Membranali manometrlarni ishlash prinsipini o‘rganish. Ishning maqsadi



Download 2,13 Mb.
Sana02.07.2022
Hajmi2,13 Mb.
#730433
Bog'liq
7-lab.1


7-LABORATORIYA ISHI.
MEMBRANALI MANOMETRLARNI ISHLASH PRINSIPINI
O‘RGANISH.
Ishning maqsadi: Membranali manometrlarni ishlash prinsipini o‘rganish.
Membranali asboblar.
So‘nggi yillarda membranali asboblar tobora keng qo‘llanilmoqda. Bu asboblarda sezgir element sifatida elastik materiallardan tayyorlangan yumshoq, shuningdek, gofrilangan plastinkasimon membranalar yoki gofrilangan membrana qutichalar ishlatiladi. Membranali asboblar, uncha katta bo‘lmagan ortiqcha bosimlar va siyraklanishlarni (manometrlar, naporomerlar va tyagomerlar) hamda bosimlar farqini o‘lchash uchun (difmanometrlar) qo‘llanadi.
Membrananing egilishdagi elastikligi uning geometrik o‘lchamlariga (diametri, qalinligi, gofrilarining soni, shakliga), materialiga hamda unga ta’sir qiladigan bosimga bog‘liq bo‘ladi. Membranadagi gofrilar uning bikirligini oshiradi va xarakteristikasining to‘g‘ri chiziqli bo‘lishini ta’minlaydi.
Membrananing bikirligini oshirish maqsadida uning o‘rga qismiga qattiq magerialdan yasalgan disk yoki prujina o‘rnatiladi. Membrana rezina, plastmassa, latun, bronza va boshqa materiallardan tayyorlanadi. Bronzadan tayyorlangan membrananing qalinligi o‘lchanadigan bosim miqdoriga qarab 0,02—1,0 mm bo‘lishi mumkin.
Membranaga ikkala tomondan ta’sir etadigan bosimlar farqi ta’sirida uning markazi siljiydi. Membrana markazining bosim ta’sirida siljishi katta emas va 1,5—2,0 mm ni tashkil etadi. Bu hol asboblarning sezgirligini kamaytiradi va uzatish soni katta bo‘lgan mexanizm qo‘llanishni talab etadi. Membranali asboblarning bu kamchiliklari ularni qo‘llanish doirasini toraytiradi.
Membranali elastik sezgir elementlar, ko‘proq membranali quticha ko‘rinishida, asboblarda dam va siyraklanishni o‘lchashda ishlatiladi. 1-rasmda profilli tyagonaporomer (TNMP) tuzilishining sxemasi tasvirlangan.
Elastik element sifatida membrana quti 2 ishlatilgan. Bu quti ikkita kavsharlangan, gofrilangan membranalardan iborat bo‘lib, o‘lchanayotgan muhit bilan naycha 1 orqali bog‘langan.

Bosimning o‘zgarishi membrana qutichaning egilishini o‘zgartiradi. SHunda membrananing ustki qismiga kavsharlangan shtift 8 tirsakli richag 5 ni buradi, richag esa o‘z navbatida tortqi 7 va povodok 9 orqali strelka 6 ni buradi. Strelkani boshlang‘ich holatga keltirish uchun qaytaruvchi prujina 10 mavjud.
Membrananing siljishi o‘lchanayotgan bosimga proporsional bo‘lmagani sababli, asbob konstruksiyasida tekis shkalaga ega bo‘lish uchun maxsus qurilma ko‘zda tutilgan. Bu qurilma yassi prujina 3 va rostlovchi vintlari bo‘lgan kronshteyn 4 dan iborat. Strelka vint 12 orqali nol belgisida o‘rnatiladi. Vintni soat strelkasi yo‘nalishida burash natijasida uning konus qismi halqa ichiga kiradi va richag 11 ni ko‘taradi, shunda strelka shkala bo‘yicha o‘ng tomonga siljiydi. Agar vint soat strelkasi harakati yo‘nalishiga qarshi buralsa, richag 11, prujina 13 ta’sirida pastga harakatlanadi va strelka chap tomon siljiydi. Bunday membranali asboblar turli modifikatsiyalarda ishlanadi hamda ±250 Pa dan ±25 kPa gacha bo‘lgan o‘lchash chegaralariga mo‘ljallangan. Ularning aniqlik klassi 1,5 va 2,5.

2 – rasm. YUmshoq membranali difmanometrning prinsipial sxemasi.(DM)
DAS elektr va pnevmatik tarmoqlari tarkibiga kirgan yumshoq membranali difmanometrlar (DM) keng tarqalgan. DPS tarmoqlariga kirgan asboblarning o‘lchov qismlari ham yuqoridagidek, 2-rasmda gaz bosimi o‘zgarishlarini masofaga uzatuvchi elektr signallarga uzluksiz aylantirishga mo‘ljallangan membranali elektr difmanometrning prinsipial sxemasi keltirilgan. Asbobning ishlash prinsipi elektr signalli kompensatsiyaga asoslangan O‘lchanayotgan bosimlar farqi membranali o‘lchash bloki 12 ning musbat va manfiy kameralariga keltiriladi. Membrana yordamida bosimlar farqi unga proporsional kuchga aylantiriladi. Membranada hosil bo‘lgan kuch richag 11 yordamida o‘zgartgichning richagli uzatish mexanizmiga uzatiladi. O‘zgartgich T- simon richag 1, G- simon richag 2 va richag 8 dan iborat bo‘lib, teskari bog‘lanish kuchi bilan muvozanatlanadi. Teskari bog‘lanish kuchi magnitoelektr mexanizm 9 da (teskari bog‘lanish qurilmasi) bosimlar farqi o‘zgarishi bilan hosil bo‘ladi. Bunda richag 8, nomoslik indikatori 6 ning bayroqchasi 5 ni siljitadi. Indikatorda paydo bo‘lgan nomoslik elektr signali kuchaytirgich 7 da kuchayadi va magnitoelektr kuch qurilmasi 9 ga keladi. SHu bilan birga bu signal masofaga uzatish liniyasiga keladi va o‘lchanayotgan parametr miqdorini bildiradi. SHunday qilib, asbobning chiqish signali o‘lchanayotgan bosimlar farqiga to‘g‘ri proporsional. Asbobning nol belgisiga sozlanishi prujina 4 orqali bajariladi. Bu turdagi asboblar bosimlarning 100 Pa dan 6,3 kPa gacha chegaralarida o‘lchash uchun moslangan; asboblarning aniqlik klassi 1.
Membranali asboblarning kamchiligi—sezgir element qo‘zg‘aluvchan markazining sust yurishi, membrana bikirligining hisobdan chetlanishi va uni rostlash murakkabligidadir. Sezgir elementlarning bu kamchiligi elektr va pnevmatik kuch kompensatsiyasi sxemasi bo‘yicha qurilgan asboblarda bartaraf etiladi.
Qovushoq suyuqliklar va ximiyaviy agressiv muhitlar bosimini o‘lchash uchun manometrlar eng qulay, chunki asbob nippelidagi to‘g‘ri va keng kanal hamda membrana ostidagi katta bo‘shliq qovushoq suyuqlik uchun erkin yo‘l ochib beradi va ifloslanish ehtimolining oldini oladi. Asbob sezgir qismining sodda shakli membranani agressiv muhit ta’siridan engillik bilan himoya qiladi. Buning uchun membrananing pastki sirti ximiyaviy chidamli metalldan qilingan yupqa folga bilan yoki chidamli plastmassa (ftoroplast va h.) dan qilingan plyonka bilan qoplanadi.
Xisobot mazmuni 1. Ishning nomi, tartib soni va ishni bajarishdan maqsad.

  1. Qisqacha nazariy ma’lumot.

  2. Xulosa

Nazorat savollari:
1. Membranali asboblarni qaysi turlari keng tarqalgan?
2.Membranali asboblarni kamchiliklari nimalardan iborat?
3.Ishlash prinsipini aytib bering.
Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish