Maxsus Fortepiano



Download 12,47 Kb.
Sana30.06.2022
Hajmi12,47 Kb.
#719567
Bog'liq
Zamonaviy musiqa maqola-WPS Office


Oʻzbekiston Davlat Konservatoriyasi Musiqa
sanʼati fakulteti " Maxsus Fortepiano " kafedrasi
2- kurs talabasi Mashrabboyeva Dilnoza
Ilmiy rahbar: Katta oʻqituvchi Kabduraxmanova L.B

Zamonaviy musiqada italyan kompozitori Alfredo Casella ijodi


Annotasiya: Musiqa sanʼatida Italiya musiqachilari kompozitorlari va ularning yozgan asarlari juda katta ahamiyat kasb etadi. Hammamizga maʼlumki Italiya shahri musiqa janrlaridan biri " Opera" ning vatani. Bundan necha yuz yillar ilgari ham musiqa sanʼati qanday rivojlangan boʻlsa XIX-XX asrda ham jadallik bilan rivojlandi. Va bu davrga kelib boʻlgan oʻzgarishlar ham albatta sanʼatda kompozitorlar ijodida ham oʻz aksini topdi. Yangi yoʻnalishlar paydo boʻldi va bu borada yaratilgan asarlar ham eng yorqin asarlar qatoridan joy egalladi.

Kalit soʻzlar: Musiqa, Italiya, Imperessionizm, tonallik, ijro texnikasi, fortepiano, orkestor, temp.



XX asrning birinchi oʻn yilliklarda Italiya jahon sanʼatining yirik markazi sifatida ahamiyatini hamon saqlab qolgandi. J.Pyug oʻz ijodiy faoliyatini davom ettirdi, Italiya opera xonandalari jahon miqyosida shuhrat qozondi. Hozirgacha Milandagi Lan Skalar teatri juda katta obroʻga ega. Italiya ham bizga dunyoga eng buyuk opera va simfonik drijorlaridan biri Arturo Toskanining berdi. Undan tashqari pianist va drijor Karlo Zekki, drijor Villi Ferrero, pianist Benedetti Mikalanjeli yorqin vakillaridan edi.
XX asr italyan sanʼatining yetakchi stilistik yoʻnalishlaridan biri neoklassitizim boʻlib, unga Buzoni, Casella, Maligne-ro, Petrassa va boshqa koʻplab kompozitorlar qoʻshilgan deyish mumkin. Neoklassitizimning bir qator estetik muammolari uning asarlarida mashhur pianist, kompozitor, pedagog oʻz davrining eng yetuk vakili Ferruchio Buzoni tomonidan ilgari surilgan.
Pedagog va bir qator estetik asarlar muallifi Ferruchio Buzoni (1866-1924) ijodi ham eng yorqin davrlarda muhrlandi. " Musiqa sanʼatining yangi
estetik eskizi " risolasida eski badiiy sxemalarni ijodsiz takrorlanishini haqli ravishda inkor etdi. Ushbu maqola XX asrda ton tizimining muqarrar boyitilishi va kengayishi haqida fikrlarni ifodalaydi. XX asrda u nafaqat shaklni balki har tamonlama yangilanish fikrini ilgari surdi.
Buzoni ikki musiqiy madaniyat an'analari - italyan a nemis anʼanalarini bilan chambarchas bogʻliq edi. Buzoni musiqa tarixiga birinchi navbatda tengsiz virtuoz va rassom sifatida kirdi.
Yana bir yorqin vakillaridan biri Alfredo Casella(1883-1947) pianist drijor ham Italiyadan tashqari eng katta " Yangi musiqa korporatsiyasi " ning yosh bastakorlaridan avlodining dunyoqarashini kengaytirishda xizmati katta boʻldi. Casella musiqiy taʼlimni G.Fore ( kompozitsiyadan) va L.Dimerdan( pianino ) mutaxassisligi boʻyicha tahsil olgan. R. Shtraus ijodiga boʻlgan qiziqishi va fransuz musiqasidan kuchli taʼsirlangani uchun ham Fransiyada oʻqishni afzal koʻrgan edi. Kompozitorning oʻzini soʻzlariga koʻra birinchi Italiya simfonik rapsodiyasi Neapolitan va Sitsiliya hayotini tasvirlovchi asar edi. Keyinchalik esa Casella ijodida klassikaga xos boʻlmagan tendensiyalar kuchaydi va ular yaqqol koʻzga tashlanadi.
Boshqa zamondoshlari Vivaldi va Skarlatti kabi uni oʻziga eng koʻp jalb qilgan italyan milliy anʼanalari boʻldi. Antik davrga boʻlgan ishtiyoqi zamonaviy musiqa bilan uygʻunlashdi. U nafaqat kompozitor balki nazaryachi sifatida ham tushunishga harakat qildi. Casella nazariy asarlari orasida " Musiqa evolyutsiyasi " kitobi mashhur. " Litonalik va atonalik " ( 1918) maqolasi ham bunga yana bir misol deb keltirish mumkin.
Imperessionizm taʼsiri Casellaning 1916- yilda fortepiano uchun yaratilgan Solatina kompozitsiyada oʻz aksini topdi. Casella sanʼatining xilma-xilligi noaniq boʻlib qoladi. Italiya yangi musiqasini shakllantirish va rivojlantirish Casellaning asosiy ijodiy loyihasi boʻlib qoldi. Bu borada u kompozitorlar ijrochilar uchun festival musiqiy jamoalar yaratish faoliyatini ham olib bordi.
Asr Nova sahifalarida birinchilardan boʻlib Casella Italiya uchun musiqa yaratish kerakligini, u aynan milliy va zamonaviylik bilan uygʻun holda boʻlishi maqsadga muvofiqligini oʻz asarlarida koʻrsatib berdi. Bu fikr bilan Casella " Yangi italyan musiqiyligi " deb nomlangan maqola ham yozdi. Casella umri davomida juda koʻp davlatlar bilan uchrashuvlar, festival tashkillashtirish, maqolalar yozish bilan band boʻlgan boʻlsa-da yozgan asarlari avvalo ilgari surayotgan fikrlariga ilk namuna boʻlib xizmat qildi. Koʻp vaqti tashkiliy ishlarga sarflansa ham ijod qilishdan toʻxtamagan va yozgan asarlari bilan juda katta salmoqli hissa qoʻshgan.
" В манере " toʻqqizta pyesalar toʻplami, " Глубокой ночью " poema fortepiano va orkestor uchun " Сонатина " , "Страницы войны " toʻrt qoʻl uchun va etyudlar toʻplami ijodini yorqin bir qismigina xolos. Fortepiano ijrochiligida katta oʻrin olib kelayotgan etyudlar toʻplami op70 hamma uchun mashhur va taniqli. Yuqori ijro mahorati talab etiladigan asarlar boʻlgani sababli festival va tanlovlarda ijro etiladi.
Alfredo Casella op 70 etyudlari toʻplami jami 6 ta boʻlib har bir har xil texnika uchun yozilgan. F. Shopen va M.Ravel ijodidan olgan hayati ifodasi deyish ham mumkin. Bir toʻplamdagi asarlar barcha turdagi musiqiy ijroni oshirish maqsadida yozilgan va shu maqsad koʻzlagan. Birinchi etyud do major (C-dur) tonnaligida Karlo Dzekkiga bagʻishlab yozilgan. Major tertsiya texnikalari. Tez yengil va fantastik ruhda. Oddiy 3 qismli shaklda mayda va aynan tertsiya texnikasi uchun foydali.
Ikkinchi etyud do major (C-dur) tonnaligida Armondo Rentsiga bagʻishlangan. Major va minor septimasi. Kuy asosini septimlar tashkil etadi. Tez va jonli tepamda. Murakkab uch qismli shaklda yozilgan.
Uchinchi etyud mi major (E-dur) tonnaligida Marii Luize Faynega bagʻishlab yozilgan. Legato kvartada. Juda ham bir biriga yaqin ijro etish va sekin tempda.
Toʻrtinchi etyud re minor (d-moll) tonnaligida Marsella Barzettiga bagʻishlab yozilgan. Texnika tarafdan bitta qaytariladigan nota ijrosini rivojlantirish maqsadi qoʻyilgan. Tez jonli va hayajonli sur'atda. Oddiy uch qismli shakldagi asar.
Beshinchi etyud lya bemol major (As-dur) tonnaligida F. Shopenga bagʻishlab yozilgan. Texnik jihatdan aynan kvarta texnikasini oshirish uchun moʻljallangan. Oddiy ikki qismli shaklda. Tempi aniq va ifodali ijro talab etadi.
Va soʻnggi oltinchi etyud P'yetro Skarpiniga bagʻishlab yozilgan , lya minor (a-moll) tonnaligida. Juda ham tez tempda. Murakkab uch qismli shakldagi bu asar aralash texnikalar rivojlantirish uchun moʻljallangan. Texnikaning barcha turlari uchraydi shu jihatdan ham boshqa etyudlarga nisbatan murakkabroq va yuqori ijro mahorati talab etadi.
Bu etyudlarni toʻplam shaklida italyan taniqli pianistlari Michele d'Ambrosio va Andrea Bambace Rai Bolzano ijro etishgan. Aynan shu ikki italyan pianistlari ijrosi boshqalarga qaraganda ham yorqin va betakror. Bunga sabab balki bu italyan kompozitorlari davomchilari va qaysidir maʼnoda ularning milliyligini aksi boʻlgani uchundir.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
1. Nargiz Polatxonova " Итальянская музыка ХХ века в классе специального фортепиано" Ташкент 2006, 22-25-betlar

  1. Асафьев Б. " О музыке ХХ века. Ленинград 1982, 141- bet

  2. Богоявленский С. " Итальянская музыка первой половины ХХ века. Ленинград 1986, 76- bet

  3. Й Мартынов . "Очерки о зарубежной музыке первой половине ХХ века". Москва 1970, 163-164-bet

Download 12,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish