JOURNAL OF ADVANCED
RESEARCH AND STABILITY (JARS)
JOURNAL OF ADVANCED
RESEARCH AND STABILITY (JARS)
Volume: 01 Issue:
ISSN: 2181
Tohir Malikning “ Odamiylik Mulki ” Asarida
Navoiy Lirikasining Tutgan O‘Rni
Iskandarova Dinora Xudargan qizi
Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti:
ta’lim yo‘nalishi talabasi.
Annotatsiya:
Maqolada Tohir Malikning “Odamiylik mulki” deb nomlangan nasriy
asarida so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiyning lirikasidan parchalar
keltirilishi, lirik parchalarning nasriy asar mazmunini to‘ldirishi
qatorda mohiyatini ochib berishi, XV asr nazmi va XXI asr nasrining
o‘zaro mushtarakligi atroflicha yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar:
Lirika, nasr, nazm, bayt, ruboiy,proza
Volume: 01 Issue: 05 | 2021
2181-2608
404
ng “ Odamiylik Mulki ” Asarida Alisher
Navoiy Lirikasining Tutgan O‘Rni
Iskandarova Dinora Xudargan qizi
ersiteti Filologiya fakulteti: o‘zbek tili
Maqolada Tohir Malikning “Odamiylik mulki” deb nomlangan nasriy
asarida so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiyning lirikasidan parchalar
keltirilishi, lirik parchalarning nasriy asar mazmunini to‘ldirishi bilan bir
qatorda mohiyatini ochib berishi, XV asr nazmi va XXI asr nasrining
o‘zaro mushtarakligi atroflicha yoritib berilgan.
JOURNAL OF ADVANCED
RESEARCH AND STABILITY (JARS)
Volume: 01 Issue: 05 | 2021
ISSN: 2181-2608
405
Mustaqillik davri nasrining o‘tkir qalam sohibi bo‘lmish Tohir Malik “Odamiylik mulki ” asarida bir
qancha o‘rinlarda XV asr nazmining yetuk shoiri Alisher Navoiyning lirikasidan parchalar keltirib
o‘tgan. “ Odamiylik mulki” asarining mashhur bobi sanalmish “Vafo guli” bobiga ham Mir Alisher
Navoiyning mashhur baytlari epigraf qilib olingan:
Odamiy bo‘lsa vafo andin yiroq,
It vafo bobida andin yaxshiroq.
1
Adib bu o‘rinda butun bir bobning mohiyatini bir nuqtaga jamlab berishda, Alisher Navoiy baytidan
unumli foydalangan. Bobni endi o‘qishga tutingan kitobxon bir bayt she’rdan asarda nima haqida so‘z
borishini anglab olishi bilan birgalikda qiziqishni orttirishga xizmat qiladi.
Adib “Vafo guli” bobida vafo tushunchasiga shunday ta’rif beradi:
“
Vafo –
kishining o‘z na’viga , xususan yaqinlariga mardona munosabatda bo‘lishidir. Vafoni biz
ko‘proq er va xotin orasidagi ishqiy munosabatga nisbatan qo‘llashga o‘rganib qolganmiz. Holbuki, bu
atamaning qamrovi kengroqdir.Vafo qaysi munosabatda bo‘lmasin, ahdda, va’dada turish demak.”
2
Shu o‘rinda Hazrat Navoiydan yana bir bayt keltirib o‘tilgan:
Bu dahr ajuzeki, vafosi yo‘q aning,
Bir fohishaedukdurki, hayosi yo‘q aning.
Mazkur baytda “vafo” so‘zi “makkora zamonaning vafosi yo‘q” degan ma’noda qo‘llanilgan. Odamda
abadiy hech narsa bo‘lmagani uchun mumtoz adabiyotda dunyoga, xususan inson hayotiga “vafosiz”
deb sifat beradilar.Holbuki,dunyoni yaratgan Xoliq abadiylikni va’da qilmagan, aksincha, bu
dunyoning o‘tkinchiligini qayta-qayta ta’kidlagan.Shu nuqtai nazardan dunyoni bevafolikda ayblash
g‘alati bo‘ladi.
Bu o‘rinda ham adib Hazrat Navoiy hikmatlaridan unumli foydalanadilar. Dunyoning vafosiz va
o‘tkinchi ekanligini ta’riflashda bitta bayt keltiradilar.Bu bilan adib “bitta o‘q bilan ikkita quyonni
uradilar” desak xato bo‘lmaydi, nazdimizda. Birinchidan adib o‘zining asari zamirida o‘quvchini ikki
ijod mahsuli bilan tanishtirsa, ikkinchidan adib nasrdagi fikrini nazmda qisqa, lo‘nda tarzda, badiiy
talqinda kitobxonga yetkazib beradi.
“Odam – dunyolarga teng sharaf egasidir. It esa jirkanch mahluqdir. Ammo yaxshilikni bilmaydigan
bevafo odam – yaxshilikni unutmaydigan , vafodor itdan pastdur. Vador qo‘tir it – vafosiz go‘zal
yigitdan yaxshiroqdir ”.
3
Bevafo haqshunos eldin yirog‘lig‘ istakim,
Kelmadi hargiz alardin g‘ayri bedodu jafo.
1
T.Malik “ Odamiylik mulki”. “ Sano-standart” nashriyoti. T:. 2018.549.
2
T.Malik “ Odamiylik mulki”. “ Sano-standart” nashriyoti. T:. 2018. 649-b.
3
O‘sha manba .659-b.
JOURNAL OF ADVANCED
RESEARCH AND STABILITY (JARS)
Volume: 01 Issue: 05 | 2021
ISSN: 2181-2608
406
Itga itlik aylamak jonu ko‘ngul birla bo‘lur,
Haqshunos o‘lsa u bo‘lsa anda oyini vafo.
Alisher Navoiy hazratlari demoqchilarki , yaxshiligingga vafo ila javob qaytarmaydigan odamdan
yiroq bo‘lishga intil. Chunki ulardan hech qachon jabr-u jafodan boshqa narsa kelmaydi. Itga jon-u
ko‘ngil bilan bog‘lanish mumkin, agar yaxshilikni biluvchi vafodor bo‘lsa.
Bu o‘rinda ham adib Alisher Navoiy hikmatlaridan ayni o‘rinda fikrini to‘ldirish uchun foydalanib
o‘tgan.
Zohid, senga huru menga janona kerak,
Jannat senga bo‘lsin, menga mayxona kerak.
4
Mazkur baytda shoirlar sultoni demoqchilarki:”Ey zohid, sening bu dunyodan , xususan ahli
ayolingdan kechishingga sabab jannatdagi hurler ekan ,mayli o‘sha hur qizlar senga bo‘la qolsin.
Mening esa jannatga kirishdan u qizlar emas , balki Allohim chehrasini ko‘rish. Sen jannat orzusida
xayol qilib yuraver, menga ma’rifat hosil qiladigan davra, ya’ni olimlar davrasi kerak.”
5
Albatta, bu baytni har bir kitobxon o‘z dunyoqarashidan kelib chiqqan holda tahlil qiladi, o‘rganadi.
Biroq adib “Odamiylik mulki” da “Sevgan suyganiga etar itoat” bobida yuqorida aytib o‘tilgan
fikrlarini umumlashtirish maqsadida Hazrat Navoiyning mashhur misralarini keltirib o‘tadilar. Shu
asnoda proza va lirika o‘rtasida adabiy ko‘rikni hosil qiladilar. Bir o‘rinda kitobxon ikkita adabiyot
durdonalaridan bahramand bo‘ladi, qiyoslash, taqqoslash imkoniyatiga ega bo‘lish barobarinda,
aytilgan fikrlarning o‘zaro mazmunan chambarchas ekanligining guvohi bo‘ladi.
Tohir Malik yana bir o‘rinda Alisher Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy” dagi “Judo” radifli g‘azalidan
parcha berib o‘tadi.
“Judo” radifli bu g‘azal munojot tarzida bitilgan bo‘lib, ilk satridayoq shoir Allohga iltijo qiladi.
Aynan shu o‘rinlarini adib berib o‘tar ekan, Allohga qilingan intilishni, iymoniylik belgisini asarlarida
doimiy tarzda qayd etib, bu gal nazmda ham bunga “hamjuft fikr” tariqasida berib o‘tadilar. G‘azalda
matla’ va maqta’da o‘zining asl maqsadi Husni Mutlaq visoliga yetishmoq ekanligini aytadi.
Yo Rabb, o‘lg‘on chog‘da jonim jismi vayrondin judo,
Ul bo‘lib mundin judo, Sen bo‘lmag‘il ondin judo.
6
Tohir Malik Navoiy ijodidan yana ko‘plab parchalar berib o‘tar ekan, xulosa yanglig‘ quyidagi
satrlarni bitadi:
“ O‘zini Alisher Navoiyning merosxo‘ri hisoblovchi odam ming marta “Navoiy bobom!” deb ko‘ksiga
4
T.Malik “ Odamiylik mulki”. “ Sano-standart” nashriyoti. T:. 2018. 157-b.
5
Navoiy “Mahbub ul-qulub”. “Yoshlar” nashriyot uyi.T:. 2018.128-b.
6
T.Malik “ Odamiylik mulki”. “ Sano-standart” nashriyoti. T:. 2018. 183-b.
JOURNAL OF ADVANCED
RESEARCH AND STABILITY (JARS)
Volume: 01 Issue: 05 | 2021
ISSN: 2181-2608
407
urgandan ko‘ra bu va bu kabi g‘azallarni yod olib mag‘zini chaqib, hikmatlariga amal qilib yursalar
a’loroq bo‘lur edimi… ”
7
Adib “Hurmati volidayn – farzi ayn” bobida mashhur ruboiyni keltirib o‘tadilar:
Boshni fido ayla, ato qoshig‘a,
Jismni qil sadqa ano boshig‘a.
Ikki jahoningg‘a tilarsen fazo –
Hosil eti ushbu ikkisidin rizo.
8
Adib butun bir bobni Hazrat Navoiy misralari bilan to‘ldirib, bayt sharhlari orqali kitobxonga ota-onani
qay darajada e’zozlash, hurmatlash lozimligi haqida uqdirib boradi. Bu o‘rinda Hazrat Navoiy misralari
didaktika ruhini gavdalantirishga xizmat qilgan.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, “Odamiylik mulki” da XV asr va XXI asr ijodi bir-biriga uyg‘unlashib
o‘ziga xos didaktika namunasi yaralganining guvohi bo‘lamiz. Hazrat Alisher Navoiy ijodi adib
asarlarida o‘zgacha bir badiiy joziba, uyg‘unlik, aytilgan fikrga nazm mujassamligi, o‘quvchi diqqatini
yanada oshiruvchanlik kabi bir qator funksional vazifalarni bajaradi. Yana shuni ta’kidlab o‘tishimiz
joizki, Alisher Navoiy she’riyati asarda didaktik ruhni o‘quvchi ongiga to‘laqonli tushuncha va
tasavvur orqali yetib borishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
T.Malik “ Odamiylik mulki”. “ Sano-standart” nashriyoti. T:. 2018.
2.
A.Navoiy “Mahbub ul-qulub”. “Yoshlar” nashriyot uyi.T:. 2018.
3.
A.Navoiy “Lison ut-tayr”. G‘afur G‘ulom matbaa ijodiy uyi.T:. 2005.
4.
A.Navoiy “Munshaot”. G‘afur G‘ulom matbaa ijodiy uyi.T:. 2013.
5.
I. Yoqubov “Mustaqillik davri o‘zbek romanlari poetikasi”.”Nurafshon business”.T:.2021.
7
O‘sha manba. 184-b.
8
O‘sha manba. 258-b.
Do'stlaringiz bilan baham: |