Mavzu. Uzluksiz malaka oshirishni rivojlantirishda individual ta’lim
traektoriyasini yaratish
Ma’lumki, Xalq ta’limi tizimida 2020-yil dekabr oyiga qadar xalq ta’limi
pedagog o‘qituvchilari va rahbar xodimlari belgilangan davriylikka ko‘ra, ya’ni
o‘qituvchilar har 5 yilda va rahbar xodimlar har 3 yilda malakasini oshirib kelgan.
Tizimdagi muammolarni o‘rganish maqsadida o‘tkazilgan so‘rovnomalar
natijalari tahliliga ko‘ra, rahbar va pedagoglar malaka oshirish jarayonida ko‘plab
muammolarga duch kelgan. Ya’ni tinglovchilar bir oy malaka oshirish davrida
oiladan uzoqlashishi, maktabni boshqaruvsiz qoldirishi yoki malaka oshirish o‘rniga
boshqa xodim yuborishi kabi holatlar kuzatilgan.
Shuningdek, o‘qish davridagi korrupsion holatlar, ortiqcha harajatlar singari
ko‘plab muammolar tizimda yillar mobaynida to‘planib kelgan.
Bu sohada olib borilayotgan islohotlar, yaratilayotgan yangi platforma
yuqoridagi kamchiliklarga barham berishi ta’kidlab o‘tildi.
– Hozir yangi joriy qilinadigan malaka oshirish tizimi doimiy amalga
oshiriladi. Asosiy maqsad o‘qituvchining malaka oshirishdan o‘tib, yangi bilim
olishiga qaratiladi. Endi yangi platformada har bitta o‘qituvchining malaka oshirishi
o‘ziga moslanib, zamonaviy rivojlanish trayektoriyasiga yo‘naltiriladi.
Endilikda malaka oshirish tizimi ma’lumotlar bazasi, xodimlarning kasbiy
rivojlanish holati, ta’lim kreditlari hisobini yuritish, tizimdagi barcha xodimlarning
kasbiy bilimlaridagi bo‘shliqlarni doimiy monitoring qilish mazkur Uzluksiz kasbiy
ta’lim elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.
Yuqoridagi qarorda belgilanganidek, 2021-yil 1-martdan boshlab, tuman
(shahar) xalq ta’limi bo‘limlari tomonidan xalq ta’limi xodimlarining malaka
oshirish bo‘yicha ehtiyojlari o‘rganildi va A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot
instituti tomonidan “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasi orqali
ularning kasbiy kompetensiyalarini aniqlash bo‘yicha diagnostika qilish hamda
individual rivojlanish trayektoriyasini shakllantirish mexanizmi ishlab chiqildi.
Yaratilgan elektron platforma pedagog va rahbar xodimlarga xohlagan vaqtda va
xohlagan joyda turli gadjetlar orqali ulanish, shuningdek, o‘z kasbiy ehtiyojlaridan
kelib chiqib, uzluksiz malaka oshirish imkoniyatini beradi.
Shuningdek, yangi platformani pedagoglarga yetkazish yo‘lida qilinayotgan
ishlarga ham to‘xtalib o‘tildi. Unga ko‘ra, 2021-yil 1-martdan boshlab fan
metodistlarini mazkur plaftorma orqali kredit-modulga asoslangan malaka oshirish
boshlandi. 1-may holatiga 1647 nafar metodist malakasi oshirilib, tegishli
sertifikatga ega bo‘ldi. Metodistlar uchun ehtiyojga asoslangan 30 ta videokurs
tayyorlandi va platformaga joylashtirildi. 1 iyundan boshlab maktab direktorlari
uchun malaka oshirish boshlangan bo‘lib, ular uchun 8 ta kompetensiya bo‘yicha
ehtiyojga asoslangan 192 ta videokurs tayyorlandi.
Islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish muayyan vaqt va fursat talab
qiladi. Xususan, ta’lim sohasidagi islohotlar xiyla murakkab jarayon bo‘lib,
izchillikni, puxta va o‘ylangan rejani, tahlil va tadqiqni taqozo etadi. Biroq shu
paytga qadar xalq ta’limi tizimida soha muammolarini tadqiq qiladigan, uning
strategiyasini belgilaydigan va rejalashtirilgan innovasiyalarni ilmiy jihatdan
o‘rganib, tajriba-sinovdan o‘tkazadigan maxsus tashkilot yoki muassasa yo‘q edi.
Prezidentimizning joriy yil 6-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekistonning
yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada
takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida xalq
ta’limi tizimidagi islohotlarni yanada takomillashtirish va ilmiy jihatdan qo‘llab-
quvvatlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Mazkur hujjatlarda xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini
oshirish bilan bog‘liq masalalarga ham alohida e’tibor qaratilib, sohadagi rahbar va
pedagog-xodimlarni “hayot davomida o‘qish” tamoyili asosida uzluksiz malaka
oshirish tizimiga transformatsiya qilish vazifasi qo‘yildi.
Amaldagi tartibga ko‘ra, pedagog-kadrlar har 5 yilda kamida 1 marta, rahbar
va mutaxassis xodimlar esa har 3 yilda kamida 1 marta malaka oshirishlari lozim.
O‘qituvchining 5 yilda 1 oy, ya’ni 144 soatlik o‘quv dasturi asosida malaka
oshirishi va qolgan 4 yilu 11 oy hech qanday o‘quvga jalb qilinmasligi ularning o‘z
ustida
ishlamasligi,
katta
hajmdagi
ta’limiy
axborotlardan
bahramand
bo‘lmasligiga olib kelmoqda.
Pedagog-kadrlarning 5 yilda 1 marta malaka oshirishi hozir faqat ayrim
MDH
mamlakatlarida
saqlanib
qolgan.
Dunyodagi
ta’lim
rivojlangan
mamlakatlarda o‘qituvchilarning har yili uzluksiz malaka oshirishi yo‘lga
qo‘yilgan. Masalan, Koreya Respublikasida o‘qituvchi har yili kamida 108 soat,
Singapur va Yaponiyada har yili 100 soatdan ortiq, Gollandiyada 166 soat malaka
oshirishi belgilangan.
Shu bois, bizda ham soha xodimlarini davriy emas, balki doimiy ravishda
o‘qitib borish, malaka oshirishni xodimlarning kasbiy ehtiyojidan kelib chiqib
tashkil etish dolzarb masalaga aylanib qoldi.
Islohotlar yangicha yondashuvlarni taqozo qilyapti.
Davlatimiz
rahbari
farmoniga
muvofiq,
xalq
ta’limi
sohasidagi
muammolarni ilmiy tadqiq qilish va istiqboldagi islohotlarni ilmiy jihatdan
qo‘llab-quvvatlash uchun Abdulla Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va
mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti qayta
tashkil etildi. Mazkur muassasa A.Avloniy nomidagi Xalq ta’limi muammolarini
o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti deb nomlandi. Institut
faoliyati davr talablaridan kelib chiqqan holda tubdan isloh qilindi: u faqat
pedagog-xodimlar malakasini oshirish bilan cheklanib qolmasdan, tom ma’nodagi
ilmiy-tadqiqot dargohiga aylanadi.
Bu, o‘z navbatida, institut zimmasiga yanada ko‘proq mas’uliyat yuklaydi:
raqobatbardosh va samarali milliy ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish, darslik va o‘quv
qo‘llanmalarini zamon talablari asosida takomillashtirish, o‘quv dasturlari va
standartlarini optimallashtirish, ta’lim muassasalari rahbar va pedagog-xodimlarini
kasbiy rivojlantirish bilan bog‘liq ilmiy muammolarni tadqiq qilish va echimini
topish – institutning asosiy faoliyat yo‘nalishi etib belgilandi.
Xalq ta’limi vazirligiga Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 iyunga
qadar xalq ta’limi xodimlarining malaka oshirish jarayonini “hayot davomida
o‘qish” tamoyili asosida tashkil qilish, xodimlarning kasbiy ehtiyojlarini tashxis
qilish asosida ishlab chiqilgan individual rivojlanish dasturiga muvofiq malakasini
oshirish tartibini amaliyotga kiritish, soha xodimlarining malaka oshirish
jarayoniga kredit-modulga asoslangan uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini
bosqichma-bosqich joriy etish vazifasi yuklatildi.
Malaka oshirish — ta’lim tizimining diqqat markazida bo‘ladi.
Yaqinda malaka oshirish kursida o‘qigan xodimlarga berilgan “Siz o‘qigan
kursning mazmuni kasbiy ehtiyojlaringizni qay darajada qondirdi?”, degan savolga
ularning 20 foizi “to‘la qondirdi”, 20 foizi “qisman qondirdi”, 50 foizi
“qondirmadi” va 10 foizi “bilmadim”, deb javob qaytardi. So‘rovnomaga jalb
qilinganlarning ko‘pchiligi malaka oshirish dasturlarini shakllantirishda ularning
ehtiyojlari e’tiborga olinsa, kursning foyda va samarasi oshgan bo‘lardi, deb qayd
etdi.
Har qanday ta’lim jarayoni samarali bo‘lishi uchun u ta’lim oladigan
shaxsning qiziqish va ehtiyojlariga mos bo‘lishi lozim. Bu barcha yoshdagi ta’lim
oluvchilarga xos bo‘lib, ayniqsa, katta yoshdagilar uchun muhim ahamiyat kasb
etadi. Pedagog-xodim malaka oshirish kursiga, odatda, yangilik olish, o‘qitishning
yangi metod va texnologiyalarini o‘zlashtirish, kasbiy ehtiyojlarini qondirish
maqsadida boradi. Biroq kasbiy ehtiyoj har bir pedagogda turlicha bo‘ladi. Bu —
tabiiy hol. Bitta auditoriyaga jamlangan 25 nafar pedagog-kadrga o‘tiladigan
mavzu kim uchundir qiziqarli bo‘lishi, kimningdir ehtiyojiga mos kelishi,
qolganlarga esa umuman hech narsa bermasligi mumkin. Pirovardida o‘tilgan dars
yoxud malaka oshirish kursi tinglovchilarni bir xil darajada qoniqtira olmaydi.
Buning uchun xalq ta’limi xodimlarining malaka oshirishga doir ehtiyojlarini
o‘rganish, ularning har biri uchun individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasini
tuzish va malaka oshirish o‘quvlarini ana shu asosda tashkil etish lozim.
Ehtiyojlarga asoslangan malaka oshirish tizimini joriy etish uchun xalq
ta’limi xodimlarining malaka darajasi, bilimi, ilmiy-pedagogik salohiyati, ish
tajribasi va individual kasbiy rivojlanish traektoriyasidan kelib chiqib,
tabaqalashgan malaka oshirish dasturlari ishlab chiqiladi. An’anaviy malaka
oshirish bilan bir qatorda, kasbiy o‘qitishning uyg‘unlashgan, ish jarayoni bilan
birgalikda olib boriladigan, masofaviy va boshqa muqobil shakllari joriy etilib,
xalq ta’limi xodimlariniing individual traektoriyalari, kasbiy rivojlanish natijalari
va o‘zlashtirgan o‘quv dasturlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ularning elektron
portfoliosiga kiritiladi.
Malaka oshirishda kredit-modul tizimi joriy etiladi.
Pedagog-kadrlar ehtiyojlariga asoslangan kasbiy rivojlanish ta’limi
natijalarini baholash yangicha yondashuvni talab qiladi.
Amaldagi tartibga binoan tinglovchi malaka oshirish kursini tugatganidan
so‘ng test sinovlari va malaka ishini himoya qilishdan iborat yakuniy baholash
jarayonidan o‘tadi. Baholashning ushbu shakllari yagona o‘quv reja hamda o‘quv
dasturlari asosida tashkil qilingan malaka oshirish kurslari uchun qo‘llaniladi.
Biroq turli individual traektoriya va o‘quv reja-dasturlari asosida o‘qigan
tinglovchilar erishgan natijalarni yagona baholash vositasi — test va malaka ishi
himoyasi bilan baholab bo‘lmaydi.
Xalq ta’limi xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimidagi ta’lim
olish natijalarini baholashda kredit-modul tizimini joriy etish belgilanmoqda. Unga
ko‘ra, xodim tomonidan bir yilda yig‘ilishi lozim bo‘lgan kreditlar(akademik
soatlar)ning eng kam hajmi nazarda tutilmoqda. Har bir xodim yuqorida qayd
etilgan “Uzluksiz kasbiy ta’lim” platformasi orqali unga taqdim etilgan o‘quv
modullarini o‘zlashtirgach, platforma tomonidan baholanadi va yig‘ilgan kreditlar
xodimning shaxsiy kabinetida jamlanadi. Kreditlarning belgilangan miqdorini
yiqqan xodim shu yil uchun malaka oshirish kursini to‘la o‘tagan hisoblanadi.
Baholashning kredit-modul tizimini joriy etish xodimlarning muqobil
malaka oshirish shakllarida ham olgan natijalarini baholash imkoniyatini yaratadi.
Shuningdek, xodimning Coursera kabi internet tarmog‘idagi elektron resurslaridan
foydalanib, o‘z saviyasini oshirishi, respublika va xalqaro olimpiadalarga
o‘quvchilar tayyorlagani, chet ellardagi nufuzli ilmiy jurnallarda maqola chop
etgani, ilmiy daraja olish uchun dissertasiya himoya qilish kabi holatlarni ham
kreditlarda baholash belgilangan.
Sog‘lom raqobat muhiti yaratiladi.
Xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish jarayonlariga pedagogika
yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini ham
jalb etish, pirovardida sog‘lom raqobat muhitini yaratish belgilanmoqda.
Bugungi kungacha xalq ta’limi muassasalari xodimlari malakasi institut va
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi 14 ta xalq
ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy
markazlarida oshirilayotgan edi.
Oliy ta’lim muassasalari tuzilmasida xalq ta’limi xodimlarini malakasini
oshirish fakul`tetlarini tashkil etish, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat
pedagogika universitetini xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish vakolati
berilgan oliy ta’lim muassasalari uchun tayanch ta’lim muassasasi etib belgilash,
xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish kurslarining namunaviy o‘quv reja, das-
tur, o‘quv-metodik va boshqa hujjatlarini ishlab chiqish belgilanmoqda.
Shuningdek, kurslarning o‘quv-uslubiy ta’minotini doimiy yangilab borish
choralarini ko‘rish, malaka oshirishning samarali shakllarini joriy etishning ilmiy-
metodik va tashkiliy-metodik asoslarini ishlab chiqish nazarda tutilgan. Pedagog-
xodimlarda o‘quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy uslublari ko‘nikmalarini
rivojlantirish, xalq ta’limi xodimlarida Internet jahon axborot tarmog‘i,
mul`timedia tizimlari va masofadan o‘qitish usullaridan foydalangan holda, ilg‘or
pedagogika, axborot-kommunikasiya va innovasion texnologiyalarni egallash va
ularni o‘quv jarayoniga faol tatbiq etish ko‘nikmalarini rivojlantirish vazifalari
nazarda tutilgan.
Endi xalq ta’limi xodimlari faqat Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi malaka
oshirish tashkilotlarida emas, balki o‘z ixtiyorlariga ko‘ra, hududlarda joylashgan
istagan davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida ham o‘z malakalarini oshirishlari
mumkin bo‘ladi.
Mazkur tartib malaka oshirishda mavjud monopoliyaga barham beradi,
tanlash imkoniyatini taqdim etish orqali malaka oshirish sohasida sog‘lom raqobat
muhitini yaratadi. Xodimdan qaerda malaka oshirishidan qat’iy nazar, joriy yil
uchun belgilangan kredit ballarini yig‘ish talab qilinadi.
Xalq ta’limi tizimi o‘z ilmiy tadqiqot institutiga ega bo‘ldi.
Institutimiz zimmasiga soha faoliyatini ilmiy-metodik jihatdan ta’minlash,
fundamental, amaliy va innovasion tadqiqotlar o‘tkazish, ularning natijalarini
amaliyotga joriy etish va umumiy o‘rta ta’limning dolzarb muammolari yuzasidan
ilmiy-tadqiqot dastur hamda loyihalarini amalga oshirish vazifalari yuklatilmoqda.
Ushbu vazifalar ijrosi yuzasidan ilmiy, ilmiy-amaliy konferensiyalar,
seminarlar, yig‘ilishlar tashkil etish, soha uchun yuqori malakali ilmiy kadrlarni
tayyorlash, ilmiy xodimlar, sohadagi rahbar kadrlar va metodistlarning kasbiy
darajasi, malakasini muntazam oshirib borish, shuningdek, sohaga oid ilg‘or
tajribalarni o‘rganish va joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish, xorijdagi
etakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan aloqalarni rivojlantirish, umumiy o‘rta
ta’limni tashkil etishning yangi texnologiyalari, vositalari va shakllarini ishlab
chiqish, sinovdan o‘tkazish va ekspertiza qilishda ishtirok etish kabi faoliyat
yo‘nalishlari nazarda tutilmoqda.
Rivojlangan mamlakatlarda ta’lim sohasi muammolarini tadqiq qilish bilan
shug‘ullanadigan institutlar ta’lim tizimi taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib
kelmoqdalar.
Masalan, Koreya Respublikasida Koreya ta’limni rivojlantirish instituti
(KEDI) 1972 yildan buyon muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatadi. Uning zimmasiga
Koreya milliy an’analarini aks ettiruvchi yangi ta’lim tizimini yaratish, bu borada
keng qamrovli ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, innovasion ta’lim tizimini ishlab
chiqish, sohadagi islohotlar siyosati uchun platforma vazifasini o‘tash, kelajak
ta’lim qadriyatlarini ilgari surish va innovasion ta’limning ilmiy salohiyatini mus-
tahkamlash kabi vazifalar yuklatilgan. Mazkur institut bugungi kunda nafaqat
Koreya Respublikasi, balki xalqaro maydonda ham o‘z nufuziga ega ilmiy
tashkilotga aylangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |