Mavzu: Yerning konvergent va divergent turlari



Download 27,08 Kb.
bet1/5
Sana16.01.2022
Hajmi27,08 Kb.
#376342
  1   2   3   4   5
Bog'liq
yer


Mavzu: Yerning konvergent va divergent turlari

Reja:

Kirish

  1. Litosfera

Asosiy qism

1. Litosfera plitasining chegaralari

2. Yerning konvergent turlari

3. Yerning divergent turlari

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar

Litosfera va astenosfera hozirgi vaqtda yuqori mantiya bazalt va o‘ta asosli jinslardan tashkil topganligi aniq bo‘lib qoldi. Seysmik to‘lqinlarning yuqori tezligiga ega bo‘lgan yuqori mantiyaning ustki qismi ajratiladi. Yuqori mantiyaning bu qattiq moddali qismi Yer qobig‘i bilan birga litosfera deb ataladi.

Demak, litosfera yuqori mantiyaning depletlashgan ustki qismini va yer qobig‘ini o‘z ichiga olib, uning tuzilishi va tarkibi Yeming geologik tarixi va moddasining differensiatsiyasi xususiyatlarini to‘liq aks ettiradi. Litosferaning peridotitli magnezial-silikatli quyi va asosan, alyumosilikatli ustki qismlarga ajralishi aniq aks etganligi tufayli, ulaming orasidagi chegara Yer kesmasidagi bosh petrofizik bo‘limlar qatoriga kiritilishi bejiz emas.

Restitli qatlam litosferaning pastki qismini tashkil etadi. Qisman erish natijasida bazalt fazasi chiqib ketadi va yuqori mantiya ancha qiyin eriydigan minerallardan iborat bo‘lib qoladi. Adabiyotlarda bunday jinslar restit nomini olgan. Qisman erigan va bazalt qismini yo‘qotgan mantiya «depletlashgan» deb yuritiladi. Uning tarkibiy tuzilishi haqida burmalangan (geosinklinal) oblastlardagi ofiolit komplekslar, o‘rta-okean tizmasining rifit vodiylari va transform Yer yoriqlari bo‘ylab mantiyaning hozirgi zamon ochilmalari hamda Yer qobig‘idagi magmatik jinslar ichidagi turli ksenolitlar tarkibi bo‘yicha xulosalar chiqarilgan.

Litosfera ostida mustaqil qat sifatida astenosfera yotadi. Seysmik to‘lqinlar bo‘yicha kuzatuvlar yordamida okeanlardagi 50 km dan kam chuqurliklarda, qifialarda esa 80 va 120 km oralig‘ida to‘lqinlaming tarqalish tezligi mantiyaning ustki qismidagiga nisbatan kamayadi. Bu pasaygan tezliklar qatlami pastdan ham katta seysmik tezliklar sferasi bilan chegaralangan. Ushbu yuzalardan to‘lqinlaming qaytishi tufayli ular asosan shu qatlamning ichida tarqaladi. Shuning uchun ham u seysmik «volnovod» deb nomlangan. Uni astenosferaga aynan o‘xshatishadi. U lateral yo‘nalish bo‘yicha bir jinsli emas. Okeanlarda uning ustki yuzasi 50 km ga yaqin va o‘rta okean tog‘ tizmalari ostida Yer yuzasiga 10-15 km gacha yaqinlashib keladi. Ostki yuzasining chuqurligi 400 km dan oshmaydi. Kontinentlarda o‘zining tuzilishi bo‘yicha astenosfera juda ham turli tarkibga ega. Yosh tog‘li o‘lkalar ostida (Alp, Kavkaz, Tyan-Shan) uning ustki yuzasi 80 km gacha, rifit

zonalarida esa 50-60 km gacha ko‘tariladi. Yer qobig‘ining eng lurg‘un oblastlari - qadimiy platformalar qalqonlari ostida astenosfera kuchsiz ifodalangan. 100 dan 200 km gacha chuqurliklarda u bir- biridan ajralgan astenolinzalardan tuzilgan, nisbatan kichik qalinlik- dagi qatlardan iborat.

Astenosfera Yer litosferasining shakllanishida muhim ahamiyatga cga. Astenosferada magma va yer qobig‘i moddasining parchalanishi va saralanish jarayonlarining o‘zagi joylashgan. Litosfera plitalari harakatlarini ta'minlovchi astenosferaning geodinamik xossalari ham katta ahamiyatga ega.

Astenosfera lateral yo‘nalishda yakka jinsli cmas. Okeanlar tagida u aniq ifodalangan va katta qalinlikka ega. Qadimiy kontinental plitalar, ayniqsa, arxey kratonlari ostida litosferaning ostki qismi mantiyaning 200-350 km va undan ortiqroq chuqurliklarida yuqori mantiyaning tuzilishi mutlaqo boshqacha ekanligi aniqlangan.

Yuqori mantiya osti moddalari o‘zining umumiy kimyoviy tarkibini saqlagan holda fazaviy o‘zgarishlarga uchraydi va shu tufayli uning fizik xossalari o‘zgaradi. Bunday o‘zgarishlami bir necha sathi kuzatiladi. Ulaming orasida 410 km va 660-670 km chuqurlikdagi sathlar juda muhim hisoblanadi. Yer kesmasi ustki qismidagi bunday qatlanish Yer qobig‘i va butun Yeming tuzilishi va rivojlanishini anglashda katta ahamiyatga ega.

Mantiya tuzilishidagi bosh xususiyat, 410 km dan boshlab chuqurlikda seysmik toiqinlar tezligini oshib ketishidan iborat. Bundan 660-670 km chuqurlikgacha tezlikning (11,3-11,4 km/sek gacha) va tog‘ jinslar zichligining juda yuqoriligi kuzatiladi.

O'rta xa quyi mantiya jinslaming yuqori zichligi bilan ajralib turadi. Hisoblar shuni ko‘rsatadiki, hozirgi vaqtda ma’lum bo‘lgan tog‘ jinslarining hech biri ushbu chuqurlikdagi o‘ta yuqori bosim va harorat sharoitlariga mos kelmaydi. Faqat ba’zi minerallargina bundan istisnodir.



Download 27,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish