Oziq-ovqat mikrobiologiyasi fanidan III kurs talabalari uchun test savollari
1. Mikroorganizmlarni 1 chi bo‘lib kim aniqlagan? 2. Mikroskop qanday asbob hisoblanadi? 3. Viruslarni kashf etgan olimni aniqlang? 3. Virus zarrachasi qanday tuzilgan? 4. Viruslarning o‘ziga xos belgilari? 5. Viruslarning yuqish usullarini aniqlang? 6. Bakteriyalar qanday shakllarda bo‘ladi? 7. Bakteriya xujayrasi devorining funksiyalarini sanang? 8. Bakteriya xujayrasi sitoplazmasining kimyoviy tarkibi qanday? 9. Bakteriyalarda-sporaning ahamiyati qanday? 10. Bakteriyalarda kapsula qanday vazifani bajaradi? 11. Bakteriya xujayralarida xivchinlarning joylashish xillarini aniqlang? 12. Bakteriyalarning ko‘payishi qanday yo‘llar bilan boradi va ko‘payish deganda nimani tushunasiz? 13. Mikroorganizmga xos bo‘lgan umumiy belgilarni sanang? 14. Mikroorganizlarni klassifikatsiya qilishdagi eng muhim prinsiplarni sanang? 15. Bakteriya xujayrasining kimyoviy tarkibini aniqlang? 16. Bakteriyalar xujayrasiga oziq moddalarning o‘tish mexanizmi qanday? 17. Mikroorganizmlarning kislorodga bo‘lgan munosabatiga ko‘ra qanday guruxlarga bo‘linadi? 18. Bakteriya xujayrasiga ta’sir ko‘rsatuvchi fizikaviy omillarni sanang? 19. Bakteriya xujayrasiga kimyoviy omillarning ta’siri qanday ko‘rinishda bo‘ladi? 20. Bakteriya xujayrasiga biologik omillarning ta’siri qanday ko‘rinishda bo‘ladi? 21. Mikroorganizmlarning haroratga bog‘liq o‘sishida nechta gurux kuzatiladi? 22. Yuqori haroratdan mikrobiologiya amaliyotida foydalanish qanday jarayonga olib keladi? 23. Galofil mikroorganizmlar deganda nimani tushunasiz? 24. Mikroorganizmlarga yorug‘lik qanday ta’sir ko‘rsatadi? 25. Antibiotiklar qaysi manbalardan olinadi? 26. Mikroorganizmlarda irsiyat nimaga bog‘liq bo‘ladi? 27. Mikroorganizmlarni mutatsiyaga uchratuvchi omillarni sanang? 28. Bakteriyalardagi transformatsiya xodisasini ta’riflang? 29. Mikrobiologiyada konyugatsiya xodisasi deb nimaga aytiladi? 30. Tuproqda qaysi guruxlarga kiruvchi mikroorganizmlar tarqalgan? 31. Mikroorganizmlar uchun havodagi salbiy omillarni ayting? 32. Mikroorganizmlar uchun suvdagi qulay imkoniyatlarni sanang? 33. Vodoprovod suvini mikrobiologik tahlil qiling? 34. Patogen mikroorganizmlar deb nimaga aytiladi? 35. Muhit Rn ning mikrorganizmlarga ta’siri qanday kuzatiladi? 36. Termofil mikroorganizmlar deyilganda nimani tushunasiz? 37. Mezofil mikroorganizmlarning ta’rifini ayting? 38. Suvda keng tarqalgan kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlarni aniqlang? 39. Mikroorganizmlarning tibbiyotdagi ahamiyatini sanang? 40. Kasallik tarqatuvchi mikroblarning odamga yuqish yo‘llarini aniqlang? 41. Biologik mikroskopning tuzilishini ayting? 42. Sharsimon bakteriyalarga misollar keltiring? 43. Tayoqchasimon bakteriyalar bir biridan morfologik belgilari bilan qanday farq qiladi? 44. Bakteriyalarning harakatlanish tezligi nimalarga bog‘liq bo‘ladi? 45. Mikroorganizmlar o‘zgaruvchanligini belgilovchi omillar qaysi manbalardir? 46. Havo tarkibida mikroorganizmlarning miqdorini belgilovchi omillarni toping? 47. Turli xil sut maxsulotlari tayyorlashda ishtirok etadigan mikroorganizmlarni aniqlang? 48. Mikroorganizmlar yer yuzining qaysi joylarida uchraydi? 49. Bakteriya xujayrasi devorining funksiyalarini sanang? 50. Mikrobiologiya fanining rivojlanishidagi "Morfologik davr" nimasi bilan xarakterlanadi? 51. Viruslarni kim qachon va qay holatda aniqladi? 52. Mikrobiologiyaning rivojlanish davridagi "fiziologik davr" nimasi bilan harakterlanadi? 53. Qanday mikroskoplarni bilasiz? 54. Mikroorganizmlarning sog‘liqni saqlashdagi roli nimalardan iborat? 55. Mikroorganizmlar uchun tabiiy oziq muhiti nimalardan iborat? 56. Bakteriya xujayrasi tuzilishini aniqlang? 57. Bakteriya va virus o‘rtasida qanday o‘xshashlik tomonlari bor? 58. Mikroorganizmlarni klassifikatsiya qilishda qo‘llaniladigan asosiy kategoriyalarni sanang? 59). Shtamm nima? 60) Klon nima? 61. Mikrobiologiyada tur tushunchasiga ta’rif bering? 62. Eukariot mikroorganizmlarni sanang? 63. Mikrobiologiya fani nimani o‘rgatadi? 64. Bakteriyalar hayotida sporaning ahamiyati nimada? 65. Mikrobiologiyada o‘sish tushunchasini ta’riflang?