MEHMON KUTISH ODOBI
Reja:
1. Mehmon kutish odobi, mehmon va mezbon muloqoti.
2. Chet ellik mehmonlarni kutishning o'ziga xos xususiyatlari.
3. Mehmonga borish qoidalari.
|
|
|
Xonamiz do'stlar oyog’idan topar nuru ziyo,
Uy-fonus, mehmon shamu, men esa parvonaman. Mehmon har qancha tursa, xizmatin aylay bajo, Ketsa mehmon, men misoli Majnuni devonaman
Domla Mir Hattot
|
|
Mehmon kutish odobi, mehmon va mezbon muloqoti. Daraxt borki, unga qush qo'nadi, uy borki, unga albatta mehmon keladi. Mehmon mo’tahar bir zot, binoharin uni kutib oluvchi mezbon o'quvli, yaxshi fazilatli bo'lishi kerak. Mehmon mezbon aloqalarining ko'rigilni ravshan yoki xira qiladigan tomonlari bor. Isrofgarchilik, manmanlik, laganhardorlik va tilyog'lamalik, xasislik qilish, ta'magir bo'lish ko'rigilni xira qiladigan tomonlaridir.
Ko'rigilni ravshan qiladigan tomoni esa odamgarchilik qilish, insoriparvarlik, ahillikni mustahkamlash, saxiy, odobli, xushmuomila bo'lish. Biz ana shu salbiy tomonlani yo'qotish va ijobiy tomonlarni kuchaytirish orqaligina yoshlarimizni mehmonnavozlik ruhida tarbiyalay olamiz.
Наг qanday badjahl mezbon ham, mehmon oldida muloyim, xushtavoze bo'lishga harakat qiladi. Mehmonni kiygan kiyimiga qarab toifaga bo'luvchilar katta xato qiladilar. Mehmon kim va qanaqa kiyiriishidan qat'iy nazar, hari bir u mehmon, u inson. Eski davrlarda mehmonni boy va kambag'alga bo'lish odat bo'lgan.
Voqea: XIX asrning oxirida Toshkentlik Tojiboyvachcha to'y qiladi. Kelgan mehmonlarni boy va kambag'alga bo'lib o'tkazadi. Boylardan ortgan sarqit taomlarni kambag'allar dasturxoniga qo'ydiradi. To'yga o'sha davrning allomalaridan Mirza Ali Mahsum ham taklif etilib, u meh-monlarning boy va kambag'alga ajratib o'tkazilayotganini ko'radi. Alloma to'ydan chiqib, to'y qiluvchining darvozasiga bir parcha qog'oz yopishtirib ketadi.
To'yga keluvchilar yozuvni o'qib, to'yxonaga kirmay ketaveradilar.
Darvozaga ushbu she'r yopishtirilgan edi:
Boy kelsa bola xonaga deydilar,
Kambag'alni - otxonaga deydilar.
To'yingiz. "Muborak bo'lsin" Tojiboy,
Xudoyim bersin, sizga do'zaxdan joy!
Mehmonni o'zbek shuning uchun ham sevadiki, mehmondo'stlik katta bir odob-axloq maktabi. Bir tomondan u kishini xushfe'l, muruvvatli qilib tarbiyalasa, ikkinchi tomondan ro'zg'orshunos bo'lish, uy tutish, rasamadli va pokiza bo'lishga o'rgatadi.
O'zi pastkash, lekin mehmon huzurida boyligi bilan maqtanadigan shaxslar ham bo'ladi. Bularnikiga yaxshi mehmon bir keladi-yu, keyingi safar o'ylanib qoladi. Sa'diy Sheroziy quyidagi baytini ana shunday mezbonlarga qarata aytgan bo'lsa kerak:
Past kishini molu-dunyo ko'tarmas beshak,
Eshak atlas to'qimi bilan ham eshak.
Ko'rinib turibdiki, mezbonlik baxtiga sazavor bo'lishlik juda qiyin va katta burch ado etishni talab etadi. Shu sababli ham mehmonxona ko'rmagan va umrida o'zi biror marta ham mehmon kutishga ulgurmagan yoshlarimiz uchun mezbonlik vazifalarining ayrim tomonlari, qoidalari va yo'l qo'yilish ehtimol bo'lgan xatolar to'g'risida eslatib o'taman.
Aytaylik, uyingizga mehmon keldi. Siz uni loyiq ehtirom va hurmat bilan qarshi olasiz. Dasturxon yozib, bisotingizda nimaki yaxshi narsa bor o'rtaga qo'yasiz. Aslini olganda, mehmon sizning osh-noningizni deb emas, o'zingizni deb, sizning yaxshi qiliqlaringizni, xushfe'lligingizni qumsab, suhbatingiz orzusida sog'inib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |