Tasdiqlayman
28-umumiy o‘rta ta’lim maktab
direktori__________ R. Otayeva
Vobkent tuman 28-maktabda 2022 04.12 kuni “Men diniy ekstremizm va terrorizmning tahdididan ogohlikni qanday tushunaman?” mavzusida o‘tkazilgan ma’rifat soati
Bayonnomasi
12.04.2022 yil Nayman MFY
Qatnashdilar: MMIBDO‘ U. Xayrullayev, Ijodiy- madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi L. Hasanova va maktabning pedagogik jamoasi.
Kun tartibi:
1. “Men diniy ekstremizm va terrorizmning tahdididan ogohlikni qanday tushunaman?”. Ma’ruzachi maktab psixologi V. Bafoyeva.
Eshitildi.
Ma’rifat o‘quvini MMIBDO‘ U. Xayrullayev ochib berib, so‘zni maktab psixologi V. Bafoyevaga berdi. U mavzu yuzasidan ma’ruza qildi: Tinchlik buyuk ne’mat, inson hayotining birlamchi sharti hisoblanadi. Chunki osuda hayot, yaratuvchanlik va farovonlik, umuman, barcha ezgu maqsadlarning ro‘yobi eng avvalo shu ne’matga bog‘liq. Ammo bugungi voqelik tinchlikni ko‘plab mamlakatlar uchun hali hanuz orzu bo‘lib qolayotganini ko‘rsatmoqda. Bugungi kunda tinchlikka rahna soluvchi omillar turlicha – davlatlar o‘rtasidagi nizoli vaziyatlar, fuqarolik urushlari, milliy va etnik nizolar, tabiiy ofatlar... Lekin bu omillarning ichida bugungi kunda eng xatarli va har qanday davlat tinchligi, osoyishtaligi uchun jiddiy havf solishga qodir bo‘lgan diniy ekstremizm va terrorizm ekanini har bir sog‘lom fikrli inson tan olmoqda. Diniy ekstremizm yoki terrorizm illatining so‘ngi paytlarda tobora kuchayib borayotgani mazkur muammoning naqadar dolzarb ekanini ko‘rsatadi. Bu qabohat va johillikdan, insoniylikka hos bo‘lmagan zo‘ravonliklardan qanchadan-qancha begunoh insonlarning qoni to‘kilgani hech kimga sir emas. Islom dinini niqob qilib olib o‘z qabih maqsadlarini amalga oshirish maqsadida tinchligimiz, madaniyatimizga chang solishni poylab yurgan yovuz kuchlardan ongli tarzda saqlanishimiz eng birinchi vazifalarimizdan biridir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezedenti Shavkat Mirziyoyev BMT bosh ansambleyasining 72 sessiyasidagi nutqida “Biz butun jahon hamjamiyatiga islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini yetkazishni eng muhim vazifa deb hisoblaymiz. Biz muqaddas dinimizni azaliy qadriyatlarimiz mujassamligining ifodasi sifatida behad qadrlaymiz” deb ta’kidlagan. Vatanimiz uzoq tarixiga nazar tashlasak, zaminimizda madaniyat rivojining uch ming yildan ortiq buyuk tarixni ko‘ramiz. Markaziy Osiyoda, xususan, O‘zbekistonning hozirgi hududida qadim davrlardan turli madaniyat, til, urf-odat, turmush tarziga ega bo‘lgan, xilma-xil dinlarga e’tiqod qilgan xalqlar hamjihatlikda, hamdo‘stlikda yashaganlar. Bu esa xalqimizga xos bo‘lgan diniy bag‘rikenglikning ma’naviy asosini tashkil etadi. Ma’lumki, Markaziy Osiyo arablar tomonidan zabt etilgandan so‘ng mintaqaga islom dini keng yoyildi, islomning o‘ziga xos xususiyatlari yillar davomida xalqimiz madaniyati va ongiga singib bordi. O‘lkada tinchlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlashda islom ta’limoti o‘ziga xos ahamiyat kasb etdi. Bu ta’limotlar Qur’oni Karim oyatlari va hadisi shariflarga tayanar edi.
Yig‘ilish qaror qiladi:
1. Maktab psixologi V. Bafoyeva ning ma’ruzasi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2.O‘quvchilarga ma’lumotlar doimiy berib borilsin. Bu sinf rahbarlar zimmasiga yuklatilsin.
MMIBDO‘ : U. Xayrullayev
IMIBT : L. Hasanova.
Do'stlaringiz bilan baham: |