inlari tashkil etadi. Mahalla mustaqil tashkilot sifatida qaytadan mustahkamlandi va ularning aksariyati o‘zining qadimgi nomlarini va xalq o‘rtasidagi obro‘-e’tiborlarini qaytadan tiklab oldilar.

Konstitutsiyaviy asosdan kelib chiqib o‘zini o‘zi boshqarish organlari haqidagi qonunlar, huquqiy hujjatlar qabul qilingan:

1. 1993 yil 2 sentyabrda «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi qonun. Bu qonunga, yangi tahrirdagi o‘zgaritirish kiritildi.

2. 1999 yil 14 aprelda «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahriri qabul qilindi. Uning 1-moddasiga ko‘ra Konstitutsiya, qonunlar bilan, milliy va ma’naviy qadriyatlar, mahalliy urf-odatlar va an’analardan kelib chiqqan holda mahalliy ahamiyatga ega masalalarni hal qiladigan mustaqil faoliyatdir.

2002 yil 29 avgustda Oliy Majlis 9-sessiyasida Prezidet ta’kidlaganidek, hayotimizni erkinlashtirish yo‘llarigi yana bir muhim yo‘li-markaziy va yuqori davlat boshqaruvi idoralari vazifalarini davlat hokimiyatining quyi tuzilmalariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o‘tkaza borishni ta’minlaydi».

3. 2003 yil 12 dekabrda «Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqol) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida»gi qonun qabul qilingan.

Mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarishning demokratik tamoyillari quyidagilardan iborat:

1. Demokratiya, oshkoralik, fikrlar xilma-xilligi tamoyili.

2. Vorislik tamoyili.

3. Ijtimoiy munosabatlarni demokratlashtirish.

4. Yuksak ma’naviyat tamoyili.

5. Mahalla xavfsizligini ta’minlash tamoyili.

6. Fuqaro yig‘ini raisi (oqsoqoli) va maslahatchilarining mas’uliyatini his qilish tamoyili.

7. Ijtimoiy himoya, ijtimoiy adolat, ijtimoiy kafolat tamoyili (jamoatchilik va o‘zaro yordam).

8. Kengash, mashvarat (maslahatlashish) tamoyili.

9. Insonparvarlik.

10. Mustaqillik va h.k.

Bu boshqaruvlar sifat va miqdor ko‘rsatkichlari orqali amalga oshiriladi.

Sobiq Sho‘ro davridan ma’muriy-buyruqbozlik tamoyili quyidagi tamoyillarga asoslangan edi:

1. Byurokratlarcha markazlashuv.

2. Nomenklatura (yuqoridan ro‘yxat asosida tayinlash) boshqaruvi.

3. O‘ziga-o‘zi xizmat qilish, shaxsiy manfaatlarni ustun qo‘yish.

4. buyruqbozlik (majburlash, dahshatli qarorlar chiqarish).

5. Demokratiyani tan olmaslik.

6. Rasmiyatchilik (qog‘ozbozlik).

7. Mahdudlik (mahfiy ma’lumotlar asosida boshqarish).

10.2. Mustaqillik yillarida “Mahalla”ning demokratiya

maktabiga aylanishi

“Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyili o‘z-o‘zidan ma’lumki, u davlat organlarining vakolatlarini asta sekilik bilan bosqichma-bosqich fuqarolik jamiyatiga o‘tkazishni taqozo etadi. Prezidentimiz mustaqillikning dastlabki yillaridanoq bu g‘oyani ilgari surgan edi. Shu boisdan ham 1999 yil 14-15 aprelda Oliy Majlis 14-seesiyasida “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tug‘risida” gi qonunning yangi tahriri qabul qilindi. Bu qonunda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining maqomi to‘liq belgilab berildi. Ular faoliyatining asosiy prinsiplari demokratik, oshkoralik, ijtimoiy adolat, insonparvarlik, mahalliy hokimiyatga molik masalalarni yechishda mustaqillik, jamoatchilik asosida o‘zaro yordam holatlari belgilab berildi. O‘zini-o‘zi boshqarish organlarini saylash tartibi, faoliyatini tashkil etish hamda vakolat doirasi qonun bilan belgilab quyildi.

Respublika miqyosida oqsoqollar Kengashining tuzilishi jahon tajribasida yangilikdir. Bu bilan O‘zbekiston dunyodagi davlat boshqaruvi sohasida chinakam xalqchil shaklidagi o‘ziga xos milliy davlat tuzilmasining asoschisi bo‘lib qolishidan darakdir.

Demak, qonunga ko‘ra fuqarolik jamiyatini barpo etishda mahalla davlatga, jamiyatga eng yaqin idoradir. O‘zini o‘zi boshqarish tizimining, mahallaning tub ma’nosiga, mohiyatiga Prezidentimiz yuksak baho berib kelmoqda. 1999 yil 26 martda Xorazm “yoshulli” so‘zini ta’riflab berganlaridek, chin ma’noda komil oqsoqol bo‘la olsa, davlat-mamlakat, ko‘pchilik aholi manfaatini hisobga olib, xalqqa tayanib, yoshidan, xizmat vazifasidan, e’tiqodidan qa’iy nazar, yakka-yakka shaxslarning ruhiy kechinmalari, xatti-harakatlarini, intilishlarini ezgulikka yo‘naltirishga muyassar bo‘la oladi. Qonunda ta’kidlanishicha, mahallaning 3 ta tayanchi bor: 1) mahalla yig‘ini vakillari, 2) din ulomalari (imomlar), 3) mahalla posbonlari-nozirlar. Bugungi kunda kuchli jamiyatni barpo etishda 260 dan ortiq jamoat tashkilotlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Demak, mazkur qonun fuqarolar yig‘inida qaror qabul qilishga imkon beruvchi huquqiy shakllarni ko‘rsatib berdi. Fuqarolar yig‘ini vakolatlari kengaytirildi. Ular qonunning 17-moddasiga ko‘ra boshqaruv organlari bilan kelishilgan holda savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy-xizmat ko‘rsatish korxonalarining ish vaqtini aholiga qulay qilishning imkoniyatini yaratib bermoqda.

Demak, mustaqillik yillarida: yuqoridagi 2 ta qonu bilan birga:

1) “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”qonun (1999 yil 14 aprelda qabul) ham qabul qilindi.

2) “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqol) va uning maslahatchilari saylovi tug‘risida”gi (2003 yil 12 dekabrda, 13 –sessida) qonun qabul qilindi. Bu qonun “Oqsoqol”lar kengashiga katta imtiyozlar yaratdi.

Mustaqillik yillarida mahalla tarixiy va rivojlangan mamlakatlardagi tushunchada aniq belgilangan ijtimoiy-demografik, madaniy-ma’naviy va hududiy-ma’muriy birlik sifatidagi maqomga erishdi. U o‘z hududidagi fuqarolar o‘rtasida an’analar va urf-odatlar, insoniy, xo‘jalik, huquqiy munosabatlar birligini tashkil etgani holda fuqarolarning o‘zaro ijtimoiy munosabatlarini bog‘lab turish vositasiga aylandi.

Mustaqillikning ilk davridan boshlab Prezident I.A.Karimov mahallalarni fuqarolik jamiyatining asosi deb, bildi va ularni har tomonlama rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirib kelmoqda. Prezident I.A.Karimov 1995 yildayoq shunday fikrni bildirgan edi: “Ma’lumki, asrlar mobaynida mahallalarda ko‘pdan-ko‘p hayotiy muammolar o‘z yechimini topib keladi. To‘y-ma’rakalar ham, hayitu hasharlar ham mahalla ahlisiz o‘tmaydi. Mahallalarda siyosiy, iqtisodiy va boshqa masalalarga doir jamoatchilik fikri shakllanadi. Bu esa xalqimizning turmush tarzi, ota-bobolarimizdan bizga meros bo‘lib kelayotgan tafakkur tarzidir. Binobarin, hayotning o‘zi mahallalarni rivojlantirish va ularni qo‘llab-quvvatlashni taqozo etmoqda. Mamlakatimizda ko‘p qirrali islohotlar amalga oshayotgan bir paytda mahalla jamiyat uchun ishonchli tayanch va ta’sirchan kuch bo‘lib xizmat qilishi lozim”.

rnè ÿíàäà îøèá áîðà¸òãàíëèãèíè êo‘ðñàòàäè.

Mamlakat Prezidenti I.A.Karimov ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning IX sessiyasidagi ma’ruzasida o‘zini o‘zi boshqarish organlarining jamiyat va davlat boshqaruvidagi o‘rnini ko‘tarishning muhim bosqichini boshlashning asosiy yo‘nalishi bo‘lgan quyidagi fikrni bildirdi: «Hayotimizni erkinlashtirish yo‘nalishlarining yana bir muhim yo‘li - markaziy va yuqori davlat boshqaruv idoralari vazifalarini davlat hokimiyatining quyi tuzilmalariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o‘tkaza borishni ta’minlashdir»1. Albatta, davlat tomonidan mahallalarga katta boshqaruv vakolatlarini berishda avvalo, ularning aholi faolligini oshirishdagi o‘rnini yuksaltirish ko‘zda tutildi. Chunki, mahalla fuqarolar yig‘inlarida yetarlicha huquq bo‘lmasa, ular o‘zini o‘zi boshqarish funksiyalarini bajarish qobiliyatiga ega bo‘la olmas edilar. Shuningdek, mahallalarning aholi va davlat oldida mas’uliyat sezishlari uchun ham avvalo keng huquqlarga ega bo‘lishlari lozim edi.

Hozirgi davrda jamiyatning siyosiy sohasini erkinlashtirish maqsadlaridan kelib chiqib, mahalla fuqarolar yig‘inlariga boshqaruvning turli yo‘nalishlariga yetakchilik qilish vakolatlari berildi. Mahallalar o‘z hududida yashayotgan fuqarolarning turli ijtimoiy muammolarini hal qilib berishda bevosita ishtirok etadilar: qariyalar, faxriylar, yetimlar, baynalmilal-harbiylar, kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalar manfaatlari himoya qilinadi; mahalla faollarining mazkur faoliyatda ishtirok etishiga boshchilik qiladi; insonni ma’naviy yuksalishi va amaliy tashabbuslarini namoyon bo‘lishi uchun shart-sharoit yaratadi; fuqarolar moddiy va ma’naviy jihatlardan qo‘llab-quvvatlanadi.



Mahalla fuqarolar yig‘ini ijtimoiy ta’minot organlari va boshqa homiy tashkilotlar bilan birgalikda ijtimoiy yordam, kam ta’minlangan oilalar va yolg‘iz kishilarga beg‘araz moddiy yordam ajratish ishining barcha tashkiliy jihatlarini o‘zi mustaqil ravishda bajaradi. Shu bilan birga, mahallalar o‘z hududlarida ekologik muammolarni yechish va aholi moddiy ahvolini yaxshilash, hashar yo‘li bilan ko‘kalamzorlashtirish, tozalash ishlariga jalb qilish, mahalliy aholi o‘rtasida atrof-muhitni asrash yuzasidan tushuntirish va tarbiyaviy ishlar olib borishga ham mas’uldir. Albatta, bu kabi faoliyatlar fuqarolar faolligini oshirish vositasida amalga oshirilmoqda
Download 42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish