AndMI, SIChTE kafedrasi, “Sifat menejmenti” fanidan ma’ruzalar kursi/
“Menejment” yo`nalishi 2-kurs 4-semestr/ 2022 yil.
Tayyorladi: Mirzayev Sarvarbek A.
28
12-MAVZU. SERTIFIKATSIYALASH ASOSLARI.
REJA:
12.1. Sertifikatlash – mahsulot sifatiga kafolat berish formasi sifatida.
12.2. Sertifikatlashning maqsadi va vazifalari. Sertifikatlash qoidalari.
12.3. Muvofiqlik haqida ariza. Muvofiqlik attestatsiyasi. Muvofiqlik sertifikatsiyasi.
Muvofiqlik sertifikati. Muvofiqlik belgisi. Uchinchi tomon orqali sertifikatsiyalash.
O`z-o`zini sertifikatsiyalash.
12.1. Sertifikatlash – mahsulot sifatiga kafolat berish formasi sifatida.
1970-1980 yillarga kelib ko`p davlatlarning olimlari va mutaxassislari faqat tayyor
mahsulot sifatini tekshirish yo`li bilan sifatga
kafolat
berib bo`lmaydi degan xulosaga
keldilar.
Iste’molchilarning huquqlarini davlat tomonidan himoya qilish to`g’risidagi qonun
1996- yil 26- aprelda qabul qilingan bo`lib, O`zR 05.04.2002 y. 364-II-son qonuni,
O`zR 25.04.2003 y. 482-II-son qonunida mazkur Qonunga quyidagilarga muvofiq bir
qator o`zgartirishlar kiritilgan, qonunning 11-moddasi ―Ishlab chiqaruvchi
(ijrochi)ning kafillik majburiyatlari bo`lib, uzoq muddat foydalaniladigan barcha turdagi
tovarlar va xizmatlarga ishlab chiqaruvchi (ijrochi)
kafolat muddati
belgilashi lozim.
Kafolat muddati
tovar iste’molchiga sotilgan yoki xizmat ko`rsatilgan kundan boshlab
hisoblanadi. Agar tovar sotilgan kunni aniqlashning imkoni bo`lmasa, bu muddat tovar
ishlab chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Kafolat muddati
- tovardan (xizmatdan) foydalanishning (oylar hisobidagi)
normativ muddati yoki tovar (xizmat)ning muayyan vazifani (necha soatda, nechta ish
jarayonida, qancha kilometr masofani bosib o`tib va h.k) bajarish vaqti tarzida
belgilangan muddati bo`lib, bu muddat ichida ishlab chiqaruvchi (ijrochi), basharti
tovarni ishlatish (xizmatdan foydalanish) qoidalariga rioya etilgan bo`lsa, tovarning
(xizmatning) sifatiga nisbatan normativ hujjatlarda nazarda tutilgan talablar bajarilishini
kafolatlaydi va ta’minlaydi.
Ishlab chiqaruvchi (ijrochi) kafolat muddati mobaynida tovar (xizmat)ning, shu
jumladan butlovchi buyumlarning normal ishlashini (qo`llanilishini, ulardan
foydalanilishini) ta’minlashi shart.
Butlovchi buyumlarning kafolat muddati, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida
belgilanmagan bo`lsa, asosiy buyumning kafolat muddatidan kam bo`lmasligi lozim.
Kafolat muddati tovar (xizmat)ning pasportida yoki tovarni sotish yoxud xizmat
ko`rsatish paytida tovar bilan birgalikda iste’molchiga beriladigan boshqa hujjatda
ko`rsatiladi.
Ishlab chiqaruvchi tovardan kafolat muddati va xizmat muddati mobaynida
foydalanish imkoniyatini ta’minlashi, tovarning ta’mirlanishini va unga texnik xizmat
ko`rsatilishini tashkil etishi, tovarni ishlab chiqarish muddati mobaynida hamda u ishlab
chiqarishdan olib tashlanganidan keyin tovarning xizmat muddati mobaynida, bunday
muddat bo`lmagan taqdirda esa, tovar ishlab chiqarishdan olib tashlangan paytdan
AndMI, SIChTE kafedrasi, “Sifat menejmenti” fanidan ma’ruzalar kursi/
“Menejment” yo`nalishi 2-kurs 4-semestr/ 2022 yil.
Tayyorladi: Mirzayev Sarvarbek A.
29
e’tiboran o`n yil mobaynida etarli hajmda va turda ehtiyot qismlari ishlab chiqarishi
hamda savdo va ta’mirlash tashkilotlariga yetkazib berishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |