Mavzu: V guruh elementlari



Download 98,5 Kb.
Sana13.01.2020
Hajmi98,5 Kb.
#33563
Bog'liq
2x 5 a guruh elementlai

Mavzu: V guruh elementlari.

Azot,fosfor,mishyak,surma va vismutlar davriy tizimning beshinchi guruhini tashkil etib,pelementlar deyiladi.Bu guruh elementlarining elektron konfiguratsiyasi ns2p3.S energetik pog’onadagi elektronlar juftlangan,p pog’onasidagi elektronlar esa yakka holda joylashgan bo’ladi.Guruh elementlarining atomi tashqi energiya ta’siridan qo’zg’algan holatga o’tkazilganda juftlangan elektronlarning biri d pog’onachaga o’tib,yakkalangan elektronlarning soni 5 taga yetadi.Shuning uchun ham guruh elementlariing birikmalardagi oksidlanish darajasi -3dan +5gacha o’zgaradi.Guruh elementlarining vodorodli birikmalar VI vaVII guruh elementlarining vodorodli birikmalariga qaraganda kamroq qutblangan.Shuning uchun ham azot guruhidagi elementlarning vodorodli birikmalari,suvli eritmalarda vodorod ionini hosil qilmaydi,ya’ni kislotali xarakterga ega emas. Guruh elementlarining yuqori oksidlari E2O5 kislotali osid bo’lib,mos ravishda HEO3 va H3EO4 shakildagi kislotalarni hosil qiladi.Guruhdagi elemental birikmalarininng ko’pchiligi farmasevtik dorivor moddalari sifatida ishlatiladi. Shuning uchun guruh elementlarini alohida o’rganish maqsadga muvofiq.Tabiatda azodning 14 7N(99,6%); 15 7N(0,37%) izatoplari barqaror. 4 ta izatopi sun’iy usulda olingan.Azotning ko’p qismi tabiatda erkin holda uchraydi.Azod murakkab organic birikmalar-oqsil moddalari tariqasida,har bir o’simlik va har bir tiri organizmning tarkibiga kiradi.Hujayralarning eng muhim qisimlari protoplazma va yadro oqsil moddalaridan tuzilgan.Oqsil bo’lmasa,hayot ham bo’lmaydi.Azodsiz oqsil bo’lmaydi.Toza azod rangsiz,hidsiz,mazasiz,yashashgava yonishga yordam bermaydigan,100hajm suvda 1,54 hajm eriydigan -209,9oC suyuqlanib,-195,8oC qaynaydigan gaz. Sanoatda azod havodan ajratib olinadi.Laboratoriyada azod uchun oldin konsentrlangan va qaynoq NaNO2 hamda NH4CL eritmalarini aralashtirib,NH4NO2 olinadi:

NaNO2+NH4CL=NaCL=NH4NO2

Hosil bo’lgan NH4NO2 oson parchalanadi:

NH4NO2 N2+2H2O

Bunda mutlaq toza azot olinadi.Azot kimyoviy jihatdan olganda nihoyatda inertdir.Azot odatdagi haroratda faqat litiy bilangina birikadi.Azot qizdirilganda boshqa ba’zi bir metallar bilan ham birikishi mumkin:

6Li+N2=2Li3N

3Ca+N2=Ca3N2

2Al+N2=2AlN

Azot vodorod bilan bir necha birikma hosil qiladi.Ulardan eng asosiysi ammiak(NH3).Laborotoriyada ammiak ammoniy tuzlari hamda ishqoriy va ishqoriy-yer metal oksidlari yoki gidroksidlari aralashmasini qizdirish yo’li bilan olinadi:

2NH4Cl+Ca(OH)2=2NH3 +CaCl2+2H2O

2NH4Cl+CaO=2NH3 +CaCl2+H2O

Hozirgi vaqtda nitrat kislotani va azotli o’g’itlarni ishlab chiqarishda qo’llaniladigan ko’p miqdordagi ammiak 450o-500oC harorat, 2*104 kPa bosimda g’ovak temir kabi katalizator ishtirokida azot va vodoroddan sintez qilinadi:

N2+3H2=2NH3

Toza ammiak-rangsiz,o’ziga xos o’tkir hidli,havodan biroz yengil,zaharli gaz.Ammiak odatdagi bosimda-33,4oC da suyuqlanib,77,8oC da kristallanadi.Normal sharoida bir hajm suvda 710 hajm ammiak eriydi.Ammiakning suvli eritmasi ishqoriy sharoitni hosil qiladi.Ammiakning suvdagi konsentrlangan eritmasi novshadil spiriti deyilib,tarkibida25%NH2 saqlaydi,uning zichligi 0,91 g/sm 3 ga teng.Tibbiyotda ishlatiladigan novshadil spiritining tarkibida 10%NH3 bo’ladi.Harorat ortishi bilan ammiakning suvdagi eruvchanligi kamayadi.Ammiak kimyoviy jihatdan faol,asosli xossaga ega.U kislatalar bilan birikib,tuz hosil qiladi:

NH3+HCl=NH4Cl

NH3+HNO3=NH4NO3

2NH3+H2SO4=(NH4)2SO4

Suvli eritmasi ishqoriy muhitga ega:

NH3+H2O NH3*H2O NH4OH NH4+=OH-

NH4OH kuchsiz asos KD=1,8*10-5

Ammiak kislorodda yonadi.Bunda azot,platina katalizatori ishtirok etsa,azot(II)oksid hosil bo’ladi.

4NH3+3H=2N2+6H2O

4NH3+5O 2 pt 4NO+6H2O

Ammiakdagi vodorod atomlari metal yoki galogen atomlariga almashinishi mumkin:

2NH3+2Na=2NaNH2+H2

NH4Cl+3Cl2=4HCl+NCl3

8NH3+3Br2=N2+6NH4Br

4NH3+3I2=NI3+3NH4I

Ammiak qaytaruvchi bo’lib,metallarni ularning oksidlaridan qaytaradi:

3CuO+2NH3=3Cu+N2+3H2O

Ammiakni ntriy gipoxlorid bilan oksidlab,azotning yana bir vodorodli birikmasi gidrazin olinadi:

2NH3+NaCIO=N2H4+NaCI+H2O

Gidrozin-ammiakka nisbatan ancha kuchsiz asoslik xarakterga ega,kuchli qaytaruvchi.Gidrazin havoda va kislorodda yonadi.Bunda ko’p miqdorda issiqlik ajraladi.Shuning uchun gidrozin raketa yoqilg’isi sifatida ishlatiladi. Azid kislota-HN3 .Azid kislotalar qatoriga kiradi.(KD=3*10-5).Kislota tuzlari azidlar deyiladi.Azid kislota va uning tuzlari qattiq portlovchi moddalardir. Azot bir necha oksidlar: N2O-azot(I)oksid, NO-azot (II) oksid,N2O3-azot (III) oksid,NO2 N2O4-azot (IV) oksid, N2O5-azot(V) oksid hosil qiladi.Bu oksidlar biri ikkinchisidan xossalari bilan farq qiladi.

N2O-Azot (I) oksid NH4NO3 ni yuqori haroratda parchalash yo’li bilan olinadi:

NH4NO3 t N2O +2H2O

N2O-rangsiz,kuchsiz,yoqimli hidli gaz bo’lib,kuldiruvchi gaz deyiladi.Tibbiyotda narkoz sifatida ishlatiladi.Bir hajm suvda 0,63 hajm N2O eriydi.N2O uy haroratida barqaror.Ko’pchilik birikmalar kislorodda yonganidek N2O da ham yonadi. NO-azot (II) oksid suyuqlikka qiyin aylanadigan gaz.Odatdagi sharoitda 100 hajm suvda 5 hajm NO eriydi.NO kimyoviy xossasi jihatidan tuz hosil qilmaydigan oksid.Kislorod bilan oson birikib,azot(IV0oksid hosil qiladi. Azot bilan kislorod odatdagi sharoitdao’zaro reaksiyaga kirishmaydi.Ammo juda yuqori haroratda,masalan,havodan elektr uchqunlari o’tkazilganda azot bilan kislorod bevosita birikib,azot (II) oksidni hosil qilishi mumkin. N2+O2 3000-4000C 2NO

elektr yoyi

Labaratoriyada NO misga suyultirilgan 30-35% nitrat kislotani ta’sir ettirish yo’li bilan olinadi:

3Cu +8HNO3=2NO +3Cu (NO3)2+4H2O

Azot(III) oksid N2O3-nitrat kislotaning angidridi ,past haroratda to’q havo rang tusli suyuqlik bo’lib,-102oC da kristallanib,+3,5oC da qaynaydi va azot (II),azot(IV) oksidlarga parchalanadi.

2N2O3 NO+NO2

Azot (III) oksidga mos kislota nitrit kislota bo’lib,bu kislota nitrit tuzlatiga suyultirilgan sulfat kislota ta’siri tufayli olinadi:

2NaNO2+H2SO4=2HNO2SO4

Nitrit kislotani konsentrlashtirish va qizdirish uni suv bilan azot (III) oksidga parchalanishiga sababchi bo’ladi.Nitrit kislotaga nisbatan uning tuzlari ancha qarorli bo’lib,laboratoriyada oksidlovchi yoki qaytaruvchi sifatida,farmatsiyada har xil dorivor moddalar hosil qilishda ishlatiladi. Azot(IV)oksid(NO2) qo’ng’ir-qizg’ish,zaharli,havodan og’ir,o’ziga xos hidli,bo’g’uvchi gaz.Azot(IV)oksid sekin-asta sovitilsa,11,2oC da rangsiz kristallga aylanib dimer holiga o’tadi:

2NO2+N2O4 Qizdirilganda esa 140oC da monometr NO2 holida bo’ladi. Azot (IV)oksid kuchli oksidlovchidir.Suv va suyultirigan ishqorlar bilan seaksiyaga kirishib,nitrat va nitrit kislota tuzlarini hosil qiladi:

2NO2=HOH=HNO3+HNO2

2NO2+2KOH=KNO3+KNO2+H2O

Kimyoviy toza nitrat kislota –rangsiz suyuqlik.Zichligi 1,53g/sm3-41oCda kristallanib ,+86oCda qaynaydi.Nitrat kislota suv bilan har xil nisbatda aralashadi.Nitrat kislota havoda “tutaydi”,chunki uning bug’i namni o’ziga tortadi.

Nitrat kislota kuchli kislotalar jumlasiga kiradi.Uning tuzlari nitratlar deyilib,hamma nitrat tuzlari suvda yaxshi eriydi.

Nitrat kislota kuchli oksidlovchilar qatoriga kirib,ko’pchilik metallarni oksidlaydi.Bunda kislotaning konsentratsiyasiga bog’liq holda qaytarilish mahsulotlari har xil bo’lishi mumkin.



Konsentrlangan HNO3 suyultirilgan



NO2 N2O NH4NO3 NO

Masalan:

Cu=4HNO3=Cu(NO3)2+2NO2+2H2O

3Cu+8HNO3=3Cu(NO3)2+2NO+4H2O

4Zn+10HNO3=4Zn(NO3)2+NH4NO3+3H2O

Demak,nitrat kislotaning metallar bilan reaksiyasida vodorod ajralib chiqmaydi.Konsentrlangan nitrat kislota qizdirilganda ko’pchilik metallmaslarni ham oksidlaydi.

C+4HNO3=CO2+4NO2+2H2O

S+6HNO3=H2SO4+6NO2+2H2O

3P+5HNO3+2H2O=3H3PO4+5N0

Nitrat kislota tuzlari qizdirilganda parchalanadi,bunda hosil bo’ladigan mahsulotning tarkibi metallning tabiatiga bog’liq.Faollik qatorida magniyadan chapda turgan faol metallarning nitratlari kislorodga va nitritlarga parchalanadi.faollik qatorida magniy bilan mis orasida joylashgan metallarning nitratlari qizdirilganda metal oksidlari,azot (IV) oksid va kislorodga parchalanadi.Misdan o’ngda joylashgan metallarning nitratlari parchalanganda esa sof metal,NO2 va suv hosil bo’ladi. Bir hajm konsentrlangan nitrat kislota va uch hajm konsentrlangan xlorid kislota aralashmasi “zar suvi” deb ataladi. Zar suvi ta’sirida hatto Au va Pt ham eriydi. Zar suvining metallarni eritishiga sabab,nitrozil xlorid va atomar xlor hosil bo’lishidir:

HNO3+3HCl=2Cl+NOCl+2H2O

NOCl=CL+NO.

Ajralib chiqayotgan atomar xlor metal bilan birikib,xloridlar hosil qiladi:

Au+HNO3+3HCl+AuCl3+NO +2H2O

Laboratoriyada nitrat kislota natriy nitratga konsentrlangan sulfat kislotani ta’sir ettirib olinadi.Sanoatda ammiakni katalitik oksidlash mahsulotlaridan olishadi.Nitrat kislota mineral o’g’itlar,bo’yoqlar,dori moddalariportlovchi moddalar ishlab chiqarishda qo’llaniladi.Azotning kishi tanasidagi umumiy miqdori 3,1%ni tashkil qiladi.modda almashinuvida uning ahamiyati katta.Azot oqsillarning tarkibiy qismiga kiradigan aminokislotalarda bo’ladi.Azot gemoglobin,xlorofill,nukleotidin,ba’zi vitaminlar va gormonlar hamda fermentlar tarkibida ham uchraydi. Azot va uning birikmalari tibbiyotda keng qo’llaniladi.Suyuq azot yordamida so’gal,ba’zi dog’lar yo’qotiladi.Azot(I)oksid norkoz sifatida ishlatiladi.Anorganik va organik nitritlar qon tomirini kengaytirish uchun ishlatiladi.Ularga natriy nitrat,amilnitrit,erinit nitrogliserin kiradi.Natriy nitrit boshqa boshqa birikmalar bilan aralashma holatida nafas olish yo’llarining mushaklarini kengaytirishda ishlatiladi. Ammiak eritmasidan nafas olish markazini qo’zg’atishda foydalaniladi. Ammoniy xlorid tuzi eritmasidan siydik haydovchi va balg’am ko’chiruvchi omil sifatida foydalaniladi.Nitrat kislotadan esa so’gallarni kuydirishda foydalaniladi.



TAJRIBALAR Zarur asbob va reaktivlar:azot va ammiak olish uchun asbob. Shtativ.Probirkalar.Kristallizator.Tomchili voronka.Shisha naylar.Cho’plar.Chinni xovoncha dastasi bilan.Shisha tayoqcha.Paxta.Qizil lakmus.Fenolftalein.Kolbalar. Quruq tuzlardan:natriy nitrit,xlorli ohak.Ammoniy xlorid.Ammoniy dixromat.Mis qirindisi.Rux.Qo’rg’oshin nitrat.Kaliy nitrat. Konsentrlangan eritmalar:ammoniy xlorid,ammiak,xlorid kislota.Nitrat kislota,sulfat kislota,Bromli suv.Eritmalar.2n ammoniy xlorid,o’yuvchi natriy,kaliy permanganat,nitrat kislota,natriy nitrit,sulfat kislota,kaliy yodid,kaliy dixromat.

1-tajriba.Azotning olinishi va xossalari .

a)83-rasmda ko’rsatilganidek,asbob yig’igb,uning jips yopilishini sinab ko’ring.Quruq probirkaga 1 g chamasi maydalangan natriy nitrit tuzidan solib,unga tomchilatib 1-2 ml konsentrlangan ammoniy xlorid eritmasidan hushyorlik bilan qo’shing.Probirkani qizdiring.Ajralib chiqayotgan gazni probirkaga yig’ib,yonib turgan cho’pni azotli probirkaga tushuring.REaksiya tenglamasini yozing.



b)83-rasmdagi 1-probirkaga ozgina xlorli ohak solib,ustiga tomchilatib quyadigan varonka (2) orqali konsentrlangan amiyak eritmasidan bir necha tomchi quying.Ajralib chiqayotgan gazni 3-probirkaga yig’ing.Azot yonishga yordam beradimi?Reaksiya tenglamasini yozib oksidlovchiva qaytaruvchilarni aniqlang.

2-tajriba.Amiyakning olinishi.Uning suvga va xlorid kislataga ta’siri.

a)84-rasmda ko’rsatilgandek asbob yig’ing.Teng miqdordagi ammony xlorid va so’ndirilgan ohakni chinni hovonchada yaxshilab aralashtiring(amiyak hidi keladi).Probirkaning 1/3 qismiga aralashmadan solib,shtativga o’rnating.gaz yig’ishnayiga quruq probirka kirg’zib,probirka og’zini paxta bilan berkiting.Aralashmani sekin qizdiring.Probirkaga amiyak to’lganligini aniqlash uchun konsentrlangan xlorid kislatada ozroq pata o’rab namlangan shisha tayoqchani yoniga olib kelsangiz oq tutun hosil bo’ladi.Reaksiy a tenglamalarini yozing.Probirkaga amiyak to’lganligiga ishonchhosil qilganingizdan so’ng,probirkani naydan ehtiyotlik bilan olib va o’ngarmay turib,og’zini tiqin bilan berkiting va suvda eritish uchun saqlab qo’ying; b) hozirgi tajribada olingan ammiakli probirkani kichik hajmli kristallizatordagi yoki chinni kosachadagi suvga botiring va probkasini oling.Shu ondayoq probirkaga suv kira boshlaydi.Suv betide ammiakning suvdan yengil eritmasi hosil bo’ladi.Reaksiyani tezlatish uchun probirkani ohista chayqating.Suv ko’tarilmay qolgandan so’ng probirkani suv ostida barmog’ingiz bilan berkitib,kristallizatordan oling.Hosil bo’lgan eritmani qizil lakmus qog’ozi yoki fenolftalin bilan sinab ko’ring.Reaksiya tenglamasini yozing. 3-tajriba .Ammoniy ioniga reaksiya. Probirka 5-6 tomchi ammoniy xlorid eritmasidan solib,ustiga 3-4 tomchi 2 n o’yuvchi natriy eritmasidan tomizing.Probirkani ohista qizdirib,og’ziga qizil lakmus qog’ozini tuting.Rang o’zgarishini kuzating.Ajralib chiqayotgan ammiakni hididan ham bilish mumkin.Reaksiya tenglamasini yozing. 4-tajriba.Ammoniy xloridning parchalanishi. Quruq probirkaga bir necha dona ammoniy xlorid tuzidan solib,shtativga vertical qilib o’rnating.Probirkani sekin qizdiring.Hodisani kuzating.Probirkaning sovuq devorlarida qaytadan oq kristallar hosil bo’lishiga e’tibor bering.Probirka sovigandan so’ng unga suv quying.Hosil bo’lgan eritmada Cl- ioni qanday aniqlanadi?NH+ ioniga reaksiya qilib ko’ring.Rreaksiya tenglamalarini yozin. 5-tajriba.Ammiakning qaytaruvchanlik zossasi. a)ammiak ta’siridan bromning qaytarilishi. Probirkaga 5-6 tomchi bromli suv solib,unga 2-3 tomchi 25% ammiak eritmasidan tomizing.Aralashmadagi brom ranggining o’zgarishini kuzatib,reaksiya tenglamasini yozing.Oksidlovchi va qaytaruvchilarni aniqlang; b)ammiyak ta’siridan kaliy permanganatning qaytarilishi. Probirkaga 3-4 tomchi kaliy permanganate eritmassidan soling.Eritmaning rangi o’zgarguncha 25% li ammiak eritmasidan tomizib,probirkani chayqating.Kaliy permanganatning neytral va kuchsiz ishqoriy sharoitda marganes(IV)oksidgacha qaytarilishini hisobga olib,reaksiya tenglamasini yozib tenglang. 6-tajriba.Azot (II)va(IV) oksidlarning olinishi va xossalari. a) 83-rasmda ko’rsatilgandek asbob yig’ib,kristallizatorning yarmigacha suv quying.3-probirkani suv bilan to’lg’azib,suvli kristallizatorga,probirkaning tagini tepaga qaragan holda o’rnating.Probirka suvga to’la holda saqlansin. 1-probirkaga ozroq mis qirindisidan solib,tomchilab quyadigan (2)varonkaga(p=1,12g/sm3)suyultirilgan nitrat kislotadan quying.Nitrat kislotadan tomchilatib mis qirindisini tomizing.Reaksiyashiddatli ketgandan so’ngra shisha nay uchini kristallizatordagi suv to’lg’azilgan probirkaga kiriting.Gaz ajralib chiqishini kuzating.Reaksiya tenglamasini yozing.Suv to’lg’azilgan probirkaning 3/4qismi gazga to’lgach,suv tagida probirkaning og’zini barmog’ingiz bilan berkitib,probirkani suvdan olingva tagini pastga qilib ag’daring.Probirkaning og’zini 1-2 soniyada ochib,probirka ichidagi gazning,qo’ng’ir rangga aylanishini kuzating.Reaksiya tenglamasini yozing. Probirkaning og’zini barmog’ingizz bilan berkitgan holda kuchli chayqatib,qo’ng’ir gazning suvda erishini kuzating.Yana probirkaning og’zini ohista ochib,gazning qo’ng’ir rangga aylanishini kuzating va uni ham eriting.Shu usulda hosil qilingan NO2 gazning hammasini suvda eriting.Hosil bo’lgan eritmaning sharoitini ko’k lakmus qog’ozi bilan sinab ko’ring.Reaksiya tenglamalarini yozing; b)misga konsentrlangan va suyultirilgan nitrat kislotaning ta’siri. Ikkita probirka olib,har biriga bir-ikki dona mis qirindisidan solib,birinchisiga suyultirilgan (p=1,12g/sm3),ikkinchisiga esa konsentrlangan(p=1,2g/sm3)nitrat kislotalaridan 6-8 tomchidan tomizing.Ikkala probirkani ham oq fonda ushlab,qaysi birida rangsiz NOyoki qo’ng’ir NO2 ajralishini kuzating.Reaksiyalar tenglamasini yozib,oksidlovchi va qaytaruvchilarni aniqlang. 7-tajriba.Nitrat kislota tuzlarining oksidlovchilik va qaytaruvchilik xossalari. a)kaliy yodida natriy nitritning ta’siri. Probirkaga 3-5 tomchi kaliy yodid eritmasidan solib,ustiga 2-3 tomchi 2n suyultirilgan sulfat kislotadan qo’shing.Probirkani chayqatib,unga natriy nitrit eritmasidan tomchilatib qo’shing.Yod ajralib chiqishini kuzating.Erkin yod ajralib chiqqanini aralashmaga kraxmal klestri qo’shilganda suyuqlikning ko’karishidan bilish mumkin.Reaksiya tenglamasini yozib,oksidlovchi va qaytaruvchilarni aniqlang; b)kaliy permanganatda natriy nitritning ta’siri. Probirkaga3-5 tomchi kaliy permanganat eritmasidan olib,ustiga 1-2 tomchi 2n suyultirilgan sulfat kislotasidan qo’shing.Probirkani chayqatib,unga natriy nitrit eritmasidan tomizing.Tajribadagi rang o’zgarishini kuzatib,oksidlovchi va qaytaruvchilarni aniqlang.Reaksiya tenglamasini yozing; d)kaliy dixromatga natriy nitritning ta’siri. Probirkaga 3-5 tomchi kali dixromat eritmasidan solib,ustiga (p=1,84g/sm3)konsentrlangan sulfat kislotadan 2-3 tomchi qo’shing.Probirkani chayqating.So’ngra aralashmaga natriy nitrit eritmsidan tomchilatib qo’shing.Aralashma rangining o’zgarishini kuzatib,oksidlovchi va qaytaruvchilarni aniqlang.Reaksiya tenglamasini yozing. 8-tajriba.Nitrat kislota tuzlarining harorat ta’siridan parchalanishi. a)qo’rg’oshin nitratning parchalanishi.Probirkaga ozroq qo’rg’shin nitrat kristallaridan solib,uni shtativga 80-rasmdagidek qiya o’rnating.Probirkani ehtiyotlik bilan qizdiring.Gaz ajralib chiqishiga e’tibor bering.Oksidlovchi va qaytaruvchilarni aniqlab,reaksiya tenglamasini yozing; b)kaliy nitratning parchalnishi.Probirkaga 1-1,5g kaliy nitrat kristallaridan solib,uni shtativga vertical holda o’rnating.Probirkani ehtiyotlik bilan tuz eriguncha qizdiring.Ajralib chiqayotgan gazga e’tibor bering.Qizdirishni gaz chiqishi to’xtaguncha davom ettiring.Probirkaga uchi yallig’langan cho’pni tashlang va yonishini kuzating.Kaliy nitrat termik parchalanganda nitrit hosil bo’lgan ccccho’kmani suvda eriting.Eritma nitrit kislota tuzi ekanligini aniqlash uchun 7-tajribadagidek kaliy yodid va kaliy permanganate eritmalariga ozroq suyultirilgan sulfat kislotadan tomizib,tayyorlangan eritmangizdan qo’shing.KNO3 ning termik parchalanish reaksiyalarini yozing.

Savol va mashqlar. 1.Ammiakning platina katalizatori va katalizatorsiz kislorodda oksidlanish reaksiyasi tenglamalarini yozing. 2.Ammiakdan nitrat kislotani qanday hosil qilish mumkin?Reaksiya tenglamalarini yozing. 3.Ammiakning xlor,brom,kaliy permanganatlar bilan o’zaro ta’sirlanish reaksiyalarini yozing. 4.Ammoniy tuzlaridan qaysi birlari farmasiyada ahamiyatga ega va qanday ishlatiladi. 5. Azot(III) oksidni qanday olish mumkin? 6.Quyidagi reaksiyalarni yarim reaksiyalar usulida tenglashtiring. a)Co+HNO3 Co(NO3 )2+NO+H2O

b)Co+HNO3 Co(NO3 )3+NH4NO3+H2O

d)Fe+HNO3 Fe(NO3 )3+NO+H2O

e)MnS+HNO3 Mn(NO3) 2+H2SO4+NO+H2O

f)S+HNO3+H2O H2SO4+NO

g)I2+HNO3 HIO3+NO

7.Zichligi 0,91g/sm3bo’lgan konsentrlangan ammiakning 10%li 150ml eritma tayyorlash uchun necha ml suv va ammiak olish kerak? 8.Natriy nitritning 0,5% eritmsidan 300ml tayyorlash uchun qancha tuz va suv olish kerak?(bu eritma qon tomirlarini kengaytiruvchi sifatida ishlatiladi). 9.10g KNO3bilan (p=1,84g/sm3)H2SO4 reaksiyasi natijasida necha gramm HNO3 hosil bo’ladi? 10.Molekulyar orbitalari usulida azot va azot(II)oksid molekulalari tuzilishini ifodalang.Molekula tuzilishi ularning reaksiyaga kirish qobilyatiga qanday ta’sir qiladi? 11.NH4Cl; (NH4)2SO4;(NH4)2S;NaNO2 gidrolizlanish reaksiya tenglamalarini molecular va ion shakllarida yozing.Bu tuzlarning qaysi biri ko’proq gidrolizlanadi? 12.Quyidagi tuzlarning rermik parchalanish reaksiyalarini yozing. a)NH4NO3; b)NH4HCO3 d)Cu(NO3 )2; e)Hg(NO3) 2; f)KNO3. 13.Zichligi 0,967g/sm3bo’lgan 20ml 8%li ammiak eritmasini neytrallash uchun 2nHCl eritmasidan qancha hajm kerak? 14.Quyidagi reaksiyalarni tugallab tenglashtiring:

a)NH3+H2O+KMnO4

b)N2H4+H2SO4+K2Cr2O7

d)NH2OH+H2SO4+FeSO4

e)NH2OH+H2O+K2S2O8

f)KNO2+CH3COOH+KI

g)HN3+Mg

h)KNO3+Zn+KOH

i)HNO3+H3PO2

j)(NH4)2Cr2O7 t Cr2O3+…

Fosfor va uning birikmalari

Tabiatda fosforning 1531P izotopi barqaror bo’lib,1530P va 1532Plar sun’iy usulda olingan radioktiv izotoplardir.Fosfor atomining radiusi azot atomi radiusida katta bo’lganligi sababli,electron qabul qilishi azotnikiga qaraganda qiyinroq;electron berishi esa osonroqdir.Fosfor bir necha allotropic shakl o’zgarishiga ega.Bulardan amaliy ahamiyatga ega bo’lgani oq va qizil fosfordir. Oq fosfor-rangsiz,kuchli zaharli,kimyoviy faol,+44oCda suyuqlanib,+280,5oCqaynaydigan,(p=183g/sm3) 50o Cda yonuvchi kristall massa.Suv bilan reaksiyaga kirishmaydi.Shuning uchun ham oq fosfor suv tagida yig’ib olinadi:

2Ca3(PO4)2+10C+6SiO2=P4+6CaSiO3+10CO Oq fosfor molekulasing kristall panjarasi tetraedr ko’rinishida bo’lib,P4-holida mavjuddir. Oq fosfor havosiz joyda 250oC-300oCda qizdirilsa,qizil fosforga aylanadi. Qizil fosfor-zaharsiz,kukun holidagi to’q qizil modda bo’lib,250oCdan yuqorida yonadi.Qizil fosfor qizdirilganda suyuqlikka aylanmasdan turib bug’lanadi.Uning bug’I quqyuqlashib,oq fosfor hosil qiladi. Fosfor ko’pgina moddalar(kislorod,galogenlar,metallar)bilan bevosita birikadi.Yuqori haroratda qariyb hamma metallar bilan fosfidlar hosil qiladi.Metall fosfidlari suv va suyiltirilgan kislotalar ta’siridan fosforning vodorodli birikmasi-fosfinni hosil qiladi:

Ca2P2+6HCl=2PH3+3Ca(OH)2

Ca2P2+6H2O=2PH3+3Ca(OH)2

Fosfin (PH3) sarimsoq hidli juda zaharli gaz.Ammiadan farq qilib,suvda oz eriydi va u bilan reaksiyaga kirishmaydi.Fosfin eng kuchli kislotalar bilangina reaksiyaga kirishib,fosfoniy PH+4 tuzlarini hosil qiladi;

PH3+HCIO4=PH4CIO4

PH3+HI=PH4I.



Fosforga ishqor qo’shib qaynatish orqali fosfin olish mumkin.

2P4+3Ba(OH)2+6H2O 3Ba(H2PO2)2+2PH3

Difosfin P2H4rangsiz suyuqlik,kuchli qaytaruvchi,havoda o’z-o’zidan alangalanadi.Fosfidlar gidrolizlanganda fosfin bilan birgalikda hosil bo’ladi. Fosforning bir necha kislorodli birikmalari mavjud bo’lib, ularning ichida fosfor (V)oksid eng ahamiyatlisidir.Fosfor (V) oksid suv bilan shiddatli birikib,sharoitga qarab har xil fosfor kislotalarini hosil qiladi.

P2O5+H2O=2HPO3

P2O5+2H2O=H4P2O7

P2O5+3H2O=2H3PO4

Bu fosfat kislotalari kristall moddalar bo’lib,tarkibidagi suv miqdori bilan bir-biridan farqlanadi.

2H3PO4 -H2O250C H4P2O450C -H2O 2HPO3

H3PO4 t suyuql. =42oC;H4P2O7 t suyuql .=61Oc;HPO3 t suyuql=40oC.

Metafosfat kislota –suvda yaxshi eriydigan zaharli kislota.Ortofosfat kislota havoda tursa suyuqlanib ketadigan rangsiz kristall modda.H3PO4 o’rtacha kuchli,uch negizli kislota.Pirofosfat kislota –yumshoq shishasimon massa,suvda oson eriydi,zaharsiz. Bu kislotalar orasida eng ahamiyatlisi ortofosfat kislotadir.Chunki uning tuzlari mineral o’g’it sifatida keng ko’lamda ishlatiladi.Ortofosfat kislota oddiy qilib fosfat kislota deb ataladi. Fosfat kislota uch negizli kislota bo’lganligi sababli 2 xil nordon tuzlar digidrofosfatlar,gidrofosfatlar hamda o’rta tuzlar fosfatlarni hosil qiladi.Barcha digidrofosfatlar,ammoniy va ishqoriy metallarning fosfatlar va gidrofosfatlari suvda yaxshi eriydi.Qolgan metallarning fosfatlari va gidrofosfatlari oz eriydi. Ishqoroiy metallarning fosfatlari va gidrofosfatlari gidrolizlanadi. Eritma muhiti ishqoriy bo’ladi:

PO3-4+HOH HPO2-4+OH-

HPO2-4+HOH H2PO-4+OH-

Digidrofosfatlar termik parchalanib,metafosfatlarni:

NaH2PO4 t H2O+NaPO3

Gidrofosfatlar esa pirofosfatlarni:

2Na2HPO4 t Na4P2O7+H2O



hosil qiladi.Fosfatlar harorat ta’siridan parchalanmaydi. Fosfor ham azotga o’xshab,modda almashuvida katta ahamiyatga ega.Uning odam tanasidagi miqdori 1% atrofida bo’lib,shundan 85% suyak va tish tarkibida 3Ca3(PO4)2 . Ca(OH)2va 3Ca3(PO4)2*CaCO3*H2O Ko’rinishida bo’ladi.Fosfor va uning birikmalari qonda,miya qatig’Ida va asab tolalari tarkibida ham uchraydi.Odam tanasida ro’y beradigan barcha fiziologik jarayonlar fosfor organic moddalarning o’zgarishi natijasida ro’y beradi.Fosfat kislota uch negizli kislota bo’lganligi uchun spirtlar bilan har xil efirlar hosil qiladi.Kishi tanasida mono-vadi-efirlar uchraydi.To’qimalardagi adenazin trifosfat kislotalari organizmda asosiy energiya manbai hisoblanadi.Natriy va kaliy fosfatlar esa tanada kislota-asos muvozanatini ushlab turishda muhim ro’l o’ynaydi.Insonning kundalik fosforga bo’lgan ehtiyoji 1-2g bo’lib,u ovqat hisobiga to’liq qoplanadi. Tibbiyotda yurak,asab tizimi xastaligida va kamqonlikda fosforning organik birikmalari ishlatiladi.Bularga adenazin trifosfat kislotaning natriyli tuzlari,kalsiy glitserofosfat,fitin,fitoferrolaktal va boshqalar kiradi.
Download 98,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish