Mening g’oyam:
Renessans- bu jamiyatning barcha sohalari uyg’onib, gurkirab rivojlanishi. Hozirgi vaqtgacha O’rta Osiyoda 2 ta renessans bo’lib o’tgan: bulardan birinchisi 9-12 asrlar oralig’iga va ikkinchisi 14-16 asrlarga to’g’ri keladi. Shu vaqtlari Mavoraunnahr, Xitoy va Eron mamlakatlari rivojlangan va bu vaqtda O’rta Osiyodan qomusiy olimlar yetishib chiqqan. Ular Muhammad al-Xorazmiy, Abu Bakr ar-Roziy, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad al-Fargʻoniy, Umar Xayyom, Mirzo Ulugʻbek jahonshumul kashfiyotlar qildilar. Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Ibn Rushd, Muhammad Gʻazzoliy, Nasafiy Aziziddinlarning falsafiy asarlari tafakkur xazinasini boyitdi, olam, odam va jamiyat yaxlitlikda tadqiq etilib, yangi qonuniyatlar ochildi, aqliy bilim ufqlari kengaydi, fozil jamiyat va komil inson nazariyasi chuqur ishlab chiqildi. Sheʼriyatda Abu Abdullo Rudakiy, Abulqosim Firdavsiy, Jaloliddin Rumiy, Hofiz Sheroziy, Nizomiy Ganjaviy, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy kabilar ularning butun sivilizatsiyaga qo’shgan xisslari juda katta.Hozirda butun dunyoni har sohada orqada qoldirayotgan, har tomonlama kuchli rivojlangan mamlakatlarda shu vaqtlari madaniyatga, ilmga bo’lgan hurmat umuman shakllanmagan bir paytda bizning olimlarimiz ko’pchilik fanlarning tamal toshini qo’yib berishgan “Yangi O’zbekiston-Uchinchi Renessans” mavzusiga bag’ishlangan mening maqolam faqat faxrlanib yurish emas, ularga munosib farzand bo’lish uchun harakat qilish kerakligini tushuntirish uchun xizmat qiladi degan umiddaman! Shuning uchun bu maqolam har bir o’zbek xalqi uchun muhim.
Yuqorida bitta fikr aytib o’tdik, ya’ni hozirda butun dunyoda o’zining nomiga ega bo’lgan rivojlangan mamlakatlar qanday qilib cho’qqiga chiqishgan, ya’ni rivojlangan? Ularning rivojlanishining muhim omillaridan biri ular bor diqqat etiborini ilmga va uni amaliy tadbiqiga qaratishgan va ular bizning renessans vaqtidagi qomusiy olimlarimizning yozgan adabiyotlarini olimlarimiz hayotligidayoq lotinchaga tarjima qilishgan va o’rganib boshlaganlar. Men m atematika sohasi odami bo’lganim uchun Muhammad al- Xorazmiy qomusiy olimimizni ko’proq yoritib bermoqchiman. Al- Xorazmiy bobomiz juda ko’plab asarlar yozgan. Ulardan “Al-Jabr val Muqobala” asari, “Jil” asari, ……. va hokazo asarlari matematikaning eng dastlabki tushunchalarini yoritib ularga kuchli isbot qilib asoslab, juda ko’plab ishlar qilgan va shu paytning o’zida “Al-Jabr val Muqobala” asari lotinchaga tarjima qilingan va lotinchada qisqa qilib “Algebra” deb atalgan va shu bilan butun dunyo uchun Algebrani yaratilishida eng asosiy olimlardan biri bo’lgan va hozirgi Algebraning otasi sifatida butun dunyoga mashhur va u o’zining ko’pchilik asarlarida algoritm atamasini kiritib ko’plab tushunchalar berib o’tgan. Hozirda esa bu tushuncha butun dunyoni o’zgartirgan texnika -texnologiyaning asosi hisoblanadi. Demak, rivojlangan mamlakatlar bu asarlarni tarjima qilgan va shular ustida tadqiqotlar olib brogan. Bu ularning rivoji uchun muhim rol o’ynagan, ya’ni ular bizning fundamentdan foydalanib katta natijalarga erishishgan. Tasavvur qilaylik, ularning ilmiy darajasi 20 ball bo’lsin bizniki esa 10 ball. Buning sababi, bizda mustaqilligimizgacha ilm bilan shug’ullanilmadik, bizni ilmsiz qilish uchun juda ko’plab ishlar qilingan. Shu vaqtda esa rivojlangan mamlakatlar juda tezlik bilan rivojlanganlar. Endi biz o’z ilm salohiyatimizni 10 ball dan 1 ball ko’tarish uchun, ya’ni 11 ball qilgunimizcha rivojlangan mamlakat 20 balldan 25 ball ga chiqmoqda buning isbotini yangiliklardan eshitish mumkin. Bizda 1 oyda 1 marta ilmiy maqola yoki ilmiy yangilik chiqsa, rivojlangan mamlakatlardan har soatda yangidan yangi ilmiy maqolalar yangiliklar chiqmoqda.
Xo’sh, endi savol tug’iladi: hech qachon biz rivojlangan mamlakatlarga yetaolmaymizmi? Yo’q, biz, albatta, ularga yetishamiz. Ular qanday rivojlanganliklariga e’tibor qilsak, yuqorida takidlab o’tkanimizdek, ular Bizning qomusiy ota-bobolarimizning qilgan ishlarini tarjima qilib ularni o’zlariga tamal toshi sifatida qo’yib bizdan o’tib ketishgan. Biz ham shu ishni qilishimiz kerak buning uchun biz o’zimizni sohamiz bo’yicha dunyoning eng rivojlangan nuqtalariga borib ilmning eng so’ngisini o’rganib rivojlangan mamlakatlar 20 ball dan ilm darajasini 25 ball ga olib chiqqan bir paytda biz 20 ball ni o’rganib uni 26 yoki 27 ball ga olib chiqish ustida ishlashimiz kerak shundagina biz, albatta, o’z maqsadimizga erishamiz va O’zbekiston uchun uchinchi rennesansni o’tkazamiz. Buning uchun biz bakalavr bosqichi talabalari katta marralarni qo’yib, magistraturani o’zimizning sohamiz bo’yicha butun dunyoda eng birinchi o’rinda turadigan Universitetning bilimini o’rganish va yuqorida takidlaganimizdek, ulardan tez natijaga erishishimiz uchun qanday harakat qilishimiz kerakligi ustida ishlash. Bu g’oya faqat maqolalarda g’oyaligicha qolib ketishi kerak emas. Biz uni tizimga aylantirishimiz va dunyoning eng top universitetlariga talabalarimizni yuborishimiz va ularni borib o’qishlari uchun moddiy, ma’naviy va marifiy qo’llab quvvatlashimiz shart. Bizga renessansni amalga oshirish ekspertlar, ya’ni kuchli kadrlar kerak. Renessansni ilmli har tomonlama dunyoqarashi keng va komil shaxslar amalga oshiradi. Biz shunday insonlarning jamiyatini tuzishimiz kerak ya’ni o’z sohasining eksperti bo’lgan kadrlarni tayyorlashimiz kerak buning uchun, albatta, ularni o’z sohasi bo’yicha ilmni eng cho’qqisni o’rganishlari uchun butun dunyod an ilm izlashlari uchun safarbar etish!
Do'stlaringiz bilan baham: |