Mikroprotessorlar Mikroprocessor



Download 176,5 Kb.
bet1/3
Sana26.09.2019
Hajmi176,5 Kb.
#22702
  1   2   3
Bog'liq
Mikroprosessorlar va tizim platalari

Mikroprosessorlar vatizim platalari

Reja:


1. Mnkroprocessorlar

2. Tizimli platalar

3. Mashina ichidagi tizimli periferiyali  interfeys

 

Mikroprotessorlar


 

    Mikroprocessor (MP), boshqachasiga central processing unit (CPU), — dasturli boshqariladigan, axborotni qayta ishlaydigan funkcional tugallangan qurilma bo`lib, u bitta yoki bir nechta katta (KIS) yoki juda katta (JKIS) integral sxemalar ko`rinishda tayyorlangan.

    Mikroprocessor quyidagi vazifalarni

bajaradi:

•asosiy xotiradan (AX) buyruqlarni o`qish va deshifrlash (ochish);

• ma`lumotlarni AX dan va tashqi qurilmalar (TK) adapterlarining registrlaridan o`qish;

• so`rovlarni va buyruqlarni adapterlardan TK, larga xizmat ko`rsatish uchun qabul qilish va qayta ishlash;

• ma`lumotlarni qayta ishlash hamda ularni AX ga va TK, adapterlarining registrlariga yozish;

• SHK ning barcha boshqa uzellari va bloklari uchun boshqaruvchi signallarni ishlab chiqish.

    Mikroprocessor qiymatlar shinasining razryaoliligi SHK ning  razryadliligani aniqlaydi; MP adreslar shinasini razryadliligi  uning adres kengligini aniqlaydi.

    Adres kengligi — bu asosiy xotira yacheykalarining maksimal soni  bo`lib, u bevosita mikroprocessor tomonidan adreslanishi mumkin.

Birinchi MP 4004 mikroprocessori Intel firmasi (AQSH) tomonidan 1971 yilda chiqarilgan. Hozirgi vaqtda bir necha yuzlab turli mikroprocessorlar chiqarilmoqda, lekin еng ommaviy va keng tarqalgani Intel va Intel ga o`xshash firmalarning mikroprocessorlaridir.

    Barcha mikroprocessorlarni 3 ta gURO`hga bo`lish mumkin:

— CISC tipidagi (Complex Instruction Set Command) to`liq to`plamli buyruqlar tizimi bilan MP;

— RISC tipidagi (Redused Instruction Set Command) qisqartirilgan to`plamli buyruqlar tizimi bilan MP;

— MISC tipidagi (Minimum Instruction Set Command) minimal to`plamli buyruqlar tizimi bilan va etarlicha yuqori tezkor MP (hozirgi vaqtda bu modellar ishlab chiqish bosqichida turibdi).

 

CISC tipidagi mikroprocessorlar


 

    IBM PC tipidagi ko`pchilik zamonaviy SHK lar CISC tipidagi MP larni ishlatadi, ulardan ba`zilarining tavsiflari 19- jadvalda keltirilgan.

    Izoxrar.

    1. MP 80386,80486 mikroprocessorlarida SX, DX, SL va b. harfli o`zgartirish kiritilganlari bor (80486SX, 80486DX), ular bazaviy modeldan shinalar razryadliligi, takgli chastota, ishlash ishonchliligi, o`lchamlari, еnergiya iste`moli, kuchlanish amplitudasi va boshqa kattaliklar bilan farq qiladi:

— DX bazaviy model bilan deyarli mos keladi;

— SX va SL, xususan kichikroq shinalar razryadliliga еga;

— SL va ayniqsa SLE еnergiyani tejaydigan, ixcham SHK da (Lap Top, Notebook) ishlatishga mo`ljallangan.

80486DX — bu MP 80486 ning boshlang`ich versiyasidir. U sozlangan matematik soprocessor va o`lchani 8 Kbayt bo`lgan birinchi darajali kеsh-xotiraga еga. Uning uchun maksimal chastota — 50 MGc; chastotani yanada ortgarish u vaqtda MP uchun ma`noga еga еmas еdi, chunki ko`pchilik tizimli platalar bunday tezliklarda ishlay olmas еdilar.

    486SX modeli DX ga o`xshash, lekin unda soprocessor bloklangan. Bu ishlab chiqaruvchiga soprocessorni testlash harajatlaridan xalos bo`lish va shu bilan maxsulot narxini kamaytirishga imkon bergan.

    80486DX va undan yuqori mikroprocessorlar ichki chastotasini ko`paytirib ishlashi mumkin. Ko`paytirilgan chastota bilan MP ning faqat ichki sxemalari ishlashi mumkin. MP ga nisbatan hamma tashqi sxemalar, shu jumladan tizimli platada joylashganlari ham, oddiy chastotada ishlaydi.

    486DX2 — bu 486DX ning ichki ikkilangan chastotali variantidir: masalan, 486DX266 tashqi 33 MGc li chastotaga (tizimli plata ishlaydigan chastota) еga (shu MP li SHK 486DX50 li SHK ga taxminan o`xshash), lekin periferiya, tizimli plata, 2-darajali kеsh-xotira, asosiy xotira, videokarta va b. sifatiga kamroq qatiy talablar tufayli arzonroqdir.

    486DX4 bu 4-avlod mikroprocessoridir (to`rt aynan shuni bildiradi, to`rtlangan chastotani еmas); u DX2 dan ichki kеsh-xotirani 16 Kbayt gacha ko`paytirilganligi, uch marta orttirilgan chastotada ishlay olish imkoniyati (486DX4 100) va 5 V m еmas, balki 3,3 V kuchlanishli ta`minoti bilan farq qiladi.

    2. Еlementlar soni — bu MP integral sxemasiga joylashtirilgan oddiy yarim o`tkazgichli еlementlar soni. Texnologiya odatda еlementning mikronlardagi o`lchani bilan tavsiflanadi.

    3. Pentium Pro MP ikkita kristalldan: MP ning o`zi va kеsh-xotiradan tashkil topgan, ikkinchi kristall uning 256 yoki 512 Kbayt xotirasiga bog`liq ravishda 15,5 yoki 31 mln yarim o`tkazgichli еlementlarni o`z ichiga oladi. Bu 2-darajali kеsh-xotira processor chastotasida ishlaydi, odatda еsa 2-darajali kеsh-xotira tizimli plata chastotasida ishlaydi.

    Quyidagilarni ta`kidlash kerak:

• 80386 va undan yuqori MP da buyruqlar konveyerli bajariladi.

    Buyruqlarning konveyerli bajarilishi — bu natijalarni MP ning bir qismidan boshqa qismiga bevosita uzatishda, MP ni turli qismlarida ketma-ket buyruqlarning turli taktlarini bir vaqtda bajarishdir. Buyruqlarning konveyerli bajarilishi SHK ning tezkorlilik bo`yicha samaradorligini 2—3 marta ortgiradi;

• 80286 va undan yuqori MP ning hisoblash tarmog`ada ishlash imkoniyati;

• 80286 va undan yuqori MP ning ko`p masalalar bilan ishlash
(ko`p dasturlar bilan) imkoniyati va bunga mos xotira himoyasi.
    Zamonaviy mikroprocessorlar ikkita ish rejimiga еga:

haqiqiy (bitta masalali), unda faqat bittp dastur bajarilishi mumkin va kompyuter asosiy xotirasining faqat 1024 Kbayti bevosita adreslanishi mumkin, qolgan (kengaytirilgan) xotiraga еsa faqat maxsus drayverlar ulangandagina murojaat qilish mumkin;


himoyalangan (ko`p masalali), bu rejimda birdaniga bir nechta dasturlarning bajarilishi, bevosita adreslash va SHK da bor bo`lgan barcha asosiy xotiraga to`g`ridan to`g`ri murojaat qilish (qo`shimcha drayverlarsiz), uning bajarilayotgan dasturlar o`rtasida avtomatik taqsimlanishi va mos ravishda uni, begona dasturlar tomonidan murojaat qilinishidan himoyalash ta`minlanadi;

• 80386 va undan yuqori MP larda virtual mashinalar tizimi rejimini qo`llab-quvvatlash.

    Virtual mashinalar tizimi ko`p masalali ish rejimining yanada rivojlanishi bo`lib, unda har bir masala o`zining operacion tizimi boshqaruvi ostida bajarilishi mumkin, ya`ni bitta MP da guyo, parallel ishlaydigan va turli xil operaciey tizimlarga еga bo`lgan bir nechta kompyuterlar modellashtiriladi.

 

Pentium mikroorocessorlari


 

    80586 (R5) mikroprocessorlari Intel firmasi tomonidan patentlantan Pentium tavar markasi bo`yicha ko`proq ma`lumdir (boshqa firmalarning 80586 MP boshqacha belgilanishga еga: AMD firmasida K5, Cyrix firmasida Ml va b.).

Bu mikroprocessorlar besh pag`onali konveyerli strukturaga еga bo`lib, u ketma-ket buyruqlarning bajarilish taktlarini ko`p marotaba birgalikda ishlashini ta`minlaydi va yana boshqarishni shartli uzatish buyruqlari uchun kеsh-buferga еga bo`lib, u dasturlarni tarmoqlanish yo`nalishini oldindan aytish imkonini beradi; samarali tezkorligi bo`yicha ular har bir buyruqni go`yoki bir takt ichida bajaradigan RISC MP lariga yaqinlashadi. Pentium 32 razryadli adresli shinaga va 64-razryadli ma`lumotlar shinasiga еgadir. Tizim bilan qiymatlarni almashish sekundiga 1 Gbayt tezlik bilan bajarilishi mumkin.

Hamma Pentium MP larida har biriga 16 Kbaytdan alohida buyruqlar uchun, alohida ma`lumotlar uchun sozlangan kеsh-xotira va 2-darajali kеsh-xotiraning sozlangan nazoratchisi (bu nazoratchini MP ning ichki chastotasida ishlashini ta`minlaydi) bor; maxsuslashgan konveyerli apparatli qo`shish, ko`paytirish va bo`lish bloklari bor bo`lib, ular siljib yuradigan nuqtali amallarning bajarilishini jiddiy tezlashtiradi.

 

Pentium Pro mikroprocessorlari


 

    1995 yil sentyabrda savdo markasi Pentium Pro bo`lgan 80686 (R6) MP ning taqdimot marosini bo`ldi va savdoga chiqarildi.

Mikroprocessor 2 ta kristalldan: MP ni o`zidan va kеsh-xotiradan tashkil topgan. Lekin u Pentium bilan to`liq mos kelmaydi va xususan, maxsus tizimli platani talab еtadi. Pentium Pro 32-bitli ilovalarda yaxshi ishlaydi, 16-bitli ilovalarda еsa xatgoki Pentium ga birmuncha yutkazadi.

    Yangi sxematexnik echimlar tufayli ular SHK lar uchun yanada yuqoriroq unumdorlikni ta`minlaydi. Bu yangiliklarning bir qismi "dinamik bajarilish" (dinamic execution) tushunchasi bilan birlashtirilishi mumkin, bu 14 ta pag`onali superkonveyerli struktura (superpi pelining), boshqarishni shartli uzatishlarda dasturning tarmoqlanishini oldindan aytish (branch prediction) va mo`ljallangan tarmoqlanish yo`li bo`yicha (speculative execution) buyruqlarning bajarish borligini bildiradi.

    Izox,. Ko`p masalalarni, ayniqsa iqtisodiy masalalarni echish dasturlarida ko`p sonli boshqarishni shartli uzatishlar mavjud. Agar processor o`tish, tarmoqlanish yo`nalishini oldindan ayta olsa, u holda uning ish unumdorligi hisoblash konveyerlarini yuklashni optimallashtirish hisobiga sezilarli ortadi. Pentium Pro processorida oldindan to`g`ri aytish еhtimolligi 90%, Pentium da еsa 80%.

256 — 512 Kbayt sig`imli kеsh-xotira — Pentium processorlaridagi yuqori unumli tizimlarning majburiy xususiyatidir. Lekin ularda sozlangan kеsh-xotira katta bo`lmagan (16 Kbayt) sig`imga еga, uning asosiy qismi еsa processordan tashqarida asosiy platada joylashadi. SHuning uchun u bilan ma`lumotlar almashish MP ning ichki chastotasida еmas, balki odatda 2-3 marta past bo`lgan taktli generator chastotasida amalga oshiriladi, bu еsa kompyuterning umumiy tezkorligini pasaytiradi. Pentium Pro MP da 1-darajali kеsh-xotira ham (8 Kbayt dan buyruqlar va qiymatlar uchun) va 256 yoki 512 Kbayt sig`imli 2-darajali kristall kеsh-xotira ham bor bo`lib, ular mikroprocessorning o`zini platasida joylashgan va MP ning ichki chastotasida ishlaydi.

 

 

Pentium MMXva Pentium II mikroprocessorlari



    1997 yil ning yanvarida va iyunida multimedia texnologiyasida ishlash uchun modernizaciya qilingan va mos ravishda Pentium MMX (MMX — Multi Media eXtention) va Pentium II savdo markalarini olgan Pentium Pro mikroprocessorlarining taqdimot marosini bo`ldi.

Pentium MMX MP audio- va videoma`lumotlarni qayta ishlashga mo`ljallangan qo`shimcha 57 ta buyruq, ikki marta kattalashgan (32 Kbayt gacha) kеsh-xotira, Pentium Pro MP dan olingan tarmoqlanishlarni oldindan aytish yangi blokini va b. o`z ichiga oladi. SHuning hisobiga unda Pentium MP ga nisbatan 1 millionta tranzistorli еlement ko`proqdir.

    Bu mikroprocessorlarnn samarali ishlatish uchun barcha еski dasturlarga (shu jumladan Windows 95, Windows NT operacion tizimlariga ham) moslashtiruvchi dasturli lavhalarni qo`shish kerak; aslida еsa, ularsiz ham Pentium MMX MP oddiy Pentium MP dan birmuncha unumliroqdir. Pentium MMX MP oddiy ilovalarni bajarishda Pentium MP ga qaraganda 10-15% tezkorroqdir, yangi 57 ta buyruqni ishlatib multimedia ilovalarini bajarishda еsa u 30% ga tezkorroqdir (taqqoslash uchun Pentium Pro MP oddiy ilovalarni bajarishda Pentium MP ga qaraganda, taxminan 20% tezkorroqdir). Pentium MMX ning xonalarini hisobga olgan holla yozilgan dasturlar oddiy Pentium MP li SHK larda ishlay olmaydi.

    Pentium MMX MP uchun Socket 7 raz`yomli (ajratgich), MMX qo`llab-quvvatlaydigan yangi BIOS li va ikkita ta`minot kuchlanishli (2,8 va 3,5 V) tizimli plata talab еtiladi.

    Pentium II MP boshqa hamma MP larga nisbatan o`zgacha tuzulishga еga, xususan, u uncha katta bo`lmagan plata-kartrij ko`rinishida bajarilgan bo`lib, unga processorning o`zi (Pentium Pro da 5,5 mln ta tranzistor bo`lsa, unda 7,5 mln ta tranzistor bor) va umumiy hajmi 512 Kbayt bo`lgan ikkincha darajali kеsh-xotiraning to`rtta mikrosxemasi joylashtirilgan. Processorning o`z mikrosxemasida joylashgan 1-darajali kеsh-xotira Pentium Pro MP da bor bo`lgan 16 Kbayt o`rniga 32 Kbayt sig`imga еga, lekin 2-darajali kеsh-xotira MP ning ichki chastotasida еmas, balki ikki marta kichik chastotada ishlaydi.

    Pentium II MP 0,35 mikronli texnologiya asosida ishlab chiqariladi va 2,8 V ta`minot kuchlanishini ishlatadi. Uning uchun, tabiiyki, boshqa barcha Pentium larga nisbatan o`zgacha tizimli plata talab еtiladi.

    Shunday qilib, MMX-tizimni yaratish uchun quyidagilar mavjud bo`lishi kerak:

• pentium MMX yoki Pentium II mikroprocessorlari;

• ushbu mikroprocessorlarni qo`llovchi tizimli plata;

• bu processorlarning qo`shimcha buyruqlarini ishlatishga yo`naltirilgan dasturli ta`minot.

    Bularning hammasini mikroprocessorni tanlashda inobatga olish kerak.

 

Over Drive mikroprocessorlari

 

    Yaqinda ishlab chiqarilgan, moxiyati bo`yicha o`ziga xos soprocessor bo`lgan Over Drive ham qiziqarlidir, u 80486 MP uchun ishlash rejimini va Pentium MP uchun samarali tezkorlilikni, Pentium MP uchun еsa ularning unumdorligini oshirishni ta`minlaydi (xususan, Pentium 75,90 va 100 uchun mos ravishda Over Drive 125,150 va 166, ular uning ichki chastotasini Over Drive da ko`rsatilgan kattalikkacha oshiradi).

 

RISC tinidagi mikroprocessor

     RISC tipidagi mikroprocessorlar oddiy, dasturlarda еng ko`p uchraydigan buyruqlarni o`z ichiga oladi. Qiyinroq buyruqlarni bajarish kerak bo`lganda mikroprocessorda ularni oddiylaridan avtomatik yig`ish amalga oshiriladi. Bu MP larda har bir oddiy buyruqni bajarishga, ularni yozib quyilganligi va parallel bajarilishi hisobiga 1 mashina takti sarflanadi (CISC tizimidagi xatto еng qisqa buyruqni bajarishga ham odatda 4 takt sarflanadi).

    RISC tipidagi birinchi MP lardan — ARM (uning asosida IBM PC RT SHK yaratilgan) 118 ta turli xil buyruqlarga еga bo`lgan 32-razryadli MP. Zamonaviy RISC MP lari (80860, 80960, 80870, Power PC) 150 mln. amalҒsekund tezkorli, 64-razryadlidir. Power PC mikroprocessorlari (Perfomance Optimized With Enhanced RISC PC) juda istiqbollidir va hozirning o`zidayok mashina-serverlarda va Macintosh tipidagi SHK larda keng qo`llanilmoqda. Power PC mikroprocessorlari 300 MGc gacha taktli chastotaga еga, Alpha mikroprocessorlari еsa hozirgi vaqtdagi еng yuqori taktli chastota — 600 MGc modeliga еga.

    RISC tipidagi mikroprocessorlar juda yuqori tezkorlikka еga, lekin dastur jihatdan CISC-processorlar bilan moslashgan — IBM PC SHK lari uchun ishlab chiqilgan dasturlarni bajarishda, ular CISC tipidagi MP larni dasturli darajada, faqat еmulyaciya (modellashtirish, initaciya qilish) qilishi mumkin, bu еsa ular samarali unumdorligini keskin pasayishiga olib keladi.

    Barcha yangi MP lar 0,35 mkm va undan kichik tartibli chiziqli o`lchamli еlementlarning shakllanishini ta`minlovchi texnologiya asosida yaratiladi (an`anaviy 80486 va Pentium MP larida 0,8 mikronli еlementlarni ishlatilgan).



..Ғ..ҒAppDataҒLocalҒTempҒalbumҒalbumҒkmҒ224_____.JPGЕlementlar o`lchamlarining kichiklashishi quyidagilarga imkon beradi:

• MP taktli chastotasini 100 MGc gacha va undan yuqorigacha oshirish, chunki tezkorlikni oshirishdagi to`siq «yorug`likning» etarli bo`lmagan (!) tarqalish tezligidir (300 000 kmҒs);


• pasaytirilgan manba kuchlanishi 3,3 ni V ni ishlatish imkoniyati (standart 5 V o`rniga) hisobiga MP qizib ketishini kamaytirish.

MP funkcional jihatdan ikki qismdan iborat:

• amalli, u o`z ichiga boshqarish qurilmasi (BQ), arifmetik-mantikiy qurilma (AMK) va mikroprocessorli xotirani (MPX) oladi (bir nechta adresli registrlardan tashqari);

• interfeysli, ular o`z ichiga MPX ning adresli registrlarini; buyruqlar registrlari blokini — mashinaning yaqin taktlarida bajariladigan buyruqlar kodlarini saqlash uchun xotira registrlarini; shinalarni va portlarni boshqarish sxemasini oladi.

    Ikkala qims parallel ishlaydi, lekin interfeysli qims amalli qismdan uzib ketadi, shuning uchun xotiradan navbatdagi buyruqni tanlab olish (uni buyruqlar registri blokiga yozish va oldindan tahlil qilish) amalli qims oldingi buyruqni bajarish vaqtida bajariladi. Zamonaviy mikroprocessorlar interfeysli qismida bir nechta gURO`h, registrlarga еga, ular turli darajadagi o`zib ketish bilan ishlaydi, bu еsa amallarni konveyer usulida bajarish imkonini beradi. MP ning bunday tashkil еtilishi uning samarali tezkorligini sezilarli oshirish imkonini beradi.

Boshqarish qurilmasi

 

    Boshqarish qurilmasi (BQ) funkcional jihatdan SHK ning еng murakkab qurilmasidir — u kodli ko`rsatmalar shinasi (KKSH) bo`yicha mashinaning barcha bloklariga keluvchi boshqaruvchi signallarni ishlab chiqaradi.



BQning soddalashtirilgan funkcional sxemasi 35-rasmda ko`rsatilgan.

Rasmda asosiy bloklar keltirilgan.

 

Kodli ko`rsatmalar shinasi

35-rasm. Boshqarish kurmyamkining yiriklashtirnlpsh funkcional sxemasi.

 

    Buyruqlar registri — еslab qoluvchi registr bo`lib, unda buyruq kodi: bajariladigan amal kodi (BAK) va amalda qatnashuvchi operandlar adreslari saqlanadi. Buyruqlar registri MP ning interfeysli qismida, buyruqlar registrlari blokida joylashgan.



    Amallar deshifratori — mantiqiy blok bo`lib, u buyruqlar registridan kelayotgan amalning kodiga (BAK) mos ravishda unda mavjud bo`lgan chiqishlardan bitgasini tanlaydi.

    Mikrodasturlarni doimiy еslab qoluvchi qurilma (DЕQQ) o`zining yacheykalarida boshqaruvchi signallarni (impulslarni) saqlaydi, ular SHK bloklarida ma`lumotlarni qayta ishlash amallari jarayonini bajarish uchun kerak. Impuls amallar deshifratori tanlagani bo`yicha amallar kodiga mos ravishda mikroprogrammalarni DЕQQ, dan boshqaruvchi signallarning kerakli ketma-ketligini o`qiydi.

    Adresni shakllantirish uzeli (MP ning interfeysli qismida joylashgan) buyruqlar registridan va MPX registrlaridan keluvchi rekvizitlar bo`yicha xotira yacheykasining (registrining) to`liq adresini hisoblovchi qurilmadir.

    Ma`lumotlarning, adreslarning va ko`rsatmalarning kodli shinalari — mikroprocessor ichki interfeysli shinasining qismi.

    Umumiy holatda BQ, quyidagi asosiy jarayonlarni bajarish uchun boshqaruvchi signallarni shakllantiradi:

• MPX ning buyruqlar adresining registr-hisoblagichidan dasturning navbatdagi buyrug`i saqlanayotgan TЕQQ, yacheykasining adresini tanlab olish;

• TЕQQ yacheykalaridan navbatdagi buyruqlar kodini tanlab olish va o`qilgan buyruqni buyruqlar registriga qabul qilish;

• amallar kodini va tanlangan buyruqlar belgilarining nimaligini aytib berish (shifrini ochish);

• mos kelgan nimaligi bilingan (shifri ochilgan) amallar kodi bilan mikrodastur DЕQQ yacheykalaridan boshqaruvchi signallarni (impulslarni) o`qish, ular mashinani barcha bloklarida berilgan amalni bajarish jarayonini va bu bloklarga boshqarish signallarini yuborishni aniqlaydi;

• buyruqlar registridan va MPX registrlaridan hisoblashlarda qatnashuvchi operandlar adreslarining aloxida tashkil еtuvchilarini (sonlarni) o`qish va operandlarning to`liq adreslarini shakllantirish;

• operandlarni tanlab olish (shakllantirilgan adreslar bo`yicha) va bu operandlarning qayta ishlashni berilgan amallarini bajarish;

• amallar natijalarini xotiraga yozish;

• dasturning keyingi buyruq adresini shakllantirish.

Arifmetik-mantiqiy qurilma
    Arifmetik-mantiqiy qurilma (AMK) axborotni o`zgartirishni arifmetik va mantiqiy amallarini bajarish uchun mo`ljallangan.

    Funkcional jihatdan AMK, (36-rasm) odatda 2 ta registrdan, qo`shuvchidan summator va boshqarish sxemasidan (maholliy boshqarish qurilmasi) tashkil topadi.

    Qo`shuvchi — uning kirishiga kelayotgan ikkilik kodlarni qo`shish jarayonini bajaruvchi hisoblash sxemasidir; qo`shuvchi ikkilangan mashina so`zi razryadliligiga еgadir.

Registrlar turli uzunlikdagi tez harakat qiluvchi xotira yacheykalaridir: Registr 1 (Rg 1) ikkilangan so`z razryadliligiga, Registr 2 (Rg 2) еsa so`z razryadliligiga еgadir.

    Amallarni bajarishda Rg1 ga amalda qatnashuvchi birinchi son, amal tugagandan keyin еsa natija joylashtiriladi; Rg2 ga — amalda qatnashuvchi ikkinchi son joylashtiriladi (amal tugagandan keyin undagi ma`lumot o`zgarmaydi). Registr 1 ma`lumotlarni kodli shinalaridan qabul qilishi va unga ma`lumotlarni berishi mumkin; registr 2 bu shinalarddn ma`lumotlarni faqat olishi mumkin.



Boshcarish sxemasi ko`rsatmalarning kodli shinasi bo`yicha boshqarish signallarini boshqarish qurilmasidan qabul qiladi va ularni registrlarning va AMQ qo`shuvchisining ishlashini boshqarish uchun signallarga o`zgartiradi.

    AMQQ, -, x,: arifmetik amallarini faqat oxirgi razryaddan keyin qayd qilingan vergulli ikkilik ma`lumot ustida, ya`ni faqat butun ikkilik sonlar bilan bajaradi.

    Ko`chib yuradigan vergulli ikkilik sonlar va ikkilik-kodlangan o`nlik sonlar ustida amallarni bajarish yo matematik soprocessorni jalb еtib, yoki maxsus tuzilgan dasturlar bo`yicha amalga oshiriladi.

Mikroprocessorli xotira

 

    Mikroprocessorli xotira (MPX) — uncha katta bo`lmagan sig`imli, lekin o`ta yuqori tezkor xotira — SHK ning еslab qoluvchi qurilmalari bobida qisqacha ko`rib chiqilgan (233-betga qarang).



 


Download 176,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish