Mavzu: Demokratik jamiyat qurishning milliy va umuminsoniy tamoyillari mavzusida bajargan yakuniy nazorat ishi



Download 73.62 Kb.
Sana12.05.2020
Hajmi73.62 Kb.

Mavzu:Demokratik jamiyat qurishning milliy va umuminsoniy tamoyillari mavzusida bajargan yakuniy nazorat ishi.

Akbarov Sarvar


Toshkent -2020

Demokratik jamiyatning milliy, umumbashariy tamoyillari va qadriyatlar tushunchasi.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizning yetakchi olimlari tomonidan ijtimoiy-siyosiy fanlarida demokratiyaning milliy, umumbashariy tamoyillarini har bir xalqning qadriyatlari bilan uygʼunlashtirish va toʼldirish borasida bir muncha ishlar qilindi. Shunga qaramay, mamlakatimizda demokratik jamiyat barpo etish jarayonida ularning oʼzaro bogʼliqligi va namoyon boʼlish xususiyatlari jiddiy oʼrganishni talab etadi. Vaholanki, demokratiyaning muhim umumjahon eʼtirof etgan asosiy tamoyillari quyidagilardan iboratdir:

1) erkin va adolatli saylovlar;

2) ochiq va hisobot beruvchi hukumat;

3) inson huquqlarining ustuvorligi;

4) hokimiyat organlarining saylanib qoʼyilishi;

5) soʼz, matbuot va vijdon erkinligining Konstitutsiya va qonunlar bilan kafolatlanishi;

6) qonun ustuvorligi;

7) fuqarolarning siyosiy va iqtisodiy huquqlari mavjudligi va tengligi;

8) tayinlash yoʼli bilan shakllanadigan davlat organlarining saylab qoʼyiladigan organlar oldida hisob berish burchliligi;

9) koʼppartiyaviylik tizimining mavjudligi;

10) umummilliy masalalarning hal etilishida referendumlarning oʼtkazilishi;

11) mulk shakllarining xilma-xilligi va ularning tengligini kafolatlovchi qonunlarning mavjudligi;

12) siyosiy muxolifatning ochiq faoliyat koʼrsatishi;

13) jamiyatda plyuralizm, yaʼni fikrlar xilma-xilligi, rang-barangligini kafolat-lovchi qonunlarning mavjudligi hamda ularni amaliy hayotga joriy etish masalalari samarasining ortishi.

Maʼlumki, Oʼzbekiston xalqi Oʼz mustaqilligiga erishgach, Yer sharining koʼpchilik aholisi kabi ijtimoiy yoʼnaltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyatni barpo etishni Oʼz oldiga maqsad qilib qoʼydi. Tabiiyki, bunday jamiyatni shakllantirishda, avvalambor, Oʼzbekiston taraqqiyotining Oʼziga xos milliy tamoyillarini jahonda kechayotgan umuminsoniy tamoyillar bilan uygʼunlashayotganligini nazardan qochirmaslik kerak.

O’zbekistonda demokratik jamiyat qurishning milliy, umumbashariy tamoyillari va qadriyatlarining metodologik asoslari, ilmiy va amaliy jihatlari Prezident I.A.Karimov asarlari, nutqlarida chuqur yoritilgan. Ma'lumki, «tamoyil» tushunchasi - yo’nalish, rus tilida qo’llaniladigan «tendentsiya» so’zi esa, asli lotinchadan kelib chiqqan bo’lib, «tamoyil» atamasining muqobilidir. 1- Prezidentimiz I.A.Karimov asarlarida “tamoyil” va “yo’nalish” so’zlari sinonim sifatida qo’llanib kelinmoqda. Agar bu so’zlarning ma'nosiga e'tibor qaratilsa, ular jamiyatning turli jabhalarida ob'ektiv, takrorlanuvchan, ustuvor hodisa sifatida ko’zga tashlanadi. Demak, jamiyat hayotida “tamoyil” yoki “yo’nalish” ma'lum bir ijtimoiy-siyosiy demokratik jarayondagi qonuniyatni o’zida aks ettiradi.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizning etakchi olimlari tomonidan demokratiyaning milliy, umumbashariy tamoyillarini har bir xalqning qadriyatlari bilan uyg’unlashtirish va to’ldirish borasida bir muncha ishlar qilindi. Shunga qaramay, mamlakatimizda demokratik jamiyat barpo etish jarayonida ularning o’zaro bog’liqligi va namoyon bo’lish xususiyatlari jiddiy o’rganishni talab etadi.

O’zbekiston xalqi o’z mustaqilligiga erishgach, Er sharining ko’pchilik aholisi kabi ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyatni barpo etishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi. Tabiiyki, bunday jamiyatni shakllantirishda, avvalambor, O’zbekiston taraqqiyotining o’ziga xos milliy tamoyillarini jahonda kechayotgan umuminsoniy tamoyillar bilan uyg’unlashayotganligini nazardan qochirmaslik kerak.

O’zbekistonda demokratik jamiyatni barpo etishda milliy tamoyillarning asosini tashkil etuvchi qadriyatlar ham alohida o’ringa egadir. Mustaqillik tufayli unga bo’lgan yangicha yondashuvlar Prezident I.A.Karimovning milliy va umumbashariy qadriyatlar to’g’risidagi metodologik ilmiy mulohazalari hamda amaliy faoliyatlaridagi ko’rsatmalari, tashabbuslari buning yorqin misolidir. Milliy va umumbashariy qadriyatlar to’g’risida bir qator mamlakatimiz olimlarining fikr va mulohazalarini umumlashtirish lozim. Negaki, O’zbekistonda barpo etilayotgan huquqiy demokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyati umuminsoniy qadriyatlar bilan bir qatorda, milliy qadriyatlarimizga asoslanadi.

Demokratik adolatli jamiyat barpo etishda umuminsoniy qadriyatlar tushunchasiga xos bo’lgan kundalik muloqotlardagi mazmun bilan falsafiy aksiologik ma'no o’rtasidagi farqqa e'tibor berish lozim. Shu nuqtai nazardan bizning fikrimizcha, umuminsoniy qadriyat deganda, eng avvalo, jamiyat va odamzod nasli uchun eng qadrli va uning ma'naviy kamoloti uchun xizmat qiluvchi umumijtimoiy ahamiyat kasb etuvchi narsalar, xodisalar, faoliyat va boshqalarning nomi, ularning ijtimoiy ifodalash uchun ishlatiladigan falsafiy aksiologik tushunchalarni nazarda tutiladi. Umuminsoniy qadriyat deganda, jamiyat a'zolarining hammasi uchun umumiy ahamiyatga ega bo’lgan va har bir shaxsning hayotida ro’y berayotgan o’zgarishlarga ijobiy ta'sir etadigan, kishilarning xatti-harakati, amaliy faoliyati, yashash tarzi, boshqalarga munosabati ham umuminsoniy qadriyatlarning mezoni sifatida baholanadi. Shu bilan ham umuminsoniy qadriyatlar tizimida demokratik tamoyillarning o’zi uning shakllanishi uchun keng maydon ochib beradi. Bundan milliy qadriyatlarning o’rni ana shu tizimda passiv holatda ekan-da degan xulosani chiqarmaslik kerak. Negaki, qadriyatlar tizimida millat, unga xos bo’lgan belgilar, jihatlar, xususiyatlar, ularning vujudga kelish jarayoniga bevosita ta'sir ko’rsatadigan hudud, makon va u bilan bog’liq tuyg’ular demokratik jamiyatni barpo etishda muhim o’rin egallaydi.

Milliy qadriyatlarning tiklanishi - demokratik jamiyat qurishning muhim sharti. Demokratik jamiyat kontseptsiyasida milliy, umuminsoniy qadriyatlar bilan bir qatorda, diniy qadriyatlarning oʼrniga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Negaki, ular oʼrtasida qatʼiy chegara yoʼq. Bunday fikr bildirishimizga muayyan tarixiy sharoitlarda obʼektiv zaruratlar tufayli jamiyat rivojlanishi uchun milliy qadriyatlar diniy qarashlar bagʼrida shakllanganligidir. Shunga koʼra bizning milliy qadriyatlarimiz faqat islom zaminida vujudga kelmagan, balki zardushtiylik, buddaviylik kabi dinlardan ham koʼp narsalarni olgan. Binobarin, har qanday qadriyatlarning bosh manbai ijtimoiy hayotdir. Buning isboti sifatida hozirgi davrda mamlakatimizda koʼpgina tarixan din bilan bogʼliq qadriyatlar oʼzlarining diniy mazmunini oʼzgartirib, dunyoviy milliy qadriyatlarga aylanganligidir. Аyni paytda, demokratik jamiyatni barpo etishda din har doim ham uning tarafdori boʼlavermaydi. Аyniqsa, hozirgi murakkab oʼtish davrida islom gʼoyalari va qarashlaridan bir-biriga tubdan qarama-qarshi maqsadlar yoʼlida foydalanishga urinishlar jonlangan bir paytda, ana shu omilning oʼrnini alohida tahlil etish zarur.

Oʼzbekistonda demokratik jamiyatni barpo etishda milliy tamoyillarning asosini tashkil etuvchi, yuqorida taʼkidlaganimizdek, qadriyatlar alohida oʼringa egadir. Mustaqillik tufayli unga boʼlgan yangicha yondashuvlar Prezident I.А.Karimovning milliy va umumbashariy qadriyatlar toʼgʼrisidagi metodologik ilmiy mulohazalari hamda amaliy faoliyatlaridagi koʼrsatmalari, tashabbuslari buning yorqin misolidir. Oʼzbekistonda barpo etilayotgan huquqiy demokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyati umuminsoniy qadriyatlar bilan bir qatorda, milliy qadriyatlarimizga asoslanadi.

Dunyoviy davlat tayanadigan tamoyillar

Inson huquqlari va davlat suvereniteti gʼoyalariga asoslanadi

Xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan qoidalari ustunligi tan olinadi.

Demokratiya va ijtimoiy adolatni eʼtirof etadi.

Fuqarolarning munosib hayot kechirishlarini taʼminlash maqsadi

Insonlar demokratik huquqiy davlat barpo etishni koʼzlaydi

Oʼzbekistonda davlat va jamiyat qurilishining asoslari uning Konstitutsiyasida belgilab qoʼyiladi va unga tayanib ish olib borishni anglatadi



Oʼzbek davlatchiligining tarixiy tajribasiga tayanadi
Download 73.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
guruh talabasi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
toshkent davlat
haqida tushuncha
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
bilan ishlash
ta'lim vazirligi
fanlar fakulteti
махсус таълим
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
umumiy o’rta
Referat mavzu
fanining predmeti
haqida umumiy
Navoiy davlat
fizika matematika
universiteti fizika
Buxoro davlat
malakasini oshirish
davlat sharqshunoslik
Samarqand davlat