Metaforik atamalarning xususiyatlari.“ mavzusidagi kurs ishi 5111400-Xorijiy til va adabiyoti(ingliz tili) Ilmiy rahbar: Abdullayeva G. G. Buxoro-2022 mundarija



Download 56,33 Kb.
bet1/8
Sana21.07.2022
Hajmi56,33 Kb.
#834039
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mahmudova ZARNIGOR



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLAR MAHKAMASI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
XORIJIY TILLAR FAKULTETI
INGLIZ TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI

11-12chi-19- guruh
Mahmudova Zarnigorning
METAFORIK ATAMALARNING XUSUSIYATLARI.“
mavzusidagi

KURS ISHI
5111400-Xorijiy til va adabiyoti(ingliz tili)

Ilmiy rahbar:Abdullayeva G.G.

BUXORO-2022

MUNDARIJA:
1.TERMIN VA UNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI………………....3
2.KO’CHMA MA’NO VA UNING A’LOQADORLIGI…………..….……..13
3.METAFORALI ATAMALARNING SHAKLLANISHIDA TERMINALOGIYANING O’RNI………………………………...…………19
4.METAFORIK ATAMALAR HAQIDA UMUMIY TASNIF ……………..26
5.O’XSHATISH VA METAFORA ORASIDA SHAKLIY FARQ …………29
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.

1.TERMIN VA UNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
O‘zbek tili - boy imkoniyatlarga ega til. Tilimizning o‘ziga xos xususiyatlari uning qimmatini belgilaydi. Tilimizning tasviriy ifodalarga boyligi, bo‘yoqdorligi maqollarda ham namoyon bo‘ladi. Dono xalqimiz milliy madaniyatini, mentalitetini, so‘z boyligini maqollar orqali ham namoyon qiladi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek:
“…o‘zlikni anglash milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy – ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili bu millatning ruhidir.”
Termin lotincha “terminus” so‘zidan olingan bo‘lib, “oxiri”, “chek”, “chegara”, “tugash” degan ma’nolarni bildiradi. V.N.Shevchuk terming quyidagicha ta’rif beradi: “Termin” – bu so‘z bo‘lib, o‘rta asrlarda “aniqlash”, “ifodalash” degan ma’nolarni ifodalagan1. Qadimgi fransuz tilida mavjud bo‘lgan “terme” leksemasi “so‘z” degan ma’noni anglatadi”. A.A.Reformatskiy esa buni quyidagicha izohlaydi: “Termin – bu so‘z bo‘lib o‘zining alohida va maxsus belgilari bilan chegaralandi, fan, texnika, iqtisodiyot, siyosat va diplomatiya sohalarida bir ma’noli, aniq so‘zdir. U ekspressivlikdan holi, muayyan predmet yoki tushunchani ifoda etuvchi, o‘zining qat’iy va aniq mazmuniy chegarasiga hamda izohiga ega bo‘ladi”. V.P.Danilenko termin so‘ziga quyidagicha aniqlik kiritadi: “Termin (lar) – lug’at tarkibining bir qismi hisoblanib, muayyan fan va soha leksik birliklarining aniq nomi, ta’rifidir”[3,12]. B.N.Golovin esa termin haqida: kasb-hunar nuqtai nazaridan qaralganida termin o‘zida muayyan kasbiy tushunchalarni ifoda etadi, - deb yozadi. Shunga o‘xshash talqinni biz V.M.Leychikning ishlarida ham uchratishimiz mumkin. Uning fikriga ko‘ra, termin muayyan tilning leksik birligi hisoblanib, aniq va maxsus sohalar ilmida va faoliyatida umumiy, aniq yoki mavhum tushunchalarni ifodalaydi[1,15].
Filologiya fanlari doktori, G’.Abdurahmonov shunday yozadi: “Atamalarning aniqligi va qat’iylashishi shu millatning fani, maorifi, madaniyati darajasini ko’rsatadi. Atamalarning rivojlanishi, tartibga solinishi fanning har xil sohalarida turlicha bo’lib, ma’lum fanning taraqqiyotiga bog’liq. Bu taraqqiyot to’xtovsiz bo’lgani uchun yangi atamalarning kelib chiqishi, tartibga tushishi ham uzluksiz bo’ladi. Umuman, ona tilida atamalarning puxta ishlanishi, tartibga solinishi darslik va qo’llanmalar tuzish uchun ham, ona tilida dars olib borish uchun ham zarur bo’lgan manbadir. Atamalarning ishlanmaganligi va tartibga solinmaganligi nutq uslubiga ham ta’sir ko’rsatadi”. Demak, terminologiyaning tartibga solinishi, muvofiq ravishda tarjima qilinishi nafaqat ilmiy sohada balki ijtimoiy hayotda ham ahamiyati katta bo’lgan masaladir.
AQSHda o‘tgan asrning 70-yillarida yuzaga kelgan “The World Encyclopedia Dictioanry” lug‘atida esa terminga quyidagicha ta’rif beriladi: “Terminology – the special words and terms used in science, art, business and economy”. Ma’nosi: terminolgiya - fanda, san’atda, biznes va iqtisodda ishlatiladigan maxsus so‘zlardir.
Yuqorida keltirilgan tilshunos olimlarning fikridan kelib chiqqan holda, o‘z nuqtayi nazrimizdan “termin” so‘ziga quyidagicha izoh bersak bo‘ladi: “tilning ma’lum sathidagina qo‘llanilib, ma’lum bir so‘z yoki so‘z birikmasining ma’nosini xususiy ma’no bilan ifodalab beruvchi so‘z yoki so‘z birikmasi”.
Atamashunoslikning kelib chiqishi Avstriyalik olim Oygena Vyuster va Dmitriy Semyonovich Lottelarning sharafli nomlari bilan bog‘liq bo‘lib, ular ilk tadqiqot ishlarini 1930-yilda nashr etganlar. Hozirgi vaqtda bir necha milliy maktablar – avstriya-nemis maktabi, frank-kanada maktabi, rus maktabi, Chexiya maktablari atamashunoslikning nazariy masalalariga turli tomondan yondashib, o‘z tadqiqot ishlarini amalga oshirmoqdalar. Ularning ichida Rossiya atamashunoslik maktabi yetakchilik qilmoqda: 2300 dan ortiq himoya qilingan dissertatsiyalar, 3500 dan ortiq terminlar o‘rganildi[2,52].
Hozirgi paytda atamashunoslik bir qancha tadqiqot yo‘nalishlariga bo‘linadi:

Download 56,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish