RE’JA - 1. Madaniyat va sivilizatsiya tushunchalari, ular o'rtasidagi umumiylikva farqlar. Antik madaniyat va qadimiy madaniyat, ular o'rtasidagi
- farqlar. Arxaik davrdagi insonning fikrlash tarzi.
- 2. Dunyoqarash va tafakkurning shakllanishiga tabiatdagi hodisalar,
- tabiiy o'zgarishlar ta'sir ko'rsatishi, dunyoqarash, tafakkur bilan tabiat
- doimo bir - biriga ta'sir o'tkazib borishi.
Madaniyat tasodifan paydo bo'lgan emas, balki u turli bilimlar majmuidan, - Madaniyat tasodifan paydo bo'lgan emas, balki u turli bilimlar majmuidan,
- ishonch-e'tiqodlardan, san'atning barcha ko'rinishlaridan, jamiyatdagi
- axloqiy tamoyillar, qonun - qoidalardan, urf - odatlardan tashkil
- topadi. Shuningdek, inson jamiyat a'zosi sifatida o'zlashtirib olgan
- adolat, burch, mas'uliyat, tenglik, ozodlik, Vatan tuyg'ulari ham
- madaniyatning paydo bo'lib shakllanishiga ta'sir qilgan. Bir so'z bilan
- aytganda, madaniyat - insoniyatning butun faoliyatidagi to'g'ri yo'l va
- natijadir.
- Madaniy turmush ancha ilg'or sharoitiga yetishgan bosqich ko'pincha
- “tsivilizatsiya“ degan nom bilan ham yuritiladi. Ammo madaniyat va
- sivilizatsiya aynan bir–biriga teng tushuncha emas.
Madaniyat sinfiy - Madaniyat sinfiy
- jamiyatgacha bo'lgan davrda ham mavjud edi. Sivilizatsiya - insonlarning
- yovvoyi, ibtidoiy hayotdan qabila, millat, xalq bo'lib birlashuvi asosida
- yuzaga keldi. Keyinchalik har ikkalasi bir-birini to'ldirib bordi.
- Sivilizatsiya ko'proq moddiy madaniyatga, mehnat qurollari va ishlab chiqarish
- unumdorligi, jamiyat va davlatni boshqaruvchi qonunlar rivojiga nisbatan
- qo'llanadi: Yevropa sivilizatsiyasi, antik sivilizatsiya, xristian
Madaniyat turli mamlakatlarda turlicha shaklda namoyon bo'ladi. Ammo qay - Madaniyat turli mamlakatlarda turlicha shaklda namoyon bo'ladi. Ammo qay
- shaklda bo'lmasin, inson sivilizatsiyani tadrijiy ravishda o'rganib,
- o'zlashtirib borishga moyildir. Masalan, qadimgi Misr, Xindiston, Eron,
- Yunoniston va Rimda sivilizatsiya ilk bor madaniyatning shakllanishiga va
- dunyo madaniyati rivojiga zamin bo'ldi. Nima uchun qadimiyroq Sharq
- mamlakatlari emas, aynan Yunoniston va Rim davlatlari madaniyat beshigi
- bo'ldi, aynan boshqa mamlakatlarda emas?-degan savol tug'iladi. Chunki
- aqliy va badiiy tafakkur ilk bor Yunoniston va Rimda shakllandi. Lekin
- Aflotun, Pifagor, Epikur, Eenon, Empedakl va boshqa yunon donishmandlari
- Misr va Hindistondagi ustozlardan ta'lim olganlar.
- G'arb ulamolari fikricha, faqat Yunon va Rim madaniyati antik madaniyat deb
- yuritiladi. Antik madaniyat bilan qadimiy (arxaik) madaniyat aynan bir xil
- emas. Ular orasida ma'lum farqlar bor. Garchi Sharq madaniyati yunon - rim
- madaniyatidan qadimiy bo'lsa ham, yevropaliklar yunon - rim madaniyatini
- meros qilib oldilar va bu madaniyat Yevropa madaniyati izchilligini
- ta'minlagani, yevropaliklar uchun yunon - rim jamiyati yagona qadimiy jamiyat
- bo'lgani uchun “antik” terminini qo'llaganlar. Antik madaniyatning qadimiy
- madaniyatdan yana bir farqi-yangi madaniyatni, ya'ni Yevropa madaniyatini
- yuzaga keltirganidir.
Antik madaniyatda san'at, mifologiya, din va boshqa ijtimoiy hodisalar ilk - Antik madaniyatda san'at, mifologiya, din va boshqa ijtimoiy hodisalar ilk
- davrda qorishiq holatdagi ko'rinishga ega bo'lib, birinchi marta yaratildi,
- dunyoning boshqa joylarida bunday madaniyat hali yo'q edi. Antik madaniyat
- degan termin ana shu birinchi marta yaratilgan osori atiqalarga, yozma va
- og'zaki adabiyotga nisbatan qo'llanadi. Soddaroq qilib aytsak, antik davr
- madaniyatning “tug'ilish“ davri, ya'ni Yevropa madaniyatini paydo qilgan
- davrdir.
Haykaltaroshlik tasviriy va amaliy - Haykaltaroshlik tasviriy va amaliy
- san'atni, mifologiyani, fol`klorni, mafkurani ifoda etadi. Bu davrda
- tafakkurda ham o'zgarish yuz berdi. Fikrlashda moddiy mavjud narsalarga
- nisbatan aqlda mavjud narsalar va tushunchalar asosiy o'rin egallay
- boshlaydi.
- Antik davr odami ham jamiki insoniyatning hayot yo'lini bosib o'tgan.
- Dunyoqarash, tafakkur turli tarixiy davrlarda turli xil kechadi. Lekin
- Yunoniston va Rim madaniyatini birlashtirib turadigan ko'p jihatlar bor.
Har ikkala mamlakatning ko'p sonli aholisi O'rta Yer dengizi havzasi - Har ikkala mamlakatning ko'p sonli aholisi O'rta Yer dengizi havzasi
- atrofiga yoyilib ketgan edi. Ana shu tarqoq aholi O'rta Yer dengizi
- madaniyati deb atalgan madaniyatdan oziqlandilar. Har ikkala mamlakat ham
- tosh qurollarni, keyinroq temir buyumlarni o'zlashtirib olishda bir xil
- surat bilan bordilar. Ularning ishlab chiqarish imkoniyatlari va ijtimoiy
- tuzilishi, aqliy taraqqiyoti ham juda yaqin edi.
- Ammo Yunoniston va Rim madaniyati bora - bora keskin ajralib, har biri o'z
- yo'lidan ketdi, mustaqil, bir - birini takrorlamaydigan oqimni
- shakllantirdilar. Yunoniston asosan, Eron, Kichik Osiyo, Afrika va Old Osiyo
- xalqlari madaniyati bilan uzviy aloqaga kirishdi. O'rta Osiyo misolida ham
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |