Metallarni kesishning optimal rejimlari
Bobning qisqacha mazmuni:
-
Kesish rejimini tayinlash uslubi. Kesishning optimal rejimi haqida tushuncha.
-
Kesishjarayonida qo'llaniladigan moylash-sovitish moddalarining turlari.
-
Metallarni kesib ishlashning turli usuUari va ularga xos kesish parametrlari.
Tayanch so'z va iboraIar: 1. Kesish rejimi elementlari. 2. Kesish tezligi. 3. Kesish chuqurligi. 4. Surish qiymati. 5. Asosiy texnologikvaqt. 6. Optimal rejim. 7. Tokarlik yo'nish va keskichlar. 8. Parmalash va parmalar. 9.Zenkerlashvazenkerlar. 10. Razvyortkalashvarazvyortkalar. 11. Freza-Iash va frezalar. 12. Rezba kesish. 13. Randalash va o'yish. 14. Sidirish va protyajkalar. 15. Jilvirlash. 16. Tish kesish. 17. Nafis ishlov berish.
7.1. Kesishning optimal rejimi haqida tushuncha
Materiallarga stanoklarda mexanik ishlov berishda eng muhim tex-nologik shart sifatida kesish rejimi ko'rsatiladi.
Kesish rejimi — kesish jarayonini ifodalovchi bir qator ko'rsatkichlarning miqdoriy qiymatlari majmuasi bo'lib, ularga shu jarayonning texnik-iqtisodiy parametrlari chambarchas bog'liqdir; bunday ko'rsatkichlarga kesish chuqurligi (0, surish (s), kesish tezligi (v), kesuvchi asbob kesuvchi qismining geometrik parametrlari
va turg'unligi (T), shuningdek, kesish
kuchlariquvvativa boshqalar kiradi.
Kesish rejimining xarakteristikasi berilgan konstruksion material-ning kesib ishlanuvchanligi orqali ifodalanadi. Materialning kesib ishlanuvchanligi o'z navbatida ishlanayotgan zagotovka va kesuvchi asbob materialining fizik-kimyoviy xossalari, asbob kesuvchi qismining geometrik parametrlari va kesish rejimi elementlarining optimal qiy-matlari, kesuvchi asbobning yedirilish kattaliklari va turg'unligiga bog'liq bo'lib, materialga ishlov berishda ish unumdorligi va ishlangan yuza sifatini chegaralovchi xarakteristikalar ko'rinishida namoyon bo'ladi. Odatda kesib ishlanuvchanlikni baholashda ishlov berishni amalga oshi-rishdagi sarf-xarajatlarning minimal qiymatlariga mos keladigan kesuvchi asbobning turg'unligi Tva uni ifodalovchi optimal kesish tez-Iigi v hisobga olinadi.
Biror detalni kesib ishlash orqali tayyorlashda ish unumdorligi va iqtisodiy jihatdan baholashda bir detal uchun sarf qilingan vaqt tushunchasidan foydalaniladi.
Bunday vaqt quyidagicha aniqlanadi:
Bu yerda:
asosiy texnologik vaqt (yoki mashina vaqti) bo'lib, bu vaqt
to'g'ridan to'g'ri kesish jarayoni uchun sarf bo'ladi (kesuvchi asbobning bosib o'tgan yo'li:
L - detaining kesib ishlangan qismi uzunligi;
va- kesuvchi asbobning kirish va chiqish uzunliklari; s - surish qiymati, mm/ayl; n - zagotovkaning aylanish chastotasi, o'tishlar soni;
- yordamchi vaqt (stanokni boshqarish, zagotovkani o'rnatish, tayyor bo'lgan detalni bo'shatish kabilarga sarf etiladi);
ish joyiga texnik va tashkiliy xizmat ko'rsatish (zagotovkani ish joyiga keltirish, detal va asboblarni transportirovka qilish va boshqalar) vaqti;
ish davomida zarurAy tanaffuslat uchun ajratUgan vaqt. ni kamaytirishning asosiy rezervi - stanoklarda bajariladigan ishlarni avtomatlashtirish (programrnali dastur bo'yicha boshqarila-digan -PDBB- stanoklarni, avtomatlashtirilgan tezda qayta sozlanuv chi modullar, sistemalar va ishlab chiqa-
rishlarini yaratish) va v, s, t larning optimal qiymatlarini tanlash orqali t 0 ni pasaytirishdir.
Ishlov berishning optimal rejimini aniqlashning bir necha usul-Iari mavjud bo'lib, u3arni quyidagi guruhlarga birlashtirish mumkin:
-
v, s, t, riarni analitik va grafik usullar bo'yicha hisoblash. Bunday ishlov berish xarakteri (xomaki, yarim toza, tozalab, nafis) va ishlov berish sharoiti (sovitish-moylash suyuqliklarini qo'llash, kesuvchi asbob kesuvchi qismining geometrik parametrlari, stanokning bikrligi, aboblarni o'rnatish va boshqalar) hamda ishlanayotgan zag-otovka va kesuvchi asbob materiallarining xossalariva boshqalarni hisobga oluvchi empirik formuialardan foydalaniladi.
Bu holda kesib ishlov berishning kam sarf va eng qulay bo'lgan masalasi yechiladi.
-
Kesish rejimi ko'rsatkichlarini ma'lumotnomalardan tanlash.
-
Kam sarfli va eng qulay kesish rejimi masalasini maxsus das-turlardan foydalanib EHMda yechish. Kesish rejimi xarakteristikasini optimallashtirish o'z navbatida loyihalash ishlarini avtomatlashtirish sistemasi (LIAS) va ishlab chiqarishni texnologikjihatdan tayyorlash bo'yicha umumiy avtomatlashtirish sistema (ITJAS) larining ajralmas qismi bo'ladi.
Kesib ishlov berishning eng qulay rejimi eng yuqori ish unum-dorligiga erishishni ko'zda tutib, bunda u iqtisodiyjihatdan eng yuqori ko'rsatkichlarga mos keladi.
Kesish rejimini maxsus ma'lumotnomalar bo'yicha tayinlash quyidagi tartibda olib boriladi:
1) Ishlov berish uchun qoldirilgan qo'yim (припуск) qiymati va operatsiyaning maqsadi hisobga olinib kesish chuqurligi rva surish-ning yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan maksimai miqdori s tanlab oli-nadi. Odatda qo'yim (припуск) oxirgi operatsiyalar uchun 0,5 mm dan ortiq bo'lmaydi, oraliq operatsiyalar uchun esa 0,5...5 mm, tay-yorlov operatsiyalari uchun 5 mm dan ko'p emas. Agar qo'yim 7 mm gacha bo'lsa, uni keskich bilan bir o'tishda, agar 7 mm dan ortiq bo'lsa, ikki yoki undan ortiq o'tishlar mobaynida kesib ajratila-di. Oxirgi operatsiyalar surishning s<0,l mm/ayl, oraliq operatsiyalar esa 5=0,1...0,4 mm/ayl, boshlang'ich (tayyorlov) operatsiyalar 5=0,4...0,7 mm/ayl qiymatlarida bajariladi. Og'ir stanoklarda kesib ishlashda kesish chuqurligi va surishning qiymatlari mos ravishda 30 mm gacha va 1,5 mm/ayl gacha yetishi mumkin.
Tanlangan surish qiymati stanok surish qutisi beradigan surishlar qatoridagi qiymat bilan solishtiriladi.
2) Kesish tezligi quyidagi empirik formula bo'yicha hisoblanadi:
yoki ma'lumotnomajadvallaridan olinadi va uning qiymati bo'yicha aylanish chastotasi yo'nishda
bo'yicha aniqlanadi. Aylanish chastotasining ishchi qiymati n. stanok tezliklar qutisi beradigan qator qiymatlari bilan solishtiriladi. So'ngra tezlikning ishchi qiymati aniqlanadi:
4) Keskichning turg'unligi quyidagi tenglama bo'yicha hisoblanadi:
va topilgan qiymat tanlangan oraliq 7>=30 ... 45 min dan chiqmasligi lozim.
-
Kesish kuchi quyidagi tenglama bo'yicha hisoblanadi:
-
Aylanish momenti
formulasidan aniqlanadi.
-
Effektiv quvvat(bundaStanok bosh harakat yuritmasining elektr dvigateli quvvati
formulasi bo'yicha hisoblanadi (bunda bosh harakat yuritmasi
mexanizmining f.i.k.).
-
Tayinlangan kesish rejimining rentabelligi mehnatni me'yor-Iash va iqtisodiyjihatdan baholashda qo'IlaniJadigan texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlar orqali ifodalaniladi.
:
Bunday ko'rsatkichlarga asosiy tex-nologik vaqt:
asbobning resursi:
bir zagotovka ustida bir operatsiyani bajarish uchun sarfbo'lgan vaqt tdona, shuningdek smena davomida tayyorlangan detallar soni:
bir smena davomida kerak bo'ladigan asboblar soni: hamda sarf etiladigan energiya miqdori:
kiradi
Kesuvchi asbobning turg'unligi va ishlay olish qobiliyatini oshi-rish uchun quyidagi yo'llardan foydalaniladi:
-
Kesishning optimal rejimlarini qo'llash. Optimal rejim kesish rejimining shunday variantiki, bunda hisoblangan yoki tayinlangan kesish parametrlari:
a) mavjud metall kesuvchi dastgohda amalga oshirilishi mumkin;
b) barcha cheklovchi omillarishlov berishning aniqlik
chegaralari, ishlangan yuzaning sifati, kesuvchi asboblar bilan sme-
na mobaynida ta'minlanganlik me'yori)ning talablarini qoniqtira oladi.
-
Optimal geometrik parametrlarga ega bo'lgan asboblardan foy-dalanish.
-
Sovitish-moylash moddalaridan samarali foydalanish;
-
Yuqori sifatli asbobsozlik materiallarini qo'llash;
5) Asbob kesuvchi qismi yuzalarini maxsus termik ishlash va qopla-
malar bilan qoplash;
-
Asbob kesuvchi qismining qattiqligi va ishqalanishga chidam-liligini oshirish maqsadida elektr uchqun yohud lazer vositasida ishJash, yoki elementar zarrachalar oqimi bilan nurlantirish;
-
Kesuvchi asbob konstruksiyasini takomillashtirish;
-
Asbob ishchi yuzalarini sifatli va aniq charxlash va dovodka qilish;
-
Zavod sharoitlarida kesuvchi asboblardan ratsional va samarali foydalanish.
7.2. Kesish jarayonida qo'llaniladigan moylash-sovitish texnoogik muhitlarining turlari
Kesib ishlashda qo'llaniladigan moylash-sovitish texnologik mu-hitlari MSTM quyidagi guruhlarga bo'linadi: l.Sovitish-moylash suyuqliklari (SMS):
-
sovun, moy va mineral elektrolitlarning suvdagi eritmalari, emulsiyalar (ikki fazali dispers sistema bo'lib, bir-birida erimaydigan suyuqliklardan tuziladi);
-
mineral va o'simlik moylari (surep, zig'ir, kastor va boshqalar, fosfor, oltingugurt va xlor qo'shilgan mineral moylar, sulfofrezol (oltingugurtlangan moylar), olein kislotasi, uglerod IV xloridi) va boshqalar;
-
kerosin va sirt aktiv moddalar (SAM)ning kerosindagi eritmalari, o'simlik moylari qo'shilgan kerosin;
-
qattiq holdagi moylovchi moddalar—kolloid holdagi grafit, xlorlangan parafin, mum, molibden II-sulfid va boshqalar qo'shilgan moylar va emulsiyalar.
Qiyin ishIanadigan metall va qotishmalarni kesishda murakkab tarkibli SMS, masalan 5...10% Ukrinol-1, 5...10% Akvol-3, 5...8% P3 СОЖ8, MP-4 va boshqa suvli eritmalar qo'llaniladi.
2.Gazsimon moddalar:
a) CO2 azot, havo va boshqa gazlar;
b) sirt aktiv moddalar (SAM) bug'lari;
d) purkaladigan suyuqliklar va ko'piklar.
3. Qattiq moddalar: sovun va parafinning kukuni, petrolatum, bitum, mum, grafit, molibden disulfidi, soda, kalsiy xloridi va boshqalar.
Moylash-sovitish texnologik muhitlaridan to'g'ri foydalanish kesib ishlov berishda ish unumdorligini 2-3 marta, kesuvchi asbob turg'unligini 8-10 marta oshirishga imkon beradi.
Metallarni kesib ishlashning turli usullari va ularga xos kesish parametrIari. Kesib ishlash usullariga mos kesuvchi asboblar— keskichlar, parmalar, zenkerlar, razvyortkalar, metchikJar, protyaj-kalar, frezalar, abraziv doiralar va boshqalar va ularning turlari kon-struktiv tuzilishi hamda o'ziga xos xususiyatlari laboratoriya mashg'ulotlarida batafsil o'rganilishi tufayli bu masala ushbu yerda yor-itilmagan.
Mustaqil tayyorlanish uchun savol va topshiriqlar
-
Kesish rejimini tanlash uslubini ta'riflang.
-
Kesishning asosiy ishchi parametrlarini tanlashni ifodalang.
-
Kesish rejimining optimal varianti to'g'risidagi tushunchani izohlang.
-
Zagotovkada turlicha ishlov berish sxemasini (masalan, teshikni parmalash, zenkerlash, razvyortkalash, teshikni yo'nib kengaytirish, sidi-rish, frezalash, jilvirlash va shunga o'xshash) keltirib, sxemada kesuvchi asbob va uning geometrik parametrlarini ko'rsating hamda kesish rejimining elementlarini izohlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |