Viloyat hokimi
Bozarov Xayrullo Xayitboyevich
Tug'ilgan vaqti va joyi: 16.01.1976, Namangan viloyati Chortoq tumani
Ma'lumoti: oliy, 1997 y. Namangan sanoat-texnologiya instituti
MEHNAT FAOLIYATI
1992-1995 yy. - Namangan sanoat-texnologiya instituti talabasi
1995-2003 yy. - Namangan viloyat Davlat soliq boshqarmasi inspektori, katta inspektori, bosh inspektori, bo’lim boshlig’i o’rinbosari, bo’lim boshlig’i
2003-2003 yy. - Namangan shahar Davlat soliq inspektsiyasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari
2003-2005 yy. - Namangan shahar Davlat soliq inspektsiyasi boshlig’i
2005-2006 yy. - Namangan viloyati hokimligining Axborat-tahlil guruhi bosh mutaxassisi
2006-2007 yy. - Namangan viloyati hokimligining Axborot-tahlil guruhi rahbari
2007-2008 yy. - Namangan viloyati hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo’yicha o’rinbosari
2008-2009 yy. - Namangan viloyati Uchqo’rg’on tumani hokimi
2009-2014 yy. - Namangan viloyati Chust tumani hokimi
2014-2015 yy.- Namangan viloyati Mingbuloq tumani hokimi
2015 y.-x.v. - Namangan viloyati hokimi
Viloyat hokimining asosiy vazifalari
Xalq deputatlari viloyat Kengashi va uning ijroiya hokimiyatini boshqaradi. Hokimlik apparati, boshqarmalari, viloyat tashkilotlari, shahar va tumanlar hokimliklariga umumiy rahbarlik qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlari, Prezident Farmonlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining qaror va ko’rsatmalari, xalq deputatlari viloyat Kengashi qarorlarining ijrosini ta’minlaydi.
Viloyatda vakillik va ijroiya hokimiyatning boshqaruvchisi bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatdagi rasmiy vakili hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida va “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi Qonunda ko’rsatilgan vakolatlarini yakkaboshchilik asosida amalga oshiradi.
Viloyat hokimining birinchi o’rinbosari hamda o’rinbosarlarini O’zbekiston Respublikasining Prezidenti bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi, bu xususda qabul qilgan qarorini tegishli xalq deputatlari Kengashining tasdig’iga kiritadi.
Hududiy boshqaruv organlari, shahar va tumanlar hokimliklari faoliyatiga umumiy rahbarlikni hamda ular tomonidan Qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tuzilmalarini shakllantirish va faoliyat yuritishini ta’minlash bo’yicha ishlarni amalga oshiradi. Vakillik va ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularning jamoat tashkilotlari va fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari bilan o’zaro hamkorligini ta’minlaydi.
Davlat, xo’jalik, ijtimoiy-iqtisodiy qurilish hamda kadrlarni tanlash, tarbiyalash va joy-joyiga qo’yish masalalari bilan shaxsan shug’ullanadi.
O’zbekiston Respublikasining Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, xalq deputatlari viloyat Kengashi qarorlarining ijrosini, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni tashkil etadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezident devoni, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi va senati, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan bevosita hamkorlikda ishlarni tashkil etadi.
O’ziga berilgan vakolatlar va amaldagi Qonunlar doirasida viloyatdagi barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, shuningdek, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan qarorlar va farmoyishlar qabul qiladi.
Viloyat hokimining o’rinbosarlari o’rtasida vazifalarni taqsimlaydi.
Xalq deputatlari viloyat Kengashining sessiyasini chaqiradi, sessiyalarga raislik qiladi, kun tartibiga kiritiladigan masalalarni taklif qiladi.
Kengash hujjatlariga imzo qo’yadi va tasdiqlaydi. Respublika davlat hokimiyati organlari bilan munosabatlarda viloyat hokimligi manfaatlarini ifodalaydi, shuningdek Respublika davlat va ho’jalik boshqaruv organlari bilan o’zaro hamkorlikni ta’minlaydi.
Jamoat tartibiga rioya etilishi va jinoyatchilikka qarshi kurash, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, ularning huquqlarini himoya qilish va salomatligini muhofaza etish bilan bog’liq chora-tadbirlar ko’radi, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda hollarda tegishli ishlarni tashkil etadi.
Viloyatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yo’nalishlarini, viloyat mahalliy byudjetining tegishli loyihasini, shuningdek uning ijrosi to’g’risidagi hisobotni xalq deputatlari viloyat Kengashiga taqdim etadi.
Xalq deputatlari viloyat Kengashiga viloyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlar taqdim etadi.
O’z hududida tabiatni muhofaza qilishning asosiy yo’nalishlarini belgilaydi, mintaqaning (hududning) ekologiya dasturini tasdiqlaydi.
Tabiatni muhofaza qilishga doir tadbirlarni moddiy-texnika jihatidan ta’minlash choralarini ko’radi.
Atrof muhitga zarar yetkazayotgan mahalliy ahamiyatga molik ob’ektlar faoliyatini vaqtincha yoki butunlay to’xtatish va qayta ixtisoslashtirish to’g’risida qarorlar qabul qiladi.
O’z o’rinbosarlari va ijroiya hokimiyati struktura bo’linmalarining rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish to’g’risidagi qarorlarni xalq deputatlari Kengashi tasdig’iga taqdim etadi.
Hokimlik devoni bo’linmalari rahbarlari va mutaxassis xodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
Quyi turuvchi hokimlarning qarorlarini, basharti ular O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatlariga, shuningdek yuqori turuvchi xalq deputatlari Kengashi va hokimning qarorlariga zid bo’lsa, bekor qiladi va xalq deputatlari Kengashiga quyi turuvchi xalq deputatlari Kengashlarining hujjatlarini bekor qilish to’g’risida taqdimnoma kiritadi.
Rahbarlari tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ijroiya hokimiyati struktura bo’linmalarining ishini nazorat qiladi.
Xalq deputatlari Kengashi va hokim qabul qilgan va chiqargan hujjatlarni bajarmaganliklari uchun mansabdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish to’g’risida qonunda belgilangan tartibda taqdimnoma kiritadi.
Davlat mukofotlari bilan taqdirlashga doir iltimosnomalarni qarab chiqadi va takliflar kiritadi.
Respublika va xorijda viloyatning rasmiy vakili sifatida ish ko’radi.
Aholini qabul qilishni tashkil etadi, fuqarolarning shikoyatlari, arizalari va takliflarini qarab chiqadi.
Hokim rejalashtirish, byudjet, moliya, hisob-kitob, viloyat, tuman, shahar mulkini boshqarish, mulkchilikning turli shakliga mansub korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan hamjihatlik qilish, qishloq xo’jaligi, yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, qurilish, transport, yo’l xo’jaligi va aloqa, aholiga kommunal, savdo va ijtimoiy-madaniy xizmat ko’rsatish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, qonuniylik, huquq-tartibot va xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish sohasida qonun hujjatlarida o’z vakolatiga berilgan boshqa masalalarni ham hal etadi.
Hokimning yordamchisi, hududni kompleks rivojlantirish yig’ma boshqarmasi, tashkiliy-nazorat guruhi, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari guruhi, voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha komissiyaning mas’ul kotibi, yurist, axborot-tahlil xizmati va ishlar boshqarmasiga bevosita rahbarlik qiladi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jamoat tartibini saqlash, fuqaro muhofazasi, favqulotda vaziyatlardan ogohlantirish, ular oqibatini oldini olish, iqtisodiyotni safarbarlikka tayyorlash borasidagi sanoat korxonalari faoliyatini muvofiqlashtiradi, viloyat fuqaro muhofazasi boshlig’i hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |