Maxamadiyev Sharofiddin +998915009464
Kimyoviy boglanish turlari asosan 4 turga bo`linadi.
Kovalent bog`lanish
Ion bog`lanish
Vodorod bog`lanish
Metall bog`lanish
Kovalent bog`lanish umumiy elektron juftlari hisobiga hosil bo`ladi. Kovalent bog`lanish asosan 3 turga bo`linadi 1. Qutbli kovalent 2. Qutbsiz kovalent 3. Donor-akseptor
Qutbli kovalent NEM qiymati biri biridan ozroq farqlanuvchi metalmas elementlar o`rtasida hosil bo`ladi. (NEM ayirmasi 0,4 - 1,7) m-n : suv ,ammiak, vodorod xlorid
Qutbsiz kovalent NEM qiymati biri biridan farqlanmaydigan metalmas elementlar o`rtasida hosil bo`ladi. (NEM ayirmasi 0 - 0,4) m-n : CS2 , NCl3 va oddiy molekulyar moddalar(O2 , H2 , N2 , F2 )
Donor akseptor bog`lanish – bir elementning juftlashgan umumlashmagan elektronlari bilan boshqa bir elementning bo`sh orbital hisobiga hosil bo`ladi. Bu bog`lanishli birikimalarni o`quvchi o`zi topa olmaydi, faqat yodda saqlash lozim .
Bularga NH4+ birikmalari, HNO3 kislota va uning tuzlari, azot oksidlari , is gazi , H3O+
Kompleks birikmalar.Kristalogidratlar.
Ion bog`lanish –
1-tarif . Ionlar orasidagi elektrostatik tortishuv kuchi hisobiga hosil bo`ladi
2-tarif . NEM qiymati bir biridan keskin farqlanuvchi metal va metalmas o`rtasida hosil bo`ladi (NEM ayirmasi 1,7-2 dan katta). Demak biz bu bog`lanishni osonlik bilan topishimiz mumkin ya`ni metal va metalmas bog`lansa bo`ldi. Masalan tuzlar, metal oksidlari, metal gidroksidlari . Kompleks birikmalar.
Vodorod bog`lanish – NEM qiymati katta bo`lgan elementlarni o`zaro vodorod orqali bog`lanishidan hosil bo`ladi. Bu bog`lanishli birikimalarni o`quvchi o`zi topa olmaydi, faqat yodda saqlash lozim . Masalan : suv , suyuq ammiak, xlorid kislota (vodorod xlorid gazida yo`q) ,HF , HBr , H2S , DNK , oqsil va tarkibida OH , NH2 guruhi saqlovchi organic birikmalar ( spirtlar , fenollar, karbon kislotalar)
Metall bog`lanish – metall atomalari ortasida elektronlarning yarim ko`chishi hisobiga hosil bo`ladi. Bunda atomalar atrofida zich elektronlar delokallashgan (tarqoq) holatda bo`ladi. Shu bog`lanish hisobiga metallar issiqlikni va elektr tokini yaxshi o`tkazadi. Eng yaxshi tok o`tkazuvchi metall bu kumush.
Bu bog`lanishga barcha metallar o`rtasidagi bog`lanish misol bo`ladi.
Bog` yo`naluvchanligi va to`yinganligi faqat kovalent boglanishga xos.
Bog qutbliligi va bog ionliligi elementlarning NEM farqi ortishi bilan ortib boradi
yoki davriy sistemada davriy qonun bo`yicha taqqoslab topish mumkin
Bog` uzunligi – ikki element yadrosi orasidagi masofaga teng , ya`ni ikki elementning atom radiuslari yig`indisiga teng.
Bog karraligi bu boglar soni .Masalan oddiy bog , qoshbog , uchbog
Bog energiyasi bu bogni uzishga sarf boladigan energiya miqdoriga teng
Bog energiyasi - bog karraligi ortishi bilan ortadi, bog uzunligi ortishi bilan kamayadi.
Bog uzunligi bog karraligi ortishi bilan kamayadi
Masalan: C-C bog uzunligi 0,154 nm , C=C bog uzunligi 0,134 nm
CΞC bog uzunligi 0,120 nm
Do'stlaringiz bilan baham: |