Mavzu: Yer Oy tizimi, Yer tipidagi sayyoralar Reja



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana31.05.2022
Hajmi2,22 Mb.
#623830
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mavzu



1- MA’RUZA MASHG‘ULOTI
Mavzu:
Yer - Oy tizimi, Yer tipidagi sayyoralar
 
Reja: 
1.
Yer tipidagi planetalar (Merkuriy, Venera va Mars) ning fizik tabiati. 
2.
Marsning yо‘ldoshlari. Marsning о‘zlashtirish muammolari. 
3. Yer - Oy tizimi. Yerning fizik tabiati. Oyning fizik tabiati. 
4. Yer bilan bog‘liq ekologik muammolar. 
5. Gigant planetalarning fizik tabiati.
6. Ularning xalqalari va yо‘ldoshlari. 
 
MASHG‘ULOTNING MAQSADI: 
Talabalarda Yer - Oy tizimi. Yerning fizik tabiati. Oyning fizik tabiati. Yer bilan 
bog‘liq ekologik muammolar.
 
Yer tizimidagi planetalarning fizik tabiatlari va 
ularning о‘zlashtirish istiqbollari haqida tasavvur va tushunchalarni shakllantirish. 
Gigant planetalar (Yupiter, Saturn, Uran va Neptun) haqida ilmiy tasavvurlarni 
rivojlantirish. 
 
Tayanch tushunchalar: 
Gidrosfsra, litosfera, geomagnit qutblar, vulqon, zond, 
siderik davr, sinodik davr, massa, о‘rtacha zichlik, halqa, yoldosh. 
MAVZUNING QISQACHA MAZMUNI 
Yer - Oy tizimi. Yerning fizik tabiati. Oyning fizik tabiati 
Biz ustida yashayotgan osmon jismi, Quyoshdan uzoqligi bо‘yicha uchinchi 
о‘rinda turuvchi planeta bо‘lib, Quyoshdan о‘rtacha uzoqligi 149,6 million 
kilometrni tashkil etadi. Planetamizning ekvatorial radiusi 6378 kilometr, ya’ni qutb 
radiusidan taxminan 21 kilometrga ortiqlik qiladi. Yer, Quyosh atrofida sekundiga 
30 kilometr tezlik bilan harakatlanib, 365,24 kunda bir marta tо‘la aylanib chiqadi. 
Bir yilda tо‘rt faslning planetamizda kuzatilishining sababi, Yer о‘qining orbita 
tekisligiga 66,5 daraja og‘maligi bilan tushuntiriladi. 
Yer о‘zi о‘qi atrofida 23 soatu 56 minutu 4 sekundda tо‘la aylanib chiqadi. 
Biroq uning Quyoshga nisbatan aylanish davri bir oz uzunroq bо‘lib, 24 soatni 
tashkil qiladi. Sayyoramizning Quyoshga nisbatan aylanish davrining uzunligiga 
sabab, Quyoshning yulduzlar oralig‘ida yillik kо‘rinma siljishidir (bunday siljish, 
Yerning Quyosh atrofida haqiqiy harakatlanishi tufayli sodir bо‘ladi). 
Yerning о‘rtacha zichligi 5,5 g/sm
3
ga teng bо‘lib, massasi taxminan 6*10
24
kilogrammni tashkil etadi. Planetamizning atmosferasi minglab kilometrli 
balandlikkacha chо‘zilib, og‘irligi qariyb 5 ming 160 trillion tonna keladi! Bunday 
«tо‘n» Yerda hayotning paydo bо‘lishi va rivojlanishida muhim rol о‘ynagan. 
Xususan, 20—30 kilometr chamasi balandlikda joylashgan ozon qatlami, 
Quyoshning qisqa tо‘lqinli ultrabinafsha nurlarini kuchli yutib, barcha tirik 
jonivorlarni, jumladan odamzotni, bunday nurlar-ning xavfli ta’siridan asraydi. 
Atmosferaning 21 fonzga yaqinini kislorod, taxminan 78 protsentini azot, qolgan
qismini esa boshqa gazlar: argon, karbonat angidrid va suv bug‘lari tashkil qiladi. 


a) b) 
2- rasm
Yer gidrosfsrasiga (Yer yuzidagi qattiq, suyuq va gaz holatidagi suvlarning 
majmuasi) kо‘ra boshqa planetalardan keskin farq qiladi. Unda faqat suyuq 
holatdagi suvning hajmi 1 million 370 ming trillion kub metr bо‘lib, umumiy 
maydoni 3 ming 610 milliard kvadrat metrga teng. Boshqacha aytganda, u Yer 
sirtining qariyb 71 foizini tashkil qiladi. Quruqlikning о‘rtacha balandligi, dengiz 
sathidan 875 metr bо‘lgani holda, dunyo okeanining о‘rtacha chuqurligi 3800 
metrgacha boradi. Suv о‘zining ajoyib xususiyatlariga kо‘ra, Yerda optimal issiqlik 
rejimining vujudga kelishida muhim rol о‘ynaydi. Suvsiz, organik hayot Yerda 
vujudga kela olmasdi. 
Suvning qattiq bо‘lagi — muz ham planetamizning ancha qismini egallab, 
asosiy qismi Antarktida va Grenlandiya quruqligini koplaydn. Uning umumiy 
massasi 24 ming 200 trillion tonnaga tengdir! Bordiyu, bunday mikdordagi muz 
erisa edi, dunyo okeanining sathi 60 metrga kо‘tarilib, quruqlikning yana 10 foizi 
suv ostida qolgan bо‘lardi. 
Yerning qattiq qatlami litosfera deyilib, bu qismda planetamizning asosiy 
qatlami mujassamlashgan bо‘ladi. Garchi bir qarashda litosfera sirtida turib, uning 
ichki tuzilishi haqida ma’lumotga ega bо‘lish mumkin emasdek tuyulsa-da, aslida 
sayyoramizning inersiya momenti va yer qimirlashlari asosida uning ichki tuzilishi 
haqida yetarlicha aniq ma’lumotlar olish mumkin. 
Gap shundaki, seysmik tо‘lqinlar bо‘ylama va kо‘ndalang bо‘lib, bо‘ylama 
tо‘lqinda zarrachalar tо‘lkinning tarqalish yо‘nalishi buyicha siljigani holda, 
kо‘ndalang tо‘lqinda ularning harakati tarqalish yо‘nalishi bilan tо‘g‘rn burchak 
tashkil qiladi. 
Kо‘ndalang 
tо‘lqinlarning tarqalish tezligi, 
bо‘ylama 
tо‘lqinlarnikidan katta bо‘ladi. Shuningdek, seysmik tо‘lqinlar, turli zichlikdagi 
qatlamlar chegarasidan qaytish va sinish xususiya-tiga ham egadir. Bunday 
ma’lumotlar asos kilib olingan metodlarga tayangan holda, litosferaning ichki 
tuzilishi haqida yetarli darajada ishonchli ma’lumotlar olingan. 
Xususan, suyuqlik zarrachalarning kо‘ndalang tо‘lqin siljishiga qarshilik 
qilmasligi tufayli kо‘ndalang tо‘lqinlar suyuqlikda tarqala olmaydi. Shu asosda 
litosferaning quyi chegarasida suyuq yadrosi borligi asrimizning boshidayoq 
aniqlangan edi. Keyingi tadqiqotlar bu yadro asosan ikki — radiusi 1300 


kilometrgacha boradigan qattiq va uning ustida 2100 kilometrni qalinlikdagi suyuq 
qismlardan iboratligini ma’lum qildi. 
Bu usullar yordamida tekshirishlar, litosferaning qattiq qatlami xam bir jinsli 
bо‘lmay, taxminan 40 kilometr chuqurlikda keskin chegara borligini bildirdi. Bu 
chegaraviy sirt uning kashfiyotchisi nomi bilan Moxorovichich sirti deb ataladi. Bu 
sirtdan yuqori qatlam litosfera pо‘stlog‘i osti-esa mantiya deb yuritiladi. 
Mantiyaning zichligi 3,3 g/sm
3
dan (Moxorovichich sirtida) 5,5 g/sm
3
gacha (yadro 
chegarasida) ortadi. Yadro chegarasida zichlik keskin ortib 9,4 g/sm
3
ni tashkil 
qiladi. Yer markazida zichlik 14,5—18 g/sm
3
gacha tartibda bо‘lib, mantiyaning 
quyi chegarasida bosim 1 million 300 ming atmosferaga boradi. Temperatura 
markazga tomon ortib borib, mantiyaning quyi chegarasida Kelvin shkalasida 5000 
gradusgacha markazda esa taxmiian 10000 gradusgacha boradi. 
3- rasm 
Yer-gigant magnit bо‘lib, uni kompas strelkasining planetamiz magnit 
maydoni kuch chiziqlariga parallel turish uchun harakatlanishidan bilish mumkin. 
Qizig‘i shundaki, geomagnit qutblar Yer qutblari bilan ustma-ust tushmaydi.
Shimoliy geomagnit qutbning geografik kengligi 78°,5, uzunlamasi esa 290° 
(sharqiy uzunlama)ni tashkil qiladi. Boshqacha aytganda, geomagnit о‘q Yer о‘qiga 
11,5° li burchakka og‘ishgan. Geomagnnt maydonning kuchlanganligi ekvatordan 
qutbga tomon 0,25—0,35 dan 0,6—0,7 erstedga qadar ortadi. 
Yer atrofi fazosinnng geomagnit maydon kuchlanganligining planetalararo 
doimiy magnit maydoni kuchlanganligidan (5—10 gammadan) ortiq bо‘lagini Yer 
magnitosferasi deyiladi. Bu sfera Yer о‘qiga nisbatan simmetrik bо‘lmaydi. 
Magnitosfera Yerning kunduzgi tomonida «siqilgan» bо‘lib, 8—14 Yer radiusicha
masofaga chо‘zilgani holda, tungi tomonida planetamizni «magnit dumi»ni vujudga 
keltirib, bir nscha о‘nlab Yer radiusi masofasigacha chо‘ziladi. 
Oxirgi yillarda planetamiz — osmon jismlarining ajralmas qismi sifatida aktiv 
о‘rganilayotganiga qaramay, xali unga tegishli muammolar qо‘shnn 
planetalarnikidan juda kam emas. Ayniqsa, uning bag‘ri haqidagi ma’lumotimiz hali 
juda «kambagal» hisoblanadi. 
Birok Yer «о‘z qо‘limizda» bо‘lib, boshqa osmon jismlarini о‘rganishga 
nisbatan uni tadqiq qilishga katta nmkoniyatlarimiz borligini hisobga olsak 
planetamiz sirlarini qо‘shni planetalardan ancha ilgari «fosh» qilishga katta umid 
bilan qarashga asoslarimiz bor. 
Yerning yagona tabiiy yо‘ldoshi – Oy bor. 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish