Microsoft Word 6-Amaliy ish. Frezalash dastgohlarida kesuvchi asboblarni o'rnatish uchun moslamalar



Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana31.12.2021
Hajmi0,49 Mb.
#204569
  1   2
Bog'liq
6-Amaliy ish



6-AMALIY MASHG‘ULOT 

FREZALASH DASTGOHLARIDA KESUVCHI ASBOBLARNI 

O'RNATISH UCHUN MOSLAMALAR 

ISHDAN MAQSAD: 

kesuvchi asboblarni o'rnatish uchun moslamalarning turlari bilan tanishish. 



NAZARIY MA’LUMOTLAR 

Frezalash  dastgohlarida  turli  konstruksiyadagi  kesuvchi  asboblarni  dastgoh 

shpindeliga o’rnatish uchun parmalash va frezalash patronlari, o’tuvchi vtulkalar va 

opravkalardan foydalaniladi.  

Dum  qismi  konussimon  shakldagi  kesuvchi  asbobni  o’rnatish  uchun  keng 

qo’llaniladigan moslama – bu o’tuvchi vtulkadir (1-rasm). Bunday moslama asosan 

kichik  raqamli  Morze  konusiga  ega  kesuvchi  asbobni  dastgoh  shpindelining  katta 

raqamli Morze konusiga moslashtirish uchun qo’llaniladi. 

   

 

1-rasm. O’tuvchi  vtulkaning konstruksiyasi 



Dum qismi silindrik shakldagi kesuvchi asbobni o’rnatish uchun Weldon tipli 

patrondan  foydalaniladi  (2-rasm).  Bunday  moslamaga  kesuvchi  asbob  tashqi 

silindrik  sirti  bo’yicha  o’rnatiladi  va  undagi  yassilik  (лыска)  bo’yicha  vint 

yordamida mahkamlanadi. 




 

 

 



2-rasm. Weldon tipli patronning konstruksiyasi 

Toresli  frezalarni  o’rnatish  uchun  kalta  (konsol)  opravkalar  qo’llaniladi  (3-

rasm). Bunday moslamaga kesuvchi asbob ichki silindrik sirti bo’yicha o’rnatiladi 

va opravka toresidagi rezbali teshikka maxsus vint yordamida mahkamlanadi. 

 

 

 



3-rasm. Toresli freza uchun kalta (konsol) opravkaning konstruksiyasi 

Parmalash  ishlarida  dum  qismi  silindrik  shaklga  ega  parmalarni  o’rnatish 

uchun uch mushtchali parmalash patronlari qo’llaniladi (4-rasm). Bunday universal 

moslamaga parma tashqi silindrik sirti bo’yicha o’rnatiladi va mahkamlanadi. Ular 

3-16 mm yoki 1-13 mm o’lchamlar diapazoni uchun ishlab chiqariladi.  

  

4-rasm. Uch mushtchali parmalash patronining konstruksiyasi 

Termopatronlar silindrik dum qismiga ega kesuvchi asboblarni yuqori bikrlik 

bilan  o’rnatish  uchun  qo’llaniladi  (5-rasm).  Bunday  maxsus  moslamaga  kesuvchi 

asbob  tashqi  silindrik  sirti  bo’yicha  o’rnatiladi  va  mahkamlanadi.  O’rnatish 



patronning  ishchi  teshigini  qizdirish  bilan  va mahkamlash  uni  qayta sovutish  bilan 

amalga oshiriladi.  

 

 

 



5-rasm. Termopatronning konstruksiyasi 

Sangali  patronlar  silindrik  dum  qismiga  ega  kesuvchi  asboblarni  o’rnatish 

uchun qo’llaniladi. Bunday moslamaga kesuvchi asbob tashqi silindrik sirti bo’yicha 

o’rnatiladi va mahkamlanadi. Sangali patronlar ikki turda ishlab chiqariladi: tashqi 

sirti silindrik sangali patronlar va tashqi sirti konussimon sangali patronlar (6-rasm). 

  

 



6-rasm. Tashqi sirti silindrik va tashqi sirti konussimon sangalar konstruksiyalari 

Konussimon sangali patronlarga ER, OZ  va SK tipidagi patronlar kiradi  (7-

rasm).  Bunday  patronlarning  ichki  konussimon  sirti  bo’ylab  kesiklarga  ega  sanga 

siljitiladi,  buning  hisobiga  sanga  siqiladi  va  ichki  silindrik  sirti  bo’yicha  kesuvchi 

asbobni o’rnatadi.  

 

 



  


  

 

7-rasm. Konussimon sangali patron konstruksiyasi 

Silindrik  sangali  patronlarga  kuchli  frezalash  patronlari  va  gidroplastli 

patronlar kiradi (8-rasm).  

  

 


Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish