Oyoqlarni sinishida



Download 18,35 Kb.
Sana21.02.2022
Hajmi18,35 Kb.
#79075
Bog'liq
2-dars javoblari


  1. Qo’l va oyoqlarni sinishida bemorlarni klinik sharoitda ko’rikdan o’tkazish?



Sinish Klinik belgilari mahalliy va umumiy bo'ladi. Umumiy belgilaridan ko'pincha travmatik shok, zararlangan to'qimalarning yemirilishi natijasida organizmda zaharlanish belgilari ro'yobga kelishi mumkin. Ularning ta'siri hayotiy a'zolar funksiyasiga salbiy ta'sir qiladi. Mahalliy belgilari aniq bo'lganligi uchun diagnoz qo'yish tezlashadi. Ular og'riq, deformatsiya, a'zo funksiyasining buzilishi, singan joyda qo'shimcha harakat paydo bo'lishi qo'1-oyoqning qisqarishi yoki uzayishi, qon quyilishi va singan suyaklar sohasida krepitatsiya paydo bo'lishi bilan xarakterlanadi va ular aniq belgilarga, qolganlari esa nisbiy belgilariga kiradi. Shuningdek:
1. Og'riq - shikastlanish paytida yuz berib, uning kuchi va davom etishi suyak parchalarining dislokatsiyasiga, suyak usti pardasi, nervi va boshqa yumshoq to'qimalarning zaharlanishiga, gematomaning hajmiga bog'liqdir. Harakat qilinganda og'riq kuchayadi, osoyishtalikda og'riq kamayishi yoki butunlay bo'lmasligi mumkin. Sinishga shubha bo'lganda qo'1-oyoq suyaklarini uzunasiga tekshirib ko'rish kerak. Paypaslaganda singan joyda kuchli og'riq bo'ladi, shuningdek, og'riqni har xil qo'shimcha harakatlar ham oshiradi. Bilvosita og'riq ham mavjud bo'lib, ular qovurg'a singanda ko'krak qafasi bosilsa og'riq bosilgan joyda emas, balki qovurg'a singan joyda, tovonga urilganda payda og'riq bo'lmay, boldir suyaklar singan joyda bo'ladi.
2. Deformatsiya - singan joy shaklining o'zgarishi, suyak siniqlariningo'z joyidan siljishi natijasida ro'yobga keladi. Deformatsiya singansuyaklarni hisobga olganda har xil bo'ladi va faol, faol bo'lmaganharakatda o'zgaradi. Uni zararlangan sohani yoki qo'1-oyoqni sog'lom qo'1-oyoq bilan taqqoslab ko'rilganda aniqlash mumkin.
3. Funksiyaning buzilishi hamma sinishlar uchun xos bo'lib, ayniqsauzun naysimon sinishlarda namoyon bo'ladi. Yassi suyaklar hamdaqoqilgan sinishlarda esa funksiya buzilishi kamroq seziladi.Oyoq yokiqo'lni qimirlatishga urinishning o'ziyoq kuchli og'riq va g'ayritabiiy harakatlar paydo bo'lishiga sabab bo'ladi.
4. G'ayritabiiy harakat - sinishning to'g'ridan-to'g'ri belgisi bo'lib, uzun naysimon suyaklarda aniq namoyon bo'ladi (ayniqsa yelka, son suyaklari singanda), kalta va yassi suyaklar singanda yuqoridagi harakat kam seziladi.
5. Qo'1-oyoqning qisqarishi mushaklarining spastik qisqarishi natijasida suyak sinib, uzunasiga siljiganda yuzaga keladi. Qoqilgansinishlarda singan sohaning qisqarishi unchalik sezilmaydi. Absolyutkaltalanganligini bilish uchun singan va sog'lom qo'1-oyoqlar santimetrli tasma (lenta) bilan o'lchab aniqlanadi.
6. Shish va qon quyilishi singan joyda har xil bo'lishi mumkin. Yelka suyagi singanda atrofdagi yumshoq to'qimaga 0,5-0,75 litr gacha, sonsuyagi zararlanganda-1,5-2 litr qon qo'yiladi. Agar qon quyilishi chuqurdabo'lsa, kuchli shishlarda terining yuqori qavatida pufakchalar paydo bo'lishi mumkin. Kuchli shishlarda terining yuqori qavatida pufakchalar paydo bo'lishi mumkin.
7. Krepitatsiya (suyak qirsillashi) - suyak singanining aniq belgisi bo'lib, zararlangan qo'1-oyoqni harakat qildirganda krepitatsiya paydo bo'ladi, u suyak siniqlarining bir-biriga tegishi natijasida ro'yobga keladi. Sinish belgilari aniq bo'lsa, maxsus krepitatsiyani tekshirib ko'rish shart emas, chunki u kuchli og'riq beradi, ba'zan tekshirilayotganda yaqindagi qon tomirlar, nerv tolalarini zararlashi mumkin.Diagnoz qo'yishda anamnez, ko'zdan kechirish, paypaslab ko'rishyordam beradi.


  1. Qo’l va oyoqlarni chiqishida bemorlarni klinik sharoitda ko’rikdan o’tkazish?

Chiqishning klinik belgilari, ularning joyi va turlariga qarab xillari ko'p bo'ladi. Shikastlanishdagi vaziyat, chiqish sababi va zararlanish mexanizmi bemordan so'rash yo'li bilan aniqanadi. Kasal kishi asosan bo'g'imi og'riyotgani va harakat qila olmayotganidan shikoyat qiladi. Harakat qilishga urinib ko'rilganda bo'g'irndagi og'riq kuchayadi. Qo'1-oyoq chiqqan bo'g'imda kuchli og'riq bo'lib, uni o'z o'rniga qo'yishga harakat qilinsa, yana asl holiga keladi. Bu belgi prujinasimon fiksatsiya simptomi deyiladi. Ba'zan zararlangan qo'l yoki oyoq karaxt bo'lib qolishi nerv tolasining qisilgan va chiqqan suyak bo'lagini spastik ravishda qisqargan mushaklar qimirlatmay qo'yishi natijasida kelib chiqadi. Ko'zdan kechirish paytida qo'1-oyoqning noto'g'ri holati va bo'g'im sohasining shakli buzilgani kuzatiladi, ularning uzunasiga qisqargani seziladi. Ba'zida suyakning siljigan uchi o'z joyida emasligi aniqlanadi. Masalan, yelka suyagi chiqqanda lining boshi qo'ltiq ostida yoki ko'krak mushagi ostida ekanligini ushlab aniqlash mumkin. Nerv qisilib qolgan bo'lsa, bemor oyoq-qo'li holsizlanganligidan shikoyat qiladi.

3.Qo’l va oyoqlarni sinish va chiqishida bemorlarga tavsiya etiladigan klinik tekshiruv usullari?

Topik diagnoz qo'yishda ikki xil o'zaro perpendikulyar yuzada rentgenografiya qilish katta ahamiyatga ega. Ba'zan kalla suyagi shikastlanganda mo'ljalli tangensial rentgen surat yoki tomogramma qilinadi.


Keyingi paytlarda qog'ozda rasmi tushirilgan elektron-optik kuchiga ega bo'lgan rentgen telemoslamasidan foydalaniladi. Ultratovush diagnostikasi istiqbolli usullardan sanaladi.

4.Qo’l va oyoqlarni sinish va chiqishida bemorlarga tavsiya etiladigan og’riqsizlantirish turlari?
Singanda mahalliy anesteziya uslubidan foydalanish. Yangi singanda paypaslab ko'rish bilan sinish joyi topiladi, so'ngra teri sathini yod eritmasi bilan tozalab 1-2 foiz novokain suyuqligidan 20 ml yuboriladi. Novokain suyuqligi miqdori sinish xarakteriga va qaysi joyda singaniga bog'liq bo'ladi. Agar sinish bir necha suyakda mavjud bo'lsa, har birini alohida-alohida anesteziya qilish lozim. Anesteziya uchun novokain suyuqligi bir foizdan kam bo'lmasligi kerak, chunki u gematomaga tushsa qon bilan aralashib, konsentratsiyasi kamayadi, anesteziya ko'ngildagidek bo'lmasligi mumkin.

Suyakni o'z o'rniga solib qo'yish uchun umumiy og'riqsizlantirish qo'llanilishi kerak, chunki chiqqan bo'g'irndagi og'riq mushaklarning reflektor holda qisqarishiga olib keladi. Mushaklarni relaksatsiya qilish umumiy og'riqsizlantirish bilan bajariladi.



5.Qo’l va oyoqlarni sinishida foydalaniladigan gipsli bog’lam turlari va gips texnikasi?
Гипс боғламларининг икки хили бўлади: пахта-докали, фланелли ёки трикотаж тагликли ва тагликсиз боғлам. Хозирги пайтда фабрикадан тайёр холда чиқадиган гипс бинтлари кўпроқ ишлатилмоқда.
Трикотаж бинт ва трикотаж пайпоқ таглик сифатида кенг тарқалди, чунки улар терини тирналишдан, қирилишдан химоя қилиш билан бир қаторда тагликсиз кўйилган гипс боғламидан катта афзаллиги бор.
Хамма турдаги гипс боғламлар гипсли лонгеталарга ва айланма боғламларга бўлинади. Айланма боғламлар дарчасимон ва кўприксимон бўлади.

Гипс боғламини қўйишда куйидаги қоидаларга риоя қилиш керак:

  1. Олдиндан тоғора суви билан бинтлар ва асбоблар тахт қилиб
    кўйилиши керак

  2. Шикастланган қўл ёки оёқни харакатсизлантириш ва ором бериш
    учун иккита ёки учта бўғим гипс боғлами билан қотирилади.

  3. Гипс боғламнинг юқори ва пастки қисмига 1-2 кават энли бинт
    ўралади ёки трикотаж ғилоф кийдирилади.

  4. Оёқ ёки қўлга функционал қулай холат берилади (бўғимда харакат
    тикланмаган холда).

  5. Гипс қўйишда қўл ёки оёқни қимирлатмай ушлаб туриш керак

  6. Гипсли бинт билан боғлам қўйишда хар бир ўраганда олдинги
    бинтнинг 2/3 қисмини спирал шаклида беркитиш керак Бинтларни
    перифериядан марказга караб олиб борилади. Бинтни букламаслик
    керак зарурат бўлса бинт қарама-қарши томонидан қайчиланади ва
    танага мослаштирилади.

  7. Боғлам тана контурларига тўлиқ ёпишиб туриши учун ҳар бир
    қават кўйилгач боғламни силаб-силлиқлаш — моделлаш керак Шу
    мақсадда бутун кафт билан боғлам обдон силлиқ қилинади. Тана
    контурлари, айниқса, суяк бўртиб турган жойлар ва гумбазлар кунт
    билан моделланади.

  8. Оёқ, ёки қўлни бутун кафт билан ушлаб туриш керак гипсда
    бармоқлар изи қолмаслиги шарт, чунки бунда тери ва тўқималар
    эзилиши мумкин.

  1. Шикастланган оёқ ёки қўл холатини назорат қилиш учун
    бармоқларнинг тирноқ фалангалари очиқ қолдирилади.

  2. Гипс боғлами батамом қуригунча уни эхтиётлаш керак чунки
    у синиб қолиши мумкин.

  3. Боғлам хаддан ташқари сиқмаслиги ёки ортикча бўш бўлмаслиги
    керак Боғлам кўйилгандан кейин унга белги қўйиш керак яъни
    боғлам устига қора қалам билан синган суяклар схемаси ва учта сана
    боғлам кўйган шифокорнинг фамилияси ёзилади.

Download 18,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish