Mavzu; Tibbiyot tarixini o’qitishning nazariyasi va amaliy ahamiyati



Download 2,3 Mb.
Sana18.02.2022
Hajmi2,3 Mb.
#454728
Bog'liq
tib tarixi

Mavzu; Tibbiyot tarixi fanining shakllanishi va rivojlanishi

  • Tayyorladi:Abdurashidova Aziza
  • Tekshirdi:Salimova Malika

Tibbiyot tarixi fani

  • tibbiyotning kelib chiqishi, shakllanishi va rivojlanishini ijtimoiy-iqtisodiy hayot bilan bog'liq ravishda o'rganadi. Ijtimoiy-iqtisodiy hayot tibbiyotning rivojlanish darajasini belgilaydi. Masalan, ibtidoiy jamoa tuzumi davrida yashagan odamlarning hayoti asta-sekin rivojlangan edi. Shunga muYofiq o'sha davrdagi tibbiyot ham juda past darajada rivojlangan. Odamlar yashash uchun hech narsa ishlab chiqarmay, tabiatdagi mavjud yemishlarni iste'mol qilib kun kechirganlar. Shuningdek, ular tibbiyot sohasida ham hech narsa kashf etmay, tabiatdagi mavjud shifobaxsh o'simliklardan foydalanganlar.
  • Keyingi davrlarda ijtimoiy-iqtisodiy hayotning taraqqiyoti bilan birgalikda tibbiyot ham rivojlanib bordi. Tibbiyotning rivojlanishida boshqa fanlar, xususan, tabiiy-biologik bilimlar ham muhim rol o'ynadi. Masalan, botanika fani yangi-yangi shifobaxsh o'simliklarni kashf etib, 3 farmakologiya fanini boyitdi. Biologiya, mikrobiologiya, parazitologiya fanlari kasalliklar sabablarini aniqlash imkoniyatini berdi.
  • Tibbiyotning rivojlanishida texnikaviy fanlar ham muhim rol o'ynadilar. Masalan, mikroskopning kashf etilishi yangi dunyoni - mikroorganizmlar dunyosini ochdi. Rentgen nurlarining kashf etilishi tashxis usulini takomillashtirdi. Bu misollar shuni kO'rsatadiki, tibbiyotning rivojlanishi haqiqatan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotning deyarli barcha sohalari bilan bog'liq va ular bilan birga rivojlanadi.
  • Xususiy tibbiyot tarixi tibbiyotning ayrim sohalarining kelib chiqishi va rivojlanishini o'rganadi. Umumiy tibbiyot tarixi bilan xususiy tibbiyot tarOO o'rtasida ma'lum farq mavjud. Shu bilan birga ular bir-birlari bilan bog'liqdirlar. Umumiy va xususiy tibbiyot tarixi birlashib tibbiy:-tacWy bilimni tashkil etadi. Umumiy tibbiyot tarixi mustaqil fan sifatida o'qitiladi. Xususiy tibbiyot tarixi esa har bir tibbiy fanning kirish qismida bayon etiladi. Masalan, talabalarga anatomiya fanidan dars berishda dastlab bu fanning kelib chiqishi va rivojlanish tarixi bayon etiladi va h.k.

TIBBIYOT TARIXI FANINING BOSHQA TIBBIY BILIMLAR QATORIDA TUTGAN O'RNI

  • Tibbiyot tarixi fani boshqa tibbiy bilimlardan o'z oldiga qo'ygan maqsadi, vazifasi va metodologiyasi jihatidan farq qiladi. Boshqa tibbiy bilimlardan farqli o'laroq tibbiyotning umumiy rivojlanish yo'Hari va "qonun-qoidalarini o'r.ganadi. Tibbiyot tarixi fanining asosiy vazifasi yer yuzida'tibbiyotning qachon va qanday kelib chiqqani, qanday yo'llarni , bosib o'tgani hainda'qanday natijalarga erishganini o'rganishdir. Boshqa , tibbiY' bilimlar ham qisman tibbiyot tarixi bilan shug'uHanadilar, lekin bu ishni o'z kasblari doirasida olib boradilar.
  • Tibbiyot tarixi fani ijtimoiy fanlarga yaqin turadi. U tibbiyotni ijtimoiyiqtisodiy formatsiyalarning rivojlanishi bilan bog'liq holda o'rganadi. Tibbiyotning ayrim sohalari (masalan: Jarrohiya va h.k.) ijtimoiy-iqtisodiy jarayon bilan bog'liq bo'lmasligi mumkin. Lekin, tibbiyot ayrim mamlakatlar va davrlar bo'yicha to'laligicha olinsa, uning ijtimoiy omillar bilan bog'liqligi yaqqol ko'rinadi. Tibbiyot tarixi fanining asosiy vazifasi tibbiyotning qanday sharoitda, qanday kelib chiqqani va rivojlanganini manbalarga asoslanib tushuntirib berishdir. U nda tibbiyotning kelib chiqishi va rivojalnishi haqidagi turli tushunchalar, fikrlar va nazariyalar tahlil qilinadi
  • Shu bilan birga tibbiyot ilmi sohasida qilingan yirik kashfiyotlar o'rganilib ularga baho beriladi. Xususiy tibbiyot tarixi tibbiyotning ayrim sohalarining rivojlanish tarixini o'rganish bilan shug'ullansa ham u umumiy tibbiyot tarixiga hissa qo'shadi. Xususiy tibbiyot tarixi umumiy tibbiyot tarixini boyitadi. Aslini olganda umumiy tibbiyot tarixi ta'lim darajasida xususiy tibbiyot tarixining yig'indisidir. Lekin, u oddiy yig'indi emas, balki yangi sifatdir. Umumiy tibbiyot tarixining o'z rivojlanish qonun-qoidalari bor. Xususiy tibbiyot tarixida bunday qonun va qoidalar mavjud emas
  • E’tiboringiz uchun rahmat

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish