12 – laboratoriya ishi:
MIKROSKOP YORDAMIDA SHISHANING NUR SINDIRISH
KO‘RSATKICHINI ANIQLASH
Ishning maqsadi
: Shishshaning nur sindirish ko‘rsatkichini mikroskop
yordamida tajribada aniqlash.
Kerakli jihozlar va qurilmalar:
1. Mikroskop. 2. Mikrometr (yoki
shtangensirkul). 3. Ikkala tomoni sirtda bir-biriga tik
ravishda tirnab chizilgan
chiziqlari (shtrixlari) bor shisha plastinka.
Nazariy ma’lumotlar:
Yorug’likning bir shaffof muhitdan boshqa shaffof muhitga o’tishida
tarqalish yo‘nalishining o‘zgarishiga
yorug’likning sinishi
deb yuritiladi. Ingichka
yorug’lik dastasi ikki shaffof muhit yassi chagarasiga tushganida bir qicmi
muhitlar chegarasidan qaytadi va qolgan qicmi ikkinchi muhitga o’z tarqealish
yo‘nalishini o‘zgartirib o’tadi, boshqacha aytganda tushuvchi yorug’lik nuri
AO,
qaytgan
OB
va
singan
OD
nurga ajraladi.
Yorug’likning qaytish qonuni quyidagicha: tushgan nur
AO,
qaytgan nur
OB
va ikki muhit chegarasiga nurning tushish nuqtasidan o’tkazilgan
perpendikulyar
MN
bir
tekislikda yotadi; nurning qaytish
burchagi
β
tushish burchagi
α
ga teng,
ya’ni
α = β
. Yorug’likning sinish qonuni esa quyidagicha ta’riflanadi:
1-rasm. Ikki shaffof muhit chegarasida yorug’likning sinishi.
Tushgan nur
AO
singan nur OD va ikki muhit chegarasiga
nurning tushish
nuqtasidan o’tkazilgan perpendikulyar
MN
bir tekislikda yotadi; nurning tushish
burchagi sinusi
sinα
ga nisbatan burilgan ikki muhit uchun o‘zgarmas kattalikdir.
1-rasmdan foydalanib quyidagini yozamiz:
(1)
formuladagi
n
2.1
koeffitsienti ikkinchi muhitning birinchi muhitga nisbatan
sindirish ko‘rsatkichi
yoki
nisbiy sindirish ko‘rsatkichi
deb yuritiladi.
Nisbiy
2.1
Sin
n
Sin
sindirish ko‘rsatkichi yorug’likning birinchi va ikkinchi muhitlardagi tezliklari
v
1
va
v
2
larning nisbatiga teng:
u holda
(2)
Yorug’likning sinishi natijasida buyumlarning o‘lchamlari, shakli yoki
joylashuvi o‘zgarib ko’rinadi. Masalan, suvli
stakanga qalamni qiyalatib
joylashtirib, yon tomonidan qarasak, qalamning suv ichidagi qicmi qalamning suv
ustidagi qicmiga nisbatan siljigandek ko’rinadi. Yoki tiniq suvli hovuzning tagiga
yotgan toshni kuzatib, hovuzning chuqurligi unchalik katta emasdek tuyulishi ham
yorug’likning havodan suvga o’tishida sinishidan kelib chiqadi.
Endi yorug’lik nurining yassi parallel shishadan o’tishini batafsil qaraylik.
Yassi parallel shisha plastinkaning pastki sirtidagi
A
nuqtaga
1
va
2
nurlar
tushayotgan bo‘lsin (2-rasm).